Tanlangan Sara Savol-Javoblar

Savol Yuborish



Maslaxatlar

  • Mavzu: Sifatli aloqa
    Sana: 27.03.2020
    Ismi: Sanjar
    Yoshi: 27
    Manzil: Beshariq

    Savol: Assalomu aleykum Zarif aka iltimos savolimga javob bersayiz yoshim 27 da xudo xoxlasa bu yil uylanmoqchiman nazarimda 24 25 yoshimga qaraganda jinsiy istaklar va ereksiya biroz pastlagandek nima deysiz uylansam sifatli aloqa qila olamanmi yani bir kechada 3 4 marta aloqa qila olamanmi?


    Javob: uylanishdan oldin kelib korik va tekshiruvlardan otib qoyishiz kerak. Siz aytgan psixologiya kuzatiladi yosh katta bolgan sari oziga ishonch susayadi, qizlardan shubhalanish boshlanadi, ham psixologik suhbat otqazamiz ham organizmda ozgarish bormi yoqmi tekshiramiz

  • Mavzu: Moyak ogriq
    Sana: 27.03.2020
    Ismi: Zulqarnayn
    Manzil: Jizzax

    Savol: Assalomaleykum doktir moyaklarimda ozroq og‘rigandek bo‘lebdi onda sonda shunaqa bo‘lebdi bu kasallikmi oldindan javob uchun rahmat.


    Javob: sababsiz bazan moyaklarda ogriq bolishi normaln holat (avvallari biron sabab bilan bo'lgan og'riqni miya bazan aks berib turishi mumkin) doimiy ogriq yoki yonida yana qoshimcha shikoyatlar bilan bolsa doktorga murojaat qilishingiz kerak

  • Mavzu: Nega ko'krak bezi erkaklarda bor
    Sana: 23.03.2020
    Ismi: Xurshid
    Yoshi: 18
    Manzil: Andijon

    Savol: Meni yoshligimdan hammada bolganidek ko'krak bezi chiqgan va biri o'z holiga kelga biri esa shu paytgacha yoqolmadi huddi qizlarnikidek ko'rinishga keldi bundan juda uyalaman iltimos maslaxatizi ayamang


    Javob: Endokrinolog va onkolog shifokorlari bilan maslaxatlashing

  • Mavzu: Onanizm
    Sana: 22.03.2020
    Ismi: Fahriddin
    Yoshi: 23
    Manzil: Toshkent

    Savol: Assalomu alaykum Doktor Onanizm oqibatlarini oqiganimda quloqda shovqin bo'lishini bildim E'tibor bersam haqiqattan ham shovqin bor qulogimda tashlasam bu alomat otip ketadimi. Jovobingiz men uchun muhim. Oldndan Rahmat


    Javob: Avvallo bu zararli odatni tashlash kerak va Qulog-Burun-Tamoq shifokori LOR.ga uchrang balki ularni ham yordami kerak bolishi mumkin sizga

  • Mavzu: Olatda Qon
    Sana: 19.03.2020
    Ismi: Nurali
    Yoshi: 19
    Manzil: Tojikiston

    Savol: Dohtir anchadan beri olatim uchidan bir necha tomchi qon kelib turadi. 2savol kecha olatim azgina kesilib ketdi yara betib yahshi bub ketadimi


    Javob: sababini zudlik bilan aniqlash kerak shifokorga uchrang! har zamonda bolsa ham tananing qaeridandir qon chiqishi yaxshi emas! Kesib olgan joyiz bitishi kerak, bitmasligiga halaqit beradigan faktorlar bolmasa! Korinishiz kerak

  • Mavzu: Masturbatsiya
    Sana: 16.03.2020
    Ismi: Iskandar
    Yoshi: 23
    Manzil: Samarqand shahar

    Savol: Assalomu alekum men 16 yoshimdan beri masturbatsiya bilan shug'ullandim endi va jinsiy aloqaga sharoit bo'lganida olat pand berdi bu kasallikni davolasa bo'ladimi? Raxmat


    Javob: Albatta davolasa boladi, tezlik bilan korik tekshiruvlardan otib davolaningki kech bb qolmasin, vaqt otgan sari tuzalishga kamida ruhan qiyinchilik paydo qiladi

  • Mavzu: Testosteron kopligi
    Sana: 14.03.2020
    Ismi: Umrbek
    Yoshi: 27
    Manzil: Urganch

    Savol: Salom doktr men uylanganimga 8 yil boldi 4yildan beri socim tokila bolshladi dermotolog androgen alapesya tashhisni qoydi testosteron muqdori kopypidi savolim menda tez boshanishdan qinalaman kasalimga aloqasi bormi rahmat oldindan javop uchun.


    Javob: Bu tashxis tez boshalishlikka aloqasi yoq, u muammolarni hal qilib bolganda kelsez davolanasiz  

  • Mavzu: Tuklar
    Sana: 13.03.2020
    Ismi: Jalol
    Yoshi: 19
    Manzil: Samarqand

    Savol: Dohtir Olat atrofida tuklar yani yunglar buladi Lekin mening Olatimdan ham tuklar kup chiqqan moyagim terisida ham tuk kup bu tabiy holmi nema qilsam buladi.olatdagi tuklarni qirib tozalash mumkinmi kupayib ketmaydimi


    Javob: tabiiy irsiy holatga bog'liq boladi kishida tuklarni chiqishi tozalab turasiz tez tez boldi

  • Mavzu: Olat
    Sana: 12.03.2020
    Ismi: Islom
    Yoshi: 21
    Manzil: islimxojahuza2025@gmail.com

    Savol: Assalomu alaykum Hurmatli doktor siz savolim qanday aytishni ham bilmayman. Juda ham hijolat boʻlib yozyapman. Yoshim 21 da uylanmagan mening hirsm juda kuchli edi 3 kundan beri olatim uygʻonmayapti Qandaydir davosi bormi. Bu ahvolda men oila qurolmaymanku. Juda siqilyapman iltimos maslahat bering


    Javob: kuchli stressga tushgan bolishiz mumkin etibor bermang otib ketadi, otib ketmasa murojaat qilasiz, qo'zg'almay qolishlik kasalligini davosi bor

  • Mavzu: Olat turmasligi
    Sana: 12.03.2020
    Manzil: Samarqand

    Savol: Assalomu alaykum. Doctor man hali uylanmaganman. Yoshligimda nafs ustunlik qilib masturbatsiya qilib turardim va pornonham korardm. Hozirda esa asbobim qattiq bo'lib turmayapti. Nima qilsam bo'ladi? Hozirda masturbatsiya ham qilmayapman porno ham kormayman.


    Javob: yoshizi korsatilmagan shunga bilmadim lekin uylanmagan bolsez uylanishdan oldin bu muammolarni hal qilishiz kerak, chunki uylanishdan oldin hal qilmasez oilada yon atrofda yaxshi bolmaydi, muhimi davosi bor

  • Mavzu: Tushdagi jinsiy faollik
    Sana: 11.03.2020
    Ismi: Eraj
    Yoshi: 20
    Manzil: Samarqand

    Savol: Assalomu aleykum doktor.Mening tushimda ko'p jinsiy aloqa bo'lib mani chiqyapti. Bu kasallik emasmi, kasallik bo'lsa qanday tavsiya qilasiz. Javob uchun oldindan rahmat


    Javob: kop tush korishiz kunduzlari hayoliz shu bilan band bolganligidan, kitob oqishga sport bilan shugullanish mehnat qilishga vaqt koproq ajrating, hayoliz boshqa narsalar bilan band bolsin, tushda boshalganda chiqishi shart degan qoida yoq, muhimi j.aloqada va analiz topshirish uchun qolda chiqarganda chiqsa boldi

  • Mavzu: Ononizm
    Sana: 06.03.2020
    Ismi: Uktam
    Yoshi: 21
    Manzil: Toshkent

    Savol: Zarifjon aka kechirasiz bezovta qildim ononizm maqolani uqidim meni 2ta savolimga shu erga javob yozvoring iltimos.1 Ononizmni buy usishiga aloqasi borm yoki yoqmi?2ononizm burunga ham zarari bor ekan meni burnimni shakli kottalashib ketgan ononizm tufayli bulishi mumkinmi ononizmni tashlasam Burnimni shakli yahshi tarafga uzgaradimi?


    Javob: aloqasi bor, hammada har hil tasirga ega. Burun shakli yomon tomonga ozgaradi deyilgan adabiyotlarda


  • Sana: 05.03.2020
    Manzil: Navoi

    Savol: Assalom ductor mani yoshim 28 da 2 nafar farzandim bor endilik kunda j olatim qattiq turmay susaygandek bulayapdi tez bushash yoqmay qolishlar sezilayapdi uzi jinsiy aloqa meyorida qancha vaqt bulishi munkin davolansa buladimi.


    Javob: bu shikoyatlar uchun juda yoshsiz lekin oxirgi yillardagi (2018y) tekshiruvlar shuni korsatdiku tez boshalishlik mavjud bemorlarda psixologik erektil disfunktsiya ham rivojlanar ekan, avvallari ikkiga ajratib tashxislar edik, hozir bir biriga sabab bolishi mumkin bolgan halqani parchalari sifatida davolanishiz kerak boladi, urolog-andrologga uchrang, Xohishni pasayishi ham shunga bog'liq bolish ehtimoli bor balki boshqa sababi bolsa tekshiruvlardan chiqadi u ham

  • Mavzu: Sperma va Jinsiy quvvat
    Sana: 05.03.2020
    Ismi: Nodirbek
    Yoshi: 25
    Manzil: Urganch

    Savol: Salom men uylanganimga 3 oy boldi menda jinsiy aloqa oshlashdan oldin asbobim turadi lekin 3 4 daqiqa qinga kiritmay tursam yotib qolyapdi qin ichiga kirganda ham yotib qolgan vaqtlari boladi. Spermam ham kam chiqadi va otilmay oqib chiqadi bu kasallikmi


    Javob: hozirgi yozgan shikoyatlariz Erektil disfunktsiyaga hos shikoyatlar, buni davolash kerak, Spermani otilib chiqishi shart emas, chiqsa va labaratoriyada hajmi normada bolsa u haqda oylamang lekin labatoriyada 1.5ml dan kam bolsa uni davolash va tekshirish ancha murakkabroq kechadi

  • Mavzu: Ononizm zarari
    Sana: 04.03.2020
    Ismi: Uktam
    Yoshi: 21
    Manzil: Toshkent

    Savol: Doktir 2-3oydan beri savolimga javob yozmaysiz bilaman ishiz kup iltimos javob yozvoring.Ononizmni buy usishiga aloqasi bormi ?ononizm natijasida burunga zarari bor ekan uqidim meni burnimni shakli kottalashib ketgan ononizmni tashlasam burnimni shakli yahshilanadimi?maslahatiz kutaman rahmat


    Javob: savolizga javob yozganman, saytda toliq maqola bor bemorlar uchun bolimida va onanizm haqida kirib oqing

  • Mavzu: Olatni o'stirish
    Sana: 04.03.2020
    Ismi: Fayzillo
    Yoshi: 25
    Manzil: Toshkent

    Savol: Assalomu aleykum Doktor Mr.Zarifjonaka. Turli xil gellar yordamida jinsiy olatni 5-10sm ga o'stirish mumkinmi?


    Javob: shu paytgacha ostirilganligi hech qaerda korilmagan va aksincha hamma gellerdan, ekstenderlardan va pompalardan foydasi yoqligi kerak bolsa zarari tekkanligiga shikoyatchilar!!! Kuzatgan bolsalaring ba'zi reklamachilar ham daromadini qilib olib boldi shekili suvga tushgan toshdek jimm bb ketishdi

  • Mavzu: Ononizm
    Sana: 03.03.2020
    Yoshi: 21
    Manzil: Samarqand

    Savol: Assalomu alakum. Men onanizm bilan kop shug'ullanganman. Onanizmdan keyin olat boshi brushgan qismi shishganligini kordim. Nimadir yig'ilgandek.


    Javob: Kuch bilan shugullanilsa, teri ostida limfa tugunlarini aylanishi buziladi, jinsiy olat qolni kuchi uchun chiqarilmaganda, Tashlasez yaxshi boladi

  • Mavzu: Moyak
    Sana: 28.02.2020
    Ismi: Alisher
    Yoshi: 22
    Manzil: Toshkent

    Savol: Assalomu alaykum Zarifjon aka Menda moyak ostida terlash bo'layabdi. Ichki kiyim namlangande bolib, sovuq sezdiryabdi. Nima qilishni maslahat berasiz doktor ?


    Javob: Terlashni oldin dermatologga korsating, terlashga dermatolog va endokrinologlar qaraydi

  • Mavzu: Tavsiya etiladigan dorilar
    Sana: 28.02.2020
    Ismi: Bekzod
    Yoshi: 35
    Manzil: Toshkent

    Savol: Assalomu alaykum. Mening savolim quyidagicha. Umuman olganda hech qanday muommoim yo'q. Yaqinda 3-farzandim dunyoga keldi. Har qanday odam organizimiga ham yillar o'tib turli xil oddiy infiksiyalar tushishi mumkin. Erkaklar o'z salomatligi uchun vaqti vaqti bilan qanday dorilarni qabul qilib turishini maslahat berasiz? Javob uchun oldindan rahmat.


    Javob: Hech qanday dori darmon shart emas, 1yilda bir marta proflaktik korikdan otish va soglom turmush tarzida yashasangiz, sport bilan shugulllanib tursangiz doriga hojat yoq

  • Mavzu: Онанизм
    Sana: 27.02.2020
    Ismi: Мухаммадали
    Yoshi: 22
    Manzil: Москва

    Savol: Салом яхшимисиз доктор онанизм билан шугуланганман хозир да яхши таранглашмайдиган болип коган дори дармонлар билан тузатса боладими. Хозир да Москвадаман агар иложи болса бирон кандай дори йозсангиз рахмат.


    Javob: Jinsiy olat qozg'almay qolishi degan kasallik deyarli batamom tugatilgan hisoblanadi lekin chorasi bor ekan deb beparvolik bilan davom etish yaxshi emas, onanizmni toxtatish kk, qo'zg'almay qolishlik 3 bosqichda, 1. tabletkalar 2. j.olatga ukol qilish 3. operatsiya orqali davolanadi

  • Mavzu: Jinsiy aloqa qilmaganman
    Sana: 25.02.2020
    Ismi: Robim
    Yoshi: 22
    Manzil: Dehqanobod

    Savol: Salom doktor men 22 yowdaman wu vaqtgacha umuman jinsiy aloqa qilmaganman bu yomon oqibatlarga ob kelmaydimi keyin orqa miyam qotib qoladi wu sabablimasmi oldindan rahmat javob uchun


    Javob: Yoq j.aloqa qilmaslik siz aytgan holatlarga sabab bolmaydi, orqa miyangizni qotib qolishi masalasida nevrologlarga murojaat qilishiz kerak


  • Sana: 24.02.2020
    Ismi: U
    Yoshi: 28
    Manzil: Namangan

    Savol: Assalomu alaykum doktir meni savolim qo'llarimda tomirlar juda ham kupayip ketgan oyoqlarimda ham bor buni davosi bormi kimga uchrashish kerak javobingiz un oldindan raxmat


    Javob: Boshqa hech qanday shikoyatiz yoq bolsa doktorga uchrash shart emas, ozg'in bolsez shunchaki kozga tashlanayotgan bolishi mumkin xolos

  • Mavzu: prostatit
    Sana: 22.02.2020
    Ismi: Elyor Nabiev
    Yoshi: 29
    Manzil: Furqat

    Savol: Hurmatli doktor menga urologlar prostatit deb tashxis qo'ydi.Massaj qildi,ukol qildi,kanalga dori yubordi tuzalmadim,aytgan dorilarni ichdim uzoq vaqt,baribir tuzalmadim lekin ariga chaqtirgan edim foydasi bilindi apterapiyaga fikringizni bilmoqchiydim.


    Javob: Faqatgina Apiterapiya emas, umuman buni Alternativ tibbiyot deyiladi, Zamonaviy tibbiyotni yonida foydalanish mumkin bolgan usullardan biri hisolanadi lekin hali isbot darajasi yuqori emas, man ham boshqa usullarini kompleks davolashda foydalanib turaman. Siz aytgan tashxis boshqa manimcha sizdagi shikoyat boshqa asl shikoyatizi yoqotishgacha sizi tekshirilganda sizda infektsiya topilgan va doktor shuni davolab olib keyin qolgan bosqichga otmoqchi bolgan bolishi ham mumkin?!. (ikki qator gapiz bilan kop narsa oydinlashmaydi). Undan tashqari Apiterapiya yoki boshqa usullarga ixlos qilganizdek zamonaviy tibbiyotga ham ixlos qilishiz kk! Alternativ tibbiyot usullarida koproq kishini psixologiyasi turadi. Apiterapiya yoki boshqa usulni sizda yordami tekkani balki undan oldin sizni davolagan shifokorni davosini effekti endi yuzaga chiqqandir buni ham bilmaymiz?!  Apiterapiya yoki boshqa usuli haqiqatdan ham sizga foydasi tegdi desak lekin boshqalarga ham foydasi tegadi degan kafolati emas! Apiterapiya yoki boshqa usullarni bemorlarni davolashdan oldingi va davolashdan keyingi va uzoq yillik natijalari hozircha qolimizda yoq! Hozircha bu usulga mahkam yopishishlik qorong'u honaga ko'zni boglab kirib kerakli narsani qidirishga oxshatish mumkin, tasodifan bazan topib qolishiz mumkindek, natijalari ham shunaqa!!! Tor joyga kop yozidim, uzr. Shu soxani mutaxassislarini shu fursatdan foydalanib ilmiy yeg'in, birgalikda ma'ruzalar otqazishga chaqirar edim, bundan faqatgina xalqimizga, tibbiyotimizga foyda boladi.

  • Mavzu: Jinsiy Olat
    Sana: 21.02.2020
    Ismi: Dilmurod
    Yoshi: 27
    Manzil: Chust

    Savol: Savol Salom Zarifjon aka ishlariz yaxshimi savolim shuki yoshim 27 mening jinsiy olatim tarang holatda 8 sm shu olcham bilan uylansam homilador qilish uchun yetarlimi javob uchun raxmat oldindan


    Javob: jinsiy olatni avvallo shifokor o'lchashi kerak, tog'ri o'lchagansiz deb hisoblasak bu o'lcham homiladorlik qilish uchun biroz kalta hisoblanadi, imkon bolsa urologga uchrang, xohlasez Qoqonga keling yaqin joydasiz. Qoldan kelganicha yordamlashamiz

  • Mavzu: Varikatsiyalik
    Sana: 21.02.2020
    Ismi: ja’far
    Yoshi: 24
    Manzil: urganch shahri

    Savol: as’salam alekum doctor men 6 fevral kuni varikatsiyalik bo’yicha aperatsiya bo’ldim 12 kundan keyin jinsiy aloqada bo’ldim shundan keyin ora orada bir bir jiniy aloqada bo’lib turdim bir martaba buning salbiy tomonlari bormi javobining uchun rahmat !


    Javob: ozizda jiddiy ozgarish sezmayotgan bolsez muammo yoq baribir yana ozroq sabr qilib turganizda yaxshi bolardi, endi muammo chiqmas deb umid qilamiz

  • Mavzu: e
    Sana: 21.02.2020
    Ismi: Nodir
    Yoshi: 23
    Manzil: Farģona

    Savol: Assalomu alekum doktir. Onanizm bn tez tez shuģullanib turganlarda umuman ehtilom kuzatilmasligi mumkinmi va bu kasallikmi. Javop un raxmat Telegram kanalizga yozing.


    Javob: Ehtilom bolmasligi normal holat hisoblanadi chunki siz chiqarib tashlayotgan bolasiz

  • Mavzu: siydik qolib ketishi
    Sana: 21.02.2020
    Ismi: Javohir
    Yoshi: 20
    Manzil: Toshkent

    Savol: assalomu alekum oka.man uylanganman 4 kun oldin 2ta bola bn bogan qz bn boldm hozir siydik tez tez kelip 3 4 tomci qopketvott iltmos oka nmadanligini etvorin


    Javob: ham uylangan bolib ham begona ayol bilan hamda bir necha erkak bilan bir paytda bolgan ayolni qanday tanladiz, xayron qolmay iloji yoq. Kasallik ushlagan bolish ehtimoliz juda ham katta zudlik bilan doktorga uchrang, 1oylardan keyin SPID.ga ham topshiring, ayoliz bilan bolgan bolsez unga ham yuqtirgan bolish ehtimoliz bor

  • Mavzu: Peshob
    Sana: 20.02.2020
    Ismi: Ruatam
    Yoshi: 25
    Manzil: Surxondaryo

    Savol: Assalom aleykum Zarifjon aka yaxshimisiz.sizga savollarim bor edi.1.kichkina hojatga chiqqanimda peshob to‘liq chiqib ketmayabdi kuchanib kuchanib chiqarib tashliyman.2.kuchangan vaqtim sutga o‘xshash 1,2 tomchi suyuqlik chiqadi.


    Javob: umumiy qilib aytganda siydik yollari infektsiyasi va pastki siydik yollari sindromi degan tashxisizmizga mos tushadi shikoyatlariz lekin bunga aniqlik kiritish kerak degani, sutga oxshash suyuqlik dimlangan prostata shirasi bolish ehtimoli koproq, uylanmagan va/yoki doimiy jinsiy hayoti yoq erkaklarda oz miqdorda chiqishi normal hisoblanadi, kop chiqib bezovta qilishi kerak emas, davolanishiz kerak

  • Mavzu: Varikosele
    Sana: 18.02.2020
    Manzil: Toshkent viloyati Bekobod

    Savol: Assalomu alaykum Yoshim 17da olatim taranglashganda tomirlari korinib turadi , menimcha bu tabiiy hol. Lekin olat bilan moyak orasida katta tomir ham korinadi bu nimadan bo'lishi mumkin Yosh bo'lganligim uchun vrachga ko'rinshiga ota-onamdan uyalyapman


    Javob: j.olat va moyaklar ortasidagi tomirlar eng kop varikosele holati yoki boshqa qon tomir kasalliklarida uchrashi mumkin va varikosele aynan sizni yoshlariz atrofida koproq rivojlanadi, shuning uchun urologga tezroq korining, organizmizga zarari tegishi mumkin

  • Mavzu: Ikkinchi aloqa
    Sana: 18.02.2020
    Ismi: Akba
    Yoshi: 22
    Manzil: Samarkand

    Savol: Assalomu Aleykum. Yaqinda iylandim, ayolim bilan aloqada qilganda faqat bir marta qovushamiz, ikkinchisiga o’tishga rag’bat xam uncha emas. Lekin ikkinchi aloqaga o’tish xaqida xexh qanday tushincham yoq. Qancha vaqt o’tib boshlagan ma’qul ? Yuvunib olish kerakmi ? Shular to’g’risida ...


    Javob: bir kunda bir necha marta j.aloqa bolishi shart degan qoida yoq, bir marta sifatli va har ikkala taraf ham qoniqsa yetarli bo'ladi. Ikkinchi marta qoshilish uchun ortacha 30minut (hammada oziga hos) vaqt kerak bolishi mumkin. Yunishlik ozlaringni qanday qabul qilishlaringga bog'liq har bir aloqadan keyin yuvinishlik yoki bir necha orqama orqa aloqadan keyin yuvinishlik tavsiyasi bor

  • Mavzu: Genekalogiya
    Sana: 17.02.2020
    Ismi: Yasmina
    Yoshi: 5
    Manzil: Qashqadaryo

    Savol: Qizim 5yoshda 1oy bulopti xidli suyuqli kelopti mazok analiziga giribok va yiring chiqdi yuvish kerag deyishdi qildirdim barcha aytgan dorilani berdim lekin suyuqli kelopti tuxtameyopti bir shifokor ganokokkga analiz toshiring deyopti Uzi bu qanaqa analiz


    Javob: Pediatrga korsating, bolalar ginekologiga korsating zudlik bilan

  • Mavzu: O'ng tarafdagi moyakda ozgina og'riq
    Sana: 16.02.2020
    Ismi: Timur
    Yoshi: 23
    Manzil: Guliston shahri

    Savol: Salom. O'ng tarafdagi moyakda ozgina og'riq bor. 1 haftadan oshdi boshlanganiga. Nimadan bo'lishi mumkin


    Javob: juda kop sabab bor, oddiy travma olgandirsiz yengilroq, biron virus kasalligidir (Parotit) urologga korining 

  • Mavzu: Orgazm
    Sana: 15.02.2020
    Ismi: Izzat
    Yoshi: 27
    Manzil: Xorazm Tumani

    Savol: Salom Doctor. Men Uylanganman 6 yildan oshdi. Jinsiy aloqa qilgan paytimizda 2 daqiqaga ham bormay tez bo'shalaman va ikkinchi jinsiy aloqa qilolmayapman Olatim turmayapti. Nimadan bo'lishi mumkun va davolasa bo'ladimi? Oldindan rahmat


    Javob: juda kop vaqt otkazib qoyibsiz hayotni mazmunli otishi uchun kerak boladigan asoslardan asosiysi jinsiy hayot hisoblanadi, ozizga yaqin urologga uchrang imkoniz bolsa Qoqonga kelishiz kerak

  • Mavzu: Простатит
    Sana: 14.02.2020
    Ismi: Бек
    Yoshi: 20
    Manzil: Фаргона

    Savol: Ассалому алейкум доктор.Саволим шуки мени якиндан бери ковук кисмимда огрик пайдо булиб колди огрик бушалиш пайтида булаяпти.Хатто эхтилом булса хам уйгонганимда огрияпти.Онанизм билан хафтада 1 марта шугулланаман.1 Доктор бу нима булиши мумкин? Простатит эмасмикин? 2 Тухум атрофияси деган касални эшитиб колдим бунга сабаб онанизмми?


    Javob: ogriqlar yaxshi emas, eng kop shamollash kasalligida, qovuq toshlarida kuzatiladi, boshqa jiddiy kasalliklar ham bolishi mumkin. Moyaklar atrofiyasi moyaklarni kichrayishi degani juda ham havfli kasallik befarzandlikkacha borishi mumkin lekin oz ozidan atrofiya kuzatilmaydi, kelib korik va tekshiruvlardan oting

  • Mavzu: 1
    Sana: 11.02.2020
    Ismi: Жавохир
    Yoshi: 24
    Manzil: Фарғона

    Savol: Ассалому алайкум! Йигитлар ва қизларнинг нечи ёшда турмуш қуришлари хар томонлама фойдали хисобланади?


    Javob: Qonunimizda togri belgilangan, man mutaxasis sifatda ham qoshilaman, qizlar 18-19yoshdan boshlab, yigitlar 22yoshdan boshlashi maqsadga muvofiq deyman, oilaviy sharoitdan kelib chiqib sal oldinroq qilish ham mumkin. Aslida oila qurushga ma'nan va moddiyan tayyor bo'lganlikni, ma'suliyatni his qilganda uylanishlik tarafdoriman

  • Mavzu: Уруг таркибида сперма йуклиги
    Sana: 10.02.2020
    Manzil: Наманган

    Savol: Ассалому алайкум. Ешим 34 да уйланганимга 2 йил бўлди. Фарзанд бўлмаяпти. Менда уруг таркибида сперма йук (0 фоиз) эканлиги аниқланди. Доктор бу қандай касаллик ва уни давоси борми. Қабулингизга қачон босам бўлади.


    Javob: urug' nol degani umid nol degani emas, juda kop bemorlarimizni hozirgi kunda 2-3talab farzandlari bor, Qabul kunlarimizda bemalol keling

  • Mavzu: Olat boshini sezuvchanligi
    Sana: 10.02.2020
    Ismi: Bilolxon
    Yoshi: 20
    Manzil: Namangan

    Savol: Doktor savolim shuki olat boshini sezuvchanligini xar xil yo'l bn pasaytirsa bo'lar ekan shunga eng samarali yo'li qanday yo'l va u haqida to'liq malumot bersangz oldindan raxmat


    Javob: keng foydalanilmaydi lekin j.olat innervatsiya qiladian nerv tolalarini kesishlik eng samaralisi hisoblanadi

  • Mavzu: Siydik tutolmaslik
    Sana: 08.02.2020
    Ismi: Dilmurod
    Yoshi: 23
    Manzil: Buhoro

    Savol: Men yoshlikda kechasi siyib quyardim bu uz uzidan yuqoldi bir nicha oydan biri hojatga borguncha siyvoryapman bu kasallikmi


    Javob: u boshqa kasallik bu boshqa kasallik hisoblanadi, 2.chisi siydik yollari infektsiyasini pastki siydik yollari sindromii bilan kechsa yoki neyrogen qovuq holatlarida odatda kuzatiladi, urologga uchrang hal qilishadi

  • Mavzu: Masturbasiya
    Sana: 08.02.2020
    Ismi: Uktam
    Yoshi: 20
    Manzil: Toshkent

    Savol: Zarif aka saytizni kuzatib boraman ononizm haqda kupyozaslar dibsiz maqolada javob yuq 2oydan beri bir savolga javob yozmaysiz yozvoring.Ononizm buy usishiga aloqasi bormi ?Burun uzgarishi shakli uzgararkan meni burnim kottalashib ketgan ononizmni tashlsam vaqt utib burnimni shakli yahshilanadimi?


    Javob: maqolani yaxshilab oqimabsiz javobi bor maqolada

  • Mavzu: Olat
    Sana: 07.02.2020
    Ismi: Botir
    Yoshi: 19
    Manzil: Tojikiston

    Savol: Zarif aka olatimdan mayda nuqtaga uhshash toshmalar chiqqan 3 yilcha buldi ononizm asorati bulishi mumkin ekan onon bilan bir necha yil shug'ullandim hoz tashadim.Urologga bordim ukol dori yoz berdi oldim lekin toshmalar yuqolmadi nema qilsam buladi.


    Javob: Onanizm haqida shu darajada kop savol jonatasizlarki har biriga javob berish fizicheskiy imkoni yoq, koplari oxshash, shuning uchun barcha oquvchilarimiz uchun saytda umumlashtirilgan holatda 2ta maqola bor bemorlarga tegishli joyida o'zbek tilida va keng yoritilgan, kirib oqib chiqishlaringni tavsiya qilaman! toshmalarizi urolog bilan emas Dermatolog bilan hal qiling, j.olatni terisi hali ham dermatologlarga qarashli qolgani biziki 

  • Mavzu: Mayak og'rishi
    Sana: 07.02.2020
    Ismi: Fayzullo
    Manzil: Samarqand

    Savol: Assalomu alaykum yoshim 29 da utirsam mayak ogriq buladi keyin mayakni ushlab uqalab kursam ham ogriq bor i jinsiy azoda huddi yaxlaganday buladi hatto uqalasam jinsiy azo atroflarida ham sonda tomirlarda ogriq bor qanday davolasa buladi meni ishim kup utiriladi


    Javob: shikoyatlarizi hammas kichik tos soxasiga oid shu joyda muammolar borligi korinib turibdi, eng kop shamollashda sh yerdagi biron a'zoni yallig'lanishi va yon a'zolarga uzatilishi sababli hosil boladigan shikoyatlar asosan, aynan nuqtali tashxis uchun ozizga yaqin urologga uchrang, imkoniz bolsa qoqonga keling, analiz natijalariga qarab davolasa boladi

  • Mavzu: Ононизм
    Sana: 05.02.2020
    Ismi: Jurabek
    Yoshi: 19
    Manzil: Samarqand

    Savol: Ассалом алайкум Зариф ака савол юборгандим жавоб ёзмаяпсиз биламан ишиз куп илтимос вакт топиб ёзворинг жуда эзилип кетдим ёшим 19да 19-10 ёшларимдан ононизм билан шугулланганман ёшлигимда шу ишни килсам сувга ухшаш суюклик келарди кейинрок сперма кила бошлади ДАВОМИ БОР ..


    Javob: Saytdi Onanizm haqida maqola bor (http://andrology.uz/site/maqola?id=54) kirib oqing hamma savollarizga javob topasiz

  • Mavzu: Urologiya
    Sana: 04.02.2020
    Ismi: РУЗИМУХАММАД
    Manzil: АНДИЖОН

    Savol: Ассалому алекум мени чап тухум сохамда озгина огрик сезиляпти шу жиддий касаллик эмасми.


    Javob: Juda kop holatlar va kasalliklar sababli ogriq kuzatiladi, korik va tekshiruvlardan otishiz kerak

  • Mavzu: Moyak
    Sana: 04.02.2020
    Ismi: Dustnazar
    Manzil: Kitob tumani

    Savol: Salom. Meaning chap moyagimda har zamonda og'riq paydo buladi. Nimadan bulishi mumkin


    Javob: sabablari kop hattoki sababsiz ham ogriq bazan kuzatiladi, etibor bermaslikka harakat qilishiz kerak boladi sababi topilmasa, sabablarini ichida eng kopi travma, sur.yallig'lanish kassalliklari, varikoseleni va hakozolarni sanab otish mumkin

  • Mavzu: Ononizm
    Sana: 03.02.2020
    Ismi: Jurabek
    Yoshi: 19
    Manzil: Samarqand

    Savol: Doktirga borgani sharoyitim yuq hozir ONONIZMNI BUTUNLAY tashlasam sport bilan shug'ullansam Tulishib yahshi rivojlanib Testosteronim ham Uz joyiga tushib sog'ayib ketamanmi? Olloh sizdan rozi bulsin javob yozvoring doktir.emailim yuq


    Javob: Albatta soglom turmush tarzida hayot kechirsez iziga albatta tushadi, tushmasa kongliz tolmasa murojaat qilasiz

  • Mavzu: Ononizm
    Sana: 03.02.2020
    Ismi: Jurabek
    Yoshi: 19
    Manzil: Samarqand

    Savol: Assalomu aleykum Doktor yoshim19da 10yoshimdan ononizm qib kelardim yaqinda bildim zararlarini tushkin ahvoldaman juda tez bushanvoradigan bub qolganman .Juda ozg'inman mushaklarim suyaklarim ham juda engichka bub qogan .??davomi bor


    Javob: sekin asta orasini uzaytirgan holda tashlashga harakat qiling tashlagach malum muddatdan keyin ozizga kelasiz kelmasez doktorga uchrab davolanishga harakat qilasiz

  • Mavzu: Varikotsele
    Sana: 03.02.2020
    Ismi: Ibrohimbek
    Yoshi: 25
    Manzil: Surxondaryo

    Savol: Assalomu alaykum! Bir oy oldin varikotsele operatsiya boʻldim (oʻng). Shundan beri, moyak shishgan va osilgan, tomirlar ham qalin. Ogʻriq bor biroz. Qaytib borsam, doktor doppler qilib, suv bor ekan dedi. Nima qilishni bilmayapman!


    Javob: Varikosele operatsiyasini kamdan kam bolsa ham uchraydigan asoratlaridan gidrosele-moyak pardalari istisqosi deyiladi, erta davrlarda bazan soriltirish mumkin, sorilmasdan kattalashsa qayta operatsiya otqiziladi havotirli emas

  • Mavzu: Sperma
    Sana: 02.02.2020
    Ismi: Jamshid
    Yoshi: 22
    Manzil: Jizzax

    Savol: Assalomu alaykum aka yaxshimisiz charchamepszmi savolim shu urugʻ sifati buzilgan boʻlsa uni davolash mumkinmi??? Qancha vaqt ketadi javob uchun raxmat Javobni email ga joʻnating iltimos


    Javob: urug' sifati degani juda ham keng tushuncha, uni hajmi ozmi, konsentratsiyasi kamroqmi, harakatchanlik pastmi, shakl shamoili chatoqmi, shu kabilar bularga oydinlik kiritish uchun, korik tekshiruvlardan otib analiz natijasiga kora hal qilsa boladi, muddat ham analizdan keyin malum boladi

  • Mavzu: Urug'
    Sana: 02.02.2020
    Ismi: Bekjon
    Yoshi: 23
    Manzil: Qoraqalpoqston

    Savol: Asalomu aleykum doktr urug' suyuq bo'lsa farzan ko'rishga muommomasmi? javop uchun raxmat


    Javob: Urug'ninng makrsokopik - qurollanmagan ko'z- oddiy ko'z bilan qarash orqali baholash tog'ri hisoblanmaydi, uni mikrosokop ostida korish parametrlarni baholagandan keyin sizi savolizga aniq javob berish mumkin boladi, biz odatda urug'ni sal suyuqroq bolishini taminlashga harakat qilamiz

  • Mavzu: Олат
    Sana: 25.01.2020
    Ismi: Ботир
    Yoshi: 19
    Manzil: Тожикистон

    Savol: Салом зарифжон ака саволлрга умуман жавоб бермаяпсиз илтимос жавоб беринг.олатимда тошмалар бор тошмалардан бази расм юбордим нема килсам булади илтимос жавоб беринг.жавоб учун олдиндан рахмат.


    Javob: toshmalar boyicha dermatologga murojaat qilasiz