Tanlangan Sara Savol-Javoblar

Savol Yuborish



Maslaxatlar

  • Mavzu: Spermogramma
    Sana: 20.03.2019
    Ismi: Shahzod
    Yoshi: 25
    Manzil: Sirdaryo

    Savol: Spermogrammani normal ko`rsatgichi qanday? Ko`p yozgan ekansiz faqat foiziga bog`liq emas deb. Normal spermogramma natijalari haqida to`liq ma`lumot bersangiz


    Javob: Saytda 2011yildan beri turgan maqola bor, Spermogramma (- http://andrology.uz/site/maqola?id=9) kirib oqingda

  • Mavzu: Peshob
    Sana: 19.03.2019
    Ismi: Akmal
    Manzil: Navoiy

    Savol: Salom, doktor, savolim shundan iboratki, uyqu vaqtida xuddi peshob ajratayotgandek tuyg'u bilan uyg'onib ketyapman. Lekin har doim qarasam hech nima bo'lmagan bo'ladi. Shu vaqtgacha bunaqa emas edi. Siydik ajratishda va uni ushlab turishimda muammoyim umuman yo'q. Doktor nega bunday bo'lyapti? Javob uchun oldindan rahmat!


    Javob: bu savolga yoshiz katta uylangan bolsez kerak yoki begona bilan bolgan bolishiz mumkin degan holatda javob yozyapman, ba'zi kasalliklarda shu belgi boladi, ruschada mazok ozbekchada surtma analizi kerak boladi

  • Mavzu: Gipoplaziya
    Sana: 17.03.2019
    Ismi: Anvar
    Yoshi: 28
    Manzil: Toshkent shaxri

    Savol: Salomalekum Zarif aka yaxshimisz. Menga ikkala tuxumlar gipoplaziya va azospermiya tashxisi qo'yildi. Davosi bormi, xech shunaqa xolatlarda bemorlaringiz tuzalganmi..Javob uchun oldindan raxmat.


    Javob: qoyilgan tashxis juda ham og'ir albatta lekin zamonaviy tibbiyot insonlarni umidsizlikka tushurmaslikka chaqirmoqda va shifokorlardan harakat qilishlikni talab qilmoqda, bir paytlar bundan 5-6yil avvallari shu kabi tashxislik bemorlarga iloji yoq, farzand saqlab olinglar derdim lekin Xalqaro konferensiyalardagi qatnashishlarimizdan olingan bazi ijobiy malumotlar sababli endigi kelayotgan bemorlarga boshqa davolash usullarini tadbiq qilish orqali bir necha bemorlarda natijalarga erishyapmiz, shunga umidni yoqotmang imkon qilib qabulimizga kelsez harakat qilib koramiz

  • Mavzu: prostatit
    Sana: 16.03.2019
    Ismi: alisher
    Yoshi: 22
    Manzil: surxondaryo

    Savol: Assalomu aleykum Zarifjon aka,Meni savolim shundan iboratki , ??? tv da shifokor uylanmagan yigitlar bir marta jinsiy aloqa bo'lganidan so'ng , bu ishni to'xtatsa , vaqt o'tishi bilan sperma dimlanib , keyinchalik prostatit yuzaga kelishi mumkin ekan. Demak uylanguncha masturbatsiya qilish kerakmi ?


    Javob: Togri uni ham biz shu yerdan juda kop marta va bir nechayildan beri bot bot aytib kelamiz, masturbatsiyaga ham qarshimiz, sal oldingi savol javobda koringanlarigdek shu va shu kabi bir necha muammolarni paydo qilasizlar

  • Mavzu: jinisy olatdan ajralma
    Sana: 16.03.2019
    Ismi: Jamshid
    Yoshi: 23
    Manzil: jasurov

    Savol: Olatimdan bezsvet modda ajralepti bu nma özi uylanganman bu moddani ayolimga qanchale zarari bor


    Javob: Rangisiz ajralma turli infektsiyalarni belgisi bolishi mumkin bularni ichida oddiy shamollashdan tortib jiddiy holatlar ham bolishi mumkin shuningchun, ajrlamani analiz qildiishiz kerak va siz urologda ayoliz ginekologda davolanishlaring kerak bo'ladi, zarari ham analiz natijasi bilan bog'liq

  • Mavzu: Onanizim
    Sana: 16.03.2019
    Ismi: Alisher
    Yoshi: 22
    Manzil: Rosiya

    Savol: Salom doktir bu savol men uchun muhim jovob yozing iltmos Doktir men kiz bola bilan bolmaganman onanizm bilan kop shugilanganman olatim tarang turmaydi tarang turganini ham eslay olmayman buni davolashga qancha vaqt ketadi kuzda toyim bolishi kerak toydan qancha oldin qabulizga boray Doktir hamasini normal qilsa boladimi


    Javob: uylanmasdan jinsiy aloqa qilmasligiz yaxshi lekin mana shu ba'zilar tomonidan yaxshi deyilgan onanizmni oqibatlaridan bittasi korganingizdek, avvallo bu odatni tashlang, kelib korik va tekshiruvlardan otsez tahminan 2-4-6oylar ketadi organizmingiz qay bir davolashga javo berishiga bog'liq ravishda 

  • Mavzu: Xoxish
    Sana: 14.03.2019
    Ismi: Shahzod
    Yoshi: 25
    Manzil: Namangan

    Savol: kecha ertalab va kechqurun harakat qilgandim tarang edi ammo endi kiritmoqchi bolganimda so`lib qoldi. toyga 20 kun bolgan bu nimadan bolishi mumkin qanaqa kasallik?


    Javob: Yangi uylanganlardagi hayojon, stress holatida bo'lib turadi, havotirga o'rin yoq muhimi qo'shilib olgan bolsez boldi, ba'zan erkaklarda normal jinsiy hayot oz iziga tushib ketishi uchun 3-6oy kerak bo'ladi. Shu mavzuda, ba'zi ayollarda ham yangi turmush qurganlarida menstural siklini buzulishi kuzatiladi. Imkon qadar e'tibor bermasdan oilani kundalik turmushni davom ettirishiga harakat qilinglar


  • Sana: 12.03.2019
    Ismi: Abdujalil
    Yoshi: 21
    Manzil: Farg'ona

    Savol: Assalomu alekum Zarifjonaka men hozir Rossiyadaman mening chap tuxumdon tagida uzunligi 3-4 sm bolgan shishish paydo boldi 1 oydan o'tdi oldin kichik edi hozir ancha uzayib qoldi keyin ushlasam og'riyapti nima maslahat berasiz.


    Javob: hamma ishni tashlab zudlik bilan doktorga uchrang, siz aytgan narsa oddiy varikoselega ham oxshamaydi, chunki osib boryapti va ogriyapti deyapsiz, shifokor qolqop kiyib ushlab korishi va uzi, siydik kerak bolsa qon tahlillari qilishi kerak bolishi mumkin

  • Mavzu: Spid
    Sana: 12.03.2019
    Ismi: Botir
    Yoshi: 18
    Manzil: Toshkent shahar

    Savol: hurmatli shifokor! agar 2 sog'lom tomon anal aloqa qilsa Vich infeksiyasini ortirib olishi mumkinmi.


    Javob: bu yerda oldin soglomlik tushunchasini kozdan kechirish kerak, sog'lomlik-kishining ham moddiyatan, ham ruhan muammolardan holisligidir, tibbiyot nuqtai nazaridan anal jinsiy aloqaga intiluvchilarni sog'lom deyaolmaymiz, undan tashqari VICH sog'lomlarda bo'lmaydi, yuqmaydi ham, lekin boshqa kasalliklar yuqishi ehtimoli juda baland. Etikalar normalar degan narsaga amal qilishlaringni sorayman. Bu savolga juda ham kop marta javob bermaslikka harakat qildim, ham telegramda ham telefonda ham sms.da lekin orqasi kesiladiganga oxshmaydi bu sorovlarni shunga yozdim 

  • Mavzu: Prezervativ
    Sana: 12.03.2019
    Ismi: Xudoybergan.
    Yoshi: 23
    Manzil: Urgench

    Savol: Do'xtir yana bitta savolim jinsi aloqa paytida prezervativdan foydalanish kasalliklarda qanchalik saqlaydi.? Javobiz uchun kotta raxmat.


    Javob: Jinsiy aloqada kasalliklardan himoya bo'lishni 100% kafolatlangan usuli begona ayollar bilan bolmaslik, prezervativlar 98%ga himoyalaydi

  • Mavzu: Olat
    Sana: 12.03.2019
    Ismi: Xudoybergan.
    Yoshi: 23
    Manzil: Urgench

    Savol: Salom doktir savolim shuki olatimni ustirishni ilojisi bormi xozir eriksiya paytida 11_12sm yana uzaytirsa bo'ladimi va qanday yo'l bilan...2 savolim.chap tarafga ozgina egrilik bor kattik eriksiyada unchalik sezilmaydi buni xam togirlash kerakmi yoki zarari yukmi..j.u.raxmat.


    Javob: yozgan olchamlariz normani ichiga kiradi, kattalashtirishni hayolizdan chiqarib tashlang, Agar qattiq erektsiyada sezilmayotgan bolsa tog'rilashga hojat yoq

  • Mavzu: Spermogramma
    Sana: 11.03.2019
    Ismi: Baxtiyor
    Yoshi: 22
    Manzil: Toshkent shahar

    Savol: Anchadan beri shuğullanaman lekin òzgarish bòmayapti. Shunga trenerlarim gormonal òzgarishing sust deyishdi. Gormonlar yaxshilanishi uchun testesteron maslahat qilishdi. Siz nima maslahat berasiz?? Javob uchun rahmat!!!


    Javob: kongildagidek ozgarish bolmagan bolsa demak hali yetarli shugullanmabsiz degani qisqa yoldan natija olish uchun gormon bermoqchi bolishyapti sizga ertadan keyin hayotda ayolizi yonida haqiqiy erkak bo'lishiz qiziq emasda?! MAn olmaslikni tavsiya qilaman, kelajakda ham shunga bog'lanib qolasiz

  • Mavzu: Spermo
    Sana: 11.03.2019
    Ismi: Baxtiyor
    Yoshi: 22
    Manzil: Toshkent shahar

    Savol: Sport bn shuğullanaman. Testesteron enontat deb nomlanuvchi ukolni qabul qilmoqchiman. Bu ukolni qabul qilish mumkinmi yomi bilish uchun qayerga borishim va nimaga analiz topshirishim kerak. Javob uchun oldindan rahmat


    Javob: kim nega tavsiya qildi, sport maqsadida qabul qilishga man qarshiman, sog'liqqa zarar keltiradigan sportdan voz kechish kk

  • Mavzu: Tez bushaliw
    Sana: 09.03.2019
    Ismi: Sherzod
    Yoshi: 33
    Manzil: Namangan

    Savol: Salom doktir men juda tez buwalaman yarim minutgaxam bormaydi bu tugʻma emasmi davosi bormi agardavisi busa taxminan qancha vaxt ketadi javob un raxmat


    Javob: Erta boshalish, tug'ma ham ortirilgan ham bo'lishi mumkin, 95-97%gacha ijobiy natija bilan tugaydi davolanish, 3 bosqichda olib boriladi, 1-3-6oylar ketishi mumkin, qabulimga kelishiz mumkin

  • Mavzu: Prostatit va varikotsil
    Sana: 09.03.2019
    Ismi: Davlat
    Yoshi: 24
    Manzil: Buxoro

    Savol: Olloh sizdan rozi bölsin.Turmush qurganimga 7 oy böldi. Farzand yöq. Doktorga borganimda prostatit va 2 darajali varikotsel tashxisini qöydi. Prostatitni davolayapman 2 oylar bolyapti. May oylarda varikotselni oldirmoqchiman. Doktor operatsiyadan qancha vaqtdan söng effekti bilinishi mumkin. Prostatitni qancha vaqt davolansa tuzalib ketadi?


    Javob: Adabiyotlarda varikosele operatsiyasidan keyin spontan homiladorlikni 1yil davomida kutiladi deydi, operatsiyani tasiri eng erta 3oyda spermogrammada o'zgarishlar seziladi, prostatit 4-6 haftada batamom yoqoladi

  • Mavzu: Moyak xaqida
    Sana: 07.03.2019
    Ismi: Murod
    Yoshi: 24
    Manzil: Buxoro

    Savol: Chap moyagim o'ngiga nisbatan katalashgan, sezilarli ogriqham bor.


    Javob: odatda moyaklarni bir biridan sal kattaroq boladi, lekin u ham 2ml.dan oshmasligi kerak, kattalashishga turli sabablar bor, eng kop suv yeg'ilish-istisqoda kuzatialdi, varikoseleda esa tomirlar hisobiga bemorga katta korinishi mumkin lekin aslida kichrayadi, va hakozo holatlar bor, ozizga yaqin urolog-andrologga murojaat qiling, imkoniz bolsa Qoqonga kelsez ham qoldan kelgan yordamni qilamiz


  • Sana: 06.03.2019
    Ismi: Аладин
    Yoshi: 22
    Manzil: Фаргона шахар

    Savol: Кизлар билан жинсий алока кила олмаяпан. Уйланмаганман, хохищ бор.


    Javob: Hamma uylanmaganlarda xohish juda baland boladi, siz ham yoshizga mossiz, yoshiz yetibdi uylaning keyin j.aloqada bolasiz uylanmasdan bo'lishlik har taraflama zararli


  • Sana: 06.03.2019
    Ismi: Abduraim
    Manzil: Tash obl

    Savol: Big zilla shu kabi dorilar haqida nima deysiz kechagi savolomga javob beribsiz lekin nima qilsam bòladi shifokorga kòrinsam bòladimi javob uchun oldindan raxmat


    Javob: o'zlaring ham hich etibor berib kordilaringmi bugun Big Zilla, Epidiyum majuni va hakozolar maydonga chiqdi, bularni ham vaqti otib yana asl tibbiyot o'zligini saqlab qoladi. Bu preparatlarni 30-40minutda 1-2soatda effektini korayotgan bolsalaring ichida biz belgilayotgan himiyaviy modda bor degani va tadqiqotlar shuni korsatganki kopincha bularda bir kunlik maksimal dozadan koproq bor, insonni ancha qiyin axvolga tushirib qoyaoladi. Qiyin axvolga tushganlar ozlarini shu dorini orqasidanligini hech kimga aytishmaydi, shunga hamma bezarar deb oylaydilar


  • Sana: 05.03.2019
    Ismi: Abduraim
    Manzil: Tash obl

    Savol: Salom doktor mani savolim shuki uylaganman har kuni aloqa qilaman lekin bir kechada birinchisidan kegn qolganiga 2 3 lariga hohish bòlmaydi. Ertasi kuni yana bitta qolganiga qiynalaman shunga nima deysiz


    Javob: Jinsiy aloqaga bolgan xohish insonni miyasida bo'ladi, agara siz xohlasangiz lekin j.olat qo'zg'almayotgan bo'lsa buni davolasa boladi, xohishni ko'tarib qoyishni ilojisi yoq, xohish bu psixologik faktor ayolizi sevib borgan sari ishtahangiz ochilgan sari soni kopayishi mumkin. Bir martadan toyim hissi hosil bolayotgan bo'lsa ozizi majburlamang

  • Mavzu: Moyaklar kichik bolsa ham
    Sana: 05.03.2019
    Ismi: Davlat
    Yoshi: 25
    Manzil: Moskva

    Savol: Assalomu alekum doktr yaxshimisiz mani savolim shundayki moyaklar kichik bolsa ham farzand korsa boladimi.


    Javob: 12mldan kichik barcha moyaklarni kichik deb hisoblanadi lekin moyak ishlab chiqargan mahsuloti baholanadi kichikligidan tashqari urologga uchrab korikdan keyin kerakli analizlarni topshirish kerak

  • Mavzu: Spermogramma
    Sana: 04.03.2019
    Ismi: Jamoliddin
    Yoshi: 24
    Manzil: Toshkent shahri

    Savol: Assalomu alaykum Zarif aka, ishlaringiz yaxshimi? Spermogramma topshiradigan vaqtda, grippdan to'la tuzalmagan bo'lsa, urug' sifatiga ta'sir qiladimi? Javob uchun oldindan katta rahmat.


    Javob: qisqa muddatli gripni urug'ni asosiy parametrlariga daxli yoq


  • Sana: 04.03.2019
    Ismi: Ilhom
    Yoshi: 19
    Manzil: Qarshi

    Savol: Gonoriya haqida malumat olmoqchiman davolanish usulari


    Javob: Gonorreya-so'zak kasalligi, teri tanosil shifokorlariga qarashli, sizga qisqacha shuni aytishim mumkin odatda 95% kasallangan kishidan kishiga yuqadi. Insoniyatni bu kasallik bilan chalinishi zebra bilan j.aloqa qilgan erkaklar orqali yuqqan, qiziqarli tarixiy fakt haqida qisqa ma'lumot edi

  • Mavzu: Onanizm
    Sana: 03.03.2019
    Ismi: Farrux
    Yoshi: 23
    Manzil: Samarqand

    Savol: Salom doktor. Men 7 8 yildan ortiq onanizm bn shug'illanganman. Qattiq joyga tirab bo'shanardim. hozir haftada bir marta bo'lyapti. Tez bo'shanaman. Qizlar bn quchoqlashganimda ham bo'shanib yuboraman. Onanizmni butunlay tashlasam narmal holatga qaytamanmi yoki davolanish kerakmi.


    Javob: Zararli odatlar va qizlar bilan munosabatda bolmasez uylangungacha sabr qilsez yaxshi bolib ketadi, agar yaxshi bb ketmasa yoki kongliz tolmasa toydan 2-6oy oldin kelib korik va tekshiruvlardan otib davolanib olsez ozizga ham bolajak turmush ortogizga ham yaxshilik qilgan bolasiz

  • Mavzu: Чап мояк кичрайиши
    Sana: 28.02.2019
    Ismi: Hazratov
    Yoshi: 21
    Manzil: Jizzah

    Savol: Ассаляму алекум. Чап моягим кичрайган жойидан хам силжиди бази вактлар Тепага чикб колади . Огрик йук умуман. Олдин бунака емасди. Жиддий нарса емасми нма клсам булади доктор.


    Javob: Jiddiy holat hisoblanadi, moyaklar o'z ozidan kichrayishi jiddiy kasallik belgisi hisoblanadi, urologga uchrab korik va tekshiruvlardan oting, kelajakda farzand masalasiga ham ta'sir qiladi, yuqoriga chiqib qolishini ham inobatga olib doimo pastda turushligiga harakat qiling, sezgan zahotiz qol bilan tushirib qoying

  • Mavzu: Hirs
    Sana: 28.02.2019
    Ismi: Samir
    Yoshi: 29
    Manzil: Санкт-Петербург

    Savol: Assalom alekum doktor avvalo ishingzga rivoj aka savolim nourin bulsa oldindan uzur men 3 oydan beri rossiyadaman uylangan farzandliman shu desangz jinsiy aloqa yuqligi sababli shaxvoniy xirslarim ancha qiynab quydi meni zino qilishdan xudo asrasin shuning uchun biron bir tabletka yuqmi shu xirslar quzgalganda tabletkani ichib tinchlantirsam raxmat


    Javob: siz aytganlariz tibbiy jihatdan tavsiya qilinmaydi, chunki ba'zan qaytarib bolmas asoratlar berishi mumkin, keyin erkaklikni tiklash muammoga aylanib qolishi ham mumkin, Shuning uchun tavsiya: uylangach imkon qadar er-xotin birga yashashlikka harakat qilinglar (alohida yashashlik 4oydan otib ketmasin), sizni yoshingizda bu holat mos imkon qadar begonalarga qaramaslik, hayolni chalg'itmaslikka intiling, Juda toyib ovqatlanmang, Ba'zi kunlari och qolishlikda ham foyda bor


  • Sana: 26.02.2019
    Ismi: Fayz
    Yoshi: 22
    Manzil: Termez

    Savol: Salom zarif aka ishizga omad aka ikin chi aloqadan keyin sperma kemadi birinchi marta bòlishi


    Javob: yoshlarda yangi uylanganlarda uchraydiganlarda jinsiy aloqani sonini kopligi uchun normal holat hisoblanadi, organizmizga dam berib turing

  • Mavzu: Jinsiy aloqa
    Sana: 26.02.2019
    Ismi: Azizbek
    Yoshi: 31
    Manzil: Andijon

    Savol: Assalomaleykum Zarifjon aka yahshimisiz charchamayapsimi savolim aloqa paytida ayolining hayzi kelib qolsa buni er bilmasdan davom ettirsa buni qanchalik ziyoni bor


    Javob: juda kop faktorlarga bog'liq aslida ayol hayz siklida nimalar roy beradi va nima uchun mumkin emasligini bilishimiz kerak, Ayollar oy ko'rish mahalida bachadon shilliq qavati ko'chib tushadi va bachadon boshliqi ochiq jarohat-yara kabi korinishga ega boladi, bu joyga ishqoriy muhitga ega bolgan spermani tushushi albatta yaxshi emas, undan tashqari qon ketish natijasida bu davrda ayollarda immun tizimi ham pastlagan boladi. Shuningchun kelish sanasiga ehtiyot bolgan maqul

  • Mavzu: Ereksiya
    Sana: 21.02.2019
    Ismi: Rustam
    Yoshi: 27
    Manzil: Qashqadaryo

    Savol: Salom zarif aka savolim shuki men jinsiy aloqada bulganimda olatim tarangligini yuqotyapti qinga kirgandan kiyin bushaship qolyapti oldinlari hech bunaqa bulmasdi jinsiy aloqa boshlasam stresga tushyapman uylanganman rahmat javobingiz uchun


    Javob: ishdagi ko'cha kuydagi kongilsizliklar, charchoq, stresslar ham erektsiyani buzulishiga sabab bo'ladi, erektsiyani buzulishi ham siz yozgandek stressga sabab bo'ladi tibbiyotda biz buzuq halqa deymiz yani shikoyatlar bir biriga sabab bo'lib borgan sari ortib boraveradi, buning uchun doktorga urolog-androlog-psixolog sifatida korik va tekshiruvlardan o'tishiz kerak bo'ladi. Telefon raqamizga sms ham ketdi

  • Mavzu: Savol
    Sana: 21.02.2019
    Ismi: Fazliddin
    Yoshi: 28
    Manzil: Samarqand

    Savol: Assalom alaykum, doktor, yaxshimisiz. Doktor menda oxirgi paytlarda jinsiy olatim jinsiy aloqagacha to'liq qattiqlikda yo'g'onlashmayapti, aloqa payti esa tezda o'zining hajmini yo'qotib qo'yayapti. Lekin 2-3 haftadan beri buyragimda og'riq bor eei, doktor yallig'lanish va shamollash bor deb dori yozib berdi, yuqoridagigs sabab buyrak kasalimikan?


    Javob: Siz aytgan andrologik shikoyatlarizga buyrakni bu yoshda va bunchalik qisqa muddatda togridan togri tasiri yoq lekin organizmning boshqa yeridagi ogriq va kasalliklarda jinsiy susayishlar kuzatilishi tabiiy hol siz ham buyrak muammolaridan qutulsangiz qolgani iziga tushib ketadi

  • Mavzu: mayak
    Sana: 19.02.2019
    Ismi: Dilmurod
    Yoshi: 21
    Manzil: Sirdaryo tumani

    Savol: Assalomu alaykum Doktir mayakda ugriga o'xshagan toshma bor anchadan beri bu kasallikmi yoki tabiy holatmi


    Javob: Voyaga yetish davrida, gormonal muvozanatni barqarorlashgungacha, yuzda va/yoki tananing boshqa joylarida husnbuzarlar chiqib turushi normal holat hisoblanadi, imkon qadar tegmaslikka ozi chiqib ozi qaytishiga imkon berish kk. 

  • Mavzu: Varekasenni. epidemitit
    Sana: 17.02.2019
    Ismi: Farruh
    Yoshi: 24
    Manzil: Xorazm

    Savol: salom. men 5 oy oldin Varekosenni db aperatsiya qilishdi. biroz vaqtdan kegin moyak ustida tomirga oxshash shish paydo boldi.epidemitit db tashxis qoyib 1 hafta shishga ampensilin yuborishdi. ln hozirda ham moyak ustdi shish bor doktor jiddiymas dedi biroq bazida oz oz ogriq bolyapti. bu ozi shunaqa bolishi kerakmi yoki notogri davolashdanmi?


    Javob: Varikosele operatsiyasini asoratlaridan biri hisoblanadi, siz ham balki shamollatgan ham bo'lishiz mumkin, hozirgi kunda shish yoqolgan bolsa, og'riq oqtin oqtin bolib turushu normal holat hisoblanadi, chidab bolmas darajada bolsa ogriql qoldiruvchi tabletkalar ichishiz mumkin, shifokoriz bilan korishib fizioterapiyalar olishiz ham mumkin. Imkon qadar etibor bermaslikka harakat ham qiling

  • Mavzu: Moyak
    Sana: 15.02.2019
    Ismi: Azizbek
    Yoshi: 31
    Manzil: Andijon

    Savol: Assalomaleykum Zarifjon aka yahshimisiz ishla bilan charchamayapsimi meni savolim shu dan iboratki chap moyagim kichikroq tomirlari ham kattayib ketgan shunga maslahatiz kere


    Javob: birinchidan siz uylangan va farzand muammongiz bormi yoqmi bunga oydinlik kiritish kerak,undan keyin korikdan otsez eng kop ehtimolda varikosele chiqsa va moyak olchamlari bir birdan 2ml.ga farq qiladigan bo'lsa qon tahlillarda moyak funktsiyalarini buzulishi tasdiqlansa varikoselektomiya qilinadi, aks holda muammo emas, urolog korik va tekshiruvlari hal qiladi


  • Sana: 14.02.2019
    Ismi: Ahrorbek
    Manzil: namangan

    Savol: Salom doktor uylanganimga bir yil boldi farzand bolmayapti urug' analizi topshirdim yaxshi chiqdi lekin moyaklarim kichikka oxshaydi moyaklar kichik bolsa urug' analizi past chiqadimi yoki analizga tasiri yoqmi


    Javob: Agar haqiqatdan ham normada bolsez ayolizi ham tekshirish kerak, undan tashqari moyak kichikligida ham spermatozoidlar sonidan tashqari sifatida ham ozgarishlar boladi, bu ham homilador bolmaslikka va/yoki homila rivojlanmay qolishi, tushib qolishida ahamiyatga ega, Qabulimizga kelib korinishiz mumkin

  • Mavzu: Aloqa qilolmaslik
    Sana: 13.02.2019
    Ismi: Ilhom
    Yoshi: 23
    Manzil: Surxondaryo

    Savol: Assalom aletku doctor yaxshimiz ishlariz yaxshimi sizga savollarim bor edi.1.jinsiy aloqa qilmasimdan urug' chiqib ketyabdi.2.olatni boshi bazida muzday bo'lib qoladi.3.kegel mashqlari foydali deb internetda o'qidim rostdan ham foydalimi qanday bajarish tartibini topsa bo'ladimi.javob uchun rahmat.


    Javob: 1. urug'mi urug' emasmi bilish kerak, lazzatlanish bor yoqligi ham muhim, qay holatda chiqib ketayotgani ham muhim, analiz qilish kerak 2. Nerv stress holatlarida, qon aylanishni buzulishida muzlash kuzatiladi 3. saytda Tez boshalish  (http://andrology.uz/site/maqola?id=28) maqolasida batafsil yozilgan

  • Mavzu: protein
    Sana: 11.02.2019
    Ismi: shohrux
    Yoshi: 22
    Manzil: jizzax

    Savol: Zarif aka siz protein zararli deb hisoblaysizmi. òzimizani òzbek doktorla va bodybuilderla xar-hil kòrsatuvlarda jamiyatimizga oz soģliģlarini yanada mustahkamlash maqsadida protein qabul qilishni tavsiya qilmoqda.agar shu kaloriya va oqsillarni tabiiy narsalardan olmoqchi bulsak bundan kòproģ mablag ketadiku.


    Javob: man zararli deb hisoblamayman, organizm tabiiy holatda oziq ovqat mahsulotlaridan oziga kerak narsalarni oladi, tog'ri ratsionda ovqatlanilsa. Bodybuilding bilan shugullanadiganlar proteinni qabul qilgandan keyin soatlab og'ir yuklarni olib ishlashadi agar ishlashmasa osha ular xohlagan tanada mushaklar gipertrofiyasi kuzatilmaydi, man o'sha o'zini qiynab ishlashiga qarshiman, juda ko'p martalab aytdik erkaklik gormonini asosan Miya, Jinsiy a'zolar va mushaklar ishlatadilar, bular Testosteronni mushaklarga ishlatsa qolgan a'zolar orqada qoladi.....

  • Mavzu: простата бези
    Sana: 11.02.2019
    Ismi: Мухиддин
    Yoshi: 31
    Manzil: Риштон туман

    Savol: Ассалому алейкум Зарифжон ака ишлариз яхшими чарчамай юрибсизми мени саволим қуйидагича простата бези шишиб кетиши оқибатида тез бўшалиш олатни туриши суст ёки таранглиги бўш бўлиши мумкинми


    Javob: juda ham kam orni bor hozir yozganlarizga prostatitni tasiri, faqat prostatitni davolamasdan turib Erta bo'shalish va Erektil disfunktsiyani davolashga harakat qilish notog'ri boladi, shuningchun kop joyda urologlar prostatitni davolashadi oldin, odat shikoyatlari yoqolib ketmaydi va keyingi bosqichda analiz natijalariga ko'ra taktika belgilanadi

  • Mavzu: Onanizm
    Sana: 10.02.2019
    Ismi: Tohir
    Manzil: Surxondaryo

    Savol: Assalomu alaykum Zarifjon aka yaxwmisz Alloh sizdan rozi bolsn meni savolm wundan iboratki 9yildan beri onanizm bn wugullanaman bu iw gunohlgini va sogligmga ziyon yetkaziwni blaman ammo hec tawlolmayapan menda bowangan va siyw vaqti achiwiw bor va spermamda qandaydr hid bor doktorga uchrawga hozr imkonyatm yoqroqda doktor iltimos maslahat bersangz


    Javob: shikoyatlarizga o'ziz ham etibor bergan bolsez juda kop bezovtagarchiligiz ham kop bularni davolamasez oldini olmasez bundan ham yomonlashadi xolos, hamma ishni tashlab sogliq uchun vaqt ajrating, onanizmni hamma harakat qilib orasini uzaytirib tashlayapti siz ham harakat qilib koring, zudlik bilan urologga uchrang

  • Mavzu: hiyonat
    Sana: 09.02.2019
    Ismi: sir bolsin
    Yoshi: 30
    Manzil: Sirqolsin

    Savol: А. алайкум Яқинда бошимга бир мусибат тушди,аёлимни хиёнат устида ушлаб олдим,аёлимни шаръий жавобини берганман Аёлим мактабда ўқитувчи бўлиб ишлайди Аёлим мактабидаги зам.директорга илакишиб қолган экан Дўстим хам ўша мактабда ишлайди айтиши бўйича ўша зам.директор жинсий олатига қандайдир шарик қўйган экан, қачонки аёл киши билан жинсий муносабатда бўлса,аёл зўр қониқиб ўша эркакдан кетмас экан Саволим шуки: жинсий олатга шарик нима учун керак? Ноўрин савол берган бўлсам узр


    Javob: Voqea tafsiloti juda ham kerak emas ediku mayli jamiatimizga dars bolishi uchun qolsin, umuman kerakli narsa emas, vaqtincha effekt beradi lekin har jihatdan mumkin emas, asosan G'arb davlatlarida, bizda ham ba'zan uchraydi hayotini jinsiylikdangina iborat deb oylaydigan yoshlarda kuzatiladi soqqacha-sharikdan boshqa narsalar ham bor aslida, lekin dostingizni gapi juda ham tog'ri emas, ayol kishi ham hayotini faqat jinsiylikdan iborat deb oylasa, "Ko'r ko'rni qorong'uda topibdi" degani tog'ri kelgan bo'ladi. Qabulimizga ming pushaymon bo'lib ahmoqlikdan boshqa narsa emas deb munchoq-soqqacha (sharik), ot yolni, yog'ni oldirtirgani kelganlar uchrab turadi. Bu toifa insonlar psixologik muammolari bor insonlar hisoblanishadi.  Normal ruhan, jinsiy sog'lom kishilar uchun kerakli emas

  • Mavzu: Siydik tomchilashi
    Sana: 08.02.2019
    Ismi: Jjjj
    Yoshi: 20
    Manzil: Toshkent

    Savol: Assalomu alaykum. Siygandan keyin 3-4 tomchi siydik tomchilashi va bir oz siydik qolib ketgandek his qilish. Shu mavzudagi javoblarizni o'qib chiqdim. Kasallik paydo bo'lishiga nimalar sabab bo'ladi? Kasallikni oldini olish choralar qanday? Qabulingizga borsak davolanishga taxminan qancha vaqt ketadi? (Ishlarni rejalashtirib vaqt ajratish uchun)


    Javob: eng kop shamollash sabab boladi lekin boshqa sabablar ham bor, shamollashga ham dimlanish sabab deyishimiz mumkin, oldini olish uchun ozizi ehtiyot qilishiz kerak boladi, har hil hayollarga berilmaslik kerak boladi. Korik tekshiruvdan otib davolanib olgach. tekshiruv uchun eng kop bilan 3kun ketadi, natijaga qarab davolash muddat turlicha bolishi mumkin, Siydik yollari infektsiyasi odatda 4-6haftagacha cho'ziladi, lekin biz 10kun yotoq shaklida keyin qolganini masofadan turib boshqarish usulida davolayapmiz 

  • Mavzu: Ereksiya
    Sana: 07.02.2019
    Ismi: Davronbek
    Yoshi: 24
    Manzil: Quqon shaxar

    Savol: Ereksiyani susayishiga nimalar sabab buladi yosh arganizmda olat nima sababdan tarangligini yuqotadi davolanishta samara buladimi iltimos savolimga telefon nomerim orqali javob yozsez.


    Javob: Juda ham ko'plab sabablar bor shulardan bir ikkita asosiysini aytib o'tay eng ko'p sog'lom yoshlarda stress, ishonchsizlik, qo'rquv, asabiylik sababli ED uchraydi, undan keyin qolaversa gormonal yetishmochiliklar (testosteron), qon tomir muammolari va hakozolar, murojaat qilsez sizga tegishli muammoni aniqlab sababni davolasak yaxshi bo'ladi, Qo'zg'alishini yoqotish-davolashni imkoni bor.  Telefonga sms jonatish hizmatimiz vaqtincha ishlamayapti, e-mail, web saytda va telegram kanalida javobinginiz olishiz mumkin


  • Sana: 06.02.2019
    Yoshi: 23
    Manzil: FARĢONA

    Savol: assalomu alekum aka ishlar yaxshimi. Savolim shundan iboratki jinsiy aloqa bòlmagan holatda xam tòsatdan sperma chiqib ketishi kuzatilyapdi. (tòriroģi chiqib ketay diyapdi) Bu bòydoqlikda odatiy hol bòlishi mumkin lekin bir kunda bir necha marta kuzatilyapdi... Javob uchun oldindan rahmat.


    Javob: siz aytganlariz hech qachon hattoki bo'ydoqlikda ham odatiy hol emas, bo'ydoqlikda bo'lsa ham uylangandan keyin bo'lsa ham kelib davolanishlaring kerak, uylangan bo'lsez turmush ortog'ingiz ham ginekologda davolanishi kerak bo'ladi

  • Mavzu: Jinsiy olat va sperma
    Sana: 04.02.2019
    Ismi: Xusainov
    Yoshi: 24
    Manzil: Xorazm viloyati

    Savol: Salom doktor yaxshimisiz hormang ishlar bilan. Men yoshim 24 da uylanmaganman onanizm bilan shugulanganman meni olatim olchami 14 sm moyaklarim ham kichikroq onanizm qilganda sperma kam miqdorda chiqadi va otilmay chiqadi bu kasallikmi buni davolashni iloji bormi iloji bolsa yordamingiz kerak


    Javob: aytganlariz ancha jiddiy muammolar onanizmga boglanmagan holatda ham urologga uchrab korik va tekshiruvlardan oting, urug' otilib chiqishi shart emas, chiqsa boldi

  • Mavzu: suyuqlik
    Sana: 03.02.2019
    Ismi: Asilbek
    Yoshi: 23
    Manzil: fargona

    Savol: Assolomu aleykun doktor yaxshimisiz. savolimni iltimos e'tiborsiz qoldirmang. savollarda jinsiy a'zo qo'zg'alganda oz miqdorda suyuqlik chiqsa norma ko'p chiqsa kasallik debsiz. shu kasallik jiddiymi, davolash jarayoni qanday boladi, muddati qancha, shu haqida iltimos to'liqroq javob bering. oldindan rahmat.


    Javob: birinchidan miqdorni mutaxasis kozi bilan korish va labaratoriyada tashxis qilish kerak, oldin bolmasdan yoki kam bb kopaygan bolsa kasallik bolishlik ehtimoli yanada yuqori hisoblanadi, Kasallikni hammasi jiddiy, lekin tashxisdan keyin ma'lum bo'ladi, Tahlilda nima chiqsa oshanga qarab shifokor sizga tegishli barcha malumotlarni aytadi

  • Mavzu: Jinsiy aloqa muddati
    Sana: 26.01.2019
    Ismi: Abdussamad
    Manzil: Namangan

    Savol: Assalomu alekum doktor salomatmisiz Savolim spermagramma topshirish un 3 yoki 5 kun aloqa qilmasdan spermagramma topshiring deydi savolim shu kunladan ko'proq ya'ni 7 yoki 10 kun utqizib topshirishilsa buladimi javob un oldindan raxmat.


    Javob: Dunyo Sogliqni Saqlash tashkilotini standartida 2-7kunlik jinsiy parhezda topshirishi kerak deyiladi biz amaliyotda, 3-5 kun deb olishimizi sababi shu normadan chiqib ketmaslik uchun, mana koryapsizku nimadir standart bu desak sizlar boshqacha qilsa bolmaydimi deb oz variantlaringni qoyasizlar, doktorlar aytganinga kiringlar kam bolmaysizlar ;)

  • Mavzu: Jinsga oid
    Sana: 26.01.2019
    Ismi: Sardor
    Yoshi: 26
    Manzil: Andijon Asaka

    Savol: Assalomu alekum! Xurmatli doktor meni savolim juda muxim, iltimos yordam bering. Savolim: men bo‘ydoq yigitman, yoshim 26-da. Menda jinsiy aloqaga exyiyojim uyg‘ongan vaqtdan 1-2-minut o‘tgach o‘latimdan oddiy suvni rangidagi suyuqlik 6-7-tomchi oqadi va quvig‘imda va mayakda ozroq og‘riq turadi, bu kasallikmi?


    Javob: uylanishga harakatni qiling, j.olat qozg'alganda uchidan shilliq chiqishi normada kuzatiladi lekin miqdori kishini bezovta qilishi kk emas, agar kopayib ketgan bolsa kasallik belgisi shu shilliqni tahlil qilib nima chiqishiga qarab davolash kerak boladi. Ozizga yaqin urologga uchrang, imkoniz bolsa Qoqonga kelishiz mumkin

  • Mavzu: O'lat terisida oq nuqtachalar
    Sana: 25.01.2019
    Ismi: mahmud
    Yoshi: 18
    Manzil: Yunusobod tumani

    Savol: Assalomu alaykum hurmatli shifokor! o'latim terisida oq nuqtachalar paydo bolib qoldi. U zararli emasmi!? Javobingiz uchun oldindan rahmat!


    Javob: avval bolmasdan keyin paydo bolgan bolsa avvallo oziz sababini bilsez kerak nimadan keyin paydo bolganini, agar oz ozidan desangiz ham analiz qilish kerak mutaxassis korishi kerak bo'ladi, Dermatolog shifkorga murojaat qiling

  • Mavzu: Qizlik pardasi
    Sana: 24.01.2019
    Ismi: Halim
    Yoshi: 24
    Manzil: Buxoro shahar

    Savol: Qizlik pardasi olinganidan sòng hayz kòrish òz vaqtida bòladimi


    Javob: ginekologlar togri va toliq javob berishi mumkin, Ayollar turmushga chiqib jinsiy hayot boshlagandan keyin kopchiligida qaytadan qurulish boshlanib malum muddatga izidan chiqishi mumkin, ozgargan bolsa ginekologga korsating

  • Mavzu: varikosele
    Sana: 23.01.2019
    Manzil: Andijon

    Savol: Assalomu alaykum Zarif aka... Men 6 oy oldin chap tomonlama varikoseleni oldirdim (Marmar usuli boyicha).operatsiyadan keyin hech nima bezovta qilmadi.. hozir ushlab korilganda tomir haliham turibdi.Biroz nohushlik ham bor ...varikosele qaytalanib qolgan bolishi mumkinmi


    Javob: Bolishi mumkin qayta korik va tekshiruvlardan otib koring

  • Mavzu: spermagramm
    Sana: 22.01.2019
    Ismi: Asomiddin
    Yoshi: 28
    Manzil: surxondaryo

    Savol: salom spermagramm topshirganimda A harahatdagilari 0 B 1.04 Г 37.94 yani harakatsizi kup chiqayapti shuni davolasa buladini tiklash uchun qanday davo yullarini qullash lozim javobiz uchun oldindan raxmat


    Javob: jiddiy holat korik tekshiruvlardan keyin davolashga harakat qilib korsa boladi uzoq muddat talab qilishi mumkin


  • Sana: 21.01.2019
    Ismi: Zafar
    Yoshi: 24
    Manzil: Qarshi

    Savol: Salom zarifjon aka meni savolim shuki men onanizim bn shug‘ulanib turaman manda bir hafta bo‘ldi tishlarmni sarg‘ayishi ko‘zatila boshladi onanizm yoki shunga uxshash jinsiy muammolarga aloqador bo‘lshi mumkinmi tishlarni sarg‘ayeshi javobni telegramda yuborsangiz


    Javob: daxli yoq lekin onanizmni tashlang