• Jun

    03

    2014
  • 22482
img

Erkak jinsiy a'zolari (ORGANA GENITALIA MASCULINA):

Erkak jinsiy a'zolari (ORGANA GENITALIA MASCULINA):

Erkak jinsiy a'zolari (ORGANA GENITALIA MASCULINA):

 

          Ikkiga bo'linadi: ichki va tashqi

 

Tashqi jinsiy a'zolari:

Yorg’oq (Scrotum) va jinsiy olat (penis) iborat.

Ichki jinsiy a'zolar:

Moyak (Testis), Moyak ortig’i (epididymis), urug’ olib chiquvchi kanal (ductus deferens), urug’ pufakchasi (vesicula seminalis) va eyakulyatsiya kanali (ductus ejaculatorius).

Qo'shimcha bezlari:

          Urug’ pufakchalar (GLANDULA SEMINALIS (VESICULA SEMINALIS), Prostata bezi (GLANDULA PROSTATA), Kuper bezlari (GLL. BULBOURETHRALES (COWPER)

 

YoRG’OQ (SCROTUM):

 

          Chot orasida joylashgan ichida moyak, epididim va urug’ tizimchasini (testis, epididymis, funiculus spermaticus) himoya qiladigan xalta ko'rinishga ega a'zodir. O'lchami yoshga bog’liq ravishda o'zgarib turadi. Yangi tug’ilganlarda qovga yopishib tursa yosh o'tgan sari pastga osilib boradi. Moyaklar ona qornidagi davrda beldan rivojlanib qorin devorini yorib o'tib yorg’oqqa tushadi va shu tushish yo'lida to'xtalishlar ham ma'lum kasalliklar(kriptorxizm va hakozo)ga sabab bo'ladi. Qorin old devori mushak to'qimalari ham yorg’oq qavatlarida ishtirok etganligi sababli ularn qisqarish xususiyati bo'lganligi sababli moyaklarni tashqi haroratga moa ravishda yuqoriga va pastgi xarakatlanishiga yordam beradi

          Scrotum terisida melanin pigmenti ko'pligidan rangi to'qroq bo'ladi. Juda oz miqdorda yog’ hujayralari uchraydi va mahsulotida o'ziga xos hid bo'ladi.

          Yorg’oqni harorati odatda tana haroratidan 3-4o gradus pastroq bo'ladi. (33,9o).Buning sababi esa urug’ hujayralarini ishlashi uchun uyg’un haroratdir. Shuning uchun yuqori temperaturada ishlaydiganlarda (metallurgiya), ko'p saunaga kiradiganlarda, yosh davrda tor kiyim (plavka trusi) kiyadiganlarda farzandsizlik ko'proq uchraydi.

Istisko, Gidrosele(Hidrosele), Vodyanka : ko'p uchraydigan kasalliklaridan biridir, moyak pardalarida turli sabablarga ko'ra suv yig’ilishdir. Chorasi asosan operativdir. Gematotsele, Hematosele: qon to'planishidir.

 

Jinsiy olat (PENİS):

 

          Ikki qismdan iborat, erkin qism tashqari yorg’oq ustida osilib turadi, silindr shaklda bo'ladi uzunligi yoshga irqqa bo'yiga ko'ra 9sm.dan 20sm.gacha bo'ladi. Qimirlamaydigan qismi qov suyagiga ikki oyoqcha bilan yopishgan holda turadi. Jinsiy olatni vazifasi jinsiy aloqada bo'lish va siydikni tashqariga chiqarishga yordam beradi. Jinsiy olat ikkita g’ovak (kavernoz) tanacha va spongioz tanacha )ichida uretra siydik kanali)dan iboratdir. Uchinchi g’ovak tanacha spongioz tanacha uch tomonga kelib jinsi olat boshchasini hosil qiladi. Yangi tug’ilgan chaqoloqlarda boshchasi sunnat terisi bilan qoplangan bo'ladi va Tisson bezchalari smegma ishlab chiqaradi. Sunnat terisini uchi ochilmay qolishi natijasida (fimoz deyiladi kasallikni nomi) siyishga qiyinchilik tug’diradi. Gigena jihatida bu terini olib tashlashlik ma'qul hisoblanadi.

 Uretra (siydik kanali) URETHRA MASCULINA:  jinsiy olatning ostida joylashgan siydik va jinsiy aloqada sperma tashqariga chiqishiga yordam beradi.

 Ichki jinsiy a'zolar:

Moyak (Testis), Moyak ortig’i (epididymis), urug’ olib chiquvchi kanal (ductus deferens),urug’ pufakchasi (vesicula seminalis) va eyakulyatsiya kanali (ductus ejaculatorius).

 Moyaklar TESTIS (ORCHIS):

 

          Yorg’oq ichida urug’ tizimchasi elementlari bilan tutash holada ovalsimon ko'rinishdagi, asosiy urug’(spermatozoid) va erkaklik gormoni (testosteron)ni ishlab chiqaruvchi muhim juft(2ta) bez a'zodir. 4-5 sm uzunligi, 2,5-3sm eni va 2-3sm qalinlikka egadir. Odatda  og’irligi 10-14gr atrofida bo'ladi. Yorg’oq ichida ba'zan harakatlanib ba'zan osilgan holatlarda turadi. Ikki qavat oqsil pardasi bo'ladi va shu parda o'ta sezuvchandir og’riq retseptorlari ham shu erda joylashgan. Chap mochk o'ngga nisbatan ko'pincha pastroqda joylashgan bo'ladi buni sababi embrional rivojlanish davrida moyaklarni hosil bo'lishi joylarini farqli bo'lganidandir. Moyaklar qorin ichki haroratida faoliyat ko'rsataolmaydilar(sprematozoid ishlab chiqarish uchun) ular uchun uyg’un sharoit 2 va 3 gradus past bo'lishidadir.        Rivojlanishni izdan chiqishiga qarab ham ba'zi kasalliklar kelib chiqadi. Ona qornida 4 oyida kanal bo'ylab joyiga harakatlanish boshlanadi. 7 oyda nomsiz kanalni ichki teshigiga kelgan bo'ladi shuning uchun erta tug’ilgan erkak chaqaloqni moyaklari joyida bo'lmasligi ba'zan normal holat hisoblanib kutish tavsiya qilinadi. Homiladorlikni oxirgi 2 oyi ichida kanaldan o'tib o'z joyiga tushadi. Qorin bo'shlig’idan o'z yotog’iga tushishi uchun gubernaculum testisnomli bog’lam kerak bo'ladi shuni rivojlanmasligi moyaklarni o'rniga tushmaslikka yoki qaytib chiqishiga sabab bo'ladi va jarrohlik yo'li bilan moyak joyiga fiksatsiya qilinadi.Undan tashqari moyak qorin bo'shlig’idan o'tib kelayotganda qorin parda(processus vaginalis) ham ishtirok etadi moyak o'z o'rniga tushganda bu kanal so'rilib ketish kerak ba'zan yopilmalik hisobiga churralar (grija) yoki istisqo (vodyanka) rivojlanadi. Tug’ilganda moyaklarni o'z o'rnida bo'lmasligi kriptoorxizm, moyakni o'z yo'nalishidan boshqa joylarda bo'lishi ektopiya deyiladi. Har ikki moyakni rivojlanmasligi anorxizm, bittasini bo'lmasligi monoorxizm, yaxshi rivojlanmasligi moyak gipoplaziyasi deyiladi. Bu erda bir og’iz tomirlari haqida aytib o'tishimiz kerak bo'ladi, moyak venalarini kengayishini va reflyuksini varikotsele deyiladi va haqda alohida maqolamiz bor tanishishilaring mumkin.

 Moyak ortig’i EPIDIDYMIS:

           Tekis yoyib chiqilganda taxminan 6 metr uzunlikka ega bo'ladigan egri bugri kanaldir. Moyakni orqa ust tarafida yarim oysimon shaklda turadi. Uch qismdan iborat bosh, tana va dum. (caput, corpus va cauda epididymis).  Har bir urolog va androlog bemor ko'rish payti bularn palpatsiya qilish shartdir. Bosh qismida bir ortiq yana mavjudki ba'zi hollarda shuning o'zini buralib qolishi ham kuchli og’riqlarga sabab bo'ladi (appendix epididymidis). Moyak ortig’ini asosiy vazifasi moyaklarda ishlab chiqilgan spermatozoidalarni ombori deposidir. Lekin bu ergacha ular hali harakatchan bo'lmaydilar.Spermatozoidlar moyak ortig’ida va prostata bezini mahsuloti ta'siri ostida harakatchanlik qozonadilar.

 Urug’ olib chiquvchi kanal (DUCTUS DEFERENS):

           Moyak ortig’ini davomi sifatida rivojlanagan uzunligi 40-50sm atrofida vazifasi faqatgina urug’ni eyakulyatsiya kanaligacha o'tqazib berishdir. Eski adabiyotlarad tomirga o'xshash bo'lganiga vasa deferens  deyilgan. Ko'rikda albatta ko'rilishi shartdir, chunki tug’ma rivojlanmagan holatlar ham mavjuddir. Bundan tashqari erkaklar kontratseptsiyasida bog’lab qo'yish orqali erkaklarni homilador qilish qobilyatini ham to'xtatish mumkin. Vazektomiya deyiladi. Turli sabablarga ko'ra ayol kontratseptsiyasi (spiral va h) mumkin bo'lmagan holda murojaat qilish mumkin bo'lgan usuldir.

 Urug’ otuvchi kanalcha DUCTUS EJACULATORIUS:

           Urug’ olib keluvchi (Ductus deferens) bilan urug’ni tashqariga chiqaruvchi kanalni (ductus excretorius) birlashishi natijasida paydo bo'lgan kanalchadir. Prostatani ichida o'tib siydik kanalidagi urug’ do'mboqchasiga ochilidi.

 FUNICULUS SPERMATICUS:

           Moyak tomirlari, nervlari, urug’ olib chiquvchi kanalni o'z ichida tutuvchi hosiladir. Har ikki tarafada bittadan bo'lib nomsiz kanalni ichidan o'tib moyaklarni yorg’oq ichida osilib turishini ta'minlaydi.

 Qo'shimcha bezlari: oxirgi paytlarda ichki genital a'zo sifatida qabul qilinmoqda.

 Urug’ pufakchalar (GLANDULA SEMINALIS (VESICULA SEMINALIS):

 urug’ suyuqligigi asosan fruktoza spermatozoidlarni energiyasini ta'minlashga javobgardir.

Prostata bezi (GLANDULA PROSTATA):

 

          Kichik chanoq ichida qov suyagi ortida joylashgan qovuq chiqishi qismida siydik kanali o'rab olgan holda turadi. 3x4x2,5sm o'lchamga ega. Asosiy vazifasi spermatozoidlar uchun hayotbaxsh qiluvchi sekret ishlab chiqarish, erkak gormonlarni aktiv formasiga o'tqazish va hakozolardir. Eng keng tarqalgan kasalliklari prosatati (bu haqda maqola bor saytda tanishib chiqinglar) va yoshi o'tganda jinsiy faollikdan susayish boshlanganda rivojlanadigan adenomadir. Prostata bezi xavfsiz giperplaziyasi ham deyiladi. Kelgusida maqola yozamiz.

 

Kuper bezlari (GLL. BULBOURETHRALES (COWPER):

 

          2-3 sm uzunligida siydik kanalini boshlanish qismida turadi. Vazifasi eyakulyatsiyadan oldin mahsulot ishlab chiqarib qoldiq siydikni neytrallash va eyakulyatni chiqishiga zamin tayyorlash.