• Jul

    30

    2019
  • 671
img

Jinsiy voqealik tushlar ko'rish

Olib borilgan tadqiqotlarga ko’ra, erkaklarning 93%i, ayollarining esa 86%i hayoti davomida bir marta bo’lsa ham erotik uyqu ko’rar ekan. Kimlardir juda ko’p va tez tez ko’rsa kimlardir haftada, oyda hattoki yilda bir marta ko’rishi mumkin ekan. Buning sababi nimada hich o’ziz o’ylab ko’rganmisiz? Uxlash holatiga qay darajada bog’liq?

          Bu mavzu yuzasidan juda ko’p turli tuman tekshiruvlar, so’rovnoma anketalar o’tqazilgan bo’lib natijalari haqiqatdan ham juda qiziq. Oxirgi GongKongdagi universitetda o’tqazilgan universitet talabalari orasidagi natijalar quyidagicha, 670 talaba ishtirok etgan, bularning 66% ayol (female) 34% erkak (male) bo’lgan. Ulardan qanday oraliqlar bilan jinsiy komponentli tushlar ko’rishlari va bu paytdagi uxlash holatlari haqida so’ralgan.

So’rovnoma natijasi esa juda ham qiziq. Qatnashganlarning 72% asosan yonbosh yotishliklarini, 23%i yuqoriga qarab yotishlarini,5%i esa yerga qarab yotishliklarini belgilaganlar. Yanada qiziq bir holat esa yerga qarab yotganlarning boshqalarga nisbatan ko’proq jinsiy tarkibli tushlarni ko’rishlarida edi.

Olimlarga ko’ra buning bir necha sababi mavjudligini keltirib o’tishdi. Sabablaridan biri uyqu paytida ko’krak qafasida hosil bo’ladigan yuqori bosim, nafas olish va chiqarishni qiyinlashuvi hissidan, miyaga jinsiy maylni qitiqlovchi signallar yuzaga kelishi mumkinligi ko’rsatilmoqda.

Boshqa bir tekshiruvda esa chap yonbosh bilan yotganlarning tez tez qorqinchli tushlar ko’rishligi va ertalabga kayfiyatsiz boshlashliklari tasdiqlangan, shu o’rinda xalqimizning ertalabdan kayfiyati yoqlarga chap yoning bilan turdingmi deyishi bejiz emasligi ham tasdiqlangan bo’ldi. Aksincha o’ng yonbosh yotadiganlarda esa bosinqirashlar bo’lmasligi va ertalabga tetik va yaxshi kayfiyatda kunni boshlashliklari ham keltirib o’tilgan.

Undan tashqari yashash muhitimiz, boydoqlik holati, vaqtincha boydoqlik holati (uylangan lekin oiladan ma’lum muddatga uzoqda), safardalik, ishda charchash, sovuqqotish, yumshoq joyda yotishlar ham bu tur tushlarni ko’p ko’rishlikka sabab bo’lishi mumkin ekan.

Dr. Zarifjon MURODOV urolog-androlog