Tanlangan Sara Savol-Javoblar

Savol Yuborish



Maslaxatlar

  • Mavzu: maslahat
    Sana: 16.06.2016
    Ismi: abdulloh
    Yoshi: 27
    Manzil: koreya

    Savol: Assalomu aleykum. Doktor protaen va geynerlarni istemol qilsa jinsiy faoliyatga zararlari nimada...mutloqo zararsiz deb aytishyapti...agar uni istemol qilsa lekin tosh kotarmasam zarari yoqmi..man ozginman. shunchaki sal massa yigish un istemol qilmoqchi edim...? Javobingiz un rahmat. alloh rozi bolsin.


    Javob: Tanlangan savol javoblar ichida sportga tegishli qism bor oqib chiqing

  • Mavzu: Aglyutinasiya
    Sana: 16.06.2016
    Ismi: Shaxriyor
    Yoshi: 18
    Manzil: Buxoro

    Savol: Salom zarif aka savolim 1aglyutinasiya(urug' yopishishini) qancha muddatda davolasa bo'ladi 2 manda urug' yo'li kengaygan ekan varikasel aperatsiya qilgan doktir aniqladi nima sabab bo'ladi bunga.3 aglyutinasiyani davolamasdan xam farzandli bo'lish mumkinmi


    Javob: Aglutinatsiyani muammosi ancha qiyin, aniq davo vaqti yoq, uylanib farzandli bolaolmasez xarakat qilib koriladi, urug` yoli kengaygan aynan qaeri uni juda ham katta zarari yoq.


  • Sana: 16.06.2016
    Yoshi: 23

    Savol: Salom zarif aka yoshim 23 da yaqinda uylanaman ibn sinoning kitobida o'qib qoldim zanjabil degan o'simlikni tomirini maydalab shimilsa barcha shamollashni yo'qotadi deb yozilgan ekan shu gap to'g'rimi men uni topdim va istemol qilyapman buning zarari yo'qmi shu haqda to'liqroq javob bersangiz javob uchun katta rahmat


    Javob: osha paytlarda antibiotiklar bolmaganda shunga chorani oshalardan qidirishgan, zarari yoq. Aslida zarari tegadigan miqdorda qabul qilaolmisiz. Bu usul hozirgi kunda samarali emas

  • Mavzu: жинси алока
    Sana: 16.06.2016
    Ismi: мухаммадали
    Yoshi: 36
    Manzil: тошкент

    Savol: Ассалому алейкум Зарифжон ака ман жинси алока пайтида тез бошанаман 1-2 минут да шуни давоси борми яни вактини чозишни


    Javob: davosi bor, murojaat qilishiz mumkin

  • Mavzu: Davolash
    Sana: 16.06.2016
    Ismi: Olim
    Yoshi: 20
    Manzil: Begabod

    Savol: salom zarif aka yahshimisiz tez bushanish olat termay kolishi prosttatit va shunga uhshagan kasaliklarni hama urologlaga uhshab davolaysizmi yo siz boshkacha damolaysizmi javob uchun rahmat


    Javob: hammaniki ham oxshash va oziga xos taraflari boladi

  • Mavzu: Jinsiy o'lat jb berin iltimos
    Sana: 16.06.2016
    Ismi: SADRIDDIN
    Yoshi: 26
    Manzil: Qarshi

    Savol: Assalomu Alaykum Mani muamoim jinsiy o'latim chap tarafga egri uylanganman bitta farzandim bor oldin egri yoki egrimasmi bunga etibor bermagan man j hayot ham joyida wunday bo'lsada uni egriligini to'g'irlaw keremi?? Man hozi chet eldaman agar to'g'irlaw kere bo'sa qancha vaxt ketadi Javob uchun raxmat


    Javob: Shart emas, xalaqit bermayotgan bolsa boldi

  • Mavzu: Фарзанд
    Sana: 16.06.2016
    Ismi: Нодир
    Yoshi: 32
    Manzil: Санкт петербург

    Savol: Салом Зариф ака ешим 32 да иккита кизим хам жаррохлик йули билан тугулган учинчисига угил фарзанд хохлаймиз шунга маслахат беринг даволанишимиз керакми.Авалам бор худони берганию лекин маслахатиз жуда зарур.2- савол Тез бушалишга кандай дори ичиш керак Россияда ....... деган томчи дори рекламасига кузим тушди шунга нима маслахат берасиз. Олдиндан катта рахмат жавобизни кутиб коламан


    Javob: Farzand jinsini boshqarishni ilmiy asosli yoli yoq, hammasi fantaziyalardan iborat, Dorilar haqida malumot bermayman, siz yozgan dorini ximiyaviy tarfibni bilsam keyin bilaman bu dori nimalaigni

  • Mavzu: олат турмаслиги
    Sana: 16.06.2016
    Ismi: шокир
    Yoshi: 36
    Manzil: жиззаз

    Savol: Салом зариф ака мени ёшим 36 саволим кейинги пайтларда олат унчалик кузгалмай колаяпти айникса совук пайтларда жуда хам билинаяпти илгари иссик кунларда норма Эди хозир Эса купинча кузгалиш булмай колаяпти аптекада таблетка олиб ичаяпман .... нархи 3000 донаси хафтасига 1-2 дан зарари йукми лекин натижаси яхши экан илтимос шу хакида малумот беринг


    Javob: juda ham yoshsiz bu shikoyatlar uchun, xozirdan bu shikoyatlarni bolishi kelajakda bundan ham jiddiy kasalliklar sizni kutyapti degani kelib davolanib oling

  • Mavzu: salom
    Sana: 15.06.2016
    Ismi: komiljon
    Yoshi: 23
    Manzil: samara

    Savol: A.salom mani yoshim 23da uylanganman yaqindan beri olatimdan nimadir kelapdi ichi kiyimimni dog bulganda sezdim nima bulidi manga bundaqa buldi bilmayapman iltimos javob bersangiz


    Javob: eng kop shamollashni belgisi siz aytayotganiz er xotin davolaninglar


  • Sana: 15.06.2016
    Ismi: Akmal
    Yoshi: 22
    Manzil: Rassiya

    Savol: Ассалом алекум .ака менда верикасел бор буни узок вактгача оператсия килдирмай юрсам боладими


    Javob: qancha tez qildirsez shuncha ziyoni kam xohlasez umuman qildirmasligiz ham mumkin zararlariga chidayveramand desez, eng kop befarzandlikka sabab boladi

  • Mavzu: Бу жуда мухум
    Sana: 15.06.2016
    Ismi: Дилшод
    Yoshi: 22
    Manzil: Андижон

    Savol: Ассалому алайкум Зарифжон ака саволим: Мени унг тухумим кичкинарок чап тухумимга караганда озгина огримиди хеч нарса булмаган якинда уйланаман фарзандли була оламанми жавоб учун рахмат катта


    Javob: uylanishdan oldin kelib korik va tekshiruvlardan oting, savollarizga javob oshanda toliq togri olishiz mumkin

  • Mavzu: fotoepilyatsiya
    Sana: 15.06.2016

    Savol: Salom aleykum Zarif aka sizga 1 ta savolim bor fotoepilyatsiyaning erkak kishi genitaliyasiga zarari yo'qmi? Javob uchun rahmat! Email yo'q


    Javob: zarari yoq

  • Mavzu: befarzandlik
    Sana: 15.06.2016
    Ismi: Ilhom
    Yoshi: 25
    Manzil: Sirdaryo viloyati

    Savol: Zarif akaga savolim: akajon meni yaqin do'stim bor. bir yarim yildan beri farzandsiz. 2 kun oldin toshkentga urologicheskiy sentrga birga borib keldim. undan urug'ini olib tekshirdi urug'i nol foiz chiqdi. keyin CASA degan joyga borib qayta urug' topshirishni aytdi. natijada umuman urug' yo'qligini aytishdi. bunga nima sabablar bo'lishi mumkin va buni davolasa bo'ladimi. do'stim hozir juda ham tushkun holatda. saytga kirib umid uyg'ondi. siz yordam bera olasiz deb o'ylayapman. maslahatingiz juda ham zarur. javob uchun oldindan rahmat.


    Javob: Dostizi ozi murojaat qilsin, kelsa qolgan kelganicha yordam beramiz

  • Mavzu: Aloqa haqida savol
    Sana: 15.06.2016
    Ismi: Dilshod
    Yoshi: 25
    Manzil: Surxondaryo

    Savol: Hozir yoshim 25 da bir nafar farzandim bor. Turmush o`rtog`im bilan jinsiy aloqadan keyin juftim orgazm his qilmayapti. Menda esa ereksiya kam eyakulyatsiya jarayoni juda erta sodir bo`lmoqda hattoki 1 daqiqaga ham bormayapti. Men bu muammodan qanday forig` bo`lsam bo`ladi? Yordamingiz uchun rahmat!


    Javob: siz erta boshansez xis qilmaydida albatta kelib korik va tekshiruvlaran keyin davolansez uzoqroq muddat birga bolsez xis qiladi


  • Sana: 15.06.2016
    Ismi: Anvar
    Yoshi: 22
    Manzil: Termiz

    Savol: Assalomu alaykum doktor. Yoshim 22da. Savolim: Normada erkak suyuqligi ml da qancha bo'lishi kerak. Javob uchun raxmat!


    Javob: 1,5ml-5.5mlgacha

  • Mavzu: Sayt haqida
    Sana: 15.06.2016
    Ismi: Toxir

    Savol: Assalomu alaykum Zarif aka! Ishlaringiz yaxshimi? Men "........" web studiyasidan Toxirman. Saytingiz manga juda yoqadi foydali sayt lekin ko'rinishi biroz eskiroq va hatolarga boy. Agar hohlasangiz saytingizni yuqori dizay hamda hech qanday hatolarsiz va qulay narhda yasab beramiz. Xurmat bilan: Toxir


    Javob: Takliflar uchun, raxmat, Mana kordizki aytishiz bilan ozgartirib qoydik, yana ishlanyapti ustida. Boshqa kamchiliklar bolsa aytsez jon deb eshitaman, shaxsiy pochtamni ham jonatdim sizga,

  • Mavzu: олат
    Sana: 15.06.2016
    Yoshi: 50
    Manzil: андижон

    Savol: Зарифжон яхшимисиз операция ердамида неча см га узайтириш мумкин


    Javob: sizda qancha j.olat hom ashyosi borligiga bogliqda qancha osishi, kopincha borini 10% qadar osaoladi xolos

  • Mavzu: Jinsiy aloqa
    Sana: 15.06.2016
    Ismi: Qudrat
    Yoshi: 25
    Manzil: Tashkent Yunusobod

    Savol: Salom Zarifjon aka 25 yoshlik yosh oilada bir xaftasiga qancha jinsiy aloqa bolishi Norma xisoblanadi


    Javob: imkoniyati qancha bolsa

  • Mavzu: Ж.олат
    Sana: 14.06.2016
    Ismi: Толкин
    Yoshi: 25
    Manzil: Хоразм

    Savol: Операцяга духим етмидида ака бошка умуман чораси йокми прости рекламалани кориб изохларини окиб ишониб коляпман кейин умид килиб бир чораларини излаб бошлаяпман нима килай йо операця йо шу 11см, тугрими умидни узайми


    Javob: man hali kremlardan foyda kordim degan odamni kormadim, izohlarni oqigan bilan ularni oldinga va keyingi holatlari tekshirilgan seriya ishlar bolishi kerak ishonish uchun

  • Mavzu: Ж.олат
    Sana: 14.06.2016
    Ismi: Толкин
    Yoshi: 25
    Manzil: Хоразм

    Savol: Салом Зариф ака,саволим шуки ж.олатим 10 11см уйланганман икката болам бор айолимхам коникади лекин шундаям 1 2 смга узайтиргим келади интернет да реклама килайотган кремлардан фойдалансам сал болсаям фойда берадими кандай килиб кутган натижамга еришишим мумкин жавоб учун олдиндан Рахмат.


    Javob: kremlardan foyda yoq, operatsiya qildirishiz mumkin, lekin sizga kerak emas

  • Mavzu: Илтимос жавоб беринг
    Sana: 14.06.2016
    Ismi: Юнус
    Yoshi: 17
    Manzil: Худжанд

    Savol: Салом доктор куп бор савол еоздим лекин жавоб йук илтимос шу саволимга жавоб беринг.Мен 5 йилдан буеон онанизм бн шугилланаман (хозир ташлаганма) энди эса моягимда огрик бор айтингчи бу огрик утиб кетадими шу хакда малумот берсангиз


    Javob: Sabr qiling otib ketadi


  • Sana: 14.06.2016
    Ismi: шерзод
    Yoshi: 21
    Manzil: qashqadaryo

    Savol: salom doktor man 3oy oldin qonimni tekshirtirganimda burtselliyoz deb diagnoz quyishdi davolanib chiqdim 2oy buldi xozir axvolim ancha yaxshi kuzda uylanmoqchiman burtselyoz bepushtlikka olib keladi deyishyapti shu rostmi keyin onanizm bn xam shugullanib turardim kup emas 10 15kunda bir saytdagi maqolani uqib shugillanmaslikka xarakat qilyapman 1oy buldi uylanishimga zarari yuqmi.email yuq


    Javob: Homilani tushib qolishiga sabab boladi, zararlari qolmgan bolsa boldi


  • Sana: 14.06.2016
    Ismi: ..
    Yoshi: 33
    Manzil: uzb

    Savol: Zarif aka j.olatni 25 gradus egriligini qanday yullar blan davolasa buladi? qancha vaqtlarda yana j.aloqaga tayyor buladi? davolagandan keyin oldingidek ishlayoladimi? rahmat javob uchun


    Javob: bemorni korgach taktikasini aytamiz operatsiya qilsak 6 haftdan keyin tayyor boladi

  • Mavzu: j.o
    Sana: 14.06.2016
    Ismi: ..
    Yoshi: 33
    Manzil: uzb

    Savol: Salom Zarif aka hormang ishlar blan. J.olatni 25% egriligi qanday yoman taraflari bor?


    Javob: j.aloqaga krishishga xalaqit beradi

  • Mavzu: oits
    Sana: 14.06.2016
    Ismi: sardor
    Yoshi: 25
    Manzil: qarshi

    Savol: Salom Zarif aka qalaysiz Zarif aka Spid bulsa xam moyakda ogriq buladimi yani shishib ketadimi keyin tomoq xam ogriydimi iltimos javob yozing


    Javob: Bolishi mumkin lekin SPID.ni alohida belgisi yoq siz qon analiz topshiring eng yaxshisi

  • Mavzu: Shamolash
    Sana: 14.06.2016
    Ismi: Qudrat
    Yoshi: 25
    Manzil: Toshkent Yunusobod

    Savol: Salom Zarifjon aka, urolog shamolashga lichenani yozda issiqta olsa boladimi issiq ukoldan boshqa dorilar bomi qizdirmaydiga javob uchun raxmat


    Javob: Man issiq ukolni ishlatmayman, yozda ham davolansa boladi albatta

  • Mavzu: Chap tuxumim o'ng tarafdigidan kichkina va qattiqroq bolip qolgan
    Sana: 14.06.2016
    Ismi: Sardor
    Yoshi: 22
    Manzil: Toshkent

    Savol: Assalomalekum doktor! Man varikatsel bogamman 3,4yil oldin, 3oy oldin tez harakat qilip joyimdan turp ketganimgami nmagadir chap tarafdigi tuxumim iwip ketti va qizarip qoldi, urologa borganmda womolatipsz dp lichenya yozdi ulani bajarip boganman, yaxwi bop ketudi endi owa chap tarafi kichkina bop qatiqlawip urologa bordm havfli tarafi yoq dedi doplergayam tuwdim licheniya yozberdi urolog, ulaniyam qldm qaytip koriniwga voht topolmayamman qorqinchli joyi yomi? 2-lichenyani oliwimdan oldin ichki kiyimim tomchi tomchi qon bopqovotudi ln wuladan kn lichenya oldim amma chap tarafi haliyam kichkina ongdagisidan 2yarm baravar ham qattiq? Qorqinchli joyi yomi???mail yoq


    Javob: Chap operatsiyadan keyin agar kichraygan bolsa, operatsiyani asorati bolibdi degani lekin bu vrachni aybi emas chunki adabiyotda uchraydigan asorat bolib 30%ni ichidagi belgilari, korish kerak boladi analiz topshirtirish kerak boladi, agar vazifasini bajarmayotgan bolsa va sizga zarar qilayotgan bolsa shunga mos chora qollash kk boladi, juda kop bu tarz murojaat qilgan bemorlarimiz, eng kop uchraydigan belgisi befarzandlik, chorasini qollaganimizdan keyin farzandli bb ketgan

  • Mavzu: erta bo'shanish
    Sana: 14.06.2016

    Savol: assalomu alekum zarifjon aka jinsiy aloqda qilganimda 10 sekuntga bo'shanib qolayapman uylanganman. uylanmasdan oldin ham shunaqa edi quqonga borsam necha kun davolanishim kerak bo'ladi


    Javob: Tekshiruv natijasiga bogliq man kopincha 10kun olib qolib keyin yana davomiga uyga lecheniye yozib nazoratda ushlab turaman

  • Mavzu: prostatit
    Sana: 14.06.2016
    Ismi: olim
    Yoshi: 20
    Manzil: andijon

    Savol: salom zarif aka prostatani davosi bormi busa kancha vagtda tuzoladi emai yok


    Javob: Bor, 4-6haftada

  • Mavzu: Olat
    Sana: 14.06.2016
    Ismi: Husan
    Yoshi: 21
    Manzil: Chimkent

    Savol: Assalomu alaeykum Zarifjon aka Men QOZOGISTON danman Muammo shundaki kechqurunlari olatimdan uzidan uzi suyuqlik chiqyapti Yashirmay aytaman bundan oldinlari uzimni uzim qondirish bilan shugullangan edim Nima qilsam buladi Bola kurishlikka zarari bormi


    Javob: Urologga uchrab davolanib oling, suyuqlik sperma bolsa 7-14kunda bir bolsa norma boshqa narsa bolsa kasallik bolishi mumkin, xohlasez Qoqonga keling

  • Mavzu: womolaw xaqida iltimos jb b
    Sana: 14.06.2016
    Ismi: akram
    Yoshi: 26
    Manzil: moskva

    Savol: ассалом доктир ишлариз согликлариз яхшими саволларимга жб йозйотганиз ун котта рахмат хеч кам болманг. сизга бир саволим бор еди. Сийдик йоллари шомолашига дори йозиб берган еди пачти бир ойдан бери узгариш болмаяпти озгина узгариш болди хово совуса яна кайтадан касалик кузгаляпти узи канча вакт дори ичса тузалади 1 ойми йоки 2 ойми


    Javob: Demak diagnoz hato, yangi korinishdagi saytimiz bugun erta yuklanadi shunda korasiz sloganimiz Togri tashxis, togri davo deganini

  • Mavzu: бел ва оёк огриги
    Sana: 14.06.2016
    Ismi: шодманали
    Yoshi: 39
    Manzil: жалолобод.ала-бука р

    Savol: Ассалом алайкум муаммо шундаки бир йил олдин бел умирткам чикиб табибка солдиргандим шундан кейин сал хово узгарса белимда ва асосан оёкларимда огрик тухтамайди тунлари уйки йук биз томонларда шифохоналарга ишонч йук шуни уйда табийий доволаса буладими илтимос жовобини кутаман


    Javob: Qiziq gaplarni gapiradida odamlar, shifoxonaga bolmagan ishonch uy sharoitda bolishini kafolati qanday, Nevrapatologga uchrang


  • Sana: 14.06.2016
    Ismi: Nurmuhammad
    Yoshi: 22
    Manzil: Samarkand

    Savol: Salom doktor mendagi muommo Shuke tug'ulganimda 1 Dona mayak bilan tug'ulganman meni shu savol qiynaydi men uylaganimdan sung varzandli bulib ketishim mumkunmi Aperatsiya qildirdim Doktorlar tekshirib kurishdi bittasi quvuq atrofida rivojlanmay qolib ketgan deyeshdi va joyiga tushurishdi asta sekinlik bilan bunisi mayagimga yetib oladi deyeshgandi Aperatsiya qildirganimga 4. Yil bulgan men buni Haligacha sezmadim lekin Asbobimni ishlashi juda yaxshi iltimos sizdan javobinggizdi batafsil kutaman


    Javob: Yetib olmaydi, olib tashlash kerak edi, shunda foydali bolardi, bitta moyak oz vazifasini toliq togri bajarayotgan bolsa, farzandli bolaolasiz, xohlasez kelib korik tekshiruvlardan oting, kichik moyakni masalasini ham hal qilib berishga xarakat qilamiz

  • Mavzu: грижа
    Sana: 14.06.2016
    Ismi: Умид
    Yoshi: 27
    Manzil: РФ .ЕКАТЕРИНБУРГ

    Savol: Салом Зариф ака ,грижа агар вактида килинмаса нималарга олиб келиши мумкин,антибйотиклар б/н даволаш илож йоми,жавоб учун олдиндан рахмат


    Javob: Churra har doim operatsiyon yol bilan davolaniladi

  • Mavzu: Фарзандга тегишли савол
    Sana: 14.06.2016
    Ismi: Дилшод
    Yoshi: 22
    Manzil: Андижон

    Savol: Ассалому алайкум. Жавоб учун рахмат олдиндан ака, саволим тез бушанаман 2-3 минутда 2 ойдан кейин уйланаман бу фарзандга алокаси йукми соглом тугиладими ва бу холатим касаликка кирадими еки кирмидими


    Javob: Farzandga aloqasi yoq, lekin jinsiy hayotni sifatiga tasir qiladi proflaktik davolanib olsez ozizga yaxshi

  • Mavzu: erta bo'shanish
    Sana: 14.06.2016

    Savol: assalomu alekum zarifjon aka jinsiy aloqda qilganimda 10 sekuntga bo'shanib qolayapman uylanganman. uylanmasdan oldin ham shunaqa edi. quqonga borsam necha kun davolanishim kerak bo'ladi


    Javob: Tekshiruv natijasiga kora 1.chi bosqich uchun 10kun odatda

  • Mavzu: Shamollashmi
    Sana: 13.06.2016
    Ismi: Bahtiyor
    Yoshi: 23
    Manzil: Maskov

    Savol: Asalomu alekum doktor savol kichik xojatda bavl qilib bolgandan keyin qolib ketyapti shamollashmi ?


    Javob: mumkin yoshlarda asosan

  • Mavzu: varikasel
    Sana: 13.06.2016
    Ismi: Jovlon
    Yoshi: 14
    Manzil: Yunus Obod

    Savol: Savolim shuki chap tuxumimda varikaselm bor ekan kuzda aperatsiya bõlaman ungacha trenirovkalarimni davom ettirsam boladimi?jismoniy mashqlar kassalikni rivojlantirmaydimi javobingizni kutaman.


    Javob: kasallikni rivojlantiradi, ehtiyot qilganiz yaxshiroq


  • Sana: 13.06.2016
    Ismi: Oxun
    Yoshi: 27
    Manzil: Qo'qon

    Savol: Salom zarifjon aka meni moyagimni chap tomoni o'ng tomonga qaraganda kichkina biroz og'riq bor bu qanday kasalik davolasa bo'ladimi qanchalik xavfli keyinroq davolasa bo'ladimi ziyoni yo'qmi ancha yildan beri shunday yuripmam uylanganman ammo natija bo'lmayabdi javob uchun oldindan raxmat emayil yo'q shu yerga yozavering


    Javob: ancha muammo agar uzoq davom etib yurgan bolsa kelib davolanib olsez boladi korik tekshiruvlardan keyin

  • Mavzu: Smartfon zarari
    Sana: 13.06.2016
    Ismi: Jasur
    Yoshi: 19
    Manzil: Toshkent shaxri

    Savol: Salom doktor. Internetda xozrgi aqilli telefonlarni shim chontagida olib yurish bepushtlikka olib keladi deyilgan. Bu qanchalik tog'ri.?


    Javob: Shunaqa fikr bor lekin tasdiqlanmagan, ortaga tashlangan fikr

  • Mavzu: Iltomos
    Sana: 13.06.2016
    Ismi: Islom
    Yoshi: 20
    Manzil: Feragana

    Savol: Aka men fargonadanman Qoqonga borib kelishga vaqtim unchalik yoq Fargonadan sizga oxshagan yaxshi mutahasislar bormi bolsa ismi familyasini manzilini ayting iltimos


    Javob: Sogliq kerak deganlar Buxoro, Samarqand, Toshkent, qoshni davlatlardan kelishyapti sizi 90km.ga vaqtiz yoqmi, ozizga eng yaqin joydagi urologga uchrang

  • Mavzu: Spid xaqida
    Sana: 13.06.2016
    Ismi: Daler
    Yoshi: 24
    Manzil: Buxoro

    Savol: Salom doktor jinsi aloqada sipit bo'lsa prezrativdan o'tadimi qanaqasiqa o'tadi


    Javob: otish ehtimoli bor, 100% saqlaydigan narsa begonalar bilan aloqada bolmaslik

  • Mavzu: Ёшга доир касалликлар.
    Sana: 13.06.2016
    Ismi: Ботир
    Yoshi: 51
    Manzil: Навоий шахри.

    Savol: Салом Зарифжон ука мен бир неча бор савол билан мурожат қилдим. Лекин менинг саволимга жавоб қилмаяпсиз. Саволим шундан иборат: 1) Ёшим 51 ёшдаман, жинсий хохиш суслашган. Шуни текшириб кўриб даволансам мени ёшимда ўзгариш бўладими. Саволимга жавоб учун олдиндан рахмат.


    Javob: Boladi albatta, siz juda yoshsizku hali, erkaklarda qarilik 65-70dan boshlanadi, umrini oxirigacha jinsiy qobilyatini saqlab qolaoladi, xohlasa biz tiklab beramiz xavotir olmang, murojaat qilishiz mumkin


  • Sana: 13.06.2016
    Ismi: jamshid
    Yoshi: 31

    Savol: salom doktor manda jinsiy kasalik bor sizga uchrasam dori darmonlarni yozib berasizmi uyim uzoq bulgani uchun sorayabman yoki usha erda davolanish shartmi


    Javob: oldin tashxisni qoyaylik albatta aytaman


  • Sana: 13.06.2016
    Ismi: дилафруз
    Yoshi: 49
    Manzil: карши

    Savol: паховый грижани болада операциясиз даволаш мумкинми


    Javob: yoq, operatsiya faqat


  • Sana: 13.06.2016
    Ismi: Husan
    Yoshi: 22
    Manzil: Qarshi

    Savol: Salom Zarifjon aka yaxwimisiz? Iwlar bilan carcamayapsizmi? Sizga savolim wuki jinsiy aloqadan kegin biror bir kasallik yuqqanini oddiy qon va siydik analizidan bilsa böladimi? 1 haftalardan beri ôlatimni icida 1 2 tomci siydik qolib ketyapti. Analiz topwirganimda kucli wammollaw bor deyiwdi. Kasallik yuqqan bôliwi ham mumkinmi.


    Javob: mumkin zudlik bilan davolaning, uylangungacha sabr qiling


  • Sana: 13.06.2016

    Savol: Салом доктор сизни маслахатизга мухтожман уч кун олдае эрталаб уекудан туриб пешоб килдим пешоб килаеотган паетимда нимадир чикиб кетгандае булди шундан бери пешоб килсам ачийди нима килиш мумкин жавобсиз учун олдиндан рахмат


    Javob: urologga uchrab davolaninsh kerak zudlik bilan

  • Mavzu: varikosele
    Sana: 13.06.2016
    Ismi: Doston
    Yoshi: 26
    Manzil: Andijon

    Savol: Salom doktor! Varikosele 1 bosqich ham operatsiya yo'li bilan davolanadi deb yozibsiz, aytinchi ushbu 1 bosqichli varikosele zararsiz ham bo'lishi mumkinmi? Buni qanday bilsa bo'ladi? Bilaman birinchi navbatda tekshiruvdan o'tish kerak. Lekin zararli va zararsiz varikosele bo'yicha umumiy malumot bersangiz.


    Javob: osha tekshiruvda aniqlanadida sizga zarari tegib tegmayotganini

  • Mavzu: sfirma
    Sana: 13.06.2016
    Ismi: maftuna
    Yoshi: 25
    Manzil: samarqand

    Savol: salom zarifjon aka savolim 4. yilfan biri farzandimiz yu irim urug' ini tishirdi 4yildan biri 0%diydi davolansaxm bunday xolda urug'ni foyizini kutarishni iloji bormi yuqmi emayilim yuq


    Javob: Kelib korikdan otsin, urug`i nol bolib farzandli bolgan bemorlarimiz serob, umuman chora tadbiri bolsa ochiq oydin togrisini aytaman


  • Sana: 13.06.2016
    Ismi: Зафарбек
    Yoshi: 21
    Manzil: Шархон

    Savol: Салом зариф ака менинг жинсий алокам кесилмаган шуни фарзанд коришга зарари йокми.


    Javob: Zarari yoq, xohlasez kesib beramiz kech emas