• Dec

    12

    2014
  • 8095
img

Jinsiy olatga protez implantatsiyasi

Jinsiy olatga protez implantatsiyasi

Jinsiyolatga protez implantatsiyasi

Jinsiy olat protezini o'rnatish operatsiyalari, jinsiy olatda qattiqlashish buzilishi (erektil disfunktsiya(ED)) rivojlangan bemorlarga hattoki tabletka va in'ektsiyalar yordamida ham ijobiy natijaga erisha olinmagan hollarda amalga oshiriladigan operatsiya turlari xisoblanadi. Erektil disfunktsiya erkak jinsiy a'zosini vaginaga kirita olmasligi yoki kiritaolganda ham jinsiy aloqani yakunlashga etqazaolmasligidir. Bu muammo turli tuman kuzatilib asosan 40-70 yoshli erkaklarning 52 %ida kuzatiladi. Mamlakatimizda engil, o'rta va to'liq qattiqlashish buzilishi kasalligi hammasi bo'lib 70% ni tashkil qiladi. Yoshga qarab taqsimlanganda bo'lsa 40-49 yoshlar orasida 50% qattiqlashish buzilishi, 70 yosh undan katta yoshlilarda 95% qayd qilingan.

Erektil disfunktsiya, butun tana bilan bog’liq, ateroskleroz, qand kasalligi, yuqori qon bosimi, koronar arteriya kasalligi, buyrak va jigar kasalliklarga, asab tizimi, gormonal tizim va boshqa qon tomir tizimi kasalliklariga bog’liq holda hosil bo'lishi mumkin. Undan tashqari faqatgina jinsiy olatga bog’liq kasalliklar va psixologik sabablarga ko'ra vujudga kelishi mumkin. Ba'zi baxtsiz voqealar, operatsiyalar, turli xil dori vositalarini iste'mol qilishdan ham ED kasalligiga chalinish mumkin bo'ladi. Qarish, surunkali kasalliklar va sigaret ED kasalligining asosiy sabablaridan hisoblanadi.

Jinsiy olatda ED bo'lgan erkaklarda jinsiy uyg’onish bilan hosil bo'lgan qattiqlashish vaginaga kiritish uchun etarli bo'lmasligi mumkin yoki etarli bo'lsa ham qisqa muddatda qattiqlik yo'qolishi mumkin. Bu muammo quyida keltirilgan boshqa bir kasallikni belgisi bo'lishi ham mumkin va asosiy kasallikning oqibatida muammolar ko'payishi mumkin. Bundan tashqari ko'pincha yoshga bog’liq xolda muammolar ham ko'payaboradi. Sigaret, surunkali kasalliklar (tomir kasalliklari, qand kasalligi va boshqa) xolesterin yuqoriligi, qon bosimi oshishiga o'xshash kasalliklar ham EDga olib keladi va kasallikni rivojlanishini tezlatadi. Quyidagi muammo bemorning umumiy sog’ligiga ko'ra muhim ahamiyat kasb etmasada faqatgina ED  bemorning hayotiga xavf solmaydi lekin yashash darajasini, sifatini, ijtimoiy va ruxiy holatini sezilarli daraja buzilishiga olib keladi.

Jinsiy olat protezi implantatsiyasidan oldin o'tqaziladigan ko'rik va tekshiruvlar:

Erektil disfunktsiya, dori darmonlar yoki ba'zi tomir operatsiyalari bilan davolanaolmaganda yoki dorilarning  yoki operatsiya foyda bermagan hollarda jinsiy olat protezi o'rnatilishi mumkin. Bunday operatsiya oldidan doimo qon tekshiruvlari bilan bir qator jinsiy olatdagi qon oqishi bilan bog’liq hollarda maxsus ultratovushlardan foydalanish mumkin. Rangli Doppler ultrasonografiya nomli bu jixoz jinsiy olatdagi qon buzilishini aniq ko'rsatadi. Peyroni kasalligi nomi bilan tanilgan, jinsiy olat ichida ko'pincha xosil bo'lgan qattiqlashgan tabaqalar(blyashka)ni va jinsiy olatda og’riqli boshlangan, qattiqlashish vaqtida jinsiy olatda egrilik xosil qilgan kasallikda, agar qattiqlashishda qiyinchilik boshlangan bo'lsa jinsiy olat ichiga yuboriladigan dori bilan maxsus tekshiruv o'tkazilishi mumkin. Bu tekshiruvning natijasi ham jinsiy olat protezi o'rnatish uchun to'liq ko'rsatkich bo'lishi mumkin.

Jinsiy olat protezi implantatsiyasi ko'rsatmalari:

Operatsiya faqatgina kishining hayotiy funktsiyalari uchun emas balki, jinsiy hayoti, yaxshi yashash qulayligi va ruhiy holatini yaxshilash uchun lozim bo'ladi. Jinsiy olat protezini o'rnatish operatsiyasi,  oldingi dori yoki jarroxlik operatsiyalaridan foyda ko'rmagan yoki amalga oshirilgan muolaja ishlarining bemorga etarli darajada foydali bo'lmagan holatlardagini tadbiq qilinishi mumkin. Shu bilan birga yuqorida ta'riflangan Peyroni kasalligiga o'xshash maxsus hollarda ham agar kasallik uzoq muddaat davom etgan bo'lsa va birgalikda ED muammosi vujudga kelgan bo'lsa jinsiy olat protezi o'rnatish operatsiyasi qilinishi mumkin.

Operatsiyaning tibbiy vazifasi va maqsadi:

Jinsiy olat protezlari, qattiqlashish buzilishi kasalligiga chalingan erkaklarda oxirgi davolash usuli bo'lib jinsiy olat o'rniga o'rnatiladigan moslamalarga ataladi. Asosan ikki xil jinsiy olat protezlari bor. Birinchi guruxdagi protezlar ustki qismi silikon bilan qoplangan bir metaldan tashkil topgan, doimo qattiq bo'lib faqat egilib bukilishi mumkin bo'lgan protezlardir, ikkinchi guruxdagi protezlar ustki qismi silikondan ishlab chiqarilgan bo'lib shishiriladigan va susaytirilishi mumkin bo'lgan mexanizmga ega ikki yoki uch qismli jixozlardir. Birinchi guruxdagi protezlarning yanada tejamkor bo'lishlari bilan birga jarroxlik usuli ham qulayliklari bor, faqat bu protezlarning davomiy qattiq bo'lib turishlari tabiiylikka yaqin emas. Xususan ba'zi kasb guruxlarida va sport bilan shug’illanuvchi kishilarda bunday davomiy qattiq bo'lib turishi qator muammolarni tug’dirishi mumkin.  Ikkinchi guruxdagi protezlarni esa shishirilib susaytirilishi ularga yana ham tabiiy funktsiya xususiyati beradi, faqat bu guruxdagi protezlarning operatsiyasi, ishlatish qiyinchiligi va mexanik buzilishlari kabi noqulayliklari bor. Protezlar jinsiy olat ichidagi o'ng va chap tomonidagi ikki joyiga jarroxlik operatsiya yordamida extiyotkorlik bilan o'rnatiladi. Bu operatsiya umumiy yoki ma'lum bir qismga (beldan past qismni uvishtirish) anesteziyasi bilan amalga oshiriladi. Operatsiyadan bir kun oldin operatsiya qilinadigan joylar turli maxsus moddalar bilan juda yaxshilab tozalanadi va keng ta'sir qiluvchi antibiotiklardan in'ektsiya bilan qo'llaniladi. Bu antibiotiklarga operatsiyadan keyin kamida 2 kun davom etiladi. Bemor jinsiy olat va atrofidagi yunglarini tozalamasligi kerak. Bunday qilish terida xosil bo'lishi mumkin bo'lgan kesilishlar protezga infektsiya tushish xavfini paydo qilishi mumkin. Tozalanish ishi jarroxlikdan bir necha kun oldin bajarilishi kerak. Protezni turiga qarab jinsiy olatning uchiga yaqin qismida yoki ostki qismining ustida yoki tagidan ochiladi. Jinsiy olat boshlanish qismi tukli joy bo'lgani uchun operatsiyadan keyin davolanish bitgandan keyin izlar bilinmay qoladi. Kesish jinsiy olatning uchidan qilinganda sunnat qilngan joy bo'ylab pastga kesilgani uchun bunda ham kesilgan o'rni bilinmay ketadi. Operatsiyadan keyin, jarroxlik oldidan jinsiy olatning sezishi, orgazm qobilyati va bo'shalish funktsiyasi normal bo'lgan bo'lsa protez o'rnatilgandan keyin ham funktsiyalar davom etadi. Protez faqatgina jinsiy hissiyotga bog’liq bo'lmagan xolda qattiqlik holatiga kelishini ta'minlaydi. Protez jarroxligining maqsadi qattiqlashishni va jinsiy olatga ko'tarilishini ta'minlashdir. Bundan tashqari protez jinsiy olat o'rnatilishi jinsiy olatni kattaligi yoki xajmida biror bir o'sishni ta'minlamaydi yoki jinsiy istagiga to'g’ridan to'g’ri ta'sir ko'rsatmaydi.

 

Jinsiy olat protezini o'rnatish uchun kerakli ishlar, kasalxonada qolish muddati:

Bu operatsiya, o'rnatiladigan protezni turiga qarab 45 daqiqa bilan 1,5 soat orasida bo'lishi mumkin. Operatsiyadan keyin qolish muddati bemorning og’riqlari va yaralari bitishiga qarab 2-5 kun bo'lishi mumkin. Antibiotiklarning in'ktsion yo'l bilan berilishi ham bu muddatni uzaytirishi mumkin.

Operatsiyadan keyin (uyda, ishda) e'tibor berilishi kerak bo'lgan xususiyatlar:

Kasalxonadan chiqqandan keyin 1 xaftagacha yara o'rniga suv tegmasligi va yara joylarining juda toza tutilishi kerak bo'ladi. Undan tashqari kamida 4 xafta jinsiy aloqada bo'lmasligi kerak bo'ladi. Bu muddatdan so'ng operatsiya qilgan doktor tomonidan kerakli nazorat ishlari olib boriladi va jinsiy aloqaga ruxsat beriladi. Yuqori isitma, uzoq cho'zilgan og’riq, yara o'rnida oqish, jinsiy olatda shishish va qizarish, siyaolmaslik yoki siyishga qiynalish kabi xollarda albatta operaatsiya qilgan doktorga vaqt yo'qotmasdan murojaat qilish kerak.

 

 

Jinsiy olat protezi o'rnatishning risklari, asoratlari va oqibatlari:

Jinsiy olat protezi o'rnatish operatsiyasi vaqtida jinsiy olatni ichki qismida ba'zi qismlarida ochilishlar kuzatilishi mumkin. Bu holat oldi olinib davom etilishi mumkin. Boshqa xavf siydik yo'lini zararlanishidir. Bunday holatda siydik naychasi tiqilib operatsiya keyinroqqa qoldirilishi mumkin. Protez operatsiyasining eng muhim asorati infektsiya bo'lib,  operatsiyadan bir kun oldin operatsiya bo'ladigan joylarni tozaligini ta'minlovchi moddalar va inektsiya shaklida beriladigan keng ta'sirga ega antibiotiklar bilan infektsiyadan saqlanishga xarakat qilinadi. Antibiotiklarga operatsiyadan keyin yana kamida 2 kun davom etiladi. Faqat barcha tadbirlarga qaramasdan protez infektsiyasi 1-10% orasida uchratish mumkin. Qand kasalligi bor bemorlar bilan orqa miya zararlangan bemorlarda infektsiyalanish xavfi yanada yuqoridir. Infektsiya tushganda antibiotiklar yana boshlanib protezni chiqariladi. Ya'ni protez, bemorning holatiga qarab jinsiy olat ichidagi qismlar  antibiotik suyuqliklar bilan yaxshilab tozalanib ayni operatsiyani o'zida qilinganidek 6 oydan keyin ham amalga oshirilishi mumkin.

Shishirilishi mumkin bo'lgan protezlarda mexanik muammolar muxim asoratlar xisoblanadi. Ma'lum bir muddat o'tgach vujudga keladigan mexanik muammolar orasida protezni shishiruvchi suyuqlik kamayishiga olib keladigan qopqoqlar eng oldinda keladi. Bu va shunga o'xshash muammolar sababli protezlarni butunicha yoki ba'zi bir qismlarini almashtirishga to'g’ri keladi. Xususan (beldan pastgi qismga) anesteziya qilingandan so'ng o'tkinchi siyaolmaslik kabi xolatlar kuzatilishi mumkin. Bunday xollarda ma'lum muddatga siydik naychasi o'rnatilishi mumkin. Xududiy anesteziya oxirida oyoqlarda xis qilmaslik, qon bosimining pasayishi, bosh og’rig’i, ko'ngil aynishi kabi muammolar kuzatiladi. Davomli qattiq turuvchi protezlar asosan prostata kasalligi kabi siyishga qiynaladigan bemorlarda yuqorida qilinadigan siydik yo'li amaliyotlari qiyin bo'ladi. Bu bemorlarda, susaytirilganda siydik yo'liga to'liq yoki davolash maqsadida kirishni osonlashtiruvchi, shishirilishi mumkin bo'lgan protezlar tanlanadi.

Jinsiy olat protezi implantatsiyasining foydali tomonlari va kutilgan natijalari:

Bu davolash usulida bemorlar xohlagan vaqtlarida jinsiy aloqaga kirishaolishlari va aloqani istagancha davom ettirishlari mumkin bo'ladi. Juftlarining roxatlanishi uchun ham bu davolash usuli boshqa davolash turlari orasida birinchi o'rinda turadi. Shu bilan birga shishiriladigan protezlarning osonlik bilan ishlatilishiga odatlanish va jinsiy olatning ichidagi bu yangi jismni borligini tan olish uchun ma'lum vaqt o'tishi kerak. Bemorlar, protezlarini butunlay begona xis qilganlarida, kutilgan natijalarga erishaolmaganlarida yoki o'ta bezovtalik xissi paydo bo'lganda, bu protezlar operatsiya yo'li bilan chiqarilishi mumkin. Ma'lum muddat ichida protez turi yoki modelida biror o'zgartirish qilinishi kerak bo'lsa buni ham imkoni bor.

Jinsiy olat protezi implantatsiyasi qo'llanilishi rad qilinganida vujudga kelishi mumkin bo'lgan oqibatlar:

Bu davolash usuli rad qilinganida kishining umumiy sog’lig’ini buzuvchi yoki hayotiy xavf tug’diradigan qandaydir bir muammo kuzatilmaydi. Faqat jinsiy faoliyatning o'z o'rniga qaytmasligi erkakda ijtimoiy va ruxiy muammolar yaratishda davom etadi.

Jinsiy olat protezi implantatsiyasiga alternativ davolash usullari va bularning yaxshi tomonlari, kamchiliklari, xavflari, asoratlari:

Protez jarrohligi, avvaldan sinalgan dori vositalari va boshqa jarrohlik usullari yordamida foyda ko'rmagan bemorlarga qo'llanilgani uchun bu gurux bemorlarda boshqa alternativi bo'lmagan yo'ldir. Bemor talabi sababli to'g’ridan to'g’ri protez jarroxligiga yo'naltirilsa, jinsiy olatda qattiqlashishni ta'minlovchi turli xil dorilar bilan davolashlarni ham borligi etiborga olinishi kerak. Bu dorilar orasida avvalambor og’izdan ichiladigan dorilardan foydalanish kerak. Og’izdan ichilgan dorilardan foyda ko'rilmagan taqdirda jinsiy olatdan to'g’ridan to'g’ri inektsiya yo'li bilan yuboriladigan yoki siydik yo'li ichiga krem shaklida siqilib qo'yiladigan dorilardan foydalanish mumkin. Bu dorilar asosan juda arzon bo'lmagan va ayniqsa yurak koronar arteriya kasalligi bo'lgan bemorlarda, ba'zi ko'z kasalliklarda va yaqin kunlarda yurak xuruji, falaj kabi kasalliklarni o'tkazgan bemorlarda xavfli bo'lishi mumkin. Bundan tashqari jinsiy olat ichiga inektsiya yo'li bilan dorilar yuborilishi, bir muddat o'tgach doriga va inektsiyaga bog’liq holda jinsiy olat ichidagi qattiqlashish(Peyroni kasalligi)ga va buzilishiga olib kelishi mumkin. Shu bilan birga dori vositalari bilan davolash davrida doimo dorilar dozasini ortirish kerak bo'lishi mumkin. Ba'zi dorilar vaqt o'tib o'z ta'sirini yo'qotishi mumkin.

Jinsiy protez implantatsiyasini amalga oshiradigan doktorlar:

Protez jarrohligi maxsus bir jarrohlik usulidir. Bu operatsiyalar asosan urologlar va maxsus tajribali mutaxassislar tomonidan yoki mutaxassis doktorlarning kuzatuvi ostida mutaxassislik talabalari tomonidan amalga oshiriladi.

 

Protez turlari va rasmlari:

1 bo'lakli protez

2 bo'lakli protez

3 bo'lakli protez