• Aug

    10

    2018
  • 4662
img

Qisqa muddatli FSG bilan davolash kursi protokoli

Qisqa muddatli FSG bilan davolash kursi protokoli

 

Zarifjon Murodov

urolog-androlog

Short-term FSH treatment and sperm maturation: a prospective study in idioptic infertile men

E. Casamonti, S. Vinci, E Serra, M. G. Fino, S. Brilli, F. Lotti, M. Maggi, M. E. Coccia, G. Forti,  C. Krausz 

15 march 2017, Andrology

 

Yuqoridagi maqola va boshqa bir qancha maqolalarga asoslangan holda bugungi kunga kelib O’zbekistonda ham su’niy urug’lantirish mavzusi dolzarb bo’layotgan bir paytda idiopatik azoospermiya holatli erkaklarni bu davolash usuliga tayyorlashni birgina usuli bolgan FSG bilan tayyorlash haqida qisqacha maqola yozib sizlarga tanishtirishga ahd qildim.

Su’niy urug’lantirish usuliga tanlangan oilalarning deyarli 50%ida bepushtlik sababi noma’lumligicha qolib kelmoqda. Shuningdek FSG gormon berish orqali homilador bo’lish ehtimoli sezilarli darajada ko’tarilishi qayd etilmoqda. 2016yilda dunyoning turli davolash markazlaridan 614ta bemorlar ustida o’tqazilgan meta-analizda, agar erkakka FSG gormoni bilan stimulyatsiya qilinsa tabiiy yoki su’niy homilador bo’lishlik ehtimolini 1.6-4.5 barobar orttirishini aytib o’tishdi (Santi 2015). Albatta hamma bemorlarga emas, tanlangan ma’lum kriteriylarga mos keladigan bemorlar bo’lishi shartligi, shak-shubhasizdir. Hamma bemorlarda ham ijobiy natija olish mumkin emas, asosiy shartlaridan biri bemorlarining bazal FSG ko’rsatkichi normal ko’rsatkichlar orasida bo’lishi shart. Bu ko’rsatkichlarga amal qilinsa bemorlarning 50%idan ko’pida spermogrammasida sezilarli ijobiy o’zgarishlar qayd qilinadi. Bundan tashqari su’niy urug’lantirishni ham o’ziga yarasha ehtimolliklari bor ko’plab markazlar 30-50% orasida natijaga erishayotganliklarini aytishadi. Shuningchun bu muammolarni hal qilish uchun  Italyaning Floransiya Universiteti shifokorlari yangi usulni taklif qilishdi. Bu taklifga ko’ra sun’iy urug’lantirish o’tqaziladigan juftlarining erkaklariga kamida 1oy oldin FSG gormonini berishlik fertilizatsiya bo’lish ehtimolini sezilarli ravishda ortirar ekan. (Casamonti 2017).

Bu tadqiqotda olimlar spermatozoidni urug’lantirish ehtimolini gialuronik kislotani bog’lash testi (HBA) orqali baholadilar. Chunki faqatgina yetuk spermatozoidlargina o’z boshlarida gialuronik kislota reseptorlariga ega bo’ladilar. Bu spermatozoidlardagi genetik ma’lumotlar ham talabga javob beradigan bo’ladi. Shu sababli urug’lantirish va homiladorlik ehtimoli ham baland bo’ladi.  Haqiqatdan ham HBA testidan o’tgan erkaklarning spermatozoidlari ICSI dan ko’ra inseminatsiya (IUI) va/yoki tabiiy yol bilan homiladorlik qilaolish qobilyatiga ham ega bo’ladilar. (Huszar 2002, 2007). Agar HBA testi 65%dan past bo’lsa suniy urug’lantirish ehtimoligi ham sezilarli darajada kamayadi. (Worrilow 2013). Shuningchun HBA testi spermatozoidni yetukligini belgilash va homiladorlik ehtimolini baholashda ahamiyatli test hisoblanadi.

Yuqorida aytib o’tgan tadqiqotimiz FSG qabul qilgan erkaklarining spematozoidlarining asosiy qismini HBA testini muvaffaqiyatli o’tganligini, ya’ni urug’lantirish imkoniyatini ham yuqori bo’lishligini ko’rsatdi. Qiziq tarafi qisqa muddatli davolash kursini ham bir hil effektga ega bo’lishligidadir. Ya’ni faqatgina bir oy kichik doza FSG ham uzun muddatli davolash kursi kabi effektga ega ekanligidadir. Klassik fikrlarimizdagi 3yoki 6oy emas balki 1oyda ham bir hil ko’rsatkich korsatmoqda. “Qisqa muddatli stimulyatsiya protokoli” deb nomlangan bu usul sun’iy urug’lantirish qilinadigan bemorlarga 1oygina FSG qilishlikni o’z ichiga o’ladi.  Shunday qilib endi erkaklardagi FSG bilan davolash protokollari endi 2 xil bo’ladi: uzun muddatli protokol va qisqa muddatli protokol (Attia 2013, Santi 2015).

Lekin shuni unutmasligimiz kerakki spermatogenez uchun kerakkli ikkita asosiy gormon FSG va Testosteron moyak ichida yetarli darajada bo’lishi shart, Testosteron past bolsa XG bilan kombinatsiyalash mumkin.

Qisqa muddatli davolash protokolini quyidagicha tushuntirishimiz mumkin bo’ladi, FSGning spermatozoid ishlab chiqarilishining ohirgi bosqichi bo’lgan spermiyogenez bosqichini tartibga solinishi ma’lum. Bu bosqichda FSG ikkinchi mayoz bo’linishni va yumaloq spermatiqlarda dum rivojlanishini ta’minlaydi. FSG yetarli miqdorda bo’lmasa spermatozoid DNK’ida giston-protamin oqsillari orasidagi o’rin almashinish yuz bermaydi natijada spermatazoid xromatini ya’ni genetik ma’lumoti strukturasi buzuladi. (Krishnamurthy 2000). Haqiqatdan ham FSG olgan bemorlar spermatozoidlarini olmagan erkaklarnikiga ko’ra ancha sog’lom ekanligi keltirilib o’tilgan (Piomboni 2009). DNK zararlanishlari ham sezilarli darajada kamayadi. (Ruvolo 2013). HBA testi talabga javob bermaydigan erkaklarining 46% ida davolashdan keyin test natijalari ijobiy chiqishi aniqlangan. Bu esa fertillik qobilyatini ortganligini ko’rsatadi. Agar davolash kursi osha ozimiz bilgan usulda qilinsa yana sifati oshadi.

Xulosa qilib aytganda bu tadqiqot FSG ko’rsatkichlari normal chegarada bo’lgan (1.5-8 IU/L orasida) bepusht erkaklarda qisqa muddatli davolash kursi o’tqazilgan bemorlarda sperma sifatini tuzalishi va HBA testini yaxshi o’tishini ko’rsatib berdi. Ammo bu davolash kursi uchun erkaklarni yaxshilab tanlanishi ham kerak bo’ladi. Bundan tashqari gormonlarni nojo’ya ta’sirlari ham bo’lganligi sababli jiddiy nazorat ham qilish kerak. Lekin shunga qaramay yakuniy hulosa kelishi uchun yanada ko’proq bemor ishtirokli ko’p markazli ikki taraflama ko’r tekshiruvlarga ehtiyojimiz bor.

  • Attia AM, Abou-Setta AM & Al-Inany HG. (2013) Gonadotrophins for idiopathic male factor subfertility. Cochrane Database Syst Rev 25.
  • Casamonti E, Vinci S, Serra E, Fino MG, Brilli S, Lotti F, Maggi M, Coccia ME, Forti G, Krausz C. Short-term FSH treatment and sperm maturation: a prospective study in idiopathic infertile men. Andrology. 2017 Mar 15. doi: 10.1111/andr.12333.
  • Huszar G, Jakab A, Sakkas D, Ozenci CC, Cayli S, Delpiano E & Ozkavukcu S. (2002) Fertility testing and ICSI sperm selection by hyaluronic acid binding: clinical and genetic aspects. Reprod Biomed Online 14, 650–663.
  • Huszar G, Jakab A, Sakkas D, Ozenci CC, Cayli S, Delpiano E & Ozkavukcu S. (2007) Fertility testing and ICSI sperm selection by hyaluronic acid binding: clinical and genetic aspects. Reprod Biomed Online 14, 650–663.
  • Krishnamurthy H, Danilovich N, Morales CR & Sairam MR. (2000) Qualitative and quantitative decline in spermatogenesis of the folliclestimulating hormone receptor knockout (FORKO) mouse. Biol Reprod 62, 1146–1159.
  • Piomboni P, Serafini F, Gambera L, Musacchio C, Collodel G, Morgante G & De Leo V. (2009) Sperm aneuploidies after human recombinant follicle stimulating hormone therapy in infertile males. Reprod Biomed Online 18, 622–629.
  • Ruvolo G, Roccheri MC, Brucculeri AM, Longobardi S, Cittadini E & Bosco L. (2013) Lower sperm DNA fragmentation after r-FSH administration in functional hypogonadotropic hypogonadism. J Assist Reprod Genet 30, 497–503.
  • Santi D, Granata AR, Simoni M. FSH treatment of male idiopathic infertility improves pregnancy rate: a meta-analysis. Endocr Connect. 2015 Sep;4(3):R46-58. doi: 10.1530/EC-15-0050.
  • Worrilow KC, Eid S, Woodhouse D, Perloe M, Smith S, Witmyer J, Ivani K, Khoury C, Ball GD, Elliot T & Lieberman J. (2013) Use of hyaluronan in the selection of sperm for intracytoplasmic sperm injection (ICSI): significant improvement in clinical outcomes-multicenter, double-blinded and randomized controlled trial. Hum Reprod 28, 306–314.