• Nov

    23

    2014
  • 46618
img

PROSTATA NIMA VA PROSTATA KASALLIKLARI NIMALAR ?

PROSTATA NIMA VA PROSTATA KASALLIKLARI NIMALAR ?

PROSTATA  NIMA VA PROSTATA KASALLIKLARI NIMALAR ?

(Prostata bezi adenomasining operatsiyasi haqida ko'proq ma'lumot berildi.)

            Prostata bu erkaklardagi  bir ichki sekretsiya bezidir (ya'ni bir a'zodir bu bo'lmasa erkaklik xususiyatlari ham rivojlanmaydi).  Siydik pufagi(qovuq)ning ostida joylashgandir. Siydik, siydik kanalidan o'tib, jinsiy olatdan tashqariga chiqadi. Siydik kanali bo'lsa jinsiy olatga prostata bezining ichidan o'tib ulanadi. Boshqacha qilib aytganda prostata bezi siydik kanalini uzuk singari o'rab olgan. Shuning uchun prostata bezi kattalashganda bu yo'lning tiqilishiga olib keladi va erkaklarda shunga bog’liq shikoyatlar boshlanadi.

Prostataning inson tanasida bir necha vazifasi bor bulardan voyaga etganlarda asosiy vazifasi maniy(sperma)ni hosil qiluvchi suyuqliklarning bir qismini ishlab chiqarib, spermatozoidlarning xarakatlanishiga yordamchi bo'ladi.

Prostata kasalliklari nimalar?

Prostata bezining kattalashishi(adenomasi) (xavfsiz)

Erkaklarning yoshlari ulg’aygan sari (asosan 40 yoshdan  so'ng) prostataning hajmi ortadi, kattalashib boradi. Bunga tibbiyotda Prosatata bezining xavfsiz giperplaziyasi (PBXG) deyiladi. PBXG (xavfsiz o'smadir) rak kasalligi emas. PBXG 60 yoshdagi erkaklarning 60% ida bo'ladi va bu yoshdan o'tgan erkaklarning 40% ida ba'zi shikoyatlarga yo'l ochadi. Shu sababdan, asosan 50 yoshdan so'ng murojaat qilishlari juda ko'p uchratilgan holatdir.

Prostata bezining yallig’lanishi (Prostatit)

Prostatit, prostata bezining yallig’lanishi kasalligidir, infektsiya natijasida vujudga keladi. Ancha yosh davrlarda ko'rish mumkin. Bir necha turlarga bo'linadi. Siyish bilan bog’liq shikoyatlar, titroq, og’riq kabi turli tuman simptomlar bilan ham kuzatilishi mumkin. Umuman olganda bitta turidan qolganlari antibiotiklar bilan davolanadi.

Prostata raki

Yaxshi xarakterli kattalashuvdan boshqa bir tarzdagi kasallik hisoblanib. 70 yoshdan keyin yaqin 10 ta erkakdan 4 tasida prostata rakiga duch kelish mumkin, (oxirgi adabiyotlar 50yoshdan keyin ham ko'payganini qayd etmoqdalar) faqat bu kishilarning ko'pchiligining hayotiga salbiy ta'sir ko'rsatmayotganligi uchun erkaklar urolog nazoratiga borishga qunt qilmaganliklari sababli juda kech davrlarda aniqlanmoqda va noxush holatlar bilan tugamoqda. Shu bilan birga, ta'kidlash lozimki yoshlikda bu kasallikka chalinganlar uchun kasallik hayotlariga o'ta salbiy  ta'sir qilishligi saqlanib qolyapti. Bu erda rakni patologik darajasi muhimdir.  Kasalga yondashishni belgilashda katta ahamiyatga ega.

Prostata bezi kattalashuvi(adenomasi) PBXG da shikoyatlar va simptomlar nimalardan iborat?

Prostata bezi kattalashgan sari siydik kanalini siqib siydikni tiqiltira boshlaydi va siydikning normal oqishiga salbiy ta'sir qilaboshlaydi. Siydikning erkin oqishi cheklangan sari siydik pufagi bu qarshilikni engish va siydikni toraygan siydik yo'lidan otilib chiqishi uchun yanada ko'proq kuch bilan qisqara boshlaydi. Vaqt o'tgan sari qovuq devorlari qalinlashadi, ammo qisqarish kuchi ozayadi, siydik pufagi to'liq bo'shalmaydi va  siydik qola boshlaydi.

Yoshingiz 40da yoki 40dan yuqori bo'lsa va quyidagi shikoyatlardan biri yoki bir nechtasi sizda kuzatilsa bu, prostata bezi adenomasiga bog’liq bo'lishi mumkin.

·         Siyishda qiynalish

·         Kuchanib siyish yoki siydik oqishining, bosimining pasayishi

·          Siyishni boshlashda kechikish yoki kutish

·         Uzoq siyish

·         To'satdan siydik siqilishi, siydik qochishi xissi

·         Tez tez siygani chiqish

·         Kechasi uyqudan uyg’onib siygani chiqish

·         Siygandan so'ng siydik pufagini to'liq bo'shatilmaslik hissi

·         Siydik qochishi

Urologga uchrash kerak turli kishilar va televizor reklamalari, aptekachilar tavsiyasiga ko'ra dori yoki boshqa narsalar qabul qilmang!!!

Birdan siyaolmaslik (to'liq tiqilish)

Ba'zi erkaklar birdan siyaolmaslik holatiga ham tushishlari mumkin. Bu umuman prostata bezining kattalashuvi belgisidir. Siydik pufagi to'la faqat siydik kanali prostata tomonidan tiqilib qolgani uchun kishi siyaolmaydi, juda og’ir holatdir. Bunday holatda darxol kasalxonaga murojaat qilishlari lozim. Urolog mutaxassisi jinsiy olatdan siydik pufagiga ingichka bir naycha (kateter) qo'yib siydik pufagini bo'shatadi. Bu holat, umuman prostata kattalashuvi davolanishi uchun muolaja zarurligi ko'rsatidi.

Prostata kattalashuvida ta'sir qiladigan faktorlar: (masalan, irq, atrof muhit, semirish)

PBXGning qora irqda oqlarga nisbatan yanada keng yoyilganligiga doir ma'lumotlar bor. G’arb tibbiyotiga ko'ra semirishning ham prostata kattalashuviga ta'siri bo'lishi mumkin, faqat prostataning kattalashuvi bo'yicha mexanizmlari xanuzgacha to'liq ma'lum emas. Kishining yoshi va erkaklik garmoni ikki muhim faktordir.

40 yoshga kirgan bir erkakning hech bir shikoyati bo'lmasa ham Urolog mutaxassisi tomonidan yilda bir marta muolaja qilinishi kerak. Doktoringiz oldindan sizning shikoyatlaringizni tinglaydi, sizga savollar beradi, ko'rikdan o'tqazadi va kerakli tekshiruvlarni o'tqazadi natijalarga asoslanib tashxis qo'yib sizni davolaydi.

Kerak bo'lishi mumkin bo'lgan ba'zi tekshiruvlar:

·         Siydik tahlili (infektsion yoki emasligi, uydan olib kelish kerak emas, 3 soat siymasdan kelinsa kifoyadir)

·         Qon taxlillari (prostata yoki buyrak kasalligi nazorati uchun)

·         Rektal ko'rik (Prostataning kattalashuvi va har qanday noodatiy holat bor yuqligini tushinish uchun orqadan barmoq bilan prostata muolajasi. Bu muolajada doktor sizdan tizza tirsak holatida bo'lishingizni istaydi va muolaja qo'lqopi kiygan holda ko'rsatkich barmog’i bilan orqadan prostatani muolaja qiladi.)

·         Urofloumetriya (Siydik oqish kuchini va oqishining qanday bo'lishini tushinish uchun siydik oqish testi. Bu testda sizdan kompyuterga bog’liq voronka shaklida maxsus bir idishga siyish istaladi. Bu test uchun ko'p suv ichilib siydik juda ham qistagan holatda bo'lish kerak.

·         UZI (Siyishdan oldin va siyib bo'lgach siydik qolgan yoki qolmaganligini bilish uchun ultrasonografiya).

·         TRUZI (Agar urologingiz muolaja va qon tahlilida prostataning yaxshi xarakterli kattalashuvidan tashqari (masalan, prostata raki) boshqa bir kasallikdan shubxa qilsa transrektal (orqadan) ultrasonografiya va prostata biopsiyasini talab qilishi mumkin. Bu yo'l bilan ultrtovush apparatining ingichka bir qismi orqadan o'rnatilib prostata ko'rilishi mumkin va hajmini o'lchash mumkin. Kerak bo'lsa juda ingichka bir igna bilan prostataning har xil joyidan to'qimalar olinib bir gistalogiya mutaxassisi tomonidan mikroskop ostida tekshiriladi. O'ylanganidek og’ir bir tadqiqot emas, osonlik bilan va kishiga ko'p bezovtalik bermasdan qilinishi mumkin, narkoz kerak emas.

Boshqa tekshiruvlar:

·         Shikoyatlaringizning darajasini yanada yaxshi baxolash uchun Halqaro Prostata Shikoyat Baholash So'rovnomasini (IPSS) to'ldirishingiz kerak bo'ladi. Shunda shikoyatingiz yanada alohida individual baholanishi mumkin.

·         Buyrak, siydik pufagi ultrasonografiyasi

·         Ba'zi erkaklarda aniq tashxis qo'yish uchun va siydik pufagi funktsiyalarini o'lchash uchun Urodinamik tekshiruv kerak bo'lishi mumkin.

·         Ba'zida butun siydik yo'llarini ko'rsatish uchun Intravenoz urografik kerak bo'lishi mumkin.

Operatsiya bo'lishim kerakmi?

Prostata bezining operatsiyasi, kishining shikoyatlarini hal qilishda eng muhim usuldir. Kasallarning 90% i operatsiyadan so'ng mamnun bo'lishmoqda, faqat har bir bemorga ham operatsiya kerak bo'lmaydi. Urologingiz sizning shikoyatlaringizni, tadqiqot natijalaringizni, muolaja simptomlaringizni baholab sizga mos bo'lgan davolash usullarini taklif qiladi.

Kasallarning bir qismida shikoyatlar engil bo'lishi mumkin va kishining kunlik hayotiga ta'sir qilmasligi mumkin, qilingan tadqiqotlar natijasida ham siydik yo'lida ortiqcha tiqilishlar kuzatilmasligi mumkin, bu holatda xech bir davolash qilinmasdan faqat  kuzatuv va nazoratda turishingiz kerak bo'ladi.

Faqat ba'zi hollarda operatsiya qilish kerak bo'lishi mumkin. Masalan siydik pufagining tamoman bo'shalmasdan buyrakka xavf solgan holatlada  yoki ancha oldin aytib o'tganimiz to'satdan siydik to'xtash hollarida operatsiya kerak bo'lishi mumkin.

Qo'shimcha sifatida dori bilan ham davolanishingiz mumkin. Bu usul ham keng tarqalgan. Bu erda muhimi bir faktor, bu dorilarning doimiy iste'mol qilish kerak bo'ladi.

Davo chorasini tanlayotganizda siz va Urolog mutaxassisingiz quyidagi faktorlarni ko'zda tutishingiz kerak:

·         Shikoyatlaringizning kuchi va holati

·         Bu shikoyatlarning sizni qanchalik bezovta qilayotgani

·         Bu muammolarning sizni hayot darajangizga qanchalik ta'sir qilishi

·         Prostata bezi kattalashuvi sababli sog’ligingizning qanchalik taxdidga solganligi (masalan siydik kanalining qay darajada tiqilganligi, yoki siyishdan so'ng siydik pufagida qancha siydik qolgani kabi;

 

Operatsiyaga rozi bo'lganda buning sizga keltiradigan foydalari yoki keltirishi mumkin bo'lgan zararlarini solishtirib bir qaror qilishingiz mumkin. Bu bosqichda Urolog sizga yordamchi bo'ladi.

KUZATUV VA NAZORATGA OLISh:

Urolog mutaxassisi sizni muolaja qilgandan so'ng faqat nazoratga chaqirib turishi mumkin. Xususan shikoyatlari ancha engil bo'lgan va siydik kanalining ko'p tiqilmaganligi ba'zi bemorlar uchun faqat kuzatib borish ma'qul yo'l bo'lishi mumkin. Bu bemorlar engil shikoyatlar sababli hayotlaridan mamnundirlar va shikoyatlarining prostata rakiga bog’liq bo'lmaganini bilganlarida xotirjam bo'lishadi. Bu kishilar ba'zi chora tadbirlar bilan shikoyatlarini yanada kamaytirishlari mumkin.

Quyidagi ba'zi hayot tarzi o'zgarishlari bu kishilar uchun foydali bo'lishi mumkin.

·         Kechalari, ayniqsa kechasi yotishdan oldin olingan suyuqlik miqdorining kamaytirishi,

·         Ichilgan qaxva va choy miqdorining kamayishi: Bu ichimliklarning tarkibidagi kafein siydik pufagini qisqartirishi va siydik miqdorini ko'paytirib kishining shiikoyatlarini orttirishi mumkin.

·         Qabziyat bo'lmaslik: To'la bo'lgan yo'g’on ichak siydik yo'lini yanada siqib shikoyatlarni ortishiga sabab bo'lishi mumkin.

·         Sigaret chekishni tashlash: Sigaret bilan olingan toksinlar siydik yo'li bilan chiqib siydik pufagiga ta'sir qilishi mumkin va shikoyatlari ortishi mumkin.

·         Siydik pufagi mashqlari: Siydigingiz normal holatda bajaring va tualetdan chiqing. 5-10 daqiqadan so'ng takror tualetga kiring va siyishga xarakat qiling. Shunday qilib siydik pufagining to'liq bo'shaganiga ishonch xosil qilishingiz mumkin.

 

Bu maslaxatlarni tadbiq qilib o'zingizni nazorat qiling, agar biror o'zgarish bo'lmasa bularni tadbiq qilishni keragi yo'q. Masalan choy ichmaslik shikoyatlaringizda kamayish sezilmasa, eskidek ichishingiz mumkin.

Diqqat! Avvalam bor bir Urolog mutaxassisiga muolaja qildirib bularni tadbiq qiling. Unutmang, xech bir shikoyatingiz bo'lmasa ham 40 yosh va keyin har erkakning prostata muolajasi o'tkazilishi lozim.

Prostata bezining kattalashuvining dori bilan davolash

O'rta darajada shikoyatlari bo'lgan bemorlar uchun dori muolajasi qulay bo'lishi mumkin. Prostata kattalashuvida dori muolajasi bemorlarning shikoyatlarini kamayishiga bog’liqdir, kasallikni davolamaydilar, doimiy iste'mol qilishlari kerak. Dori to'xtatilganda shikoyatlar avvalgidan ham keskin orta boshlaydi.

Dori muolajasining foydalari bo'lishiga qaramasdan yuqorida aytib o'tgan operatsiya usulini kerak emas degani emas. Shu sababli bu dorilarni iste'mol qilgan kishilarning 3 yoki 6 oyda bir martda nazoratga borishlari kerak bo'ladi.

Prostata  bezining kattalashuvida 2 xil dori guruhi mavjud. Bular quyidagilardir:

·         Alfa blokator (prostatani bo'shashtiradi)

·         5 alfa reduktaza ingibitorlari (prostatani kichraytiradi)

Alfa blokatoralar.

Alfa blokatorlarning prostatani kattalashuviga bog’liq bo'lgan bemorlarda siydik tezligi ortganligi va shikoyatlarning kamayganligini ko'rsatadi. Bu dorilar prostata ichidagi tekis mushaklarini bo'shashtirib tiqilishni kamaytiradi va siydikni tezlashtiradi.

Ta'siri: Shikoyatlarda tuzalish 1-2 xaftagacha qisqa bir muddatda bo'ladi faqat bir necha oy o'tishiga qaramasdan tuzalish bo'lmasa alternativ muolajalarni qilish lozim.

Boshqa ta'sirlari: Eng asosiy ta'sirlari bosh og’rig’i, charchoq va bosh aylanishidir. Bu ta'sirlarning sababi shu kabi dorilarning tomirlarni ham bo'shashtirishi va qon bosimini tushirishidandir.

5 alfa reduktaza ingibitorlari

Alfa blokatorlardan aksincha, 5 alfa reduktaza ingibitorlari prostataning kattalashuviga sabab bo'lgan bir ferment ta'sirining bloklaydi. Buning natijasida tiqilishga sabab bo'lgan prostataning xajmi kichrayib kishining shikoyatlari kamayishi mumkin faqat bu kichrayish uzoq muddat davom etadi 2-3 yil davolashdan so'ng prostata 20-30% darajaga tushishi mumkin. Bu dorining kichik hajmdagi prostata adenomalarida effektiv bo'lmasligi yozilgan.

Ta'siri: Ta'sirining boshlanishi 6 oygacha davom etishi mumkin.

Boshqa ta'sirlari: Boshqa ta'sirlarining ko'pchiligi dori iste'mol qilish to'xtatilgandan keyin kuzatiladi. Yana boshqa ta'sirlari jinsiy istakda kamayish, erektsiyada qattiqlashishni qiyinlashishi, maniy miqdorida kamayishdir.

Kombinatsiyalangan davolash:

Kombinatsiyalangan davolash bilan yanada ko'p foyda olish yuzasidan ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.

Boshqa ehtimolliklar:

Fitoterapiya, o'simlik dorilari bilan qilingan davolashdir. Bu tur gerbal maxsulotlar bir qancha mamlakatlarda foydalaniladi. Bu tur davolanishlarni qabul qilgan bemorlarning shikoyatlari kamayishi mumkin. Lekin bu mavzuda juda ko'p ilmiy ma'lumot yo'q. Bu dorilar shikoyatlari kamaysa ham aniq davolanish bermaydi.

Prostata kattalashuvini davolashni operativ usullar

Tibbiyotdagi texnologik rivojlanishlar bilan bir qatorda bemorlar uchun yanada qulay va engilroq xolda prostata kattalashuvini davolash turlari vujudga keldi. Shu bilan birga bu usullarning ko'pi prostata kattalashuvini davolashda oltin standart bo'lgan TURP (yopiq prostata operatsiyasi) o'rnini olaoladiganchalik ta'sirli bo'lgani yo'q. Bu usullar shulardir:

Prostatik stentlar

Lazer davolash (Geliy lazer bundan mustasno)

Intersittsial davolash

Transuretral elektrovaporizatsiya

Transuretal mikroto'lqinli terapiya

Prostata stentlar

Bu maxsus stent siydik yo'li ichida joylashtiriladi, kengaygan stent prostatani tashqariga itarib siydik yo'lini ochadi va kengaytiradi. Bu stentlar o'tkinchi yoki doimiy bo'lishi mumkin. Shu bilan birga prostata to'qimasining stent ichiga kattalashuvi, siydik yo'lida bezovtalik paydo qilishi kabi boshqa ta'sirlari bo'lishi mumkin.Umuman bu usul, siyaolmagan va xech bir jarroxlik usulini qabul qilolmaydigan hamroh kasalliklari (yurak, o'pka) muammolari bo'lgan bemorlar uchun qulay bo'lishi mumkin. Eskirgan bir usuldir.

Lazerli davolash

Bu texnik usulda jinsiy olat uchidan kirilib (mahalliy yoki umumiy anesteziya ostida) kattalashgan prostata to'qimasiga lazer naychasi o'rnatiladi, Urolog mutaxassisi to'g’ridan to'g’ri ko'rayotganda kattalashgan to'qimaga lazer energiyasini uzatadi. Prostata kattalashuvi muolajasida qo'llaniladigan bir necha tur lazer bor. Nd-Yag, KTP (green light=yashil nur) va Holmium-Yag Lazer eng ko'p qo'llaniladiganlar. Nd-Yag to'qimadagi yoqish ta'siri sababli operatsiya yakunida ko'p shikoyatlar bo'lishi mumkin, shu sababli ishlatishdan chiqib bormoqda. Greenlight deyilgan KTP lazer Nd-Yag dan yanada ta'sirli va yangi usuldir, ammo to'qimani tamoman chiqarib tozalash xususiyati yo'q. Bu xususiyatga ega bo'lgan yagona lazer Holmium-Yag lazerdir.

Intersittsial davolash

Bu usulda radio to'lqini yoki lazer energiyasi, yuksak issiqlik yoki energiyada prostataga beriladi va xajmi kichraytiriladi. Bu usulning foydasi siydik yo'liga zarar bermasligidir. Faqatgina mahalliy anesteziya bilan qilinishi mumkin, qonash extimoli juda kamdir, davolash so'ngida naychaning qolish muddati qisqadir. Shu bilan birga uzoq yillik natijalari hali ma'lum emas.

Transuretral elektrovaporizatsiya

Bu usulda TUR (yopiq prostata operatsiyasi)ga o'xshaydi, faqat TURdagi kabi to'qima kesilib chiqarilmaydi, uning o'rniga maxsus bir nay bilaan yuqori elektr energiyasi bilan to'qima eritiladi. Hozirgi kunda ishlatilmaydi.

Transuretral mikroto'lqin termoterapiyasi

Bu erda prostataga 55 darajagacha issiqlik beriladi, siydik yo'li sovitilib muxofaza qilinadi. Shikoyatlari bir qancha kamayishi mumkin, siydik oqish tezligi boshqa usullarga nisbatan oz ko'payadi. Hozirgi kunda ishlatilmaydi.

PROSTATA KATTALAShUVINING JARROXLIK YoRDAMIDA DAVOLASh USULI
Prostata kattalashuvini davolashda ommalashgan 3 operatsiya bor.

Bular:

·         Transuretral prostata rezektsiyasi (TURP, yopiq prostata operatsiyasi)

·         Qovuq bo'yni orqali kirish

·         Ochiq  prostata operatsiyasi

Transuretral prostata rezektsiyasi (TUR-P, yopiq prostata operatsiyasi)
Bu usul eng ko'p qo'llanilgan prostata operatsiyasidir, prostata kattalashuvi jarroxlik davolashni yaqin 95%i bu usulda qilinmoqda. Effektiv usuldir. Anesteziya qo'llanilgandan so'ng (xududiy yoki umumiy) ingichka uretraskop yordamida Urolog jinsiy olatdan kirgizib prostata to'qimasini elektr oqimidan foydalanib kichik parchalar holida kesadi va tashqariga chiqaradi. Bu operatsiya jinsiy olat ichidagi siydik kanalidan kiritilib qilinganida qandaydir kesilish yoki yara bo'lmaydi. Operatsiya yaqin 45-60 daqiqa davom etadi.

Qovuq bo'yni orqali (Transuretral prostata kesilishi)

Prostata juda katta bo'lmagan holatlarda, faqat torayish va tiqilish bo'lgan vaqtda qo'llaniladigan usuldir. Siydik pufagi bo'ynidan prostatagacha kesiladi. To'qimani chiqarishga xojat yo'q. TUR-Pchalik ta'sirli, boshqa ta'sirlari anchagina kamdir. Shu bilan birga faqatgina kichkina prostatalarga qo'llanilishi mumkin bo'lgan bir usuldir.

Ochiq prostata operatsiyasi:

Agar prostata TUR-P qilinmaydigan darajada katta bo'lsa (60-80gr dan katta) qorinning tagidan bir kesma kesib chiqariladi. Bu boshqa usullarga qaraganda yanada og’ir operatsiyadir, kasalxonada qolish va tuzalish muddati yanada uzoqroqdir.

Prostataning kattalashgan qismi chiqariladi va kapsulasini ichkarida qoldiriladi.

Qaysi anesteziya usulida operatsiya qilinaman?

Anesteziya shakli bir qancha bemor uchun muhimdir. Xolbuki zamonaviy anesteziya bilan qilingan operatsiyalar anchagina ishonchli o'tmoqda va jiddiy qo'shimcha ta'sirlari juda ozdir. Ochiq prostata operatsiyasi umumiy anesteziya ostida bajariladi. Boshqa usullarda (TUR-P, Geliy lazer kabi) epidural, spinal (beldan sezishni susaytirish) kabi xududiy anesteziya ham qo'llanilishi mumkin. Anesteziya mutaxassisi siz uchun eng qulay usulni qo'llaydi.

Spinal va epidural anesteziya bilan belingizdan ukol tiqilinadi va bu xududni past qismida sezish susayadi, kishi og’riq sezmaydi. Bu usulda operatsiya davomida kishining xushi joyida bo'ladi. Agar istasangiz anesteziya mutaxassisi sizni erkin xis qildiruvchi dorilar ham berishi mumkin.

Geliy lazer bilan prostata operatsiya:

Bu usul ham TUR-P ga (yopiq prostata operatsiyasi) o'xshaydi. Oradagi farq, to'qimalarni kesish uchun elektr energiyasi o'rniga Geliy lazer energiyasi ishlatiladi. Yana jinsiy olatdan kirilib kattalashgan to'qimani lazer bilan kesiladi va tashqariga olinadi. Qilingan ilmiy izlanishlar bu usul TUR-P ga ham ochiq operatsiyachalik ta'sirli ekanligini qo'rasatdi. TUR-P ga yoki ochiq operatsiyaga ko'ra ijobiy tomonlari shulardir:

• Qonash extimolining yo'qdigi,

• Qisqa yotish muddati (Geliy 1 kun, TUR-P 2-3 kun, ochiq prostata 5-7 kun)
•  Kateterni qolish muddati qisqa bo'lishi (Geliy 1 kun, TUR-P 2-3 kun, ochiq prostata 5-7 kun)
• Aktiv hayotga qaytishning qisqaligi (Geliy 2-3 kun, TUR-P 3-4 xafta, ochiq prostata 3-4 xafta)
• Geliy lazer bilan prostata operatsiyasiga ilova qilingan bir jixoz yordamida(morselator-to'qimani parchalovchi) bundan buyon prostata qanchalik katta bo'lishiga qaramasdan ochiq operatsiyaga xojat qolmasdan yopiq xolda operatsiya qilinmoqda. Shunday qilib kishi juda ham qulay prostata operatsiyasi qilinishi mumkin va juda qisqa muddatda normal hayotga qaytishi mumkin.

Prostata operatsiyasi so'ngida qanday boshqa ta'sirlar bo'lishi mumkin?

Jinsiy hayotingizga ta'siri:

Prostataning kattalashgan qismining chiqarilishi umuman olganda erkakning jinsiy hayotiga yomon ta'sir qilmaydi. Agar operatsiya oldidan qattiqlashish qiyinchiligi bo'lmasa operatsiyadan so'ng bunday bo'lish extimoli juda ozdir.

Retrograd eyakulyatsiya (quruq bo'shalish, maniyni qovuqqa o'tib ketishi)

Prostata operatsiyalaridan so'ng umuman olganda vujudga kelgan holatdir. Kishining orgazm bo'lishi (zavq olish) ta'sirlanmaydi, faqat bo'shalgan vaqtda maniy tashqariga otilish o'rniga siydik pufagiga, ortga qaytadi. Buning sababi prostata operatsiyalarida maniyning ortga qaytishini to'suvchi mexanizmning buzilishidir. Bu xolatda kishiga xech qanday zarari yo'q, maniy ilk siydik bilan otilib chiqadi.

Nasldorlik (farzand ko'rish xolati)

Yuqorida aytib o'tilgan quruq bo'shalish sababli prostata operatsiyasidan so'ng farzand ko'rish extimoli juda ozdir. Faqat bunga bir ximoyalanish usuli sifatida ko'p ishonish kerak emas, chunki bu quriq bo'shalish har erkakda ham ko'rilmaydi. Agar farzand ko'rish niyatingiz bo'lsa Urologingiz bilan maslahatlashing.

Orgazm hissi

Umuman olganda orgazm hissida o'zgarish bo'lmaydi.

Qattiqlashish qiyinchiligi

Bu extimol prostata operatsiyalaridan so'ng kamdir, faqat operatsiyaning turiga ko'ra farqli darajalarda kuzatilishi mumkin. Eng ko'p ochiq prostata operatsiyasidan so'ng kuzatish mumkin (5-7%), TUR dan so'ng yanada pastdir, Geliy lazer bilan qilingan operatsiyalardan so'ng deyarli umuman kuzatilmaydi. Operatsiya oldidan bu xolatlarni Urolog mutaxassisi bilan gaplashing. Ko'pgina yoshi o'tgan bemor uchun bu faktor muhim bo'lmasligi mumkin, faqat aktiv jinsiy hayotingiz bo'lsa bu mavzuda doktoringiz bilan maslaxatlashing.

Siydik tutaolmaslik

Operatsiyadan so'ng siydik tutaolmaslik umuman olganda o'tkinchi bo'ladi va vaqt o'tgach tuzaladi. Doimiy siydik tutaolmaslik extimoli 1%dan past. Bu ehtimol yana ochiq prostata operatsiyasidan so'ng ancha ko'p uchraydi. Bu mavzuni operatsiyadan oldin doktoringiz bilan gaplashib oling.

Qonash
Operatsiya davomida yoki keyin qon oqishi mumkin. Bu extimol Geliy lazer bilan qilingan operatsiyalardan so'ng deyarli xech bo'lmagan.

Qaytadan operatsiya bo'lish:

Har 10 ta erkakdan bittasi 10 yillik davr mobaynida yangidan kattalashuv yoki siydik yo'lida torayish (operatsiyaga bog’liq) sababli takroran operatsiya bo'lishi kerak bo'ladi.

Asoratlar
Butun katta operatsiyalardan keyin asoratlar bo'lishi mumkin. Ko'krak infektsiyalari, yurak muammolari, katta qon tomirlarda tiqilishlar kabi. Bugingi kunda bu asoratlar eng kam darajaga tushirilgan. Operatsiyadan oldin bularning paydo bo'lishini oldini olish yuzasidan choralar ko'riladi.

O'lim xavfi

Har turli operatsiyada bu extimol bo'ladi, faqat bugingi kunda prostata operatsiyasiga bog’liq o'lim extimoli deyarli yo'q desa ham bo'ladi(juda ozdir). Agar kishida qo'shimcha kasalliklar bor bo'lsa, (qandli diabet, yurak kasalligi kabi) operatsiya oldidan bu xolat inobatga olinadi va kerakli choralar ko'riladi.

Murojaat qilishdan qancha o'tgach operatsiya qilinaman?

Kasalxonaga murojaat qilgan kuningiz kerakli tadqiqotlar o'tkaziladi va biror bir cheklovlar bo'lmasa keyingi kunga operatsiya rejalashtiriladi.

Kasalxonada necha kun qolaman?

Operatsiya turiga qarab o'zgaradi. Geliy lazer bilan qilingan operatsiya uchun 1 kecha qolib ertasiga ketishingiz mumkin. TUR-P’da 2-3 kun, ochiq operatsiyada bo'lsa 5-7 kun kerak bo'ladi.

KASALXONADA QOLISh VA OPERATSIYa:

Kasalxonaga kelishdan avval: Kasalxonaga kelayotganda iste'mol qilayotgan dorilaringizni unutmang. Prostata operatsiyalari oldidan qon suyuqlatiruvchi dorilar bilan bog’liq dorilar(asperin kabi) iste'mol qilayotgan bo'lsangiz bularni 7 kun oldindan to'xtatishingiz kerak bo'ladi. Bu xolatni doktoringiz bilan gaplashing.

Kasalxonaga kelganimda nimalar qilinadi?

Kamchilik bo'lgan tekshiruvlar o'tqaziladi. Agar qo'shimcha biror muammoingiz bo'lsa terapevtlar tomonidan ko'rib chiqiladi. Operatsiya oldidan kerakli tekshiruvlar qilinadi.

Bular:

• Siydik taxlili

• Tana harorati o'lchovi

• Qon bosimi o'lchovi

• EKG

• O'pka

• Qon taxlillari

Kasalxonada qanday soxadagi kishilar bilan uchrashaman?

Urolog mutaxassisi

Sizni operatsiya qiladigan doktoringiz yoki doktorlaringiz

Anesteziya mutaxassisi

Anesteziya mavzusida professional bo'lgan va sizning operatsiyanigiz uchun kerakli bo'lgan anesteziya turini tanlab tadbiq qiluvchi doktor. Operatsyai oldidan siz bilan gaplashib boshingizdan o'tkazgan kasalliklaringiz, allergiya, oilaviy kasalliklar kabi mavzularda ma'lumot oladi va sizning olishingiz kerak bo'lgan anesteziya turi xaqida ma'lumot beradi.

• Dorilar: Iste'mol qilgan dorilaringizni anesteziya mutaxassisiga ayting

• Tish muammolari: Agar taqilgan tishlaringiz bo'lsa tayinlang

• Allergiya: Qandaydir biror doriga, taomga qarshi bo'lgan allergiyalaringizni ayting

• Orqa tomon(sirt)ingiz bilan bog’liq muammolar: Sirtingiz bilan bog’liq muammolar beldan pastki qismda uvishtirish(sezishni susaytirish) texnikasi uchun muhim bo'lishi mumkin.

• O'pka muammolari va sigaret: Anesteziya mutaxassisi qanchalik sigaret chekishingizni so'raydi.

Sigaret chekuvchi kishilar sigaretni 1 xafta oldin tashlashlari kerak.

Xamshiralar:
Siz yotgan urologik bo'limda mavjud xamshiralar bu mavzuda maxsus o'qitilgan va tajribali xamshiralardir.

Operatsiya oldidan

Operatsiyaning xolatiga ko'ra ertalab yoki tushlikdan so'ng operatsiya qilinadi. Agar sahar operatsiya qilinsangiz bir kun  oldin kecha (soat 24 dan) va o'sha ertalab og’izdan eyish va ichish bo'lmasligi kerak. Agar tushlikdan so'ng operatsiya bo'lsangiz erta soat 8.00 dan oldin juda engil tamaddi qilishingiz mumkin.

Soqol olish

Ochiq prostata operatsiyasi qilinsangiz, operatsiya xonasida operatsiya oldidan qorin ostidan boshlab tozalaysiz.


Premedikatsiya (operatsiya oldidan tinchlantiruvchi dorilar)

Operatsiya oldidan sizni tinchlantirish uchun va xayajoningizni pasaytirish uchun anesteziya mutaxassisi tomonidan ba'zi ukollar qilinishi mumkin.

Xonangizdan operatsiya xonasiga borish

Operatsiyaga kirishdan oldin sizga maxsus operatsiya kiyimlari kiydiriladi. Bitta operatsiya xonasi mutaxassisi bilan birgalikda maxsus arava(nosilka) bilan operatsiya xonasiga kiritilasiz.

Umumiy anesteziya olsangiz

Qo'lingizdan yoki kaftingizdan bir tomiringizga igna yordamida bir qancha ukollar qilinadi. Operatsiya davomida anesteziya mutaxassisi siz bilan shug’illanadi. Operatsiya so'ngida takror hushingiz joyiga keladi. Bu xolatda sizga niqob bilan kislorod berilishi mumkin, ko'ngil aynishiga qarshi dori berilishi mumkin. Agar yopiq prostata operatsiyasi bo'lsangiz o'sha oqshom suyu ovqatlar berishni umuman boshlasa bo'ladi.

Spinal yoki epidural anesteziya(beldan uvishtirish)

Bu tur anesteziya berilsa operatsiya davomida xushizda bo'lasiz. Agar xushingiz joyida qolishini istamasangiz qo'shimcha tinchlantiruvchi dorilar berilib normal uyquga ketishingiz mumkin.  Operatsiya so'ngida oyoqlaringizdagi uvishishlik bir necha soat ichida tuzaladi.
Operatsiyadan keyin

Oldin uyg’onish xonasida uyg’onib bir muddat kutasiz, keyinroq xonangizga chiqarilasiz. Bu erda davomli xolatda xamshiralar tomonidan qon bosimingiz va tana haroratingiz o'lchanib turiladi. Uyg’onganingizda kateter ekanligingizni ko'rasiz, kateterga bog’liq holda siyishga chiqishni xohlashingiz mumkin, bu normal holdir. Geliy lazer bilan operatsiya bo'lgan bo'lsangiz xech qanday qonash va yuvish bo'lmaydi, ertasi kun kateter olib tashlanadi. Bu usulda kateterning tiqilish extimoli deyarli juda kamdir. Ochiq prostata operatsiyasi yoki TUR-P bo'lgan bo'lsangiz naycha uzoqroq muddat qoladi va ilk kunda siydik pufagingiz naychadan jo'natiladigan bir suyuqlik bilan yuviladi. Ochiq prostata operatsiyasida ilk kunlarda og’riq bo'ladi, buning uchun og’riqni to'xtatuvchi dorilar iste'mol qilishingiz kerak bo'ladi.

Kateterning chiqarilishi

Geliy lazer bilan operatsiya bo'lgan bo'lsangiz ertasi kun kateter chiqariladi. TUR-P bo'lgan bo'lsangiz 2-3 kundan keyin chiqariladi. Kateter chiqarilgandan so'ng ko'p suv ichiladi va normal siyaboshlaganingizdan so'ng ketishga ruxsat beriladi. Ilk siyishlarda tualetga borguncha siyib qo'yish mumkin, bu bir necha kun ichida tuzaladi. Oz bo'lsada ba'zi bemorlar kateter chiqarilgandan so'ng siyaolmasliklari mumkin (10ta bemordan 1tasi), bu holatda 2 kun yana kateterli qolishingiz kerak bo'lishi mumkin, 2 kundan keyin takroran kateter chiqarilib siyishingiz kuzatiladi.

Kasalxonadan chiqqish

Siyishingiz yaxshilashgandan keyin ketishga ruxsat beriladi. Siydigingiz biroz pushti kelishi mumkin, siydikning boshlanishida yoki oxirida qonash kuzatilishi mumkin, bular normal xolatdir.
PROSTATA OPERATSIYaSIDAN KEYINGI DAVR

Operatsiya turiga ko'ra turli tuzalish davri bo'ladi. Agar Geliy lazer bilan operatsiya bo'lsangiz, bir necha kun ichida normal kunlik aktiv holatiga qaytishingiz mumkin. Agar mashqlarni 2-3 xafta to'tatishingiz kerak bo'ladi. Kechki paytdan boshqa paytlarda ko'p suyuqlik iching va qabziyat bo'lmaslikka urinning. Siydik rangida sezilarli quyuqlashish (qonash) bo'lsa doktoringizga murojaat qiling. Operatsiya so'ngida tuzalish davrida, siydik bilan birga qon quyqumlari va to'qima parchalari chiqarishingiz mumkin, bu simptomlar normaldir.

Siydik tutaolmaslik

Ilk kunlarda tualetga borguncha yoki nafasni ushlab turilganda, aksirish bilan siydik chiqib ketish mumkin. Bular o'tkinchidir,  qisqa muddatda tuzaladi. Bu davrda ich kiyimingizni ichiga kichkina yumshoq material qo'yishingiz kerak bo'lishi mumkin.

Nazorat

Operatsiya so'ngida 1inchi, 3inchi, 6inchi oylarda, keyinroq ham bir nazoratga kelishingiz kerak bo'ladi.

Avtomobil xaydash

Geliy lazer bilan operatsiya bo'lgan bo'lsangiz 2-3 kun ichida avtomobil xaydashingiz mumkin. Boshqa usullarda 3 xafta o'tgach xaydashingiz mumkin bo'ladi.

Ishlay boshlash

Geliy lazer bilan operatsiya bo'lgan bo'lsangiz 2-3 kun ichida, boshqa usullarda operatsiya bo'lgan bo'lsangiz 3 xafta o'tgach ishlay boshlashingiz mumkin.

Jinsiy aloqa

Geliy lazer bilan operatsiya bo'lgan bo'lsangiz doktoringiz aksini belgilamagunicha qachon istasangiz aloqada bo'lishingiz mumkin. Boshqa usullar bilan operatsiya bo'lgan bo'lsangiz eng kamida 3 xafta jinsiy aloqada bo'lmasligingiz kerak.

Qanday xollarda doktoringizga murojaat qilishingiz kerak bo'ladi?

• To'satdan siyaolmaslik

• Yuqori isitma

• Siyayotganda qattiq qizish

• Siydik kanalida kutilmagan qonash, siydikning qizil kelishi

• Tuxumlarning shishsa, og’riq bo'lsa