• Jun

    27

    2016
  • 105397
img

Ayol jinsiy funktsiyasini izdan chiqishi


 

Ayol jinsiy funktsiyasini izdan chiqishi

Ilmiy ommabop maqola

Jinsiy disfunktsiya erkakka ham ayolga ham juda katta ta’sir qiladigan MUAMMOdir.

Butun Dunyo sog’liqni saqlash tashkilotini ta’rifiga ko’ra: - jinsiy sog’lomlik; kishi jinsiy mavjudligini, shaxsiyat, munosabat va muhabbatini ortiradigan badanan, xis – tuyg’u yoli bilan, aqliy va sotsial bir butunlashishidir. Jinsiy munosabatdagi buzulishlar yoki kasalliklar yuqoridagilarning butunligini buzulishiga va shaxsda psixologik va sotsial muammolarga sabab boladi.  

Jinsiy aloqa(munosabat) – iki qarama qarshi jinslarning biologik, ruhiy va ijtimoyi jihatlari bilan birlashishidir. Bu birlashishni ma’lum, qa’tiy qoidalari yoq, juftlar bir birlariga va atrof, muxitga zarar bermasdan va qoniqish hosil bo’lgungacha qancha, qanday shakllarini o’zlari hal qilgan holatda yaqinlik qilaoladilar.

Bu maqolamda ayollar jinsiy funkstisyasini izdan chiqishi sabablari, belgilari, tashxis va davolashga yondashish kabi savollarga javob olasizlar.

Ayollarda jinsiy qo’zg’alishlar qanday yuzaga keladi?

Ayollarda taktil (teginish) va ruhiy ta’sirlar natijasida bosh miyadagi kerakli markazlar ishga tushadi. Bosh miyadan klitor va boshqa jinsiy a’zolarga yuborilgan buyruqlar natijasida qo’zg’alish ro’y beradi. Ya’ni ayollar jinsiy aloqaga bosh miyalari bilan ishtirok etishadi va bunung uchun ba’zi psixologik tayyorgarliklar ham ahamiyatlidir. (Erkaklar diqqatiga)

Qo’zg’alish 4 bosqichda boradi:       

- Jinsiy xohish bosqichi (Libido)

- Jinsiy qo’zg’alish bosqichi

- Orgazm bosqichi

- Boshalish, rezolyutsiya bosqichi

har bir bosqichda turli kimyoviy o’zgarishlar ro’y beradi va oxirgi bosqich bilan yakunini topadi.

Jinsiy xohish bosqichi (Libido)

Xohish bosqichidir. Qarama qarshi jinsga psixologik qiziqish va xohish paydo boladi. Yana boshqa tomondan esa o’tmishdagi jinsiy malakalari va fantaziyalari qo’zg’alishga yordam beradi. Bir necha minutdan bir necha soatlab davom etishi mumkin.

Qo’zg’alish bosqchi

Xarakatlar, teginishlar va psixologik qo’zgalishlar kuzatiladi. Ayol ta’sirlanganda vagina va boshqa jinsiy a’zolarda qon oqimi kopaydai va namlanadi. Oldingi 1/3 qismi torayib, orqa 2/3 qismi kengayib uzayadi. Bachadon yuqoriga ko’tariladi. Bachadon bilan qindagi bu o’zgrishlar spermatozoidlarni yurishini qulaylashtirish uchun bolsa kerak degan fikr bor. Klitor erkak jinsiy olati kabi qattiqlashadi. Ko’kraklar kengayib, uchlari qattiqlashadi. Yurak urishi tezlashadi, qon bosim ko’tariladi. Mushaklar sezuvchanligi oshadi. Nerv sistemasini ta’sirida tomirlarni kengayishi hisobiga yonoq, boyin, ko’krak, va qorin ust taraflarida qizillik paydo boladi.Nafas olish, puls tezlashadi, mushaklar taranglashadi.

Orgazm bosqichi

Orgazm jinsiy extirosni eng ust bosqichidir, yani jarayonlarining pik nuqtasidir. Teginishlar, xarakatlar, fikrlar orgazm bolishni qulaylashtiradi.

Mushak va asabdagi taranglik birdaniga boshashadi va butun vujudda bir qator qisqarishlar navbatlashib keladi. Klitor, vagina, anus va qorin osti mushaklarda kuchli qisqarishlar kuzatiladi. Jinsiy soxadagi mushaklardan tashqari orqa, yuz, boyin va son mushaklarida ritmik qisqarishlar 5-12tagacha kuzatiladi. Ortalama orgazm 19sekund davom etadi. Yurak urishi, qon bosim ko’tarilishi va nafas olishlarning eng yuqori nuqtaga erishishi orgazm bosqichidir.

Bo’shalish, rezolyutsiya bosqichi

Kuchli terlashdan keyin organism ozini normal holatiga qaytadi. Jinsiy a’zolardagi qon tezlik bilan chiqadi. Klitor, bachadon ham o’z holiga qaytadi. Ko’kraklar kichrayadi, uchlari yumshaydi. Qizargan joylar o’z holiga qaytadi. Yurak urishlari, qon bosim va nafas olishlari iziga tushadi. Boshashish, roxatlanish hissi, baxtlilik tuyg’usi paydo boladi.

Son va sifat jihatidan yetarli jinsiy ta’sirotlar tasirida ayollar bir necha marta orgazm orqama orqa bolishlari ham mumkin.

Har doimgi jinsiy yaqinlik orgazm bilan tugamasligi ham mumkin. Jinsiy aloqani sifatini korsatkichi bu orgazm bolishlik emas balki toyinish hissini paydo bolishidir. Atrof muxit shartlarni mosligi, yaxshi juft, yetarli ruhiy qo’zg’atishlar va o’ziga ishonch jinsiy aloqani eng asosiy parametrlaridir.

Ayollardagi jinsiy muammolar nimalardan iborat?

Jinsiy xohishni buzulishi (jinsiy xohishni kamayishi, ozidan itarish)

Qo’zg’alishdagi o’zgarishlar

Sub’ektiv qo’zg’alishlarni buzulishi

Kombinatasiyalashgan qo’zg’alish o’zgarishi, Doimiy qo’zg’alishdagi o’zgarish, Orgazm buzilishlari:

Jinsiy aloqada og’riqlar (Disparoniya)

Vaginizm

 Jinsiy aloqadan qochishlik

 Koitussiz genital soxadagi ogriqlar

shaklida tavsiflanadi.

Jinsiy xohishni buzulishi (jinsiy xohishni kamayishi, ozidan itarish)

Jinsiy aloqaga xohish yoqligi, yoki kamligi hatto yomon korishlik shaklida ifodalanadi. Organik va psixologik sabablari bor. Jinsiy aloqaga yoki hayol-fantaziyalarga be’tiborlik boladi.

Ayollarda juda ham kop uchraydi. Xohlamaslik erkaklarda 5% ayollarda 35% uchraydi. Ayol kishi hayotida umuman kongli tolmagan yoki keyinchalik kamaygan bolishi mumkin. Bu xolda ayol kishi orgazm bolmaydi yoki juda ham kam hollarda boladi.

Sabablari: a’zolarda yoki gormonal muvozanatni buzulishi, ba’zi dorilar, yoqimsiz jinsiy tajribalar, o’ziga ishonmaslik, jufti bilan jinsiy aloqadan boshqa paytda yaxshi muomalada bolmasliklar, stress, depressiya holatlari bolishi mumkin.

Jinsiy aloqadan qochish, yomon korish jinsiy a’zolarga yoki jinsiy a’zolardagi ajralmalarni yomon korish tarzida bolishi mumkin. Bunga yoshlikdagi xotiralari, noto’g’ri yoki kam ma’lumotga ega bolishlik, tajjavuz, travmalar, zorlashlar, jinsiy hayotga bolgan qo’rquv va uyalishlar sabab bolishi mumkin.

Juftlar bir birlariga jinsiy xohish va tanlovlarni aytaolishi kerak, sabrli va bir birini tushunishi kerak, kundalik hayotda ham er- xotinlik yaxshi muomala, dostlik bolishi kerak. Xohish yoqligi davom etaversa shifokorga murojaat qilishlik va davolanishlik kerak.

Qo’zg’alishdagi o’zgarishlar

Qo’zg’alishni izdan chiqishi kuzatilgan ayollarda koitusga tayyorlash va jinsiy aloqa davomida lazzatlanishiga yetarli qo’zg’atishlar bo’lmaydi. Qo’zg’alish bolmaganligi sababli kerakli biologik jaryonlar ro’y bermaydi va klitor qattiqlashuvi, qinning namlanishi, lazzatlanish va orgazm qiyinlashadi. Ayollar shu holatda ham jinsiy aloqada bolaoladilar, lekin vaginada namlik bo’lmagani sababli mayda shikastlanishlar sababli ogriq, achishish paydo boladi. Sabablari sifatida; sistemalik kasalliklar (diabet), gormonal muammolar, menopauza, dorilar, xirurgik yondashuvlar sababli nervlarni jarohatlanganligi va shu juftga nisbatan xohish yoqliklarini ko’rsatishimiz mumkin.

Jinsiy aloqada og’riqlar (Disparoniya)

Tibbiyotda disparoniya deyiladi va ayol kishini jinsiy aloqa paytida og’riq sezishiga aytiladi.  Jarrohlik operatsiyasi o’tqazgan ayollarning 30%ida  kuzatiladi bu holat va o’g’riqli jinsiy aloqa shikoayati bilan shifokorga murojaat qilgan bemorlarni 40%ida tibbiy  o’zgarishlar topiladi . Juftlar bilan yotoqda mos kelmaslik ham psixologik og’riqlarga sabab boladi. Og’riq bilan murojaat qilgan ayollarning yarimida vaginizm aniqlanadi. Vaginizm; jinsiy aloqa paytida vaginani tashqi 1/3 qism mushaklarni beixtiyori qisqarishi va jinsiy olat kiritishga xalaqit berishidir. Travma, tajavvuz va operatsiyalar natijasida paydo bolgan bolishi mumkin. Bundan tashqari qizlik pardasi qoldiqlari, tug’ruqdagi tikishlar, bezlardagi shamollashlar va menopauzadagi qindagi ozgarishlar sabab bo’lishi mumkin.

Vaginizm asosan psixologik sabablar tufayli yoki qattiqqo’llik bilan qilingan tarbiya sababli rivojlanishi ham mumkin. Ota-ona munosabatlarni yaxshi bo’lmasligi, ona becharohol, ota esa jahldor, onasini uradigan, birinchi aloqani juda ham og’riqli boladi deyilishi, jinsiy hayot ayollarga hech qachon yaxshi emasligini lekin chidashga majbur deb tushuntirilishi, vazifasi deb tushuntirilishi, qinga zarar tegadi degan qo’rquv, o’ziga ishonchsizlik va o’zini aybdor his qilishi vaginizm rivojlanishiga turtki bo’ladigan holatlardir. Tibbiy davolash, psixoterapiya va jinsiy terapiya olishlari shart.

Orgazm buzilishlari

Umuman orgazm bolmaslik yoki orgazm kelishi qiyin holat juda ham kam uchraydi. Dastlab vaginizm  sabab va psixologik sabablari ham bor.

Ba’zi ayollar qin orqali ba’zi ayollar klitorni qo’zg’atish orqali orgazmni his qilishadi. Bu normal holat.

Ayol kishi orgazmni his qilishi uchun yetarli qo’zg’atishlar, j.aloqaga tayyorgarlik va jinsiy aloqa davomiyligi kerak omillar hisoblanadi. Ayolda organik yoki psixologik muammaosi bolmasa lekin erkak kishi tez boshalsa ham ayol kishi orgazm his qilmasligi mumkin.

Ayollardagi jinsiy muammolarni uchrashi

Avvallari jinsiy muammolar haqidagi ilmiy ishlar asosan erkaklar ustida olib borilgan. Oxirgi paytlarda ayolni jinsiy aloqadagi ahamiyatini, uni organizmidagi ozgarishlarni o’rganish keng tus olmoqda.

Ko’pchilik ishtirok etgan ilmiy ishlarda ayollarning jinsiy muammolari haddan tashqari kopligi aniqlandi. Masalan: Amerikada 31% erkaklarda 43% ayollarda jinsiy muammolar mavjudligi qayd qilingan. 40million ayol ishtirokida o’tqazilgan tekshiruvda 10%.dan kam ayol doktorga murojaat qilganligi aniqlangan. Diabet kasalligi bilan kasallanga ayollarda 77% xohishni buzulishi, yoqligi, 49%ida esa orgazm bolmasligi keltirib o’tilgan.

Ayollardagi jinsiy muammolarni sabablari

Turli organik va psixologik sabablar tufayli rivojlanadi.  Shu paytgacha ayollarda tekshiruvlar o’tqazilmagan asosan psixologik sabab deb fikr yurutilgan. Oxirgi paytlarda tekshiruvlar shuni korsatdiki bunga organik sabablar ham bor ekan.

Organik sabablar

Sistemali kasalliklar va qon-tomir kasalliklari

Diabet (Qandli diabet), yurak kasalligi, qon bosim kasalligi, qondagi xolesterinni balandligi, ateroskleroz, sigaret chekishlik va hakozolar.

Qo’zg’alishni odatdagidek bolishi uchun, qon tomirlar jarohatlanmagan bo’lishi shart. Qon tomirlari qalinlashgan, qattiqlashgan ayollarda o’tqazilgan tekshiruvlarda vagina va klitorda qon aylanishi buzulishiga sabab bolishligi va bu ham qo’zg’alishlarga sabab bo’lishi, kech qo’lishi, og’riqlar, sirpanish kamligi, xohish kamayishi, orgazmni kamligi aniqlangan. Chanoq soxasidan olingan travmalar sababli ham qon bilan ta’minlanishini kamayishi ham yuqoridagi holatlarga sabab bo’ladi.

Uremiya (qon tarkibida mochevinani yuqoriligi), buyrak yetishmovchiligi va dializ jinsiy qobilayatdagi nuqsonlarga sabab bo’ladi.

Qandli diabet a’zolardagi qon tomir strukturasiga va nervlariga beradigan zararlari tufayli jinsiy hayotda oqsoqliklar uchraydi. 75 ta qandli diabeti bor bemorlarda o’tqazilgan sorovnomada, 30 ta normal ayol bilan solishtirilganda, Qandli diabet borlarda jinsiy hayotda o’zgarishlar kuzatilgan eng boshida jinsiy aloqaga bo’lgan xohishni, orzu-hayolni yoqligi kelsa, klitorial orgazm yoqligi, qindagi bezovtagarchilik, quruqliklar ham qayd etilgan.

Ayolni o’ziga qaray olishga quvvatini qoldirmaydigan surunkali kasalliklar ham jinsiy hayot yashashida buzulishlarga sabab bo’ladi.

Nevrologik sabablar

Nevrologik kasalliklar yoki biron sabab (diabet, travma, tos soxasidagi operatsiyalar) tufayli nerv tizimini jarohatlanishi jinsiy organlarga ma’lumot borishiga xalaqit beradi. Umurtqadan jarohat olishlik, Epilepsiya, tarqoq skleroz, serebrovaskulyar(miya qon tomirlari) kasalliklar, Alsgeymer va Parkinson, nerv sistemasi infektsiyalari salbiy ta’sirga ega.

Gisterektomiya (bachadon amputatsiyasi), jinsiy a’zolarga tegishli operatsiyalar, qovuq va ichaklardagi operatsiyalar paytida nervlarni zararlanishi ham jinsiy funktsiyani buzulishiga olib keladi.

Gormonal sabablar

Jinsiy a’zolar rivojlanishida va jinsiy faoliyatni turli bosqichlarini rivojlanishini ta’minlaydigan gormonlarning qondagi konsentratsiyasini kamayishi jinsiy faoliyatdagi o’zgarishlarga, nuqsonlarga sabab bo’ladi.  Ayniqsa ooferektomiya (tuxumdonlarni olib tashlash)dan keyin bu muammolarga ayollar juda ham ko’p to’qnash kelishadilar.

Jarrohlik muolajalari

Jinsiy a’zolardagi operatsiyalar nerv sistemasini jarohatlashdan tashqari gormonal muvozanatni ham izdan chiqishiga va natijada jinsiy faoliyatni buzulishiga ham sabab bo’ladi.

Ayniqsa mastekatomiya (ko’krak bezlarini olib tashlash) yoki qovuqdagi sistomiya, ichaklardagi stomiya(ichakni teridan tashqariga chiqarib qoyishlik) sababli badandagi ko’rinishlar sababli jinsiy funktsiya buzulishiga sabab bo’ladi.

Davolanish va dorilar

Turli davolash usullari, bazi dorilar va narkotiklar jinsiy hayotni turli darajada zararlaydi. Yurak kasalliklari, qon bosim balandligi, depressiya, gormonal muammolar, o’sma va oshqozon kasalliklarida ishlatiladigan ba’zi dorilar, siydik ko’paytiradigan dorilar ham no’joya ta’sir qiladi.

Dorilarni dozasini davolash kursiga zarar bermasdan kamaytirish mumkin yoki no’joya ta’siri kam doriga o’zgartirish mumkin yoki iloji bolmasa jinsiy funktsiyani tuzatadigan dorilar berish mumkin.

 Yoshni kattaligi

Yosh o’tgan sari klitor va qindagi biriktiruvchi toqima miqdori ortib bo’radi. Natijada klitor qattiqlashadi, qinni kengayish hususiyati yoqoladi.

Menopauza

Menopauzada esterogen va androgenlarni ozayishiga mos ravishda vaginada kichrayish, namlik yoqilishi, jinsiy aloqa bolgan orzu, xohishlar ham kamayadi.

Psixologik sabablar

Bolalikdan tarbiyalanish shakli va bu davrlarda ortirilgan tajribalar va odatlar kishi hayotini keyingi bosqichlariga ta’sir qiladi.

Oiladagi ichki nizolar, jinsiy hayot haqidagi ma’lumotlarni notog’riligi, kamligi va/yoki jinsiy travma (tajovuz) olgan kishilarda jinsiy hayot nuqsonlari koproq uchraydi.

Hayotning keyingi bosqichlaridagi jinsiy omadsizliklar, depressiya, xiyonat, homiladorlik va tug’ruqdan keyingi ruhiy muammolar, organic kasalliklarga javob reaktsiyalari, yosh o’tishligi, juftidagi jinsiy muammolar va jinsiy aloqadagi azoblashlarga uchrashlik kabi sabablar ham ta’sir qiladi. Juftlar orasidagi o’ziga jalb qilishlikni yo’qolishi, munosabatlarni buzulishi, oziga ishonchsizlik, jinsiy aloqada va omadsizlikdan qoriqish, jinsiy hayot haqidagi standartlashgan noto’g’ri fikrlar, erkalashlarni kamligi va psixologik muammolar  bu muammoni hal qilishni yanada qiyinlashtiradi.

Ayniqsa keyinchalik rivojlangan orgazmdagi nuqsonlarda organik sabablar bilan psixologik muammolar ham birga kelishi mumkin. Xar hil psixologik faktorlar orasida juftiga nisbatan iliqlikni yoqolishi yoki jufti uni yoqtirmasligi qo’rquvi, qinga zarar berishi mumkin degan qo’rquvi va aybdorlik hissi asosiy o’rinda turadi.

Ayol jinsiy hayotini izdan chiqqanligini belgilari nimalardan iborat?

En kop quyidagilarga shikoyat qilishadilar:

- Jinsiy aloqaga xohishni , qiziqishni juda ham kamligiga yoki umuman yoqligiga

- Jinsiy aloqada qo’zg’alishni bolmasligiga

- Jinsiy aloqa paytida qindagi namlikni kamligiga yoki yoqligiga

- Jinsiy a’zolarda xissizlik

- Juda qiyin yoki umuman orgazm bolmasligi

- Jinsiy aloqada og’riq, noqulaylik bo’lishi

- Jinsiy aloqadan keyin og’riq va noxush sezgilar bolishi

Ayolda jinsiy hayotida muammo bor yoki yoqligini qanday aniqlanadi?

Jinsiy aloqada muammo borligi, faqatgina ko’rik va ba’zi analizlar bilan tashxis qilish mumkin boladi. Shuningchun shu soxadagi mutaxassisga murojaat qilishlaring kerak. O’z muammolaringnni ochiq oydin aytib, davolanishga xarakat qilishlik eng tog’risidir.  Tashxis va davoni to’g’ri olib borilishligi uchun ham oshkoralik kerak. Bemordan eshitilgan ma’lumotlar va ko’rik natijasida diagnoz qoyilgan taqdirda ham bazi analizlar qilish foydadan holi bolmaydi.

Ilk bosqichdagi tekshuruvlar:

Tibbiy ko’rik, psixolosotsial baholash o’tqaziladi, sorovnomalar toldiriladi.

Qon (gluyukoza, kreatinin, xolesterin, trigleseridlar, jigar fermentlari va hakozo) va siydik , gormonal profil (FSG, LG, Estradiol, Testosteron) ilk talab qilinadiganlardandir.

Keyingi bosqichdagi tekshiruvlar:

Doppler Ultrasonografiya: - jinsiy a’zolardagi qon oqimi tezligini o’lchaydi, asosan qon tomir patologiyasi bor yoqligini aniqlash uchun kerakli

Biotenziyometriya: -  qo’zgatish signallarini berib javob reaktsiyaini qayd qilish, nevrologik baholanadi

Vagina pH korsatkichi: - lakmus qog’oz bilan kislotalik darajasi olchanadi

Vagina kompliyansi: -  qin hajmi va qarshiligi olchanadi.

Vagina issiqligini olchash: - qo’g’alish natijasida keladigan qon oqimini ortishi hisobiga issiqlik ko’tariladi.

Davolash:

Sabab aniqlangandan keyin kerak dori darmon, psixoterapyia, vakkum jihozlardan foydalaniladi. Xozirgi kunda davolash metodiklari ustida izlanish olib borilmoqda.

Gormonal davolash (Testosteron, prostaglandin E1, alprostadil, fentolamin, apomorfin)

fosfodiesteraza 5 ingibitorlari

Klitoriyal vakkum jihozlari

TENS (transkutanoz nerv qo‘zg‘atishlari)

Psixologik qo‘llab quvvatlashlar olib boriladi.

Xulosa:

Jinsiy aloqani boshlash, davom ettirish va qoniqish bilan tugashiga tosqinlik qiladigan har qanday muammoni tortinmasdan shu soxadagi mutaxassisga murojaat qilish kerak va togri, toliq ma’lumotlarni olgandan keyin kerak bolsa davolash kerak

Jinsiy aloqani izdan chiqishini sabablari va davolashga qaratilgan ilmiy izlanishlar jadal suratlarda davom etmoqda, qolimizdagi ma’lumotlarga va metodikalarga yangi yangilarini qoshib borishimiz kerak. Jinsiy hayot juftlarning kuch va energiya sarflab birga davom ettiradigan mashg’ulotlari va buning natijasidagi qoniqishni his qilishga har ikki tarafni ham haqqi borligini unutmaylik.