- Dec
01
2024 - 108
Prolistem’ni noobstruktiv azoospermiya (NOA)da klinik jihatdan qo’llash
Prolistem’ni noobstruktiv azoospermiya (NOA)da klinik jihatdan qo’llash.
- Kirish
Testosteronning spermatogenezga ta’sirini kemiruvchilarda, primatlar va erkaklarda testosteron ko’rsatkichlarini o’zgartirish(pasaytirish) orqali olib borilgan ilmiy tekshiruvlarda testosteronni spermatogenez va erkak fertilligini ta’minlashda qanchalik ahamiyatli ekanligi tasdiqlangan. Ohirgi paytlarda, transgenik hayvon modellaridan foydalanish imkonlari sababli spermatogenez va spermiogenezda androgenlarinng ta’sir doiralari va mexanizmi haqida juda ko’plab ma’lumotlarni qo’lga kiritish imkoni paydo boldi. Anterior gipofizdan ishlab chiqariladigan LG (lyuteinlovchi gormon), fetal hayotdan toki voyaga yetgandan keyin ham Leydig hujayralarini testosteron ishlab chiqarishlari uchun stimul jonatadi. Leydig hujayralaridagi testosteron ishlab chiqarilishi sababli moyakichi testosteron ko’rsatkichi plazmadagi ko’rsatkichdan 25-125 barobar yuqori konsentratsiyada bo’ladi. Moyakdagi testosteron ko’rsatkichi 70mM.dan pastlaganda spermatozoid ishlab chiqarilishi pastlab borib to’xtashgacha borishi mumkinligi aniqlangan. Ishlab chiqariladigan testosteron mayoz bo’linish va gaploid germinal hujayralarining differensiallashishi (spermiogenez) jaryoni kabi spermatogenezni bir qancha bosqichida muhim rol oynaydi.
1.rasm. Spermatogenez va spermiyogenezning sxemasi
- Testosteronning spermatogenezga ta’siri.
Spermatogenez seminifer tubullarida maydonga keladi. Seminifer tubullar; peritubulyar miyoid (PTM) hujayralar, Sertoli hujayrlari va germinal hujayralari bo’lgan 3 ta asosiy tip hujayralardan iboratdir. Sertoli hujayralari intersitsiyumdan keladigan tashqi signallari o’tqazdi va germinal hujayralar proliferatsiyasi va diferensatsiyalashishi uchun kerakli muhitni ta’minlaydi. PTM hujayralari, seminifer tubulning bazal membranasini hosil qilish uchun Sertoli hujayralari bilan kordinatsiyon muvozanatda faoliyat ko’rsatib spermatozoidga aylanadigan germinal hujayralarini ishlab chiqaradigan spermatogonial o’zak hujayralar uchun qulay sharoit yaratadi.
Testosteron spermatogenezda, (1)gemato-testikulyar bariyer(GTB)ni himoya qilish, (2)mayoz bo’linish, (3)Sertoli hujayrasi-spermatid yopishishi va (4)spermatozoidni lumen(tubul bo’shlig’i)ga chiqishi kabi kamida to’rtta muhim jarayonlarda ishtirok etadi.
Gemato-testikulyar bariyer(GTB), Sertoli hujayralari orasidagi ko’plab hujayraviy proteinlardan hosil bo’ladi. N-Cadherin, Claudin 11, Occludin, Gesolin, Jam3 va Claudin 3 kabi GTB’ga dahldor proteinlarni ishlab chiqarilishini boshlashi uchun testosteron kerak bo’ladi. Elektron mikroskopik tadqiqotlar orqali spermatogenez va spermiyogenezning 14 bosqichi mavjud bo’lib bu bosqichlarning VI-VII bosqichlarida preleptoten spermotositlar bazal membranadan ayriladi va GTB’dan to’siqlarga uchramasdan o’tib luminal tarafga yetib keladi. Mayoz bo’linishning leptoten bosqichining nihoyasida barcha germinal hujayralarining takomillashishi GTB dan otib luminal muhitda nihoyasiga yetadi. Kemiruvchilarda olib borilgan tadqiqotlar shuni ko’rsatdiku, androgen reseptor(AR)ini bloklash orqali intratestikulyar testosteron ko’rsatkichlarini pastlatilsa GTB’ning butunligining buzulishi va natijada spermatogenezni to’htashi kuzatilgan.
Transgenik sichqon modellarida testosteron singnalining yoqolishida, mayoz bo’linish darajasida spermatogenez to’htaydi natijada oz miqdordagi germinal hujayralar gaploid spermatid bosqichigacha rivojlanadi lekin elonge spermatidlar hosil bo’lmaydi. AR ekspressiyasini bloklanishi ayniqsa Sertoli hujayralarida SCARKO (Sertoli cell androgen receptor knock out) sichqonlar mayozida pakiten yoki diploten bosqichida spermatogenezni to’htashiga sabab bo’lganligi kuzatilgan.
Testosteron ko’rsatkichi pastlatilgan sichqonlarda yumaloq spermatidlar Sertoli hujayralaridan barvaqt ayirilganligi uchun elonge spermatidlar bo’lmaydi. Androgen reseptor aktivligi pasaytirilgan sichqonlarda olib borilgan ilmiy ishlar elonge spermatidlar bilan Sertoli hujayra bogliqligi davom etmaganligini va germinal hujayralarining erta ajratib yuborilganligi kuzatilgan. Spermatogenezning VII-VIII bosqichlarida Sertoli hujayralari va spermatidlar orasidagi bog’liqliklar, spermatidlar uzayishni boshlashidan yangitdan boshlanadi. Differentsiyalashishni bu bosqichida Sertoli hujayralari bilan germinal hujayralar orasidagi dezmosom bog’lar o’rnini uzaygan spermatidlarga bog’lanishi uchun maxsus bolgan yanada kuchli ektoplazmik rivojlangan yopishgan kompleksi o’rnini oladi. Sertoli hujayralari va uzaygan spermatidlar orasidagi ektoplazmik rivojlangan yopishgan kompleksni hosil qiladigan protein komplekslaridan ikkitasi (cadherin/cadherin va a6b1-integrin/lamining3) androgenlarni pasaytirish orqali buzuladi.
2.rasm Erkaklarda spermatogenezni 14 ta bosqichi
Testosteron pasaytirilgandan so’ng fokal adgeziya kinaza(FAK) va Beta-katenin birga ektoplazmik rivojlangan yopishgan kompleks bilan aloqador bir qancha proteinlarining fosforilizatsiyasi bilan ajratiladigan turli o’zgarishlar amalga oshadi. Beta-katenin’ning tirozin fosforilizatsiyasi cadherin/cadherin kompleksinining bir butunligining buzulishga aloqadordir. Androgen reseptorini bloklashi orqali bu proteinlarning ekspressiyasining to’htatilishi, Sertoli hujayrasi-spermatid yopishishini ham to’silishiga olib kelishi mumkin degan fikrga kelishimizga asos bo’ladi.
Testosteron signalining yoqligida odatda VIII bosqichda chiqarib yuboriladigan yetuk spermatozoidlar Sertoli hujayrasi tomonidan tutulib fagositoz qilinadi. Src aktivlashishi spermatozoid chiqarilishida kerakli ekanligi ilmiy tasdiqlangan. Src fosforilizatsiyasi VII-VIII bosqichlarda induktsiyalanadi va Src tuzulishi jihatidan ektoplazmik rivojlangan yopishgan kompleksdagi proteinlar bilan aloqadordir. Bundan tashqari Src, Sertoli hujayralaridan yetilgan uzun spermatidlar bilan ektoplazmik rivojlangan yopishgan kompleksning hosil bo’lishida ishtirok etadigan Beta-katenin va N-cadherin proteinlarini fosforilizatsiyalaydi. Beta-katenin va N-cadherin’ning Src vositasida fosforilizatsiyalangandan so’ng ikki protein bir biridan ajraydi, hujayra bog’lari yoqoladi va yetuk spermatozid erkin bo’ladi.
3.rasm Sichqonlarda spermatogenez boshqichlariga ko’ra androgen reseptorlarining ekspressiyasi.
Sichqonlarda testosteron va FSG ni pasaytirilishi bilan Sertoli hujayralaridan ekspressiya qiladigan va adgeziya bilan aloqador genlarning barchasi tavsiflangan va bu genlar orasidan fokal adgeziyalari modulyatsiyalangan. Sparc (osteonektin), uzaygan spermatidlar bilan bog’ hosil qilgan integrinlar bilan reaktsiyaga kirgan Ctgf, spermatidlarni o’rab olgan va integrin vositali adgeziya va signalni modullashgan Lgals1 (galectin 1)ni kamayishi tasdiqlangan. Bu ham testosteronni bloklanishining yetuk spermatazoid holatiga yetib bormasdan Sertoli hujayralaridan ayrilishlarini bo’lishi mumkinligini tasdiqlaydigan dalil sifatidadir.
ARKO va Tfm (testikulyar feminizm) sichqonlarda spermatosit sonlarini kamayib va ko’p sonli yumaloq spermatid ishlab chiqaradi, bu ham AR’ning meyozining testosteron orqali qo’llab quvvatlanishi kerak ekanligini ko’rsatadi. SCARKO sichqonlarda VI-VII bosqichlarida birlamchi spermatositlarning rivojlanishini yoqolishi bilan natijalanadi.
ARKO: Androgene receptor knock out
SARKO: Sertoli-cell Androgene receptor knock out
- Testosteronning azoospermiyaga ta’siri.
Ilmiy ishlarda, noobstruktiv azoospermiya holatlarida testosteronning spermatogonium differensiyallashishini ingibitsiya qilishi gipotezalari aytilgan edi. 48 ta sichqon ustida olib borilgan tekshiruvlarda 6 Gy testkulyar radiyatsiyadan keyin GnRH antogonistini berib testosteron kamaytirilgan, spermatogonia differensiyalashishi 200 ta yumaloq seminifer tubullar eniga kesib ko’rilganda ko’payish kuzatilgan tubullarning foizi repopulyatsiya indeksi (RI) hisoblanib baholangan. A spermatogonianing mitotik indeksi radyoterapiya olgan hayvonlarda ortacha 24% chiqqan. GnRH antagonisti bilan davolangandan keyin bir haftani ichida indeks 35%gacha ko’tarilgan va GnRH agonisti olgan guruhda RI:14,5% qayd etilgan. GnRH antogonistini qo’llanilishi RI ko’rsatkichlarini boshqa guruhlardan yuqori bolishi tasdiqlangan. Shuttlesworth va hamkasblarining olib borgan ushbu ilmiy Ishida azoopsermik sichqonlarda testosteronni GnRH antogonistlari bilan vaqtincha pasaytirilishining spermatogonialarning differentsiyalashivudagi arrest (qamal)ni ketkazishi va spermatogenezni boshidan induktsiyalanishi ko’rsatilgan. Shu bilan birga, spermatogenez va spermiogenez yangidan induktsiyalangan bo’lsa ham yetuk spermatozoid bosqichiga yetib boraolmagan, testosteron past bo’lgan muddat mobaynida spermatid bosqichida qolishi aniqlangan. Testosteronning spermatogenezning kech bosqichlari uchun ham juda katta ahamiyatga ega ekanligi, faqatgina seminifer tubullardagi spermatogonial o’zak hujayralarning bo’linishigagina kerak emasligini, balki butun spermatogenezning butun bosqichlari uchun kerakligi tasdiqlandi.
Normal spermatogenez uchun kerakli bolgan testosteronni non obstruktiv azoospermiya holatlarda spematogenez va spermiogenezga to’siq bo’lishini ko’rsatadigan boshqa ilmiy ishlar ham mavjud. Shetty G. va hamkasblari 41 ta gomozigot jsd (juvenil spermatogonyal kamligi) mutatsiyasi mavjud sichqonlarda GnRH antogonisti bilan intratestikulyar testosteronni pasaytirish orqali davolashning ohirida spermatogonial differensiyallashishni hosil qilinganlar. Germinal hujayralarini o’zgarishi ko’rilgan tubullarining foizi (tubul differensiyalashish indeksi) 7 chi haftadan song pasaygan intratestikulyar testosteron korsatkichlari bilan negativ korrellatsiya mavjud.
Meistrich ML. va hamkasblarining olib borgan boshqa ilmiy ishda radioterapiya natijasida azoospermiya holatiga olib kelingan sichqonlarda GnRH analogi olgan guruhda intratestikulyar testosteron konsentratsiyaning kamayganligi va bir paytda repopulyatsiya indeksining GnRH analogini olmagan guruhga nisbatan yuqori ekanligi kuzatilgan. Kuzatilgan bu ta’sir noobstruktiv azoospermiya bemorlarida bilganlarimizning aksincha testosteronning spermatogoniyalar differensiyalashishiga negativ ta’siri borligini qayd etgan. Germinal hujayralarida odatda androgen va folikulla stimullovchi gormon (FSG) reseptorlarining bo’lmasligi bu gormonlarning Sertoli hujayralari kabi somatik hujayralarga ta’sir qilishligi va bu hujayralarning keyinchalik parakrin va yukstakrin ta’sirlashishlar yoli bilan spermatogonialarga ta’sir qilishi mumkin degan fikr bor.
- Intratestikulyar testosteronni konsentratsiyasini tushirilishi va uni spermatogenezga ta’sirlari.
Bu ma’lumotlar soyasida testosteron ko’rsatkichini pastlatish orqali huddi komputerni boshidan boshlatilishi kabi “spermatogenezni yangitdan boshlanishi” nomi berilgan mexanizm bilan obstruktiv bolmagan azoospermiyani (NOA) qo’llab quvvatlash fikri o’rtaga qoyilgan edi. Intratestikulyar testosteron ko’rsatkichlarini vaqtincha pasaytirish orqali spermatogenezning eng erta bosqichlarini to’liq yakunlanishiga sababchi bo’lishi mumkinligi nazarda tutilmoqda.
Qizilmiya ildizi (Licorice)dagi glisirizin kislotasining androstenedionni testosteronga aylanishini in vitro holatda ham bloklashi ma’lum. Glisirizin kislotaning, 3 tip 17b-HSD (testikulyar) enzim ingibitori ekanligi avvalgi olib borilgan ishlarda ko’rsatib o’tilgan.
4.rasm Xolesterindan jinsiy steroidlar biosintezi.
Bu enzim T.ning biosintezini va shu sababli androgenga sezgir kasalliklardagi ta’sirlarini to’sish uchun maqsad-nishon hosil qiladi. Bundan tashqari 3 tip 17b-HSD faqatgina moyaklardagina mavjudligini inobatga oladigan bo’lsak intratestikulyar testosteron korsatkichini pastlatish juda ham muhim hisoblanadi. Armanini D. va hamkasblarining olib borgan bir ilmiy tekshiruvida Licorice qo’llash paytida, plazma T konsentratsiyalari 36%ga pastlagan va plazma 17-gidroksiprogesteron korsatkichi 21% ga ortgani qayd etilgan. Ushbu natijalar ham 17b-HSD aktivligini (androstenedionni T’ga aylantirishi) hamda 17,20-liyaz aktivligini(17-gidroksiprogesteronni androstenedionga aylanishini) ingibirlashi kuzatilgan.
- Prolistemni klinik jihatdan qo’llash.
Prolistem bilan davolashning ilk bosqichida gilisirizik kislota va omega-3 yog’ kislotasining birikmalari, intratestikulyar testosteron konsentratsiyasini tushuradi. Uch oy davomida kunda uch mahal qo’llanilgan molekula spermatogonia o’zak hujayra sonini ko’paytiradi. Abuelhija, M. va hamkasblarining nur berib bepushtlik holatiga keltirilgan sichqonlar ustida olib borilgan tadqiqotda tubulus differensatsiyasi indeksi baholangan. B tip spermatogonia bosqichi yoki biroz yuqoriroq bosqichga erishgan uch yoki undan ko’proq hujayrasi bo’lgan tubulluslarning differensatsiyasi indeksi foiz sifatida belgilangan va 6 Gy nur berilgandan 10 hafta o’tgach 1 oylik davo chorasi olib borilgan. Differensiyalashgan hujayra sonida 9% lik ortish kuzatilar ekan, bu nisbat 2.chi oyda 18%ga ko’tarilgan. Nazorat guruhida esa bu davrda tubulluslarning differensatsiyasi kuzatilmagan. Shu bilan birga Prolistem bilan davolangan sichqonlarda spermatozoidlar sonida sezilarli darajada ortish va har bir moyakda 100.000dan yangi spermatozoid hujayrasi qayd etilgan.
Prolistem bilan davolashning ikkinchi bosqichida, ikkinchi uch oylik davolash davrida bir kunda 3 mahal olinishlik tavsiya qilanadi. Ichidagi Vit A, vit C, Vit D, Vit E, Vit B1-B2-B6-B12, pantotenik kislota, yod, Ruh, mis va uzum danagi ekstrakti bilan spemiogenez bosqichi qo’llab quvvatlaniladi. Umuman olganda antioksidant hususiyatiga ega bu moddalar reaktiv erkin kislorod radikallarini kamaytirib spematozoidlar harakatchanligini, akrosoma reaktsiaysini va xromatin maturatsiyasiga ijboiy ta’sir korsatib, DNK fragmentatsiyaga zararli ta’sir qiladigan plazma membranisi lipid peroksidatsiyasiga ham ijobiy ta’sir qilib umumiy spermagrammada ijobiy o’zgarishlarga sabab bo’ladi. Turli antioksidant moddalaridan foydalanilgan, 2.876 juftlar ishtirok etgan, 34dan oshiq maqola ma’lumotlarni o’z tarkibida tutadigan Cochrane sistematik tekshiruv va meta-analizlarida antioksidant bilan davolashning sun’iy urug’lantirish qo’llanilgan subfertil juftlarda tirik tug’ulish va homilador bo’lishlik ko’rsatkichlariga statistik jihatdan ijobiy ta’siri bolganligi aniqlangan.
Abuelhija, M. va hamkasblarining 89 ta azoospermia tashxislik bemorlar ustida olib borgan boshqa klinik tadqiqotida 6oylik Prolistem bilan davolash oldi va davolashdan keyingi FSG, LG va T.T ko’rsatkichlari ustida nazorat olib borilib turgan. Bemorlarda davolashning nihoyasida 48%ida; 23%ida eyakulyatta spematozoid topilgan bolsa 25% ida esa mikro-TESE orqali urug’ topilganligi qayd etilgan.
- Xulosa
Tadqiqotlar, testosteronning noobstruktiv azoosperimiya holatlarida spermatogonia differnsatsiyasiga paradoksal jihatdan ingibirlovchi ta’sirga ega ekanligi aniqlangan. Qo’shimcha sifatida testosteronni GnRH antogonisti bilan pasaytirishning spermatogonia differnsatsiyasini qo’zgatishi va buni keyinchalik ekzogen testosteron bilan teskariga aylantirilishi ma’lumot sifatida berilgan. Fiziologik testosteron, spermatosit va spematidlarining tirikligini himoyalashda va differnsatsiyalashishida alohida rol oynaydi. Bu ma’noda noobstruktiv azoospermiya holatlarida intratestikulyar testosteron ko’rsatkichlarini tushirib testosteronning negativ ta’sirini bartaraf qilish va spermatogenezni yangitdan induktsiyalash bemorlarni davolashdagi yangi umid beruvchi usullardan biri bo’lishi mumkindek ko’rinmoqda.
Dr. Zarifjon Murodov
1/XII/24y soat 23.40