UZ | RU | EN

Erta bo’shalish Premature ejaculation (PE) (nazorat va kuzatuv algoritmi)

Жума, 16 Июнь 2017

 Erta bo’shalish

Premature ejaculation (PE)

(nazorat va kuzatuv algoritmi)

Erta bo’shalish (tez tashlash) (PE); intravaginal eyakulyatsiyaning davomiyligini juda qisqa bo’lishi (IELT-intravaginal ejaculation latency time), eyakulyatsiyaning nazorat qilaolmaslik hissi va bunga bog’liq ravishdagi stress va qayg’udan iborat uch komponentli holatdir.  

Xalqaro Jinsiy Sog’liq Jamiyati (ISSM- international society for sexual medicine)’ning 2014yili yangilagan ta’rifiga ko’ra erta bo’shalish quyida keltiriladigan o’ziga hos taraflaridan iborat erkaklarning jinsiy muammosidir.

·        Birinchi jinsiy aloqadan boshlab har doim yoki har doim vaginal penetratsiyadan oldin yoki penetrasiyadan keying bir minut ichida ro’y beradigan eyakulyatsiya (umr bo’yi PE) yoki IELT’da 3 minut yoki undan biroz kamroq, oldingiga nisbatan tezlashgandek sezilsa (orttirilgan PE)

·        Vaginal penetratsiyaning barchasida yoki deyarli barchasida eyakulyatsiyani kechiktiraolmaslik

·        Xavotir, besaramjonlik, umidsizlanish va/yoki jinsiy qo’shilishdan qochishlik kabi nojo’ya holatlar

Bundan boshqa PE’ga oxshash jinsiy xavotirlar, tez bo’shalish ro’y berishi mumkin bo’lgan jinsiy disfunktisya bo’lmagan holatlar ham bor. Bular Tabiiy o’zgaruvchan PE va Sub’ektiv PE shaklida 2 tipga ajratiladi.

Tabiiy o’zgaruvchan PE erkakning turli vaqt/juft bilan birga bo’lganida ro’y berishi mumkin bo’lgan holatdir. Bu holat odatdagi jinsiy hayotning bir ko’rinishi xolos.

Sub’ektiv PE’da aslida erkaklarning eyakulyatsiya vaqti 5 minut va undan ko’p lekin buni kamdek va nazorat qilaolmayotgandek hisoblashadilar.

Eyakulyatsiyadagi o’zgarishlarni klinik baholash

Umr bo’yi PE’da ob’ektiv ko’rik tavsiya qilinadi. Orttirilgan PE’da esa qalqonsimon bez funktsiyasi va prostatit kabi aloqador holatlarni baholash uchun o’ziga hos ob’ektiv ko’rik talab qilinadi. Laboratoriya tahlillari, anamnez va ob’ektiv ko’rik biron shubxali holat aniqlansa bu ham qo’shimcha ma’lumot berishi mumkin. (3) Eyakulyatsiya funktsiyasining nazoratida muhim rol o’ynaydigan gormonlar (Testosteron, TSH va Prolokatin), umumiy qon tahlillari o’zgarish bor yoqligini aniqlash uchun o’tqazish mumkin. (4,5) Ba’zi ilmiy ishlarda past Prolaktin va yuqori Testosteron ko’rsatkichlari PE bilan aloqadorligi aniqlangan.  Lekin bu gormonlardagi o’zgarishlar bilan PE orasidagi munosabat aniq emas. (4,6,7) Orttirilgan PE’da prostata soki tahlili, siydik analizi va ularni ekmasi (бак. посев) prostatadagi yallig’lanish diagnostikasida yordam beradi.

Tez tashlashda nazorat va kuzatuvning ahamiyati

Murakkabligi va o’zgaruvchanligi sababli PE’ni davolashda bir qancha qiyinchiliklar mavjud. Bu qiyinchiliklarning ichida eng asosiysi tez tashlashi mavjud bemorlarni qanday kuzatilishi haqidagi dastur va ma’lumotni yoqligidir.

Tez tashlash bilan davolanayotgan bemorlarni kuzatuvi davolash effektida katta ahamiyatga ega. Nazoratning soni va davomiyligi PE turi va og’irligiga, davolash shakliga, davolashga ijobiy javobining muddatiga, hamroh kasalliklar borligiga va kishi yoki juft bilan bog’liq muammolarga tegishli tarzda o’zgarib turadi. Asosan uzoq muddatda (oylab va yillab) doimiy nazorat, PE’ni davolash strategiyasining ahamiyatli qismidir. (10)

Bemorlar bilan muloqotning yaqin bo’lishi davolashda ahamiyatga egadir. Bemor davolash haqida to’liq ma’lumotga ega bo’lishi shart va nazorat uchun kelganida bu ma’lumotlarini bilishligini va amaliyotda tadbiq qilayotganiga ishonch hosil qilishimiz shart. Birinchi qabulga kelganda bemorlarni tekshiruvlar va davolanishga, qayta qayta nazoratlarga kelib turishligini aytishimiz va bemor aytganlarimizni qilishlikka rozi bolishligi kerak bo’ladi. Nazorat bemorning davolanish paytidagi tuzalishini, davolashni ta’sirini va davolanishni nojo’ya ta’sirlarini baholash uchun shifokorga ma’lumot bo’lib xizmat qiladi.

Davolashning ijobiy ta’siri IELT’ni cho’zish, eyakulyatisyada nazorat qilaolishlik hissini uyg’otish va lazzatlanishni oshirish kabi jinsiy munosabatlarni o’z ichiga qamrab oladi. (10) Nazorat paytida PE’ni uch komponenti bilan baholanishi shart.  Klinik amaliyotda terapevtik nazorat uchun Tez Tashlash Profili (Premature Ejaculation Profile (PEP)) va Klinikadagi o’zgarishlardan global taasurotlar (Clinical Global Impression of Change (CGI-C)) shkalalari foydalaniladi. (12,13) (quyida keltiramiz) PEP, eyakulyatsiya kelish hissi, jinsiy aloqadan ko’ngil to’lish, eyakulyatsiayaga tegishli stress va juftlar orasidagi muammolarni baholaydigan 4 moddalik joriy etilgan savol javoblar formasidir. CGI-C esa bemorning oxirgi holatini, davolanishni boshlanishiga ko’ra qiyoslaydigan 7 ballik o’lchovdir. Bu so’rovnomalar avvallo ilmiy tekshirishlar uchun ishlab chiqilgandir, lekin klinik amaliyotda shifokorlar davolashlarni baholash maqsadida foydalansalar ham boladi.

PE’ni davolashni optimallshtirish

PE’ni davolashni optimallashtirish klinik amaliyotda katta ahamiyatga ega. PE etiologiyasi multifaktorialligi sababli davolashni, bemor holatini va bemor davolashdan nimani kutayotganligiga qarab davolash usulli individual bo’ladi. Doimiy kuzatuv va nazorat, bemor bilan munosabat va davolash natijalarni baholash uchun ahamiyatlidir.

Davolashni boshlashdan oldin bemor bilan davolashda bo’lishi mumkin bo’lgan holatlarni o’rtoqlashish kerak, bemor davolashdan nima kutayotganini eshitish va tartibga solish kerak, psixoseksual maslaxatlar va bemorni tayyorlash kerak bo’ladi. Bemorga davolashni maqsadini, to’g’ri dozasini, ichish tartibini, rejalashtirilgan jinsiy aloqadan qancha oldin qabul qilish kerakligini va bo’lishi mumkin bo’lgan nojo’ya ta’sirlarini aytilishi shart. Bir haftada kamida 4 marta yoki maksimum 6 marta qabul qilinishi kerakligini va baholash uchun nazoratga kelishi kerakligini ham tayinlash shart.

 

 

 

 

 

 4-hafta nazoratida bemorni to’gri dorini, to’gri dozada va to’gri shaklda qabul qilganligiga aniqlik kiritiladi. Nazoratga kelgan bemor dorinni (boshlang’ich dozani)  ko’pi bilan 4 hafta ichida eng kamida 6 marotaba ichish/jinsiy aloqa shaklida to’g’ri deb baholash imkoniyati yoq. Aslida davolashdan mamnunligi/foydasi, dorini ko’taraolishligi/nojo’ya ta’sirlarini baholash kerak. Bemorlarni muhim masalalari/asosiy ma’lumotlar to’gri bilishligi/bularni esida borligini nazorat qilish kerak.

Nazoratlarda davolashning ta’sirini IELT, PEP va CGI-C kabi asosiy so’rovnomalardan foydalangan holda baholash tavsiya qilinadi.

Dori (boshlang’ich doza)  bilan davolanishga to’gri reaktsiya ko’rsatgan bemorlarda, nojo’ya ta’sirlari bo’lmasa yoki nojo’ya ta’sirlariga chidash mumkin bo’lsa davolashni davom ettirib va keyingi nazoratlarni rejalashtiriladi.

Dori (boshlang’ich doza) dan kerakli natija olmagan yoki yetarli darjada ko’ngli to’lmagan bemorlar, bu dozadagi doriga javob bermaganlar gruppasiga kiritishdan oldin davolanishni samarasizligiga sabab bo’lgan omillarni yaxshilab baholash kerak bo’ladi. Bular davolanishni samarasizligiga sabab bo’ladigan lekin e’tiborga olinmagan muammolar, doza yetarli bolmasligi, kam jinsiy aloqaga kirishganlik /soni va xaqiqatdan uzoq xohishlar bolishi mumkin.

E’tiborga olinmagan kasalliklar va xamroh kasalliklar PE davolashni effektiga to’g’ridan to’g’ri ta’siri bolganligi sababli bu holatlarni dori berishdan oldin yoki dori berish bilan birga baholash va hal qilish kerak boladi.

 Boshlangich doza bilan davolash orqali IELT’ni muddatini kerakli darajada uzaytirilgani bilan bemorlani ko’ngli to’lishlik nisbati (45%), davolashdagi ijobiy javob reaktsiyasi nisbatidan (74.6%) past aniqlangan. Davolanishning ta’sirlari bilan bemorlarning davolanishdan kutganlari orasidagi nomutanosiblik (bemorlarni fantaziyalarini qo’niqtiraolmaslik) sababli amaliyotda davolanishni to‘xtatishga sabab bo’ladi.

Waldinger va hamkasblarining 5ta davlatda (Turkiya, AQSh, Birlashgan qirollik, Gollandiya va Ispaniya) umumiy aholisi orasida o’tqazgan ikki ilmiy tekshiruvida  IELT medianasi 5.4minut (0.55-44.1minut orasida) va 6.0minut (0.1-52.7minut orasida), orasida qayd qilingan va bu ko’rsatikchlar yosh otgan sari kamayganligini keltirib o’tishgan. Xozirgi kunda qabul qilingan mos IELT oralig’i 3-7 minutdir.

Agar boshlang’ich doza bilan IELT  3-7 minut orasida bo’lsa yoki o’sha davlatning o’rtacha IELT ko’rsatkichlariga chiqqan bo’lsa lekin hali ham bemorni ko’ngli to’lmayotgan bolsa demak bemorning xohishi xaqiqatga to’g’ri emas deb baholanadi. Dozani ko’tarish, bemor xohishlarini muhokama qilish kerak bo’ladi va navbatdagi nazoratga kelish rejasini beligilandi. Bemor boshlangich doza (depoksatin 30mg)dan qisman foyda ko’rgan lekin IELT normaga chiqmagan, nojo’ya tasirlari kuzatilmagan va osha davlat IELT ko’rsatkichlarining o’rtachasiga ham chiqmagan bo’lsa dozani ko’tarish mumkin bo’ladi. Keyingi nazorat rejasini tuzuladi.

Boshlangich dozadan ko’ngli to’lmagan, IELT ko’rsatkichi normaga chiqmagan yoki davlat o’rtacha ko’rsatkichiga chiqmagan bo’lsa, bu doza bilan nojo’ya ta’sirlar qayd etilmagan bolsa bemorlarni keyingi maksimal orttirilgan dozaga o’tishlari mumkin bo’ladi.

Ikkinchi ko’tarilgan dozaga o’tgan bemorlar, en kopi bilan 4 hafta ichida eng kamida 6 marotaba  qabul qilgan/jinsiy aloqadan keyin nazoratga chaqiriladi. 4-hafta nazoratida bemorning to’g’ri dori, to’g’ri doza va to’gri shakilda qo’llanganligi so’raladi. Davolashdan mamnunligi/foydasi, dorini ko’taraolishligi/nojo’ya ta’sirlarini baholanadi.

PAUSE nomli ilmiy ishda PE bemorlarining 17.7%’da boshlang’ich dozadan (dapoksetin 30mg) kerakli javob reaktsiyasi olmagan bemorlarga doza ko’tarilgan. Jiann va hamkasblarining tekshiruvida esa bemorlarning 42.9%’ida doza ko’tarilganda foyda ko’rganliklari qayd qilingan, Ikki barobar ortirilgan dozadan ham kerakli javob olmgan bemorlarga 3 barobar 4 barobar doza berib olib kerakli javobni olish mumkin degan ilmiy tekshiruvlar yoq.

Orttirilgan doza bilan ham davolanish foyda bermasa, o’zini tutushlik terapiyasi bilan kombinatsiyalash mumkin boladi. Bu holatda faqat bittasini o’zini qabul qilgandangidan ko’ra yaxshiroq natijaga erishiladi. O’zini tutush davolash usuli yagona usul sifatida foydalnilmasdan farkologik preparatlar bilan birgalikda qo’llash kerak bo’ladi. Bu ham yordam bermasa  uzun ta’sirga ega serotonin qayta olinish ingibitorlari, spreylardan foydalanishlik haqida ham o’ylab ko’rsa bo’ladi. Faqat bu dorilarni ko’pi tez tashlashni davolashga deb belgilanmaganligi sababli nojo’ya ta’sirlari kuzatilganda shifokorga ancha muammolar tug’dirishi mumkin.

Tashxis, davolash usullarini tanlash va davolashga kishining javob reaktsiyasini baholashda ayol juftini ham davolash jarayoniga tortishlik muhim ahamiyatga ega. Juftı PE bilan aloqador jinsiy, psixologik mavzularda shifokorga juda katta yordam beradi. Juftning davolashda ishtirok etishining ijobiy ta’sirlari ilmiy isbotlanga. Juftining birgalikda ishtirok etishi bemorga eyakulyatisya nazoratida, o’ziga ishonch va xurmatning o’rtishida juda katta ta’sirga ega. Bu bilan oilada bir biriga bo’lgan munosabatlarni ijobiy tarafga rivojlanishiga ham hissa qo’shilgan bo’ladi. Ayniqsa yoshi kattaroq juftlarni davolashda ayolidagi mavjud jinsiy disfunktsiyani baholash va davolash ham PE’ni davolash samarasini oshiradi.  Erkakda PE mavjud holatlarda ayolida (52%) jinsiy muammolar (xohish, qo’zg’alish, lubrikatsiya va orgazm) kuzatialdi, juftida PE bo’lmaganlarda esa bu ko’rsatkich nisbatan kamroq (23%) bo’ladi. Juftlar ishtirokidagi davolashlar o’tqazilgan ilmiy tekshiruvlar bor.

PE, jinsiy aloqa qilish texnikasidan bexabarlik va tez tez jinsiy aloqa qilmaslik kabi psixosotsial omillar bilan ham o’zaro aloqadadir. Ilmiy tekshiruvlarda jinsiy aloqa tez-tez qilishlik; jinsiy aloqa usullarini o’zlashtirishlik, o’ziga ishonch va qoniqishini yaxshilanishini ta’minlovchi va PE simptomlarini kamaytiruvchi ta’sirlarga ega ekanligi isbotlangan.

Xulosa qilib aytganda davolashga yondashishni bemorning simptomlarini, davolanishdan nima kutishlarini va PE’ga sabab boladigan etilogik faktorlarini belgilab davo usulini o’ziga xos qilib belgilash orqali, doimiy nazorat va kuzatish bilan ijobiy natijaga erishish mumkin. 

 

 

 

 

 

 


Muallif: Dr. Murodov Z. J.