Yevropa Androloglar Akademiyasining uzoq yillardan beri beradigan ta'rifiga ko'ra Andrologiya – erkaklar reproduktiv sistemasini normal va patologik holatini o'rganadigan fandir. Lekin oxirgi yillarga kelib andrologiyaning o'rganadigan sohasiga erkaklar jinsiy muammolari, erkaklar bepushtligi va ayollar jinsiy muammolarini o'rganish kiritilgan.
Andrologiya fani bilan bundan chamasi ellik yillar oldin endokrinologlar, ginekologlar, dermatologlar, psixologlar va urologlar tomonidan shug'ullanib kelingan va har kim o'z qo'l ostida bo'lishi kerakligini ta'kidlaganlar. Lekin oxirgi 30–35 yil davomida urologlarning ko'rsatgan jonbozliklari tufayli andrologiya juda katta yutuqlarga erishdi, hattoki ba'zi mamlakatlarda alohida soha, yo'nalish sifatida e'tirof etayotganlar ham yo'q emas.(Nieschlag E: Scope and goals of Andrology. In Hellstrom WJG(ed): The Atlaas of Heman Sex Anatoming, Allen Press, Lawarence, 1999, 1-25)
Andrologiya bugungi kunga kelib rivojlanayotgan fan bo'lishiga qaramay andrologiya so'zining kelib chiqish antik Yunonistonga borib taqaladi. Andros=erkak, Logos=bilim Alciphoron va Lucianus tomonidan ilk marotaba ishlatilgan. Antik Yunon va Misr madaniyatlariga oid ko'plab yozuvlarda andrologiyaga oid rituallarni topish mumkin. Bu davrlarda jinsiy muomalani ilohiy bir kuch sifatida ko'rsatilgan.
Gippokrat ham antik yunon madaniyatiga tayangan holda to'rt suyuqlik (qon, balg'am, shilliq va qora o't) va to'rt element (er, havo, o't va suv) orasidagi muvozanatni buzilishi impotentsiyaga sabab bo'lishini aytib o'tgan. Bundan tashqari Gippokrat moyakni tomir vositasida jinsiy olatga bog'langanini va shu tomirdagi patologiya impotentsiyaga sabab bo'ladi deb o'ylagan. (Hippocrates. Airs, waters and places. In: Chadwichk AJ, Mann WN(eds): Hippocratic writings. Penguin, London, 1987, pp47-64.)
Bu tushuncha, Leanardo da Vince’ning osilayotgan mahkumlarda refleks sababli erektsiyani kuzatilishi va Reiner de Graaf’ning esa murdalarda a.ilica interna’ga suyuqlik jo'natganda erektsiya bo'lganligi tajribalaridan so'ng o'zgargan. Shundan so'ng barcha ilm yo'nalishlaridagi kabi erkak va ayol anatomiyasidagi rivojlanishlar jadal tus oldi. XIX asrga kelib Wilkonson gonoreya, impotentsiya va uretra strikturalari kabi kasalliklarni davolash haqida ahamiyatli fikrlarini yozib qoldirgan. Echhard esa erektsiyaning neyrovaskulyar fenomen ekanligini aytib o'tgan.
Andrologiyadagi bepushtlik mavzusning rivojlanishiga Lovenhookni mikroskopni kashf qilishi va 1686yilda Ham’ning spermatozoidni aniqlab ta'rif berishining katta ta'siri bo'lgan bo'lsa zamonaviy tus olishiga esa nemis ginekologi Harold Siebke ishlarini ahamiyati juda katta bo'lgan. (Dunsmuir WD: History of erectile dysfunction. In Carson CC III, Kirby RS (eds): Textbook of Erectile Dysfunction, ISIS Medical Medie, Oxford, 1999, pp3-13))
Yuqorida aytib o'tganimizdek, andrologiya bilan 1980–yillarga qadar bir qancha mutaxassislar shug'ullangan va turli nomlar bilan atashgan. Bulardan Spermatologiya va Seksologiyalardir. Lekin bu so'zlar andrologiya ma'nosini bermaydi balki judayam tor tushunchadir. Spermatologiya – sperma (maniy)ni o'rganadigan fan bo'lsa, Seksologiya–keng ma'nodagi jinsiy muammolarni ruhiyat bilan bog'lab o'rganadi.(Johnson J: Literary and historical aspects of disorders of sexual potency. In: Johnson J (ed) disorders of sexual impotence in the male. Pergamon Pres, London, 1968, pp1-9.)
Angletti LR: For a history of andrology. Med Secoli 2001; 13:251-254)
Andrologiya so'zining ishlatishi va bilim sifatida tan olinishi 1950–yillardan so'ng boshlangan. Avstraliyalik Walter Ludvik o'zining 1976–yilda nashr qilgan “Andrologie” nomli kitobida erkak genital sistemasi kasalliklarini yoritib o'tgan. 1980–yilda nashr qilingan Alpay Kelami’ning “Atlas of Operative Andrology” kitobida esa genital a'zolar xirurgiyasida kirish yo'llarini tushuntirgan. Shu bilan birga o'sha yillarda Berlin va Londonda Kelami va Pryor birgalikda bir qancha andrologik simpoziumlar tashkil qilganlar va urologlarga andrologiyadagi rivojlanishlardan xabardor qilib turganlar.(Schirren C: Andrology. Origin and development of a special discipline in medicine. Reflection and view in the future. Andrologia 1985; 17: 117-125)
Ludvik W: Andrologie. GT Verlag, Stuttgart, 1976
Kelami A” Atlas of Operative Andrology. De Guyter Verlag, Berlin, 1980)
Andrologiya o'z rivojlanish yo'lida o'z ma'nosini ifodalamagan ba'zi terminlarni ham o'zgartirib kelmoqda. Bunga misol sifatida impotentsiya so'zini o'rniga hozirgi kunda erektil disfunktsiya qo'llanilayotganini ko'rsatishimiz mumkin. Bundan tashqari dunyo aholisining sonini ortishi, yoshi kattalarning nisbatini ortishi va ulardagi umumiy sog'lig'idagi muammolar bilan birga jinsiy muammolarni rivojlanishi Andrologiyani Geriatriya bilan birga faoliyat ko'rsatish lozimligini ko'rsatadi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkin–ki, erkak reproduktiv sistemasi va jinsiy muammolari bilan ayol jinsiy muammolariga ta'sir etadigan barcha faktorlar bilan birga erkakdagi qarilik tufayli ro'y beradigan o'zgarishlarni o'rganadigan andrologiya fani hali rivojlanish bosqichidadir.
Androloglar-Urologlar dunyo ilm fani rivojlanishidan foydalangan holda insonlarga kasalliklarini davolashda, sog'lom va sifatli hayot kechirishlarida qo'llaridan kelgan kuch–g'ayratlarini ayamaydilar.
Urolog–androlog Zarifjon Murodov Jumaboevich.