- Jul
11
2012 - 2810
“DUMLILAR” YOXUD ZARURIY TAHLIL
“DUMLILAR” YoXUD ZARURIY TAHLIL
Odatda, erkaklar spermogramma so'zini eshitishlari bilan bir cho'chib tushishadi. Ularni ko'pincha «Bu tahlil nima uchun kerak?” degan savol emas, balki “Buni qanday topshiraman?” degan o'y tashvishga soladi. Shifokor sizga spermogramma topshirishni buyurgan ekanmi, buning uchun asos bor, vaqtni o'tkazmay, ishga kirishing.
Sperma tahlilidan asosiy maqsad urug’lantirish qobiliyatini tekshirishdir. Agar erkak turmush qurganidan keyin 1 yilga qadar muntazam jinsiy hayot kechirsa-yu, ayoli homilador bo'lmasa, spermogramma buyuriladi. Shuningdek, siydik-tanosil tizimi kasalliklari – prostatit, vezikulit, epididimit, orxit aniqlanganda ham ana shunday tahlil o'tkazish tavsiya etiladi.
Spermogramma o'tkazishdan oldin kamida 3 kun, ko'pi bilan 5 kungacha jinsiy aloqadan tiyilish lozim. Ochig’i, tahlil topshirishda bir oz noqulaylik bor. Laboratoriyalarimiz kunduzi ishlaydi, shuning uchun bemorlar urug’ni qo'l bilan to'kishga majburlar. Ba'zilar esa jinsiy aloqada bo'shanishdan oldin urug’ni maxsus idishga to'kadilar. Idish yuvilgan, qaynatilgan va quritilgan bo'lishi shart. Bunday paytda maniy uzog’i bilan 45 daqiqa ichida laboratoriyaga etkazilishi shart. Idish juda issiq, ayniqsa, sovuq haroratda qolmasligi kerak, aks holda spermatozoidlarning harakatchanligiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Maniyni prezervativdan idishga solish mumkin emas, chunki prezervativlarda urug’ni o'ldirish xususiyati aniqlangan.
Spermogrammada quyidagi jadvalda qayd etilgan ko'rsatkichlarga e'tibor beriladi. 1 ml eyakulyatda spermatozoidlar miqdori 20 mln dan kam bo'lishi urug’lanish ehtimolining sezilarli darajada kamligidan darak beradi. Shuningdek, tirik spermatozoidlar miqdorini aniqlash ham muhimdir. Agar bu ko'rsatkich 50 foizdan kam bo'lsa, jiddiy o'ylab ko'rishga to'o'ri keladi. Spermatozoidlarning harakatchanligi esa me'yoridan kam bo'lmasligi kerak. Leykotsitlarning bo'lishi va spermatozoidlarning yopishqoqligi (quyuqligi) tanosil tizimida yallig’lanish borligini bildiradi. Bundan tashqari, tahlildagi barcha ko'rsatkichlar me'yorida bo'lsa-yu, birgina rN ko'rsatkichi yomon bo'lsa, bu farzand bo'lishini qiyinlashtiruvchi holat hisoblanadi.
Hayotjon ZOKIROV,urolog
EYaKULYaTTAHLILI
Ko'rsatkichlar Me'yor
Eyakulyatmiqdori 2-3 ml
Rangi oqish-xira
rN 7,4-7,8
Eyakulyatningtinishvaqti 20-30daqiqa
Eyakulyatningyopishqoqligi (quyuq-suyuqligi) 1-2 ml
1 ml da spermatozoidlar miqdori > 60 mln
Harakatchanligi
*faol > 60%
*sust 4-30 %
*harakatsiz 0-14 %
Tirik spermatozoidlar > 60%
O'lik spermatozoidlar
Leykotsitlar 1-6
Eritrotsitlar abs
Epiteliy
Letsitin donalari
Bexter kristallari abs
Spermatogenez hujayralari 1-2 % dan kam emas
Spermoaglyutinatsiya yg’q
Fruktoza 150-250 mg %