- Jun
21
2017 - 9294
Erektil disfunktsiya (ED) ning zamonaviy konservativ davolash usullariga qisqacha nazar.
Erektil disfunktsiya (ED) ning zamonaviy konservativ davolash usullariga qisqacha nazar.
Erektil disfunktsiyasining konservativ usulda davolashni 3 asosiy yo’nalishda olib borish mumkin:
A) 1-bosqich davolash usullari: Fosfodiesteraza 5 ingibitorlari (FDE5 ingibitorlari), apomorfin, yangi avlod FDE ingibitorlari
B) 2-bosqich davolash usullari: Corpus cavernosum’ga in’ektsiyalar va uretra ichi suppozitoriyalar
C) 3-boshqich davolash usullari: Asosiy sistemalarga qaratilgan davolashlar.
FDE5 ingibitorlarini ikkiga ajratgan holda tanishishimiz mumkin.
A) Klassik FDE5 ingibitorlari: Sildenafil, Vardenafil, Tadalafil,
B) Yangi avlod FDE5 ingibitorlari: Avanafil, Udenafil, Lodenafil, Mirodenafil
FDE5 ingibitorlarini yarim parchalanish muddatlariga ko’ra yana ikki guruhga bo’lishimiz mumkin.
A) Qisqa yarim parchalanish umriga ega bo’lganlar: Sildenafil, Vardenafil, Avanafil, Lodanafil, Mirodinafil.
B) Uzun parchalanish davriga ega bo’lganlar: Tadalafil, Udenafil.
FDE5 enzimi corpus covernosumning silliq mushaklarida ts-GMP’ni aktivsizlashtiradi. FDE5 ingibitsiyasi ts-GMP aktivsizlanishiga to’sqinlik qilib corpus covernosum’ga qon o’qimini ko’paytiradi, silliq mushak bo’shashishi va vazodilyatatsiyaga sabab bo’lib erektsiya hosil bo’lishini ta’minlaydi. FDE5 ingibitorlari erektsiyani boshlovchi emas, erektsiyani osonlashtirish uchun jinsiy qo’zg’alishlarga ehtiyoj bo’ladi.
Sildenafil
1998-yil sotuvga chiqarilgan. Tabletkasini ichilgach 30-60 daqiqadan so’ng ta’sir qilishni boshlaydi va ta’siri 12 soatgacha davom etadi. Ovqatdan keyin qabul qilinganda ta’siri kamayadi. 25, 50 va 100 dozalarda ishlab chiqariladi.
Dastlabki doza 50mg bo’lib organizmga ta’siri va nojo’ya ta’sirlarini inobatga olgan holda, keyingi dozalar belgilanadi. Har qanday bemorlarga berish mumkin. 100mg qabul qilgan bemorlarda birinchisidan keyingi jinisy aloqalardan havotirga tushmaslik nisbati 56%, 50 mg doza qabul qilganlarda esa 39% qayd etilgan. 12 haftalik doza va dozaga javob reaktsiyalarini tekshirilganda 25, 50, 100mg dozalarda 56%, 77% va 84% tartibda erektsiyada ijobiy o’zgarish kuzatilgan. Qandli diabet bemorlarda erektsiya sifatini tuzalishi 66%, jinsiy aloqaga kirashaolishlik esa 63% ijobiy tarzda kuzatilgan.
Vardenafil
Vardenafil 2003-yildan boshlab sotuvga chiqarilgan. Qabul qilingach 30 daqiqadan so’ng ta’sir qila boshlaydi, faqat yog’li ovqatlar bilan qabul qilinganda ta’siri kamayadi. 5, 10 va 20 mg dozalar shaklida ishlab chiqariladi. 2012-yildan buyon 10mg’lik og’izda eriydigan formasi ishlab chiqarilgan. Dastlabki doza 10mg bo’lib organizmga ta’siri va nojo’ya ta’sirlarini inobatga olgan holda keyingi dozalar belgilanadi. 12 haftalik doza va dozaga javob reaktsiyalarini tekshirilganda 5, 10, 20mg dozalarda 66%, 76% va 80% tartibda erektsiyada ijobiy o’zgarishlar kuzatilgan. Qandli diabet bemoralarida erektsiya sifatini yaxshilanishi 72%, platseboda esa 13% ijobiy natija qayd qilingan.
Tadalafil
Tadalafil 2003-yildan boshlab sotuvga chiqarilgan. Qabul qilingach 30 daqiqadan so’ng ta’sir qila boshlaydi, 2 soatda qondagi konsentratsiyasi eng yuqori darajasiga erishadi. 36 soatgacha ta’siri davom etadi, ovqatlanishlarga dahli yo’q. 10 va 20 mg dozalarda ishlab chiqariladi. Ohirigi yillarda 5mg’lik dozada ishlab chiqarilmoqda va har kuni ichishlik tavsiya qilinmoqda. 12 haftalik doza va dozaga javob reaktsiyalarini tekshirilganda 10, 20mg dozalarda 67%, 81% tartibda erektsiyada ijobiy o’zgarishlar kuzatilgan. Qandli diabet bemorlarda erektsiya sifatini tuzalishi 64%, platseboda 35% ijobiy natija qayd qilingan. Bir yil davomida har kuni 5mg qabul qilgan bemorlarda erektsiyada 86% ijobiy natija qayd qilingan, faqat dori qabul qilishni to’xtatgandan so’ng 46% bemorlarda 1 oygacha ijobiy natija saqlanib qolgan. 2011 yil 6-oktabrda FDA 5mg tadalafilni prostata bezi adenomasida har kuni ichishlikka ruhsat berdi. FDA ingibitorlarining nojo’ya ta’sirlari; sildenafil, tadalafil va vardenafil tartibida quyidagicha bosh og’rig’i 12,8%, 14.5%, 16%, yuz qizarishi 10.4% 4.1%, 12%, ko’tara olamaslik 4.3%, 12%, 4.6%, burun bitishi 1.1%, 4.3%, 10%, bosh aylanishi 1.1%, 2.3%, 2% qayd etilgan. Ko’rishning buzilishi sildenafilda 1.9%, Vardenafil’da 1.1%, badanda og’riq va miyalgiya tadalafil foydalanuvchilarida 6.5% qayd etilgan. FDE5 ingibitorlari dastavval jinsiy aloqadan oldin qabul qilish uchun ruhsat berilgan edi. FDA 2008-yili tadalafilning 2.5 va 5mglarini har kuni foydalanishga ruhsat bergan. Har kunlik tadalafil qabul qilish jinsiy munosabatlarning tabiiy davom etishini xohlovchilar va tez-tez jinsiy aloqada bo’ladiganlar uchun ma’qul tanlovdir.
FDE5 ingibitorlarini havfsizliligi
Kardiovaskulyar jihatdan havfsizligi baholanganda FDE5 ingibitorlari miokard infarkti sonini ko’paytirmaydi stabil stenokardiyadagi jismoniy mashq sinamalarining natijalarini buzmaydi va aksincha tuzalishiga yordam beradi. Sildenafil yurak siqilishi yurak yuklamasi va miokardning kislorodga bo’lgan ehtiyojiga ta’sir qilmaydi. Har kun qo’llanishlik va kerak bo’lganda qo’llanishlik orsida bir-xil ishonchlilik profili mavjud. 2006-yil 2-Priceton Konsensus Panelida FDE5 ingibitorlari uchun kardiovaskulyar havf (risk) guruhlari ta’rifi keltirilgan. Shunga ko’ra past havf guruhida FDE5 ingibitorlarini bemalol boshlash mumkin, yuqori havf guruhlarida kardiologik kasallikning stabilizatsiyasigacha jinsiy aktivlikni ortga surish kerak. O’rta havf guruhlarida esa, kardiolog konsultatsiyasini olish kerak. FDE5 ingibitorlari bilan nitratlarni birgalikda qabul qilish mumkin emas. sGMP’ni ko’payishi natijasida gipotenziya hosil bo’ladi, bemor sildenafil yoki vardenafil qabul qilgan bo’lsa 24 soat, tadalafil qabul qilgan bo’lsa 48 soatgacha nitrogilitsirin qabul qilmasligi kerak.
Alfa blokatorlar va boshqa dorilar bilan o’zaro ta’siri
Alfa blokatorlar qabul qilingandan so’ng 4 soatgacha 50 yoki 100mg’lik sildenafil olish mumkin emas, lekin 25mg’lik uchun bunday cheklov yo’q, AQSH’da vardenafil va alfa blokatorlarini birgalikda qo’llash taqiqlanadi. Vardenafil bilan tamsulozinni birga qabul qilish aytarlik jiddiy gipotenziyaga sabab bo’lmaydi, tadalafilning 0,4mg’lik tansulozindan boshqa alfa blokatorlari bilan ham qo’llanishi taqiqilanadi. Ketokanazol, intrakanazol, eritromitsin, klotramitsin, HIV proteaza ingibitorlari (ritonavir) qonda FDA5 ingibitor konsentratsiyasini ko’tarilishiga sabab bo’lganligi uchun past dozadagi FDE5 ingibitorlarini qo’llash kerak bo’ladi. Rifampitsin, fenobarbital, fenitain, karbamezapin, FDA5 ingibitorlarining parchalanishini tezlashtirganligi uchun FDE5 ingibitorlarini yuqori dozada qo’llash kerak bo’ladi. Undan tashqari buyrak va jigar kasalliklarida dozani o’zgartirishga hojat yo’q.
PDE 5 ingibitorlarini qo’llanilishi
Qandli diabet bemorlarida ED uch barobar ko’proq uchraydi. Kunlik 5mg’lik tadalafildan foydalanish qandli diabeti bor bemorlarda dori ichishni to’xtatgandan keyin ham 12 oygacha ta’siri davom etishi mumkin.
Gipertenziya uchun davolanayotgan bemorlarda ED uchrash nisbati 25%’ga teng. FDE5 ingibitorlari bilan birgalikda antigipertenziv preparatlarni qabul qilish (Angiotenzin-converting enzim ingibitorlari, kalsiy kanal blokatorlari, beta-blokatorlar, diuretiklar) qon bosimini biroz miqdorda tushishiga sabab bo’lishi mumkin.
Semizlik va metobolik sindromda ED qondagi androgenlar konsentratsiyasini pastligi sababli bo’lgach FDE5 ingibitorlari ta’sir qilmaydi.
Dislipitemiyadagi antilipidemik terapiya erektsiyaga ham ijobiy ta’sir qiladi. Statinlar bilan davolash erektsiyani va FDE5 ingibitorlari ta’sirini ko’paytirmaydi. Qonda xolesterini baland bo’lgan bemorlarga sildenafil berilganda ta’sir qilmasa 40mg/kun atorvastatin bilan birga sildenafil berilsa erektsiyada ijobiy o’zgarishlar bo’ladi.
Gipogonadizmda FDE5 ingibitorlari ta’sir qilmaydi. Testosteron va FDE5 ingibitori kombinatsiyasi foydalanilganda ijobiy ta’siri 33%’dan 90%’ga ko’tarilganligi qayd qilingan. PBXG’da FDE5 ingibitorlarini qo’llash; bu bemorlarda ham pastki siydik yo’llari simptomlarini hamda erektsiyani tuzatadi. 2011-yil 6-oktabrda FDA 5mg/kun tadalafilni PBXG va ED holatlarida bir o’zidan foydalanishga ruhsat berdi.
Nerv tolalarini himoyalangan holdagi radikal prostatektomiyada vaqtinchalik kavernoz nervi shikastlanadi, jinsiy olatda gipoktsiya, shilliq mushak apoptozi, fibroz va venooklziv disfunktiyaga sabab bo’ladi. 5mg/kun tadalafil bilan erta penil reabilitatsiyasi natijalari hali aniqlashgani yo’q. Depressiyada FDE5 ingibitorlaridan foydalanish ED va depressiya simptomlarini kamayishiga yordam beradi.
FDE5 ingibitorlarini tanlashdagi omillar
Yosh; 65 yoshdan katta bemor erkaklar uzoq vaqt ta’sirga ega bo’lgan FDE5 ingibitorlaridan foydalanishadilar va odatda ertalab uyqudan turgandan keyin jinsiy aloqa qiladilar. Ovqatlanish va spirtli ichimliklardan keyin jinsiy aloqaga kirishadiganlar ham uzoq vaqt ta’sirga ega bo’lgan FDE5 ingibitorlaridan foydalanishadilar. Ayollarning asosiy qismi tabiylikka mos kelganligi uchun tadalafildan foydalanishlarini hohlashadi, tez-tez jinsiy aloqada bo’ladiganlar ham, uzoq vaqt ta’sirga ega bo’lgan FDE5 ingibitorlaridan foydalanishadilar. ED’ni davolashda bemorlarning dorilar haqidagi ma’lumotlari, dorilarning nojo’ya ta’sirlari, jinsiy aloqada tez-tez bo’lish va boshqa dorilar bilan birga ichishligi va yurakdagi muammolari o’z ta’siriga ega.
FDE5 ingibitorlarini tanlashda ta’sir qilmaydigan omillar
Semizlik, metabolik sindrom, gipertenziya, eyakulatsiyadagi o’zgarishlar, ED muddati, turmush tarzi, sigaret, va narkotik qo’llanilishi, ED etiologiyasi (Prostata kasalliklari, qandli diabet, endokrin kasalliklar, depressiya) FDE5 ingibitorlarini tanlashda ahamiyatga ega emas.
PDE5 ingibitorlarining ta’sir qilmaslik sabablari
A) Jinsiy qo’zg’atishni yetarsiz bo’lishi
B) Dozani kamligi
C) Kutish muddatiga amal qilmaslik
D) Gipogonadizm borligi. Bo’lsa davolash kerak. Diabet, gipertenziya va giperlipidemiya nazorati
E) Ta’sir qilmadi deyish uchun, dorini kamida 6 marotaba ichish kerak
F) Nojo’ya ta’sirlari sababli FDE5 ingibitorlarini to’xtatish nisbati 3.8%, ta’sir qilmaganligi sababli dorini to’xtatish nisbati 6.3%’dir.
G) FDE5 ingibitorlarini almashtirilsa 14-17% holatlarda foydali bo’lishi mumkin bo’ladi.
Yangi avlod FDE5 ingibitorlari
A) Avanafil-absorbtsiyasi juda tez (35 daqiqadan kam), yarim parchalanish davri ham 1.5 soatdan kam, eng ko’p uchraydigan nojo’ya ta’siri bosh og’riq berishidir. Nitratlardan foydalanadigan kasallarga mos FDE5 ingibitori bo’lib 50, 100, 200 dozalarda chiqariladi.
B) Lodenefil-juda qisqa yarim parchalanish davriga (30daqiqa) va juda tez organizmdan chiqib ketish vaqtiga (2.4 soat) ega. 20, 40 va 80 mg shaklida chiqadi nojo’ya ta’sirlari ham qisqa muddatlidir.
C) Merodenafil Koreyada M-Vix nomi bilan 100mg tabletka holatida 2007-yildan beri foydalanib kelinadi. Yarim parchalanish davri 2.5 soat. FDE5 ingibitorlarining noqulayliklarini (bosh og’rig’i, yuz qizarishi, burun bitishi kabilar) yengillatish maqsadida ishlab chiqarilgan
D) Udenafil-2005-yildan beri ishlatiladi, 100 va 200mg’lik tabletkalarda ishlab chiqariladi, tez so’riladi (0.8-1.3 soat) va uzun yarim parchalanish davriga (12 soat) egadir. Butun ED’larga ta’sir qilish nisbati 75%’dan balanddir diabeti bor bemorlarga ham ta’sir qiladi oziq-ovqatlar bilan o’zaro ta’siri yo’q. har kunlik 25, 50 va 75 mg dozalarda foydalanish mumkin, nitratlar bilan qo’llanish mumkin emas, Alfa blokatorlar qabul qilgandan 4 soatdan keyin qabul qilish mumkin.
Til ostiga apomorfin (sublingual)
Markaziy ta’sirga ega bo’lgan dofamin agonisti, 2-3mg’lik dozalarda til ostiga tashlaydigan formalarda ishlab chiqariladi. AQSH’dan boshqa bir necha davlatlarda foydalaniladi. Ta’siri 28-50% atrofida juda tez so’rilganligi uchun 70% holatlarda erektsiya 20 daqiqani ichidayoq boshlanadi. Nojo’ya ta’sirlari 7% atrofida bo’lib asosan ko’ngil aynish va qayt qilishlardir. Nitrat va anitigipertenziv dorilarini ichadigan bemorlar bemalol apomorfindan foydalanishlari mumkin. Ta’siri yuqori deb hisoblanmaganligi uchun yengil va o’rtacha, og’ir darajadagi ED’larda, psixologik ED’larda va FDE5 ingibitorlariga qarshi ko’rsatma bo’lgandagina foydalanish mumkinligi bilan chegaralangandir.
Ikkinchi bosqich davolashlari:
1) Corpus cavernosum’ga vazoaktiv preparatlar inektiyasi-alprostadil (CaverjectTM, Edex/ViridalTM) tasdiqdan o’tgan alppostadil dastlabki va yagona davodir. Intracovernoz monoterapiyada 5-40µg dozalardan foydalaniladi 5-15 daqiqadan so’ng erektsiya kuzatiladi. Nojo’ya ta’sirlari: og’riq, uzoq vaqtlik erektsiya, priapizm va fibozlardir. Umumiy no’joya ta’siri o’rta darajadagi gipotenziyadir, foydalanish uchun qarshi ko’rsatmalar esa: alporstadil uchun sezgirlik bo’lganda, priapizm havfi va qon to’xtashidagi o’zgarishlardir. Ta’siri 70% atrofidadir. Bu doridan 41-68% holatlarda odatda dastlabki 2-3 oy ichida voz kechish kuzatiladi.
2) Ureta ichi preparatlari-alporsadil uretral tabletka, (MUSET) alprostadil (125-1000µg) uretral tabletkaga ED terapiyasi uchun ruhsat berilgan. 30-65% holatlarda erektsiya kuzatiladi. Penisga vazokonstriktor bandaj qo’yish ta’sirini orttiradi nojo’ya ta’sirlari mahalliy og’riq (35%), bosh aylanishi (10%), uretrada qonash (5%) va siydik yo’llari infektsiyasi (0.2%). Penilfebroz va priapizm juda ham kam uchraydi (1%), ta’siri intracavernos teripayaga nisbatan pastroqdir.
Uchunchi bosqich davolashlari:
1) Vazorelaktsiyatsiya sistemalariga qaratilgan davolashlar
2) Vazokonstriktsiya sistemalariga qaratilgan davolashlar
3) Erektsiyaning markaziy nazoratiga qaratilgan davolashlar
4) Boshqa davolash usullari
I)Vazorelaktsiyatsiya sistemalariga qaratilgan davolashlar
a) No/sGMP sistemasiga qaratilgan davolashlar – NO sintetaza aktivligini oshiradigan dorilar;
L-arginin; corpus covernosum silliq mushak relaktsiyasini oshiradi.
L-citrulline; organizmda L-argininga aylanib ta’sir qiladi. L-argininning nojo’ya ta’sirlarini kamaytiradi.
Arginaza ingibitorlari arginaza; L-argininni mochivina va L-ornitinga aylantiradigan enzimdir, corpus cavernosumda mavjud bo’ladi. Ingibitsiyalaganda corpus cavernosum’dagi NO’ga bog’liq silliq mushak relaktsiyasini orttiradi.
BH4; nitrikoksid sintetaza (NOS) aktivlashishi uchun koenzim va BH4 kabi kofaktorlar kerak bo’ladi. BH4 kam bo’lganda NO hosil bo’lishi kamayadi. Bunda bir dona doza BH4 jinsiy olat qattiqligini orttirishga yetadi.
Nikotinamid adenin dinukliotid fosfat (NADPH) NOS kofaktoridir.
Impaza; NO hosil bo’lishi va corpus cavernosumdagi sGMP’ini orttiradi. FDE5 ingibitorlariga nisbatan ta’siri juda ham past, lekin nojo’ya ta’siri bosh og’rig’i juda ham kuchli.
Antioksidant AC3056; oksidativ stress NO konsentratsiyasini kamaytiradi. Antioksidant AC3056 diabet holatlarda NO’ga bog’liq corpus cavernosum javob reaktsiyasi va FDE5 javob reaktsiyasini orttiradi.
b) Vazorelaktsiyatsiya sistemalariga qaratilgan boshqa davolar:
Gistamin retseptorlari; gistamin jinsiy olatda innervatsiya yo’li bilan erektsiyani ta’minlaydigan neyrotransmitterdir H2 retseptor antogonistlari buni bloklab erektsiya chaqiradi.
Peptid neyrotransmitterlar vazoaktiv intestinal polipeptid (VIP) va calsitonin gene-related peptid (GGRP), adenil siklaza (ATs) / TsAMP sistemasini aktivlashtirib corpus cavernosum relaktsiyatsiyasini ta’minlaydi.
Prostaglandin retseptorlari
II) Vazokonstriktsiya sistemalariga qaratilgan davolashlar
a) Rho-kinazalar; ED’da Rho-kinazalar aktivligi ortadi. Rho-kinaza ingibitorlari Ed’ni davolashda alternativ usuldir. Y27632, HA1077, SAR407799 kabi Rho-kinaza ingibitorlari ED’da penis erektsiyasini davomiyligini orttiradi. Nojo’ya ta’sirlari bosh og’riq va gipotenziyadir.
Statinlar; RhoA/Rho-kinaza konsentratsiyalarini kamaytiragan holda ta’sir ko’rsatadi. Atorvastatin jinsiy qobiliyat va sildenafilga bo’lgan javobni orttiradi. Nerv tolalari himoya qilingan radikal prostatektomiyadan keyingi davrlarda statin qo’llanilishi 6-oyda sildenafilga bo’lgan javob reaktsiyasini 6%dan 55%gacha ko’taradi.
Adrenergik retseptor blokadasi; Bu guruhdagi trazadon alfa adrenergik retseptor antogonisti ayni paytda kuchli serotoninergik antidepressantdir.
Beta adrenoretseptor stimulyatsiyasi; Qon tomir kengayishini ta’minlaydi. Beta 3 adrenoretseptor aktivlashishi corpus cavernosumda sGMP’ga bog’liq relaktsiyatsiyani hosil qiladi, bundan tashqari RhoA sistemasini ham ingibitsiyalaydi. Bu guruh uchun isoxsuprine’ni misol qilib ko’rsatishimiz mumkin.
b) Vazokonstruktsiya sistemalariga qaratilgan boshqa davolash usullari.
Angiotenzin retseptor blokatorlari Angiotenzin 2, Angiotenzin 1’dan Angiotensin converting ensim (ACE) ta’siri natijasida hosil bo’ladi va corpus cavernosumda sekretsiyalanadi. Angiotenzin II, AT1 retseptorlarini qo’zgotib korparal to’qimada qisqarish chaqiradi. ACE ingibitorlari va Angiotenzin retseptor blokatorlari ED’ni davolashda foydalanish mumkin. Losartan, irbesartan, valsartan kabilar bu guruh uchun misol bo’lad oladi.
III) Erektsiyaning markaziy nazoratiga qaratilgan davolashlar
Melonokortin retseptorlari (MCR); melanotan (MT II) alfa melanotsit stimulyator gormoninig sintetik analogidir. Dermatologik bemorlarga qo’llash paytida nojo’ya ta’sir sifatida har bir bemorda erektsiya kuzatilishi natijasida o’rtaga chiqqan doridir. MT II, PT141, subkutan, intranazal berilganda psixologik va organik ED’larda erektsiya kuzatiladi.
Oksitotsin dofamin retseptor agonistlari, gulutamat retseptorlari.
5-gidroksitriptamin retseptorlari; 5HT erektsiyaga ingibirlovchi ta’sir qiladi lekin 5HT1c va 5HT2c retseptorlari esa erektsiyani osonlashtiradi. Trazadon seliktiv 5HT2c retseptorlarining agonistidir.
IV) Boshqa davolash usullari
Cannabinoid va vanniloid retseptorlari
Conneksinlar
Growth factor (O’sish faktorlari)
Gen terapiyasi, to’qima injeneriyasi
Past dozalik EUVL terapiyasining corpus cavernosumda neovaskularizatsiyani ta’minlashi arterial ED’da erektsiya davomiyligini va qattiqligini orttirishi, endotelyal funktsiyani tuzatishi haqida ma’lumotlar bor.
Ohirigi EAU (2011) qo’llanmasida ED’ning davolashda quyidagi tavsiyalarni bermoqda:
1) Sigaretani tashlash ideal vazinni saqlash doimiy jismoniy harakat kabi turmush tarzidagi o’zgarishlar va havf omillarini yaxshilash ED’ning davolashda birinchi bajarilishi kerak bo’lgan omillardir.
2) Davolash mumkin bo’lgan sabab ma’lum bo’lsa uni avval davolash kerak.
3) Radikal prostatektomiyadan so’ng erektsiyani ta’minlovchi davolashlarni darhol boshlash kerak.
4) Davolashning birinchi bosqichi FDE5 ingibitorlaridir.
5) Har kuni FDE5 ingitorlarini qabul qilish usuli erektsiyon funktsiyani tuzatishi mumkin.
6) FDE5 ingibitorlariga javob bermaslik holatlarining asosiy sabablari dorini noto’g’ri va kam berilganligi bemorning dori haqidagi ma’lumotining kamligi bo’lishi mumkin.
7) Gipogonadizmga bog’liq FDE5 ingibitorlariga javob reaktsiyasi kuzatilmaganda o’rinbosar testosteron terapiyasi ta’sirini orttiradi.
8) Apomorfin yengil va o’rta daraja ED, psihologik ED va FDE5 ingibitorlariga qarshi ko’rsatmalar bo’lgan holatdagina bo’lishi mumkin.
9) Doimiy jinsiy aloqalarda vakumdan foydalanish mumkin.
10) Corpus cavernosumga in’ektsiya qilish 2-boshqich davolash usulidir.
11) Penil protez inplantatsiyasi 3-bosqich davolash usulidir.