UZ | RU | EN

Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti, oral jinsiy aloqa mavzusiga izoh berdi.

Шанба, 15 Июль 2017

 Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti (JSST)dan oral jinsiy aloqa (minet va kunilingus) da oson yuqadigan Super neisseriya gonorrhoeya yuqushidan ogohlantirdi: Prezervativdan foydalanib oral jinsiy aloqada extiyotkor bo’ling!

 

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti, oral jinsiy aloqa mavzusiga izoh berdi. Dunyoning yetakchi tashkilotlaridan biri bo’lgan JSST, oral jinsiy aloqani antibiyotiklarga chidamli bir infektsiya aniqlagani haqida izoh berdi. Bu gonorreyaga sabab bo’lishi aniqlagan Dr. Teodor Wi, “Bilim dunyosi buning uchun bir nechta dorini sinovidan o’tkazdi” deb habar berdi.

77ta davlatda o’tqazilgan bu ilmiy tekshiruvda “gonoreyaga sabab bo’ladigan bu infeksiya juda aqilli va qachon yangi bir antibyotik ishlab chiqilsa unga moslashib, unga qarshi kuch to’playabdi” deydi Dr. Teador Wi. Tug’ish va homilador qilishlikka zarar yetkazuvchi gonorreyaga ayniqsa rivojlanmagan mamlakatlarda yashovchilarni inobatga olgan holda aytganda “Bu faqat aysbergning ko’ringan qismi bo’lishi mumkin xolos” deydi Dr. Teador Wi. Gonorreya jinsiy a’zo, tog’ri ichak va tomoqdan yuqishi haqida maruza qilgan Dr. Teador Wi, “Ayniqsa tomoq og’rig’i uchun foydalanilgan antibyotiklar bu bakteriyaning chidamliligini ortiradi yani super bakteriyani rivojlanishiga sabab bo’ladi” deb ta’kidlagan.

Neisseria gonorrhea vaginal, oral va teskari muloqot bilan tarqalarkan Dunyo Antibiotik Izlanish va Ishlab chiqarish Hamkorligi asoschi Dr. Monica Balasegaram, “Yechim uchun umid juda oz. Faqat bir nechta dori ishlab chiqarilyapti lekin bularning ham ish berishi aniq emas. Oxirgi 15 yilda dorilarning formulasi 3 marotaba o’zgartirildi chunki bakteriyalarning chidamliligi ham ortyapdi” deb habar berdi.