• Jun

    13

    2013
  • 30662
img

Analiz uchun siydik yi'gish.

Analiz uchun siydik yig’ish

 Analiz uchun siydik yig’ish

Quyidagi usullari mavjud:

-          Toza siydik analizi olish

-          Qovuq usti aspiratsiya orqali olish

-          Kateterdan olish

Siydik olish yosh bola(chaqaloq)larda ba'zi qiyinchiliklar tug’dirishi mumkin. Ular uchun maxsus polietilenlik qopchalar bo'lib chov soxasiga mahkamlanadi, lekin bularda ko'proq soxta ijobiy natijalar kuzatilishi mumkin. Bundan qutilish uchun qovusti aspiratsiyasi ma'qulroq.

Erkaklardagi prostatik infektsiyani tasdiqlash uchun fraktsion siydik olish kerak bo'ladi.

Toza siydik olish

     Toza siydik olish texnikasi juda sodda bo'lib, buni bemorlarni o'zlari ham bemalol bajaraoladilar. Bajaraolmaydiganlarga tibbiyot xodimi yotiqlik bilan tushintiradi.

Asosiy shartlari

Bakterial zararlanish quyidagi manbalardan o'tadi:

A) soch tolalari yoki oraliq soxasidigi boshqa kirliklar siydik bilan yig’ilayotgan idishga tushishi mumkin.

B) bakteriyalar, qin ajralmalari siydik oqimi bilan siydikka aralashishi mumkin.

V) qo'ldagi, teridagi va kiyimdagi mikroblar siydik yig’uvchi idishga tushishi mumkin.

     Tozalovchi muolajalar vulvadagi, uretra uchidagi va oraliqni shu soxasidagi mikroorganizmlardan xolos qilishi va analizga faqatgina siydik yo'llaridagi mikroblarnigina tushishiga ishonch hosil qildirishi kerak.

Xona va xodim

Tualetdan ajralgan xona va krovat ostiga joylashtiriladigan sudnolardan tashqari yaxshi tayyorlangan hamshira ham kerak bo'ladi.  Hamshira bemorga tushintirish ishlarini olib borishi kerak bo'ladi.  Siydikdan ekma olinish kerak bo'lsa muhit bilan ta'minlashi kerak bo'ladi.

Tartibi

Har bir bemorga siydik analizi olish uchun quyidagilar kerak bo'ladi.

A) 4ta steril paxta bintlik tampon (10x10sm)

B) 5% sovunli suvli eritma (ko'k sovun). Tamponlar shu erimaga yaxshilab bo'ktirilgan bo'lishi kerak

V) Steril pintset (qisqich) tamponlarni olish uchun

G) keng og’izli steril idishlar, og’zi berkiladigan, siydik yig’ish uchun

Siydik analizini topshirishdan oldin bemorlarga quyidagilarni tushintirish kerak bo'ladi

Bemorlar uchun ko'rsatmalar

Ayollar uchun

1. Pastki kiyimlarni echib tashlash

2. qo'llarni sovun bilan yaxshilab yuvish, chayqash, quritish

3. bitta qo'l barmoqlari bilan tashqi jinsiy lablarni ochib turish va siydik topshirib bo'lgungacha qo'yib yubormaslik

4. yaxshilab sovunli suvga bo'ktirilgan tamponlardan birini olish va faqatgina birgina xarakat bilan oldindan orqaga yurgizgan holatda vulvani artish. Ishlatilgan tamponni axlatga tashlash

5. holatni o'zgartirmay turib yana 2ta tampon bilan yuqoridagi jarayonni qaytarish

6. oxirida vulvani quritish uchun 4.chi tampondan foydalanish, aynan yuqoridagi harakatlar bilan.

7. Bemorda qovug’ida kamida 200-250ml siydik borligiga taxmin qilingandagina analiz topshiriladi. Bemor 50ml, 100ml, 150ml va hakozo belgilangan idishga siya boshlaydi. Qachonki 150ml siydik siyib bo'lingandagina siydik oqimini to'xtatmasdan analiz uchun siydik olinadi. Siydik olinadigan steril idish kiyimga va badanga tegmasligi kerak.

Qo'l bilan idishni og’ziga tegish kerak emas. Bemor idishni yopishi kerak emas. Sanitarka idishni yopib nomerlab zudlik bilan ekish va tekshirishga etkazishi kerak bo'ladi. Ekish kechiktirilsa siydik muzlatgichda saqlashnishi kerak.

!!! Har qanday holatda ham siydikni ekish va tekshirish uchun katta idishlardan (banka, sudno) olish kerak emas va uydan ham olib kelish kerak emas.

Erkaklar uchun

1. Pastki kiyimlarni echib tashlash

2. qo'llarni sovun bilan yaxshilab yuvish, chayqash, quritish

3. bitta qo'l barmoqlari bilan sunnat terisin tortib ochib turish va siydik topshirib bo'lgungacha qo'yib yubormaslik

4. yaxshilab sovunli suvga bo'ktirilgan tamponlardan birini olish va jinsiy olat boshini tozalash, ishlatilgan tamponni axlatga tashlash

5. holatni o'zgartirmay turib yana 2ta tampon bilan yuqoridagi jarayonni qaytarish

6. oxirida quritish uchun 4.chi tampondan foydalanish, aynan yuqoridagi harakatlar bilan.

7. Bemorda qovug’ida kamida 200-250ml siydik borligiga taxmin qilingandagina analiz topshiriladi. Bemor 50ml, 100ml, 150ml va hakozo belgilangan idishga siya boshlaydi. Qachonki 150ml siydik siyib bo'lingandagina siydik oqimini to'xtatmasdan analiz uchun siydik olinadi. Siydik olinadigan steril idish kiyimga va badanga tegmasligi kerak.

Qo'l bilan idishni og’ziga tegish kerak emas. Bemor idishni yopishi kerak emas. Sanitarka idishni yopib nomerlab zudlik bilan ekish va tekshirishga etkazishi kerak bo'ladi. Ekish kechiktirilsa siydik muzlatgichda saqlashnishi kerak.

!!! Har qanday holatda ham siydikni ekish va tekshirish uchun katta idishlardan (banka, sudno) olish kerak emas va uydan ham olib kelish kerak emas.

Erkaklarda portsionli siydik olish (Meyers Stamey sinamasi uchun)

Bu tekshiruvni o'tkazish uchun imkon bo'lsa erkaklar jinsiy aloqada 3-7kun bo'lmasliklari tavsiya qilinadi.

Jinsiy olat boshi yuqoridagidek tozalanadi.

Birinchi portsiya 5-10ml (VB 1), o'rta portsiya 5-10ml (VB 2),  toza prostata sekreti (ERS) va uchinchi portsiya prostata massajidan keyingi  5-10ml (VB 3) siydik steril idishlarga quyidagi tartibda olinadi:

Avvalo bemor qovug’i yaxshi to'lgan bo'lishi kerak.

Birinchi portsiya ilk uretradan chiqayotgan siydikni olinadi, lekin bemor siyishda to'xtamay davom etaveradi, taxminan 200ml, ya'ni qovuqdagi siydikni yarmiga kelganda ikkinchi portsiya olinadi va bemorga siyishni to'xtatish aytiladi. So'ngra bemor oldinga egiladi bir qo'l jinsiy olat boshini ochiq holda ushlab turaveradi. Ikkinchi qo'l bilan esa steril idishni uretra og’ziga tekkizmasdan tutib turadi.  Vrach prosatatni massaj qilib sekret chiqarishga harakat qiladi.

Sekret chiqqanidan so'ng bemor yana uchinchi idishga siydik topshiradi.

Siydik analizi topshirayotganda kontaminatsiyaga juda katta e'tibor berish kerak, agar sunnat qilinmagan erkaklarda sunnat terisi analiz topshirish vaqtida jinsiy olat boshchasigacha tushib ketsa qaytada tozalash kerak bo'ladi.

Bundan tashqari siydikka hech qanday detergentlar (yuvish vositalari) aralashish kerak emas, agar aralashsa bakteriologik tekshiruvlar ishonchliligi yo'qoladi. Barcha olingan siydik analizi va prostata sekreti mikroskopik va bakteriologik tekshiruvlardan o'tkazilishi shart. 

Guidelines on Urinary Tract Infection, 2013