• Mar

    28

    2013
  • 4870
img

Tug’ma penis egriligi

Tug’ma penis egriligi.

 Tug’ma penis egriligi.

Kasallikni tashxisi va uchrashi:

Tug’ma penis (erkak jinsiy olati) egriliklari odatda jinsiy balog’atga etgach ma'lum bo'ladi,  ya'ni erektsiya boshlanishi bilan aniq bo'ladi va erektsiya paytida egrilik kuzatiladi, bu tug’ma kasallik bo'lib 100.000 erkakdan 37 tasida uchraydi.

            Sabablari:

Sababi to'la aniq emas lekin bir nechta teoriyalar bor, bulardan; uretral blyashkani noto'g’ri rivojlanishi, meatusda fibroz to'qima rivojlanishi, kavernozal va spongiozal to'qimalarni rivojlanishidagi nisbatni buzilishi.

            Tashxis qo'yish va uni baholash:

Ko'zdan kechirish va erektsiya paytidagi penisni rasmga olish orqali diagnoz qo'yiladi. Odatda kasallarni o'zlari egrilikni biladilar. Erektsiya paytidagi penisni yuqoridan va yondan olingan rasmlari orqali tashxis qo'yish va davolash hajmini aniqlash imkoniga ega bo'linadi.

            Kasallik belgilari:

Erektsiya paytida egrilik, jinsiy aloqaga erisha olmaslik, jinsiy aloqa paytida og’riqlar bo'lishi mumkin. Ba'zibemorlarda shikoyatlari bo'lmasa ham kosmetik noqulaylik sababli murojaat qiladilar            Ko'rsatma:

Jinsiy aloqaga kirishga qiynalsalar, og’riq bo'lsa va egrilikni  (35 - 40˚) yuqori darajalari

            Davolash:

Faqat operativ.

Konservativ davolash usuli yo'q. Jarrohlik usullari 2 xil:

1-Uzun tarafni (konveks) qisqartirish;

2 – Qisqa tarafni (konkaev) uzaytirish.

1 – Plikatsiya qo'yish orqali bajariladi va buning uchun egrilik 60˚ dan ko'p bo'lmasligi penis etarli darajada uzun bo'lishi kerak. Odatda tug’ma  egriligi bo'lgan bemorlar penisi uzun bo'ladi shuning uchun  plikatsiya qo'yish  orqali yo'qotiladigan (0.5 – 1.5sm) uzunlik ularning jinsiy hayotiga ta'sir o'tkazmaydi.  Nesbit, Yachia, Dikkett, Lue kabi bir nechta metodlar mavjud.

2 – Intsiziya va grafting metodi; avval egrilik bor jo'y kesiladi va yamoq materiali tikiladi. Murakkab (ikki tarafli) egrilik va 60˚ dan ko'p bo'lgan holatlarda qo'llaniladi.

            Asoratlari:

Bemorga ko'ra har xil bo'lib asosan  penis uzunligini qisqarishi, egrilikni qaytalanishi, granuloma, erektil disfunktsiya, gematoma, penis gipoesteziyasi, uretra shikastlanishi bo'lishi mumkin

Operatsiyadan so'ng:

Uyga ketgach bir kundan so'ng odatdagi ishlarni bajarish mumkin. Teriga o'zi  so'riladigan tikish material ishlatilgani sababli 7 kunda so'rilib ketadi. Va yuvinsa bo'ladi. 6 hafta jinsiy aloqaga kirilmaydi. 8 haftadan so'ng og’ir ishlar ham qilsa bo'laveradi.

Vrachga 7 – 10 kundan so'ng bir marta ko'rsatadi, so'ngra  yilda bir marotaba keladi.

Natijasi 71 – 90% hollarda ijobiydir