• Jul

    11

    2012
  • 6263
img

KRIPTORXIZM FARZANDSIZLIK SABABChISI

KRIPTORXIZM FARZANDSIZLIK SABABChISI

 

«Yoshim 28 da. Uylanganimgaoltiyilbo'ldi, lekinhamonfarzandsizman. Shuvaqtmobaynidao'zimnibutkulsog’lomhisoblab, birormartahamshifokorgako'rinmabman. Oilamizdagibunoxushlikkanuqulayolimniaybdorsanab, unidavolanishgamajburlayveribman. Harxildo'xtirlarutabiblargaqatnab, turli-tumandorilarniqabulqilaverganidanoxirixastaholgaaylandi. Bechoraningasablarihamadoitamombo'lib, har-hardahushidanketadiganbo'libqoldi.

Va nihoyat, yaqinda poytaxtdagi klinikalardan birida tekshiruvdan o'tdim. Ma'lum bo'lishicha, farzandsizligimga aynan o'zim sababchi ekanman, menga «bir tomonlama kriptorxizm» degan tashxis qo'yishdi. To'g’risi, dunyo ko'zimga qorong’i ko'rinib ketyapti. Nahotki, men hech qachon ota bo'la olmayman?.. Nahotki mendan avlod – davomchi qolmaydi?..»

Asror, Qarshi

 

Ushbu satrlarni o'qigan kishining ko'z oldida maktub egasining ruhiy holati namoyon bo'lmay iloji yo'q. Shifokorlarning ta'kidlashicha, kriptorxizm dardi o'z vaqtida davolanmasa, ana shunday ayanchli oqibatlarga olib kelishi tayin ekan. Xo'sh, bu qanday kasallik, uning sabab va oqibatlari nimalardan iborat? Biz ana shu savollarga javob izlab Respublika ixtisoslashgan urologiya markazi shifokori Ilhom Ziyatovga murojaat qildik.  

– Kriptorxizm bir yoki har ikkala urug’don, ya'ni moyakning yorg’oqqa tushmay qolishi bilan bog’liq kasallikdir. Ma'lumki, moyaklar dastlab homila qorin bo'shlig’ining yuqori qismida shakllana boshlaydi va homiladorlikning to'qqizinchi oyi ikkinchi yarmida yorg’oqqa tushib joylashadi. O'g’il bola tug’ilganida moyaklarning yorg’oqda bo'lishi uning to'la sog’lomligidan darak beruvchi belgilardan biridir.

Demak, kriptorxizm kasalligida moyaklar yorg’oqqa tushmay, torayish, jarohat, chandiq kabi mexanik ta'sirlar tufayli bel yoki qorin sohasida, chov kanalida to'siqqa uchrab, tutilib qoladi. Statistik ma'lumotga ko'ra, tug’ilgan chaqaloqlarning 3-4 foizida kriptorxizm kuzatiladi. Bunda ota-onalar juda hushyor bo'lishlariga to'g’ri keladi. Agar olti oygacha ham moyaklar yorg’oqqa tushmadimi, darhol shifokorga murojaat etish lozim. Odatda, 3 yoshgacha bo'lgan bolalar dorilar yordamida davolanadi, 3 yoshdan kattalari esa operatsiya qilinadi. Kasallikni davolashda har bir bemorga alohida yondashiladi. Bordiyu, moyaklarning yorg’oqqa tushishi ehtimoli bo'lsa,bir muddat kutiladi, aks holda jarrohlik amaliyoti qo'llaniladi. Muolaja qanchalik kechiksa, oqibatlar shunchalik noxush bo'lishi mumkin.

Ma'lumki, yorg’oqdagi harorat qorin sohasidagi haroratdan 2-3 daraja past­roq bo'lib, moyaklarning normal rivojlanishi uchun qulay sharoit mavjud. Moyaklar yorg’oqqa tushmay, yuqori haroratda ko'p muddat qolib ketsa, spermatogen (reproduktiv) faoliyatga salbiy ta'sir ko'rsatmay qolmaydi.       

Kriptorxizmda bola hech narsadan bezovta bo'lmagani uchun ota-onasiga shikoyat qilmaydi. Afsuski, ayrim pediatrlar ham bola salomatligini tekshiruvdan o'tkazishadi-yu, moyaklarning yorg’oqqa tushib-tushmaganligiga e'tibor berishmaydi. Kriptorxizmni aniqlash uchun chov sohasini tekshirish, yorg’oqni paypaslab ko'rish, to'la ishonch hosil qilish maqsadida ultratovush tekshiruvi o'tkazish kerak.

Kriptorxizmning chin va soxta turlari bor. Soxta kriptorxizmda moyaklar har-harda yorg’oqqa tushib turadi, buni operatsiyasiz ham davolash mumkin. Agar bolada chin kriptorxizm aniqlansa, yuqorida ta'kidlanganidek, o'z vaqtida davolash yoki operatsiya qilish kerak bo'ladi. 

 

Abdusodir ASHUROVsuhbatlashdi