Maslaxatlar Savol yuborish

  • Mavzu: Варикоцеле
    Sana: 23,04,2018
    Ismi: Ойбек
    Yoshi: 32
    Manzil: Андижан

    Savol: Ассалому алейкум Зариф Жумабoевич! сизга куйидаги саволлар билан мурожат килмокдаман; 1. Жаррохлик йули билан варикоцеле даволанса уруг % лари камайиб кетиши мумкинми? 2. Варикоцеле жаррохлигидан сунг угил фарзанд куриш коэффициенти пасайиб кетадими? ***варикоцеле 2 чи степен.


    Javob: 1. Varikosele erkak bepushtligida kop uchraydigan kasallik davosi faqat operatsiya bilan, har qanday operatsiyani asoratlari bolgani kabi buni ham oziga yarasha asoratlari bor, operatsiya qilinish usuliga qarab, Qaytalanishi, moyaklarda shish, kichrayish, ogriq, sperma sifatini buzulishi kabi asoratlar 1,6-29,7%gacha uchrab turadi. Ko'rinib turganidek ijobiy taraflari kop bolgani uchun shifokor operatsiya qilish kerak desa operatsiya qilish kerak boladi 2. umuman daxli yoq gap, Farzand jinsini hech kim oldindan belgilay olmaydi lekin nazariy jihatdan harakat qilish mumkin. Hech qanday Yapon, Xitoy kalendari asossizdir

  • Mavzu: Varikosele
    Sana: 18,10,2017
    Ismi: Hayot
    Yoshi: 29
    Manzil: Qo'qon shaxar

    Savol: Salom Doctor Varikosele operatsiyasidan keyin qandey yomon asoratlar qolishi mumkin


    Javob: odatda hech qanday asorat qolmaydi lekin juda kam holatlarda 3-29.7% holatlarda moyaklarda ogriq, moyakni kattalashishi, kichiklashishi, qayta varikosele bolishi va bularni bir nechasi birga kelishligi va hakozo asoratlar bor.

  • Mavzu: Iltimos javob bergin, rahmat
    Sana: 07,04,2017
    Ismi: Omon
    Yoshi: 29
    Manzil: Buhoro

    Savol: Assalom alaykum Zarif aka yahshimsiz. Uylanganmga 5 yil boldi, farzandim yuq. Urug analizlarim juda past chiqgan, doktorlar tavsiyasiga kora 1,5 oy oldin Moyagmda varikoz tashxisi bn operasiya qilndim. Meni savolim shundan iboratki, varikoz operasiyadan kegn qancha vaqt utb farzand kurish extmol ortadi. sog boling.


    Javob: Varikoseleni operatsiyadan oldingi urug` holatiga kop narsa bogliq boladi, salgina pastlik holatlarida 3oydan boshlab spontan homiladorliklar kuzatiladi, lekin urug` analizni aktivligidan tashqari boshqa muammolarining ham bolishi operatsiyadan keyin spermatogenezni stimullashga kerak bolishi mumkin fursatiz bolsa Qoqonga kelib korinib keting

  • Mavzu: varekoz
    Sana: 22,08,2016
    Ismi: akbar

    Savol: Salom Zarifjon Aka yaxwimisiz..varekozni bor odam spermasi yaxwi bulip farzandli biliwi mumkunmi bez aperatsiya..necha foiz odamlar aperatsiya siz farzandli biliwi mumkun.. iltimos jovob bering


    Javob: Albatta bolishi mumkin, 15% ida farzand boladi. Bu toifa bemorlar ozlarida varikosele borligini bilishmaydida chunki muammo bolmaydi. Agar homiladorlik kechikayotgan bolsa, urolog varikosele bor degan bolsa uni operatsiya qildirish kerak

  • Mavzu: Uy waroitida aniqlaw
    Sana: 19,04,2016
    Ismi: Amirbek
    Yoshi: 16
    Manzil: Buxoro

    Savol: Asalomu aleykum doktor! Sizdan bir narsa suramoqci edim! Uy waroitida varikatseleni aniqlasa buladimi!


    Javob: 7yil med.institutni keyin 3yil urologiya magistrini oqigach aniqlasa boladi

  • Mavzu: варикоцеле сабаб сперма ёмон булса уни махсус дорилар бн
    Sana: 07,04,2016

    Savol: Зариф ака варикоцеле сабаб сперма ёмон булса уни махсус дорилар бн яхшиласа буладими операция килмасдан. Жавобингизни кутаман


    Javob: yaxshilab bolmaydi operatsiya shart