UZ | RU | EN

Ayol jinsiy funktsiyasini izdan chiqishi

, 27 2016

 

Ayol jinsiy funktsiyasini izdan chiqishi

Ilmiy ommabop maqola

Jinsiy disfunktsiya erkakka ham ayolga ham juda katta tasir qiladigan MUAMMOdir.

Butun Dunyo sogliqni saqlash tashkilotini tarifiga kora: - jinsiy soglomlik; kishi jinsiy mavjudligini, shaxsiyat, munosabat va muhabbatini ortiradigan badanan, xis tuygu yoli bilan, aqliy va sotsial bir butunlashishidir. Jinsiy munosabatdagi buzulishlar yoki kasalliklar yuqoridagilarning butunligini buzulishiga va shaxsda psixologik va sotsial muammolarga sabab boladi.  

Jinsiy aloqa(munosabat) iki qarama qarshi jinslarning biologik, ruhiy va ijtimoyi jihatlari bilan birlashishidir. Bu birlashishni malum, qatiy qoidalari yoq, juftlar bir birlariga va atrof, muxitga zarar bermasdan va qoniqish hosil bolgungacha qancha, qanday shakllarini ozlari hal qilgan holatda yaqinlik qilaoladilar.

Bu maqolamda ayollar jinsiy funkstisyasini izdan chiqishi sabablari, belgilari, tashxis va davolashga yondashish kabi savollarga javob olasizlar.

Ayollarda jinsiy qozgalishlar qanday yuzaga keladi?

Ayollarda taktil (teginish) va ruhiy tasirlar natijasida bosh miyadagi kerakli markazlar ishga tushadi. Bosh miyadan klitor va boshqa jinsiy azolarga yuborilgan buyruqlar natijasida qozgalish roy beradi. Yani ayollar jinsiy aloqaga bosh miyalari bilan ishtirok etishadi va bunung uchun bazi psixologik tayyorgarliklar ham ahamiyatlidir. (Erkaklar diqqatiga)

Qozgalish 4 bosqichda boradi:       

- Jinsiy xohish bosqichi (Libido)

- Jinsiy qozgalish bosqichi

- Orgazm bosqichi

- Boshalish, rezolyutsiya bosqichi

har bir bosqichda turli kimyoviy ozgarishlar roy beradi va oxirgi bosqich bilan yakunini topadi.

Jinsiy xohish bosqichi (Libido)

Xohish bosqichidir. Qarama qarshi jinsga psixologik qiziqish va xohish paydo boladi. Yana boshqa tomondan esa otmishdagi jinsiy malakalari va fantaziyalari qozgalishga yordam beradi. Bir necha minutdan bir necha soatlab davom etishi mumkin.

Qozgalish bosqchi

Xarakatlar, teginishlar va psixologik qozgalishlar kuzatiladi. Ayol tasirlanganda vagina va boshqa jinsiy azolarda qon oqimi kopaydai va namlanadi. Oldingi 1/3 qismi torayib, orqa 2/3 qismi kengayib uzayadi. Bachadon yuqoriga kotariladi. Bachadon bilan qindagi bu ozgrishlar spermatozoidlarni yurishini qulaylashtirish uchun bolsa kerak degan fikr bor. Klitor erkak jinsiy olati kabi qattiqlashadi. Kokraklar kengayib, uchlari qattiqlashadi. Yurak urishi tezlashadi, qon bosim kotariladi. Mushaklar sezuvchanligi oshadi. Nerv sistemasini tasirida tomirlarni kengayishi hisobiga yonoq, boyin, kokrak, va qorin ust taraflarida qizillik paydo boladi.Nafas olish, puls tezlashadi, mushaklar taranglashadi.

Orgazm bosqichi

Orgazm jinsiy extirosni eng ust bosqichidir, yani jarayonlarining pik nuqtasidir. Teginishlar, xarakatlar, fikrlar orgazm bolishni qulaylashtiradi.

Mushak va asabdagi taranglik birdaniga boshashadi va butun vujudda bir qator qisqarishlar navbatlashib keladi. Klitor, vagina, anus va qorin osti mushaklarda kuchli qisqarishlar kuzatiladi. Jinsiy soxadagi mushaklardan tashqari orqa, yuz, boyin va son mushaklarida ritmik qisqarishlar 5-12tagacha kuzatiladi. Ortalama orgazm 19sekund davom etadi. Yurak urishi, qon bosim kotarilishi va nafas olishlarning eng yuqori nuqtaga erishishi orgazm bosqichidir.

Boshalish, rezolyutsiya bosqichi

Kuchli terlashdan keyin organism ozini normal holatiga qaytadi. Jinsiy azolardagi qon tezlik bilan chiqadi. Klitor, bachadon ham oz holiga qaytadi. Kokraklar kichrayadi, uchlari yumshaydi. Qizargan joylar oz holiga qaytadi. Yurak urishlari, qon bosim va nafas olishlari iziga tushadi. Boshashish, roxatlanish hissi, baxtlilik tuygusi paydo boladi.

Son va sifat jihatidan yetarli jinsiy tasirotlar tasirida ayollar bir necha marta orgazm orqama orqa bolishlari ham mumkin.

Har doimgi jinsiy yaqinlik orgazm bilan tugamasligi ham mumkin. Jinsiy aloqani sifatini korsatkichi bu orgazm bolishlik emas balki toyinish hissini paydo bolishidir. Atrof muxit shartlarni mosligi, yaxshi juft, yetarli ruhiy qozgatishlar va oziga ishonch jinsiy aloqani eng asosiy parametrlaridir.

Ayollardagi jinsiy muammolar nimalardan iborat?

Jinsiy xohishni buzulishi (jinsiy xohishni kamayishi, ozidan itarish)

Qozgalishdagi ozgarishlar

Subektiv qozgalishlarni buzulishi

Kombinatasiyalashgan qozgalish ozgarishi, Doimiy qozgalishdagi ozgarish, Orgazm buzilishlari:

Jinsiy aloqada ogriqlar (Disparoniya)

Vaginizm

 Jinsiy aloqadan qochishlik

 Koitussiz genital soxadagi ogriqlar

shaklida tavsiflanadi.

Jinsiy xohishni buzulishi (jinsiy xohishni kamayishi, ozidan itarish)

Jinsiy aloqaga xohish yoqligi, yoki kamligi hatto yomon korishlik shaklida ifodalanadi. Organik va psixologik sabablari bor. Jinsiy aloqaga yoki hayol-fantaziyalarga betiborlik boladi.

Ayollarda juda ham kop uchraydi. Xohlamaslik erkaklarda 5% ayollarda 35% uchraydi. Ayol kishi hayotida umuman kongli tolmagan yoki keyinchalik kamaygan bolishi mumkin. Bu xolda ayol kishi orgazm bolmaydi yoki juda ham kam hollarda boladi.

Sabablari: azolarda yoki gormonal muvozanatni buzulishi, bazi dorilar, yoqimsiz jinsiy tajribalar, oziga ishonmaslik, jufti bilan jinsiy aloqadan boshqa paytda yaxshi muomalada bolmasliklar, stress, depressiya holatlari bolishi mumkin.

Jinsiy aloqadan qochish, yomon korish jinsiy azolarga yoki jinsiy azolardagi ajralmalarni yomon korish tarzida bolishi mumkin. Bunga yoshlikdagi xotiralari, notogri yoki kam malumotga ega bolishlik, tajjavuz, travmalar, zorlashlar, jinsiy hayotga bolgan qorquv va uyalishlar sabab bolishi mumkin.

Juftlar bir birlariga jinsiy xohish va tanlovlarni aytaolishi kerak, sabrli va bir birini tushunishi kerak, kundalik hayotda ham er- xotinlik yaxshi muomala, dostlik bolishi kerak. Xohish yoqligi davom etaversa shifokorga murojaat qilishlik va davolanishlik kerak.

Qozgalishdagi ozgarishlar

Qozgalishni izdan chiqishi kuzatilgan ayollarda koitusga tayyorlash va jinsiy aloqa davomida lazzatlanishiga yetarli qozgatishlar bolmaydi. Qozgalish bolmaganligi sababli kerakli biologik jaryonlar roy bermaydi va klitor qattiqlashuvi, qinning namlanishi, lazzatlanish va orgazm qiyinlashadi. Ayollar shu holatda ham jinsiy aloqada bolaoladilar, lekin vaginada namlik bolmagani sababli mayda shikastlanishlar sababli ogriq, achishish paydo boladi. Sabablari sifatida; sistemalik kasalliklar (diabet), gormonal muammolar, menopauza, dorilar, xirurgik yondashuvlar sababli nervlarni jarohatlanganligi va shu juftga nisbatan xohish yoqliklarini korsatishimiz mumkin.

Jinsiy aloqada ogriqlar (Disparoniya)

Tibbiyotda disparoniya deyiladi va ayol kishini jinsiy aloqa paytida ogriq sezishiga aytiladi.  Jarrohlik operatsiyasi otqazgan ayollarning 30%ida  kuzatiladi bu holat va ogriqli jinsiy aloqa shikoayati bilan shifokorga murojaat qilgan bemorlarni 40%ida tibbiy  ozgarishlar topiladi . Juftlar bilan yotoqda mos kelmaslik ham psixologik ogriqlarga sabab boladi. Ogriq bilan murojaat qilgan ayollarning yarimida vaginizm aniqlanadi. Vaginizm; jinsiy aloqa paytida vaginani tashqi 1/3 qism mushaklarni beixtiyori qisqarishi va jinsiy olat kiritishga xalaqit berishidir. Travma, tajavvuz va operatsiyalar natijasida paydo bolgan bolishi mumkin. Bundan tashqari qizlik pardasi qoldiqlari, tugruqdagi tikishlar, bezlardagi shamollashlar va menopauzadagi qindagi ozgarishlar sabab bolishi mumkin.

Vaginizm asosan psixologik sabablar tufayli yoki qattiqqollik bilan qilingan tarbiya sababli rivojlanishi ham mumkin. Ota-ona munosabatlarni yaxshi bolmasligi, ona becharohol, ota esa jahldor, onasini uradigan, birinchi aloqani juda ham ogriqli boladi deyilishi, jinsiy hayot ayollarga hech qachon yaxshi emasligini lekin chidashga majbur deb tushuntirilishi, vazifasi deb tushuntirilishi, qinga zarar tegadi degan qorquv, oziga ishonchsizlik va ozini aybdor his qilishi vaginizm rivojlanishiga turtki boladigan holatlardir. Tibbiy davolash, psixoterapiya va jinsiy terapiya olishlari shart.

Orgazm buzilishlari

Umuman orgazm bolmaslik yoki orgazm kelishi qiyin holat juda ham kam uchraydi. Dastlab vaginizm  sabab va psixologik sabablari ham bor.

Bazi ayollar qin orqali bazi ayollar klitorni qozgatish orqali orgazmni his qilishadi. Bu normal holat.

Ayol kishi orgazmni his qilishi uchun yetarli qozgatishlar, j.aloqaga tayyorgarlik va jinsiy aloqa davomiyligi kerak omillar hisoblanadi. Ayolda organik yoki psixologik muammaosi bolmasa lekin erkak kishi tez boshalsa ham ayol kishi orgazm his qilmasligi mumkin.

Ayollardagi jinsiy muammolarni uchrashi

Avvallari jinsiy muammolar haqidagi ilmiy ishlar asosan erkaklar ustida olib borilgan. Oxirgi paytlarda ayolni jinsiy aloqadagi ahamiyatini, uni organizmidagi ozgarishlarni organish keng tus olmoqda.

Kopchilik ishtirok etgan ilmiy ishlarda ayollarning jinsiy muammolari haddan tashqari kopligi aniqlandi. Masalan: Amerikada 31% erkaklarda 43% ayollarda jinsiy muammolar mavjudligi qayd qilingan. 40million ayol ishtirokida otqazilgan tekshiruvda 10%.dan kam ayol doktorga murojaat qilganligi aniqlangan. Diabet kasalligi bilan kasallanga ayollarda 77% xohishni buzulishi, yoqligi, 49%ida esa orgazm bolmasligi keltirib otilgan.

Ayollardagi jinsiy muammolarni sabablari

Turli organik va psixologik sabablar tufayli rivojlanadi.  Shu paytgacha ayollarda tekshiruvlar otqazilmagan asosan psixologik sabab deb fikr yurutilgan. Oxirgi paytlarda tekshiruvlar shuni korsatdiki bunga organik sabablar ham bor ekan.

Organik sabablar

Sistemali kasalliklar va qon-tomir kasalliklari

Diabet (Qandli diabet), yurak kasalligi, qon bosim kasalligi, qondagi xolesterinni balandligi, ateroskleroz, sigaret chekishlik va hakozolar.

Qozgalishni odatdagidek bolishi uchun, qon tomirlar jarohatlanmagan bolishi shart. Qon tomirlari qalinlashgan, qattiqlashgan ayollarda otqazilgan tekshiruvlarda vagina va klitorda qon aylanishi buzulishiga sabab bolishligi va bu ham qozgalishlarga sabab bolishi, kech qolishi, ogriqlar, sirpanish kamligi, xohish kamayishi, orgazmni kamligi aniqlangan. Chanoq soxasidan olingan travmalar sababli ham qon bilan taminlanishini kamayishi ham yuqoridagi holatlarga sabab boladi.

Uremiya (qon tarkibida mochevinani yuqoriligi), buyrak yetishmovchiligi va dializ jinsiy qobilayatdagi nuqsonlarga sabab boladi.

Qandli diabet azolardagi qon tomir strukturasiga va nervlariga beradigan zararlari tufayli jinsiy hayotda oqsoqliklar uchraydi. 75 ta qandli diabeti bor bemorlarda otqazilgan sorovnomada, 30 ta normal ayol bilan solishtirilganda, Qandli diabet borlarda jinsiy hayotda ozgarishlar kuzatilgan eng boshida jinsiy aloqaga bolgan xohishni, orzu-hayolni yoqligi kelsa, klitorial orgazm yoqligi, qindagi bezovtagarchilik, quruqliklar ham qayd etilgan.

Ayolni oziga qaray olishga quvvatini qoldirmaydigan surunkali kasalliklar ham jinsiy hayot yashashida buzulishlarga sabab boladi.

Nevrologik sabablar

Nevrologik kasalliklar yoki biron sabab (diabet, travma, tos soxasidagi operatsiyalar) tufayli nerv tizimini jarohatlanishi jinsiy organlarga malumot borishiga xalaqit beradi. Umurtqadan jarohat olishlik, Epilepsiya, tarqoq skleroz, serebrovaskulyar(miya qon tomirlari) kasalliklar, Alsgeymer va Parkinson, nerv sistemasi infektsiyalari salbiy tasirga ega.

Gisterektomiya (bachadon amputatsiyasi), jinsiy azolarga tegishli operatsiyalar, qovuq va ichaklardagi operatsiyalar paytida nervlarni zararlanishi ham jinsiy funktsiyani buzulishiga olib keladi.

Gormonal sabablar

Jinsiy azolar rivojlanishida va jinsiy faoliyatni turli bosqichlarini rivojlanishini taminlaydigan gormonlarning qondagi konsentratsiyasini kamayishi jinsiy faoliyatdagi ozgarishlarga, nuqsonlarga sabab boladi.  Ayniqsa ooferektomiya (tuxumdonlarni olib tashlash)dan keyin bu muammolarga ayollar juda ham kop toqnash kelishadilar.

Jarrohlik muolajalari

Jinsiy azolardagi operatsiyalar nerv sistemasini jarohatlashdan tashqari gormonal muvozanatni ham izdan chiqishiga va natijada jinsiy faoliyatni buzulishiga ham sabab boladi.

Ayniqsa mastekatomiya (kokrak bezlarini olib tashlash) yoki qovuqdagi sistomiya, ichaklardagi stomiya(ichakni teridan tashqariga chiqarib qoyishlik) sababli badandagi korinishlar sababli jinsiy funktsiya buzulishiga sabab boladi.

Davolanish va dorilar

Turli davolash usullari, bazi dorilar va narkotiklar jinsiy hayotni turli darajada zararlaydi. Yurak kasalliklari, qon bosim balandligi, depressiya, gormonal muammolar, osma va oshqozon kasalliklarida ishlatiladigan bazi dorilar, siydik kopaytiradigan dorilar ham nojoya tasir qiladi.

Dorilarni dozasini davolash kursiga zarar bermasdan kamaytirish mumkin yoki nojoya tasiri kam doriga ozgartirish mumkin yoki iloji bolmasa jinsiy funktsiyani tuzatadigan dorilar berish mumkin.

 Yoshni kattaligi

Yosh otgan sari klitor va qindagi biriktiruvchi toqima miqdori ortib boradi. Natijada klitor qattiqlashadi, qinni kengayish hususiyati yoqoladi.

Menopauza

Menopauzada esterogen va androgenlarni ozayishiga mos ravishda vaginada kichrayish, namlik yoqilishi, jinsiy aloqa bolgan orzu, xohishlar ham kamayadi.

Psixologik sabablar

Bolalikdan tarbiyalanish shakli va bu davrlarda ortirilgan tajribalar va odatlar kishi hayotini keyingi bosqichlariga tasir qiladi.

Oiladagi ichki nizolar, jinsiy hayot haqidagi malumotlarni notogriligi, kamligi va/yoki jinsiy travma (tajovuz) olgan kishilarda jinsiy hayot nuqsonlari koproq uchraydi.

Hayotning keyingi bosqichlaridagi jinsiy omadsizliklar, depressiya, xiyonat, homiladorlik va tugruqdan keyingi ruhiy muammolar, organic kasalliklarga javob reaktsiyalari, yosh otishligi, juftidagi jinsiy muammolar va jinsiy aloqadagi azoblashlarga uchrashlik kabi sabablar ham tasir qiladi. Juftlar orasidagi oziga jalb qilishlikni yoqolishi, munosabatlarni buzulishi, oziga ishonchsizlik, jinsiy aloqada va omadsizlikdan qoriqish, jinsiy hayot haqidagi standartlashgan notogri fikrlar, erkalashlarni kamligi va psixologik muammolar  bu muammoni hal qilishni yanada qiyinlashtiradi.

Ayniqsa keyinchalik rivojlangan orgazmdagi nuqsonlarda organik sabablar bilan psixologik muammolar ham birga kelishi mumkin. Xar hil psixologik faktorlar orasida juftiga nisbatan iliqlikni yoqolishi yoki jufti uni yoqtirmasligi qorquvi, qinga zarar berishi mumkin degan qorquvi va aybdorlik hissi asosiy orinda turadi.

Ayol jinsiy hayotini izdan chiqqanligini belgilari nimalardan iborat?

En kop quyidagilarga shikoyat qilishadilar:

- Jinsiy aloqaga xohishni , qiziqishni juda ham kamligiga yoki umuman yoqligiga

- Jinsiy aloqada qozgalishni bolmasligiga

- Jinsiy aloqa paytida qindagi namlikni kamligiga yoki yoqligiga

- Jinsiy azolarda xissizlik

- Juda qiyin yoki umuman orgazm bolmasligi

- Jinsiy aloqada ogriq, noqulaylik bolishi

- Jinsiy aloqadan keyin ogriq va noxush sezgilar bolishi

Ayolda jinsiy hayotida muammo bor yoki yoqligini qanday aniqlanadi?

Jinsiy aloqada muammo borligi, faqatgina korik va bazi analizlar bilan tashxis qilish mumkin boladi. Shuningchun shu soxadagi mutaxassisga murojaat qilishlaring kerak. Oz muammolaringnni ochiq oydin aytib, davolanishga xarakat qilishlik eng togrisidir.  Tashxis va davoni togri olib borilishligi uchun ham oshkoralik kerak. Bemordan eshitilgan malumotlar va korik natijasida diagnoz qoyilgan taqdirda ham bazi analizlar qilish foydadan holi bolmaydi.

Ilk bosqichdagi tekshuruvlar:

Tibbiy korik, psixolosotsial baholash otqaziladi, sorovnomalar toldiriladi.

Qon (gluyukoza, kreatinin, xolesterin, trigleseridlar, jigar fermentlari va hakozo) va siydik , gormonal profil (FSG, LG, Estradiol, Testosteron) ilk talab qilinadiganlardandir.

Keyingi bosqichdagi tekshiruvlar:

Doppler Ultrasonografiya: - jinsiy azolardagi qon oqimi tezligini olchaydi, asosan qon tomir patologiyasi bor yoqligini aniqlash uchun kerakli

Biotenziyometriya: -  qozgatish signallarini berib javob reaktsiyaini qayd qilish, nevrologik baholanadi

Vagina pH korsatkichi: - lakmus qogoz bilan kislotalik darajasi olchanadi

Vagina kompliyansi: -  qin hajmi va qarshiligi olchanadi.

Vagina issiqligini olchash: - qogalish natijasida keladigan qon oqimini ortishi hisobiga issiqlik kotariladi.

Davolash:

Sabab aniqlangandan keyin kerak dori darmon, psixoterapyia, vakkum jihozlardan foydalaniladi. Xozirgi kunda davolash metodiklari ustida izlanish olib borilmoqda.

Gormonal davolash (Testosteron, prostaglandin E1, alprostadil, fentolamin, apomorfin)

fosfodiesteraza 5 ingibitorlari

Klitoriyal vakkum jihozlari

TENS (transkutanoz nerv qozgatishlari)

Psixologik qollab quvvatlashlar olib boriladi.

Xulosa:

Jinsiy aloqani boshlash, davom ettirish va qoniqish bilan tugashiga tosqinlik qiladigan har qanday muammoni tortinmasdan shu soxadagi mutaxassisga murojaat qilish kerak va togri, toliq malumotlarni olgandan keyin kerak bolsa davolash kerak

Jinsiy aloqani izdan chiqishini sabablari va davolashga qaratilgan ilmiy izlanishlar jadal suratlarda davom etmoqda, qolimizdagi malumotlarga va metodikalarga yangi yangilarini qoshib borishimiz kerak. Jinsiy hayot juftlarning kuch va energiya sarflab birga davom ettiradigan mashgulotlari va buning natijasidagi qoniqishni his qilishga har ikki tarafni ham haqqi borligini unutmaylik. 



Muallif: Dr. Murodov Z. J.