Tanlangan Sara Savol-Javoblar

Savol Yuborish



Maslaxatlar

  • Mavzu: prostatit
    Sana: 22.02.2020
    Ismi: Elyor Nabiev
    Yoshi: 29
    Manzil: Furqat

    Savol: Hurmatli doktor menga urologlar prostatit deb tashxis qo'ydi.Massaj qildi,ukol qildi,kanalga dori yubordi tuzalmadim,aytgan dorilarni ichdim uzoq vaqt,baribir tuzalmadim lekin ariga chaqtirgan edim foydasi bilindi apterapiyaga fikringizni bilmoqchiydim.


    Javob: Faqatgina Apiterapiya emas, umuman buni Alternativ tibbiyot deyiladi, Zamonaviy tibbiyotni yonida foydalanish mumkin bolgan usullardan biri hisolanadi lekin hali isbot darajasi yuqori emas, man ham boshqa usullarini kompleks davolashda foydalanib turaman. Siz aytgan tashxis boshqa manimcha sizdagi shikoyat boshqa asl shikoyatizi yoqotishgacha sizi tekshirilganda sizda infektsiya topilgan va doktor shuni davolab olib keyin qolgan bosqichga otmoqchi bolgan bolishi ham mumkin?!. (ikki qator gapiz bilan kop narsa oydinlashmaydi). Undan tashqari Apiterapiya yoki boshqa usullarga ixlos qilganizdek zamonaviy tibbiyotga ham ixlos qilishiz kk! Alternativ tibbiyot usullarida koproq kishini psixologiyasi turadi. Apiterapiya yoki boshqa usulni sizda yordami tekkani balki undan oldin sizni davolagan shifokorni davosini effekti endi yuzaga chiqqandir buni ham bilmaymiz?!  Apiterapiya yoki boshqa usuli haqiqatdan ham sizga foydasi tegdi desak lekin boshqalarga ham foydasi tegadi degan kafolati emas! Apiterapiya yoki boshqa usullarni bemorlarni davolashdan oldingi va davolashdan keyingi va uzoq yillik natijalari hozircha qolimizda yoq! Hozircha bu usulga mahkam yopishishlik qorong'u honaga ko'zni boglab kirib kerakli narsani qidirishga oxshatish mumkin, tasodifan bazan topib qolishiz mumkindek, natijalari ham shunaqa!!! Tor joyga kop yozidim, uzr. Shu soxani mutaxassislarini shu fursatdan foydalanib ilmiy yeg'in, birgalikda ma'ruzalar otqazishga chaqirar edim, bundan faqatgina xalqimizga, tibbiyotimizga foyda boladi.

  • Mavzu: Jinsiy Olat
    Sana: 21.02.2020
    Ismi: Dilmurod
    Yoshi: 27
    Manzil: Chust

    Savol: Savol Salom Zarifjon aka ishlariz yaxshimi savolim shuki yoshim 27 mening jinsiy olatim tarang holatda 8 sm shu olcham bilan uylansam homilador qilish uchun yetarlimi javob uchun raxmat oldindan


    Javob: jinsiy olatni avvallo shifokor o'lchashi kerak, tog'ri o'lchagansiz deb hisoblasak bu o'lcham homiladorlik qilish uchun biroz kalta hisoblanadi, imkon bolsa urologga uchrang, xohlasez Qoqonga keling yaqin joydasiz. Qoldan kelganicha yordamlashamiz

  • Mavzu: Varikatsiyalik
    Sana: 21.02.2020
    Ismi: ja’far
    Yoshi: 24
    Manzil: urganch shahri

    Savol: as’salam alekum doctor men 6 fevral kuni varikatsiyalik bo’yicha aperatsiya bo’ldim 12 kundan keyin jinsiy aloqada bo’ldim shundan keyin ora orada bir bir jiniy aloqada bo’lib turdim bir martaba buning salbiy tomonlari bormi javobining uchun rahmat !


    Javob: ozizda jiddiy ozgarish sezmayotgan bolsez muammo yoq baribir yana ozroq sabr qilib turganizda yaxshi bolardi, endi muammo chiqmas deb umid qilamiz

  • Mavzu: e
    Sana: 21.02.2020
    Ismi: Nodir
    Yoshi: 23
    Manzil: Farģona

    Savol: Assalomu alekum doktir. Onanizm bn tez tez shuģullanib turganlarda umuman ehtilom kuzatilmasligi mumkinmi va bu kasallikmi. Javop un raxmat Telegram kanalizga yozing.


    Javob: Ehtilom bolmasligi normal holat hisoblanadi chunki siz chiqarib tashlayotgan bolasiz

  • Mavzu: siydik qolib ketishi
    Sana: 21.02.2020
    Ismi: Javohir
    Yoshi: 20
    Manzil: Toshkent

    Savol: assalomu alekum oka.man uylanganman 4 kun oldin 2ta bola bn bogan qz bn boldm hozir siydik tez tez kelip 3 4 tomci qopketvott iltmos oka nmadanligini etvorin


    Javob: ham uylangan bolib ham begona ayol bilan hamda bir necha erkak bilan bir paytda bolgan ayolni qanday tanladiz, xayron qolmay iloji yoq. Kasallik ushlagan bolish ehtimoliz juda ham katta zudlik bilan doktorga uchrang, 1oylardan keyin SPID.ga ham topshiring, ayoliz bilan bolgan bolsez unga ham yuqtirgan bolish ehtimoliz bor

  • Mavzu: Peshob
    Sana: 20.02.2020
    Ismi: Ruatam
    Yoshi: 25
    Manzil: Surxondaryo

    Savol: Assalom aleykum Zarifjon aka yaxshimisiz.sizga savollarim bor edi.1.kichkina hojatga chiqqanimda peshob to‘liq chiqib ketmayabdi kuchanib kuchanib chiqarib tashliyman.2.kuchangan vaqtim sutga o‘xshash 1,2 tomchi suyuqlik chiqadi.


    Javob: umumiy qilib aytganda siydik yollari infektsiyasi va pastki siydik yollari sindromi degan tashxisizmizga mos tushadi shikoyatlariz lekin bunga aniqlik kiritish kerak degani, sutga oxshash suyuqlik dimlangan prostata shirasi bolish ehtimoli koproq, uylanmagan va/yoki doimiy jinsiy hayoti yoq erkaklarda oz miqdorda chiqishi normal hisoblanadi, kop chiqib bezovta qilishi kerak emas, davolanishiz kerak

  • Mavzu: Varikosele
    Sana: 18.02.2020
    Manzil: Toshkent viloyati Bekobod

    Savol: Assalomu alaykum Yoshim 17da olatim taranglashganda tomirlari korinib turadi , menimcha bu tabiiy hol. Lekin olat bilan moyak orasida katta tomir ham korinadi bu nimadan bo'lishi mumkin Yosh bo'lganligim uchun vrachga ko'rinshiga ota-onamdan uyalyapman


    Javob: j.olat va moyaklar ortasidagi tomirlar eng kop varikosele holati yoki boshqa qon tomir kasalliklarida uchrashi mumkin va varikosele aynan sizni yoshlariz atrofida koproq rivojlanadi, shuning uchun urologga tezroq korining, organizmizga zarari tegishi mumkin

  • Mavzu: Ikkinchi aloqa
    Sana: 18.02.2020
    Ismi: Akba
    Yoshi: 22
    Manzil: Samarkand

    Savol: Assalomu Aleykum. Yaqinda iylandim, ayolim bilan aloqada qilganda faqat bir marta qovushamiz, ikkinchisiga o’tishga rag’bat xam uncha emas. Lekin ikkinchi aloqaga o’tish xaqida xexh qanday tushincham yoq. Qancha vaqt o’tib boshlagan ma’qul ? Yuvunib olish kerakmi ? Shular to’g’risida ...


    Javob: bir kunda bir necha marta j.aloqa bolishi shart degan qoida yoq, bir marta sifatli va har ikkala taraf ham qoniqsa yetarli bo'ladi. Ikkinchi marta qoshilish uchun ortacha 30minut (hammada oziga hos) vaqt kerak bolishi mumkin. Yunishlik ozlaringni qanday qabul qilishlaringga bog'liq har bir aloqadan keyin yuvinishlik yoki bir necha orqama orqa aloqadan keyin yuvinishlik tavsiyasi bor

  • Mavzu: Genekalogiya
    Sana: 17.02.2020
    Ismi: Yasmina
    Yoshi: 5
    Manzil: Qashqadaryo

    Savol: Qizim 5yoshda 1oy bulopti xidli suyuqli kelopti mazok analiziga giribok va yiring chiqdi yuvish kerag deyishdi qildirdim barcha aytgan dorilani berdim lekin suyuqli kelopti tuxtameyopti bir shifokor ganokokkga analiz toshiring deyopti Uzi bu qanaqa analiz


    Javob: Pediatrga korsating, bolalar ginekologiga korsating zudlik bilan

  • Mavzu: O'ng tarafdagi moyakda ozgina og'riq
    Sana: 16.02.2020
    Ismi: Timur
    Yoshi: 23
    Manzil: Guliston shahri

    Savol: Salom. O'ng tarafdagi moyakda ozgina og'riq bor. 1 haftadan oshdi boshlanganiga. Nimadan bo'lishi mumkin


    Javob: juda kop sabab bor, oddiy travma olgandirsiz yengilroq, biron virus kasalligidir (Parotit) urologga korining 

  • Mavzu: Orgazm
    Sana: 15.02.2020
    Ismi: Izzat
    Yoshi: 27
    Manzil: Xorazm Tumani

    Savol: Salom Doctor. Men Uylanganman 6 yildan oshdi. Jinsiy aloqa qilgan paytimizda 2 daqiqaga ham bormay tez bo'shalaman va ikkinchi jinsiy aloqa qilolmayapman Olatim turmayapti. Nimadan bo'lishi mumkun va davolasa bo'ladimi? Oldindan rahmat


    Javob: juda kop vaqt otkazib qoyibsiz hayotni mazmunli otishi uchun kerak boladigan asoslardan asosiysi jinsiy hayot hisoblanadi, ozizga yaqin urologga uchrang imkoniz bolsa Qoqonga kelishiz kerak

  • Mavzu: Простатит
    Sana: 14.02.2020
    Ismi: Бек
    Yoshi: 20
    Manzil: Фаргона

    Savol: Ассалому алейкум доктор.Саволим шуки мени якиндан бери ковук кисмимда огрик пайдо булиб колди огрик бушалиш пайтида булаяпти.Хатто эхтилом булса хам уйгонганимда огрияпти.Онанизм билан хафтада 1 марта шугулланаман.1 Доктор бу нима булиши мумкин? Простатит эмасмикин? 2 Тухум атрофияси деган касални эшитиб колдим бунга сабаб онанизмми?


    Javob: ogriqlar yaxshi emas, eng kop shamollash kasalligida, qovuq toshlarida kuzatiladi, boshqa jiddiy kasalliklar ham bolishi mumkin. Moyaklar atrofiyasi moyaklarni kichrayishi degani juda ham havfli kasallik befarzandlikkacha borishi mumkin lekin oz ozidan atrofiya kuzatilmaydi, kelib korik va tekshiruvlardan oting

  • Mavzu: 1
    Sana: 11.02.2020
    Ismi: Жавохир
    Yoshi: 24
    Manzil: Фарғона

    Savol: Ассалому алайкум! Йигитлар ва қизларнинг нечи ёшда турмуш қуришлари хар томонлама фойдали хисобланади?


    Javob: Qonunimizda togri belgilangan, man mutaxasis sifatda ham qoshilaman, qizlar 18-19yoshdan boshlab, yigitlar 22yoshdan boshlashi maqsadga muvofiq deyman, oilaviy sharoitdan kelib chiqib sal oldinroq qilish ham mumkin. Aslida oila qurushga ma'nan va moddiyan tayyor bo'lganlikni, ma'suliyatni his qilganda uylanishlik tarafdoriman

  • Mavzu: Уруг таркибида сперма йуклиги
    Sana: 10.02.2020
    Manzil: Наманган

    Savol: Ассалому алайкум. Ешим 34 да уйланганимга 2 йил бўлди. Фарзанд бўлмаяпти. Менда уруг таркибида сперма йук (0 фоиз) эканлиги аниқланди. Доктор бу қандай касаллик ва уни давоси борми. Қабулингизга қачон босам бўлади.


    Javob: urug' nol degani umid nol degani emas, juda kop bemorlarimizni hozirgi kunda 2-3talab farzandlari bor, Qabul kunlarimizda bemalol keling

  • Mavzu: Olat boshini sezuvchanligi
    Sana: 10.02.2020
    Ismi: Bilolxon
    Yoshi: 20
    Manzil: Namangan

    Savol: Doktor savolim shuki olat boshini sezuvchanligini xar xil yo'l bn pasaytirsa bo'lar ekan shunga eng samarali yo'li qanday yo'l va u haqida to'liq malumot bersangz oldindan raxmat


    Javob: keng foydalanilmaydi lekin j.olat innervatsiya qiladian nerv tolalarini kesishlik eng samaralisi hisoblanadi

  • Mavzu: Siydik tutolmaslik
    Sana: 08.02.2020
    Ismi: Dilmurod
    Yoshi: 23
    Manzil: Buhoro

    Savol: Men yoshlikda kechasi siyib quyardim bu uz uzidan yuqoldi bir nicha oydan biri hojatga borguncha siyvoryapman bu kasallikmi


    Javob: u boshqa kasallik bu boshqa kasallik hisoblanadi, 2.chisi siydik yollari infektsiyasini pastki siydik yollari sindromii bilan kechsa yoki neyrogen qovuq holatlarida odatda kuzatiladi, urologga uchrang hal qilishadi

  • Mavzu: Masturbasiya
    Sana: 08.02.2020
    Ismi: Uktam
    Yoshi: 20
    Manzil: Toshkent

    Savol: Zarif aka saytizni kuzatib boraman ononizm haqda kupyozaslar dibsiz maqolada javob yuq 2oydan beri bir savolga javob yozmaysiz yozvoring.Ononizm buy usishiga aloqasi bormi ?Burun uzgarishi shakli uzgararkan meni burnim kottalashib ketgan ononizmni tashlsam vaqt utib burnimni shakli yahshilanadimi?


    Javob: maqolani yaxshilab oqimabsiz javobi bor maqolada

  • Mavzu: Olat
    Sana: 07.02.2020
    Ismi: Botir
    Yoshi: 19
    Manzil: Tojikiston

    Savol: Zarif aka olatimdan mayda nuqtaga uhshash toshmalar chiqqan 3 yilcha buldi ononizm asorati bulishi mumkin ekan onon bilan bir necha yil shug'ullandim hoz tashadim.Urologga bordim ukol dori yoz berdi oldim lekin toshmalar yuqolmadi nema qilsam buladi.


    Javob: Onanizm haqida shu darajada kop savol jonatasizlarki har biriga javob berish fizicheskiy imkoni yoq, koplari oxshash, shuning uchun barcha oquvchilarimiz uchun saytda umumlashtirilgan holatda 2ta maqola bor bemorlarga tegishli joyida o'zbek tilida va keng yoritilgan, kirib oqib chiqishlaringni tavsiya qilaman! toshmalarizi urolog bilan emas Dermatolog bilan hal qiling, j.olatni terisi hali ham dermatologlarga qarashli qolgani biziki 

  • Mavzu: Mayak og'rishi
    Sana: 07.02.2020
    Ismi: Fayzullo
    Manzil: Samarqand

    Savol: Assalomu alaykum yoshim 29 da utirsam mayak ogriq buladi keyin mayakni ushlab uqalab kursam ham ogriq bor i jinsiy azoda huddi yaxlaganday buladi hatto uqalasam jinsiy azo atroflarida ham sonda tomirlarda ogriq bor qanday davolasa buladi meni ishim kup utiriladi


    Javob: shikoyatlarizi hammas kichik tos soxasiga oid shu joyda muammolar borligi korinib turibdi, eng kop shamollashda sh yerdagi biron a'zoni yallig'lanishi va yon a'zolarga uzatilishi sababli hosil boladigan shikoyatlar asosan, aynan nuqtali tashxis uchun ozizga yaqin urologga uchrang, imkoniz bolsa qoqonga keling, analiz natijalariga qarab davolasa boladi

  • Mavzu: Ононизм
    Sana: 05.02.2020
    Ismi: Jurabek
    Yoshi: 19
    Manzil: Samarqand

    Savol: Ассалом алайкум Зариф ака савол юборгандим жавоб ёзмаяпсиз биламан ишиз куп илтимос вакт топиб ёзворинг жуда эзилип кетдим ёшим 19да 19-10 ёшларимдан ононизм билан шугулланганман ёшлигимда шу ишни килсам сувга ухшаш суюклик келарди кейинрок сперма кила бошлади ДАВОМИ БОР ..


    Javob: Saytdi Onanizm haqida maqola bor (http://andrology.uz/site/maqola?id=54) kirib oqing hamma savollarizga javob topasiz

  • Mavzu: Urologiya
    Sana: 04.02.2020
    Ismi: РУЗИМУХАММАД
    Manzil: АНДИЖОН

    Savol: Ассалому алекум мени чап тухум сохамда озгина огрик сезиляпти шу жиддий касаллик эмасми.


    Javob: Juda kop holatlar va kasalliklar sababli ogriq kuzatiladi, korik va tekshiruvlardan otishiz kerak

  • Mavzu: Moyak
    Sana: 04.02.2020
    Ismi: Dustnazar
    Manzil: Kitob tumani

    Savol: Salom. Meaning chap moyagimda har zamonda og'riq paydo buladi. Nimadan bulishi mumkin


    Javob: sabablari kop hattoki sababsiz ham ogriq bazan kuzatiladi, etibor bermaslikka harakat qilishiz kerak boladi sababi topilmasa, sabablarini ichida eng kopi travma, sur.yallig'lanish kassalliklari, varikoseleni va hakozolarni sanab otish mumkin

  • Mavzu: Ononizm
    Sana: 03.02.2020
    Ismi: Jurabek
    Yoshi: 19
    Manzil: Samarqand

    Savol: Doktirga borgani sharoyitim yuq hozir ONONIZMNI BUTUNLAY tashlasam sport bilan shug'ullansam Tulishib yahshi rivojlanib Testosteronim ham Uz joyiga tushib sog'ayib ketamanmi? Olloh sizdan rozi bulsin javob yozvoring doktir.emailim yuq


    Javob: Albatta soglom turmush tarzida hayot kechirsez iziga albatta tushadi, tushmasa kongliz tolmasa murojaat qilasiz

  • Mavzu: Ononizm
    Sana: 03.02.2020
    Ismi: Jurabek
    Yoshi: 19
    Manzil: Samarqand

    Savol: Assalomu aleykum Doktor yoshim19da 10yoshimdan ononizm qib kelardim yaqinda bildim zararlarini tushkin ahvoldaman juda tez bushanvoradigan bub qolganman .Juda ozg'inman mushaklarim suyaklarim ham juda engichka bub qogan .??davomi bor


    Javob: sekin asta orasini uzaytirgan holda tashlashga harakat qiling tashlagach malum muddatdan keyin ozizga kelasiz kelmasez doktorga uchrab davolanishga harakat qilasiz

  • Mavzu: Varikotsele
    Sana: 03.02.2020
    Ismi: Ibrohimbek
    Yoshi: 25
    Manzil: Surxondaryo

    Savol: Assalomu alaykum! Bir oy oldin varikotsele operatsiya boʻldim (oʻng). Shundan beri, moyak shishgan va osilgan, tomirlar ham qalin. Ogʻriq bor biroz. Qaytib borsam, doktor doppler qilib, suv bor ekan dedi. Nima qilishni bilmayapman!


    Javob: Varikosele operatsiyasini kamdan kam bolsa ham uchraydigan asoratlaridan gidrosele-moyak pardalari istisqosi deyiladi, erta davrlarda bazan soriltirish mumkin, sorilmasdan kattalashsa qayta operatsiya otqiziladi havotirli emas

  • Mavzu: Sperma
    Sana: 02.02.2020
    Ismi: Jamshid
    Yoshi: 22
    Manzil: Jizzax

    Savol: Assalomu alaykum aka yaxshimisiz charchamepszmi savolim shu urugʻ sifati buzilgan boʻlsa uni davolash mumkinmi??? Qancha vaqt ketadi javob uchun raxmat Javobni email ga joʻnating iltimos


    Javob: urug' sifati degani juda ham keng tushuncha, uni hajmi ozmi, konsentratsiyasi kamroqmi, harakatchanlik pastmi, shakl shamoili chatoqmi, shu kabilar bularga oydinlik kiritish uchun, korik tekshiruvlardan otib analiz natijasiga kora hal qilsa boladi, muddat ham analizdan keyin malum boladi

  • Mavzu: Urug'
    Sana: 02.02.2020
    Ismi: Bekjon
    Yoshi: 23
    Manzil: Qoraqalpoqston

    Savol: Asalomu aleykum doktr urug' suyuq bo'lsa farzan ko'rishga muommomasmi? javop uchun raxmat


    Javob: Urug'ninng makrsokopik - qurollanmagan ko'z- oddiy ko'z bilan qarash orqali baholash tog'ri hisoblanmaydi, uni mikrosokop ostida korish parametrlarni baholagandan keyin sizi savolizga aniq javob berish mumkin boladi, biz odatda urug'ni sal suyuqroq bolishini taminlashga harakat qilamiz

  • Mavzu: Олат
    Sana: 25.01.2020
    Ismi: Ботир
    Yoshi: 19
    Manzil: Тожикистон

    Savol: Салом зарифжон ака саволлрга умуман жавоб бермаяпсиз илтимос жавоб беринг.олатимда тошмалар бор тошмалардан бази расм юбордим нема килсам булади илтимос жавоб беринг.жавоб учун олдиндан рахмат.


    Javob: toshmalar boyicha dermatologga murojaat qilasiz

  • Mavzu: Moyak
    Sana: 24.01.2020
    Ismi: Doston
    Yoshi: 20
    Manzil: Jizzax

    Savol: 2yil oldin varikasele tufayli aperatsiya bolgaman.moyaklarim origami sababli doktorga borgandim prostatit dedi. Lekin chap va ong moyagimni tagida shishmi yo tomirmi bortib chiqqan. Varikaselemi desam doktor varikasele emes dedi. Shu shish nima.mening chap tomanımda moyak 2ga bolngan ekan shu zarali emasmi


    Javob: 2.ga bolinish mumkin emas, u kista yoki boshqa narsa bolishi kerak oydinlik kiritish kerak, imkoniz bolsa Qoqonga keling  

  • Mavzu: Tez bushalish
    Sana: 23.01.2020
    Ismi: Jurabek
    Yoshi: 32
    Manzil: Samarqand vil Urgut tuman

    Savol: Menda tez bushalish muommosi bor. Kup xollarda qushilishning birinchi bosqichida yane olat kirmasdan bushanish bulyapdi.Bu holatni davolashni iloji bormi.


    Javob: davolashni ilojisi bor 3 bosqichda 95-97% gacha ijobiy natijalar boladi, qabulimga kelishiz kk

  • Mavzu: Кон аралаш сийиш
    Sana: 14.01.2020
    Ismi: Кодиржон
    Yoshi: 35
    Manzil: Киргизистон ош шахри

    Savol: Ассалому алайкум. Менда сийиш пайтида огрик ва охирида кон аралаш сийиш буляпти. Тунда хожатга куп чикадигон булиб колдим,тунда уйку йук,толикиш ва бош огриклари тез тез буляпти. Бу нимадан кандай даволанади, олдиндан катта рахмат.


    Javob: zudlik bilan ozizga yaqin shifoxonaga uchrashing bugundan qolmasin juda kop martalab yozdim qay holatda bolsa ham qon chiqishi ota jiddiy holatdir. Birinchi buni hal qilish kerak keyin qolgan shikoyatlarizi ham hal qilsa boladi. Nevrapatologga uchrashiz kerak bosh ogriqlar uchun

  • Mavzu: Varikosel
    Sana: 13.01.2020
    Ismi: Abdurauf
    Yoshi: 28
    Manzil: +992927967222

    Savol: Assalom varikoselni oldirgandan sung qancha. Vaht jinsiy aloqa qilmaslik kerak


    Javob: odatda 15kunlarda ruxsat beramiz


  • Sana: 13.01.2020
    Ismi: Botir
    Yoshi: 28
    Manzil: Самарканд

    Savol: Чап тарафда 3 унг тарафдан 2 даража варикоцеле бор менда. Иккала тарафдан хам операция килиш ккми? Ё факат чап тараф етарлими ? Сперма курсаткичлари активниси 15% , тириги 40, улиги 60 % экан. Уйланмаганман. Хрон. простатит ва эпидидимит хам бор. Эректил дисфункцияни кайси бири чакиради


    Javob: Varikoseleni organizmga zararli ta'sirlari mexanizmi 10ga yaqini organilgani ongda yoki chapda bu mexanizmlar ishlamaydi degan fikr yoq, butun dunyoda ikki tomonlama qilinadi  

  • Mavzu: Jinsiy zayiflig
    Sana: 13.01.2020
    Ismi: Abbosjon
    Yoshi: 28
    Manzil: Qirgiziston

    Savol: Salom hormeng..meni orqa tomonimda shish paydo buladi eringa uhshagan qul bn siqibtashlasa yuq buladi qachon sovuq utganda shunsay buladi....2 tez bushanaman bu kasaligmi...3 jinsiy olatm yonlariga yara oaydo buladi quzgalgan patda ogriydi uy sharoitida nima qilsa buladi ..rahmat kotakon


    Javob: Savollariz jiddiy jiddiy shu tugash qismi bolmadida, siz ozi uy sharoitda shu axvollarga keldiz endi zudlik bilan boring doktorga!!! Bolar!!!. 1. Xirurgga uchrang! 2. kasallik korik tekshiruvdan song davolansez odatda yaxshi boladi 3. teridagi yaralarni dermatologga korsatasiz.

  • Mavzu: prastata
    Sana: 13.01.2020
    Ismi: Murodjon
    Yoshi: 24
    Manzil: nukus

    Savol: Salom Menda prastata kasaligi borligiga tashxis qo'yildi Ko'p davolandim lichenyani foydasi bo'lmadi jinsi zayiflik juda kuchli 2kundan 1 marta boladi turmush qurganimga 1 yil bo'ldi xomiladan darak yo'q qanday tavsiya maslaxat berasiz uy sharoitida davolasa bo'ldimi? javob un oldindan raxmat!!!


    Javob: Erkak kishida prostata degan kasallik bolmaydi, u ham bir a'zodir. Xuddi yuragim bor, kozim va hakozo bor degandek. Prostatani shamollashi prostatit deyiladi lekin u siz aytgan jinsiy zaiflikda orni deyarli yoq, shuningchun prostatitni davolaganiz bilan tuzalmayapsiz, haligi maqoldan kelib chiqib Tog'ri tashxis 50% davo degan. Qoyilgan tashxisga hamma davo yozib tashlayveradi faqat togri tashxis qoyish muammo, siz Erektil disfunktsiya uchun ham birlamchi bepushtlik uchun ham keling korik analizlardan oting natijasiga qarab xulosa va davolash taktikalarini aytaylik natijaga erishing

  • Mavzu: Onanizm9702
    Sana: 12.01.2020
    Ismi: Davron
    Yoshi: 18
    Manzil: Tojikiston

    Savol: Salom zarifjon aka sizga savol yuborish juda qiyin bulyapti iltimos javob bering yoshim 18da 10 yoshimdan ononizm bilan shugullanaman hozir juda tez bushanyapman juda ozib ketganman Onanizmni butunlay tashlasam .sog'ligim kuchim garmolarim uz urniga tushadimi yahshi bub ketamanmi? Email yuq


    Javob: albatta orniga tushadi, ozizga yaqin urologga uchrang, saytda maqola bor kirib oqib chiqing


  • Sana: 11.01.2020
    Ismi: Мухаммед
    Yoshi: 22
    Manzil: Тошкент

    Savol: Нмагадур жинсий азойим ачшиб сферма оквот канака дори дармон маслахат берасиз


    Javob: doktorga uchrab analiz topshirib koringchi, yana kasallik ushlagan bolmang!?

  • Mavzu: Qizlik pardasi
    Sana: 09.01.2020
    Ismi: Zuhra
    Yoshi: 22
    Manzil: Sirdaryo

    Savol: Qizlik parda choziluvchan bolsa qonamaydimi, qonamagandan kiyin qizlik parda bilinmaydimi tushsayam. Nima uchun choziluvchan boladi


    Javob: Qoqonda oila markazida kuyov nomzodlarga shu haqda ma'ruza oqiyapman va shu yerda turlari haqida aytib otyapman, 4-5hil turlarida qonash kuzatilmaydi va bu vahimali emas, Tug'ma choziluvchan boladi


  • Sana: 01.01.2020

    Savol: Assalomu..Alekom yoshim 25da Jinsiy aloqadan so'ng boshim og'riydi nma sababdanligini bilmiman shuni chuntirib bersangiz javob uchun oldindan raxmat


    Javob: Postkoital sindrom degan tashxis bor har taraflama tekshirilishiz kerak, ozizga yaqin urologga uchrang imkoniz bolsa Qoqondamiz biz

  • Mavzu: Varikotseli
    Sana: 30.12.2019
    Yoshi: 18
    Manzil: Jizzax

    Savol: Salom Varikotselini kelib chiqish sabablari nimada? U bepushtlikka olib kelishi mumkinmi? Ikki tomonda ham bo'lsa??? Javobiz uchun oldindan rahmat!


    Javob: shu link orqali maqolani oqishiz mumkin toliq yoritganmiz Varikosele http://andrology.uz/site/maqola?id=26

  • Mavzu: Торч инфекцияси
    Sana: 26.12.2019
    Ismi: Зилола
    Yoshi: 24
    Manzil: Сирдарё

    Savol: Салом хурматли доктир сизга саволим шу эдики менда торч инфекцияси чикди 5 та тури анализ когозимди жунатяман сиздан илтимос менга булар жуда хавфлими цокми тушунтириб берсангиз жавоб учун олдиндан рахмат


    Javob: Rasm kelgani yoq ekan lekin, torch infektsiya hammada ham mavjud, siz asosiy muammo bilan murojaat qiling

  • Mavzu: farzand ko‘rish
    Sana: 26.12.2019
    Manzil: fergana

    Savol: qon bosimi baland erkaklarda o‘g‘il ko‘rish kam uchraydimi,jinsiy xirs kuchlik


    Javob: qon bosim kasalligi bilan farzand jinsini ortasida bogliqlik yoq, irsiy kasallklar nasldan naslga aynan shu tarzda otadi xolos boshqa muammolarga sabab bolmaydi

  • Mavzu: Varikosel
    Sana: 26.12.2019
    Ismi: Abdujalil
    Yoshi: 21
    Manzil: Farg'ona

    Savol: Assalomu alekum Zarifaka savolga Javob kelmayapti vaqtiz bolsa yozib yuboring menda Varikosel bor ekan 2-daraja lekin og'riq yo'q operatsiyani keyinroq qildirmoqchi edim doktir aytdi 15-20 kunda urug' to'kib Turing dedi urug'ni to'kkan dan keyin jinsiy olat ishib qolyapti shunga qandaydir maz bormi yoki dori iloji bo'lsa ayting Javob uchun rahmat


    Javob: Saytimizda onanizm haqidagi maqolani oqing

  • Mavzu: Tungi inyeroz
    Sana: 26.12.2019
    Ismi: Islom
    Yoshi: 18
    Manzil: xorazm

    Savol: Salom doxtir Men o'z tanamda ojizlik sezaman Onaizmdan kop shugullanganman.Va hamma gap shundaki Vakumnoy pompa aparatini olsam Hamma j.siy kamchiliklar yo'qoladimi?


    Javob: Vakkum pompalarni j.a'zoni kattalashtirishdek vazifasini bajargani hali korilmagan lekin biz boshqa maqsadlarda unumli foydalanamiz, siz korik va analizlar qildirishiz kerak, ojizlik yani j.ojizlikni chora tadbirlarlari bor

  • Mavzu: Jinsiy aʼzolar
    Sana: 25.12.2019
    Ismi: Islom
    Yoshi: 20
    Manzil: Moskva

    Savol: Menda jinsiy azoyimni atrofida oʻgʻriq paydo boʻldi (jinsiy aʼzoimdan chap va oʻng tepa qismi ( tana va oyoqning tutashgan joydagi hosil boʻlgan burchak) ) avvaliga oʻtib ketsa kerak deb bir kun yurdim soʻng jinsiy olatimni shisha boshlaganini payqab qoldim. Bu qanday kasallik


    Javob: Zudlik bilan doktorga korining siz aytgan joyda limfa tugunlari bor oshalar shishgan va j.azodan ketadigan limfa suyuqligini yolini tosilishi hisobiga j.azolar shisha boshlaydi

  • Mavzu: sovuq havoda kup siyish
    Sana: 25.12.2019
    Ismi: abduraxim
    Yoshi: 33
    Manzil: oltiariq

    Savol: havo sovushi bilan kup siyaman marta masalan sutkasiga 10 marta kam kam emas napor bilan xhiqadi havo isisa normanlashadi qanaqa kassallik bulishi mumkin


    Javob: sovuqda qon aylanishi kopayadi, shunga siydik miqdori kopayadi, sovuqda prostata siydik yollarida shish bolishi mumkin, immunitet pastlaydi, kasalliklar qozgaydi shuni natijasi sizi shikoyatlariz kopayadida, qabulimga kelib korik va tekshiruvlardan otib davolansiz 

  • Mavzu: Xronik bakterial prostatit davolashda onanizm
    Sana: 24.12.2019
    Ismi: Akmal
    Yoshi: 22
    Manzil: Farg'ona

    Savol: Assalomu alaykum. Jinsiy a'zoda "g'uldirash" sabab urologga bordim. Uylanmaganman, jinsiy aloqa qilmaganman. Urolog Siydik analizi bilan, UZI qilishimni aytdi. Narijani ko'rib Xronik Bakterial prostatit borligini aytdi Va dorilar yozib berdi(rasmda). Davolanish vaqtida onanizm qilishni aytdi. Bu noto'gri deb o'ylayman. Nima maslahat berasiz?


    Javob: Davo muolajasi sifatida tavsiya qilishi mumkin

  • Mavzu: Varikosel
    Sana: 24.12.2019
    Ismi: Abdujalil
    Yoshi: 22
    Manzil: Farg'ona

    Savol: Assalomu alekum Zarifaka yaxshimisiz sizda savolim bor edi menda Varikosel bor ekan yaqinda bildim doktir aytdi lekin menga hech qanday halaqit bergani yo'q operatsiya qildirmoqchi emasman keyingi yil oktabrda operatsiya qildirmoqchi edim siz Nima deysiz Javob uchun rahmat


    Javob: odatda (70%) bemorlarda varikosele hech qanday shikoyatga sabab bolmaydi. Faqat korik, qon, urug' apparat tekshiruvlarida varikoseleni zarari tegayotganligi aniqlansagina tezroq opertasiya qilish kerak boladi, chunki varikosele rivojlanish tendensiyasiga ega. Zarari tegmasdan bir umr yashagan insonlar ham bor, 6-12oyda korikdan otib turasiz

  • Mavzu: Qwert
    Sana: 23.12.2019
    Ismi: Davron
    Yoshi: 25
    Manzil: Shimkent

    Savol: Assalomualeykum! Javob uchun oldindan rahmat! J.olat sezirarli darajada kichrayib ketiwi mumkinmi va j.olatni qaytadan o’z holiga qaytariw mumkinmi?


    Javob: Umuman olganda j.olat oz ozidan kichrayib ketmaydi, hattoki ba'zi kasalliklarda bemorlar kichirayib ketdi deyishganda ham kichraymagan boladi, j.olatni anatomik tuzulishi g'ovaksimon tanachalardan tuzulganligi uchun turli faktorlar ta'sirida ichkariga tortilib kirishib ketadi, shunga kichraygandek hisoblashadi. Jinsiy muammolariz bolsa kelib korik va tekshiruvlardan otib natijasiga kora hal qilish choralarini belgilashimiz mumkin 

  • Mavzu: hayz sikli
    Sana: 23.12.2019
    Ismi: guli
    Yoshi: 22
    Manzil: andijon

    Savol: Assalomu alaykum men bir necha yildan buyon oy suraman yani hayz siklim hatto 3oygacha choziladi qiz bolaman bu yomonmi yoki turmushga chiqsam togrilanishi mumkinmi javob uchun rahmat


    Javob: bu mani mutaxassisligimga kirmaydi lekin oy surushlik notogri va uni turmushga chiqqungacha tog'rilashiz kerak, turmushga chiqqandan keyin oz ozidan togri bolib qolmaydi