UZ | RU | EN

Bir suxbat........ Erkak jinsiy azosi kichikligi - Mikro-Penis

, 04 2016

Bir suxbat........ Erkak jinsiy azosi kichikligi - Mikro-Penis

  ">Bemor ota onasi: - : Assalomu aleykum, Zarif aka sizga bir ikki savollarim bor edi ruxsat bersez?

-         Eshitaman

-         Oglimizni  jinsiy azosi boshqa ogil bola tengqurlariga nisbatan kichikdekmi tuyuldi.

Dr. Zarifjon: - - Juda kop ota onalar kerak bolmgan taqqoslashlar bilan murojaat qilishadi, lekin ularni ichida haqiqatdan ham mikropenis holatlari kuzatmoqdaman. Aniqlashtirish faqatgina korik va olchash orqali boladi xolos.   

Bemor ota onasi: - : Mikro penis nima degani?  Va buni bizning farzandimizda bormi yoqmi qanday bilamiz nima qilaylik?

Dr. Zarifjon: - - Siz aytdingizku jinsiy azosi kichikdek deb shuni tibbiy atalishi mikro penis deyiladi. Vahimaga hojat yoq. Olchab kormasdan qaror qabul qilish togri emas. Yangi tugulgan chaqaloqlarda 2smdan kichik bolishi mikro penis diagnozini qoyishimizga asos boladi. Olchashni albatta shifokor otqazgani maqul.  Yoshga mos jadvali quyidagicha:     

Ortacha penis boyi: normal/tortilganda

0-28 kun 3.2/3.5 cm,

1-5 oy 3.7/4.0 cm,

 6-12 oy 3.9/4.2 cm,

1-2 yosh 4.3/4.7 cm,

 2-3 yosh 4.8/5.0 cm,

3-4 yosh 5.1/5.5 cm,

4-5 yosh 5.3/5.7 cm,

5-6 yosh 5.6/6.0 cm,

6-7 yosh 5.7/6.1 cm,

7-8 yosh 5.9/6.2 cm,

8-10 yosh 5.7/6.2 cm,

10-11 yosh 6.3/6.9 cm,

11-12 yosh 7.6/8.5,

Voyaga yetganlarda8,5/9.3,

 

 

Bemor ota onasi: - :  Boshqa biron bir kasallikka aralashtirayotgan ham bolishimiz mumkinmi?

Dr. Zarifjon: - - Penis kichikligini Komilgan penis yoki yashiringan penisdan ajratish kerak boladi, buningchun pediatrga yoki andrologga korishishlaring kerak boladi. 

Bemor ota onasi: - :  Gormonal ozgarish sababli boladimi bular?

Dr. Zarifjon: - - Xaqiqiy mikropenis homiladorlikdagi va yoshlik yillaridagi Testosteron gormonini ishlab chiqarilishi yoki normal ishlab chiqargan bolsa ham jinsiy azodagi sezuvchi retseptorlardagi muammo natijasida rivojlanadi.  

Davolashda endokrinolog bilan birga olib borilgani maqul.

Chunki eng kop gonadotropinlar yetishmovchiligi korinadi, qolqonsimon bez oldi bezi gormonlarida ham kamchiliklar bolishi mumkin bazan

Keyingi sabablaridan biri esa moyaklardagi Leyding nomli hujayra bor shunni Testosteronni yetarli ishlab chiqarmasligidadir. 

 

Bemor ota onasi: - : Deylik xaqiqatdan ham mikro penisi bolsa qanaqa tekshiruvlar kerak boladi?

Dr. Zarifjon: - - Avvallo bemorni korikdan otqaziladi undan keyin man sizga bolishi mumkin bolgan tekshiruvlarni yozman lekin kopi korikda belgilanadi Kariotip, qondagi qand miqdori, kortizol va samototropin, qolqonsimon bez gormonlari, Gipofiz MRT.sini qilish kerak boladi. Moyak funktsiyasini aniqlash uchun esa, FSG, LG va Testosteron tekshrish kerak boladi.  

Bemor ota onasi: - : Bu biron boshqa kasallikn belgisi ham bolishi mumkinmi ?

Dr. Zarifjon: - - Togri bazi irsiy kasalliklarni belgisi bolishi mumkin yuqorida aytib otgan tekshiruvlarimzda ularni ham kopi istisno qilinadi: Klinefelter, Prader- Willi, Laurance- Moon-Biedl ve Robinow kabilari bor.

 

Bemor ota onasi: - : Diagnoz qoyganizdan keyin davolash haqida ham ozroq malumot beraolasmi?

Dr. Zarifjon: - - albatta diagnoz qoyganimdan keyin kopincha erkaklik gormonlarni ishlab chiqarishni stimulyatsia qilishim kerak boladi. Kerak bolsa boshqa mutaxassislar xulosasini ham sorashim mumkin masalan eng kop endokrinologlar bilan birga nazorat qilaman bemorlarni .

 

Bemor ota onasi: - : Kelajakda erkakligida qozgalishida, farzand korishida muammo bolishi mumkinmi ?

Dr. Zarifjon: - - Gormonal dorilar tasirini boyga nojoya tasiri haqidagi fikrlar baxs munozarada aniq toxtam yoq. Bu davolarni otqazmasak bemorni kelajakda ayoli bilan yaqinlik qilishida, farzand korishiga zararli tasirlarga ega, shungchun shubxalanayotgna bolsez korikdan otqazing, www.andrology.uz ga kirsez ishxonam, telefon raqamim, qabul vaqtlarim yozilgan.

Kelajakda qozgalishida muammo bolsa unga mos davolaymiz. Undan tashqari bemor voyaga yetgungacha tez tez malum  bir oraliqlar bilan nazoratda turishi kerak boladi.

Bemor ota onasi: - : Yana bitta savol mumkinmi? Sal oldin korsatgan tablitsangizda yoshi kattalarda 9.3smdan kichik bolsa ham mikro penismi? Agar shunaqa bolsa nimalar tavsiya qilasiz?

Dr. Zarifjon: - - Albatta mikro penis hisoblanadi. Kopincha bunday bemorlarda boshqa patoogiyalar ham birgalikda keladi shuningchun bemorni korgach kerakli tekshiruvlarni otqazgach, Tavsiyalanri beramiz: Faqatgina jinsiy olatni 9.3sm dan kichik bolgan holatlarida xozirgi kunda turli firmalar, internet saytlari, nafs qurbonlarini Xitoydan va  boshqa davlatlardan olib kelib sotayotgan dorilarni hech biri tasir qilmaydi, Juda kopchilik shularni tuzogiga tushganlar murojaat qilishmoqda.

Voyaga yetganlarda jinsiy olat kichik bolsa davosi faqatgina jarrohlik yoli bilangina bolishi mumkin xolos. Soz ochilganda yana shuni aytishim kerak ki bazi bemorlar turli videolardagilarga xavas qilib konglini kochasiga quloq solib kattalashtirish va yogonlashtirish dardida bolishadi shularga ham javobim maqol bilan aytganda Taka bolsin sut bersin deyman. Yani uni olchami ahamiyatga ega emas asosiysi ish bajarishda. Agar uylangan, farzandli bolgan bolsa ham jinsiy olatni olchamidan tashvishlanmasalaring ham boladi.

 

 

 


Muallif: Dr. Murodov Z. J.