Варикоцеле Ortga

  • Mavzu: Варикоцеле
    Sana: 23.04.2018
    Ismi: Ойбек
    Yoshi: 32
    Manzil: Андижан

    Savol: Ассалому алейкум Зариф Жумабoевич! сизга куйидаги саволлар билан мурожат килмокдаман; 1. Жаррохлик йули билан варикоцеле даволанса уруг % лари камайиб кетиши мумкинми? 2. Варикоцеле жаррохлигидан сунг угил фарзанд куриш коэффициенти пасайиб кетадими? ***варикоцеле 2 чи степен.


    Javob: 1. Varikosele erkak bepushtligida kop uchraydigan kasallik davosi faqat operatsiya bilan, har qanday operatsiyani asoratlari bolgani kabi buni ham oziga yarasha asoratlari bor, operatsiya qilinish usuliga qarab, Qaytalanishi, moyaklarda shish, kichrayish, ogriq, sperma sifatini buzulishi kabi asoratlar 1,6-29,7%gacha uchrab turadi. Ko'rinib turganidek ijobiy taraflari kop bolgani uchun shifokor operatsiya qilish kerak desa operatsiya qilish kerak boladi 2. umuman daxli yoq gap, Farzand jinsini hech kim oldindan belgilay olmaydi lekin nazariy jihatdan harakat qilish mumkin. Hech qanday Yapon, Xitoy kalendari asossizdir

  • Mavzu: Varikosele
    Sana: 18.10.2017
    Ismi: Hayot
    Yoshi: 29
    Manzil: Qo'qon shaxar

    Savol: Salom Doctor Varikosele operatsiyasidan keyin qandey yomon asoratlar qolishi mumkin


    Javob: odatda hech qanday asorat qolmaydi lekin juda kam holatlarda 3-29.7% holatlarda moyaklarda ogriq, moyakni kattalashishi, kichiklashishi, qayta varikosele bolishi va bularni bir nechasi birga kelishligi va hakozo asoratlar bor.

  • Mavzu: Iltimos javob bergin, rahmat
    Sana: 07.04.2017
    Ismi: Omon
    Yoshi: 29
    Manzil: Buhoro

    Savol: Assalom alaykum Zarif aka yahshimsiz. Uylanganmga 5 yil boldi, farzandim yuq. Urug analizlarim juda past chiqgan, doktorlar tavsiyasiga kora 1,5 oy oldin Moyagmda varikoz tashxisi bn operasiya qilndim. Meni savolim shundan iboratki, varikoz operasiyadan kegn qancha vaqt utb farzand kurish extmol ortadi. sog boling.


    Javob: Varikoseleni operatsiyadan oldingi urug` holatiga kop narsa bogliq boladi, salgina pastlik holatlarida 3oydan boshlab spontan homiladorliklar kuzatiladi, lekin urug` analizni aktivligidan tashqari boshqa muammolarining ham bolishi operatsiyadan keyin spermatogenezni stimullashga kerak bolishi mumkin fursatiz bolsa Qoqonga kelib korinib keting

  • Mavzu: varekoz
    Sana: 22.08.2016
    Ismi: akbar

    Savol: Salom Zarifjon Aka yaxwimisiz..varekozni bor odam spermasi yaxwi bulip farzandli biliwi mumkunmi bez aperatsiya..necha foiz odamlar aperatsiya siz farzandli biliwi mumkun.. iltimos jovob bering


    Javob: Albatta bolishi mumkin, 15% ida farzand boladi. Bu toifa bemorlar ozlarida varikosele borligini bilishmaydida chunki muammo bolmaydi. Agar homiladorlik kechikayotgan bolsa, urolog varikosele bor degan bolsa uni operatsiya qildirish kerak

  • Mavzu: Uy waroitida aniqlaw
    Sana: 19.04.2016
    Ismi: Amirbek
    Yoshi: 16
    Manzil: Buxoro

    Savol: Asalomu aleykum doktor! Sizdan bir narsa suramoqci edim! Uy waroitida varikatseleni aniqlasa buladimi!


    Javob: 7yil med.institutni keyin 3yil urologiya magistrini oqigach aniqlasa boladi

  • Mavzu: варикоцеле сабаб сперма ёмон булса уни махсус дорилар бн
    Sana: 07.04.2016

    Savol: Зариф ака варикоцеле сабаб сперма ёмон булса уни махсус дорилар бн яхшиласа буладими операция килмасдан. Жавобингизни кутаман


    Javob: yaxshilab bolmaydi operatsiya shart

  • Mavzu: Бефарзандлик..
    Sana: 06.04.2016
    Ismi: Ориф
    Yoshi: 32
    Manzil: Жиззах

    Savol: Салом Зарифжон ака. Исмим Ориф. Биринчи оиламдан 1 та фарзандим бор ажрашганман. 2-оиламдан фарзанд бумяпди 1 й б.ди менда варикосели бор. Лек Сперма тахлили 75-80 % чикган. Аёлимни анализи хам яхши чикаяпда. Бошимиз котган сабаб нима булиши м.н


    Javob: Varikosele ikkilamchi bepushtlikkka sabab boladigan eng kop sabablardan, aktivligini yuqori bolishi, yoki normada bolsa ham farzand bolmaslikka sabab boladi, Chunki varikoseleda spermatoidlarning DNK.sida ozgarishlar kelib chiqadi. Balki boshqa sabablar ham bor bolishi mumkin lekin uningchun sizni korishimiz tekshirishim kerak boladi shundan song yakuniy xulosa chora tadbirlarini aytamiz

  • Mavzu: varikasel
    Sana: 05.04.2016
    Ismi: g'ulomov sarboz
    Yoshi: 18
    Manzil: termez shahar

    Savol: Assalom Alekum doktor men varikaselnimni oldirganimga ikki yil bo'ldi lekin hozirgacha bezota qib keladi trnofka qisam chap tamonim og'rib turadi keyin chaptamondagi. Tuhumimni tomirini ushlasam o'ng tomondagidan k6ra kattaroq. Yoki yana varikasel b6ldimi


    Javob: Qaytalangan bolishi mumkin siz kelib korik va tekshiruvlardan otishiz mumkin


  • Sana: 30.03.2016
    Ismi: Aziz
    Yoshi: 23

    Savol: Salom Doktor yaxshimisiz. Aka savolim bor edi... Meni 6ng moyakimda tomir sezgandim.. Vrachga dopler degan uzi tekshiruvidan 6tdim.. Tekshiruvda xech qanaqa tomir chiqmadi sog'lom deb k6rsatdi.. Vrachga ishonaymi yoki yana qayta tekshirtiraymi .. Yaqinda sezdim 1 oy b6ldi avval y6q edi.. Nima qilay maslahat bering.. E mailim y6q..


    Javob: apparatga ishonmasez ham doktorga ishoning, varikoselega tashxis qoyishda Vrachni oz qoli bilan qoygan diagnozi ishonchilroq, apparat, dopplerdan ham kora,


  • Sana: 30.03.2016

    Savol: Salom zarif aka sizga bir savolim bor men varikasol kasali aniqladi men xozir rasiyadaman qayerda operatsa qildirsam buladi maslahat bering ha 2 oy qoldi uyga qaytama uzbeta qildirsami yo shuyerdami bilmay qoldim javob uchin oldinda kata rahma email yuq


    Javob: Qaerda qildirishlikni farqi yoq lekin varikosele topildi operatsiya qilinadi degani emas, Undan oldin varikoseleni sizga qanchalik zararli ekanligini va operatsiyadan oldin va keyin baholashni otqazish kerak boladi. Bazi holatlardan operatsiyadan foyda yoq degan bemorlarimiz ham bor. Shuninguchun shifokor bilan bularni barchasini bafurja gaplashish kerak boladi.

  • Mavzu: savol
    Sana: 29.03.2016
    Yoshi: 20

    Savol: Zarif aka Spermogramma darajasi 10% bo'lsa farzand ko'rish mumkinmi? Varikoseleda 30kg atrofida yuk ko'tarish, jinsiy aloqada bo'lish, issiq vanna qilish mumkinmi?


    Javob: 0% bolsa ham farzand korish mumkin faqat qaysi yol bilan degan muammo borda. Albatta mumkin faqat doimiy davom etishligi kasallikni rivojlanishiga olib keladi, urug` sifatini buzulishiga olib keladi