• Jan

    18

    2018
  • 40707
img

Tamaki (sigareta) qanday qilib jinsiy hayotga zarar beradi?

 Tamaki (sigaret) qanday qilib jinsiy hayotga zarar beradi?

Sigaret so’zi asli ispan tilidan tamaki barglarni ustma ust o’rab silindir shakliga keltirilishi sigarello so’zidan kelib chiqqan.

Sigaret chekish natijasida rivojlanadigan kasalliklar sababli har yili dunyoda 3-4million kishi halok bo’ladi, agar oldini olinmasa bu raqam 12millionga ham chiqishi mumkinligi tahmin qilinmoqda. Sigareting OIDS, tuberkulyoz, avtohalokatlar, onalar o’limi, o’z joniga qasd qilishliklar yoki umumiy qotilliklardan ham ko’ra ko’proq kishilarning hayotiga zavol bo’layotgan bugungi kunda sir emas. Sigaretni bir qancha zararlarini bilamiz, lekin bu maqolada jinsiy hayotga bo’lgan zararlari haqida to’xtalib o’tamiz.  

Ishonsalaring erkaklarning ham ayollarning ham jinsiy hayotiga juda katta zarar keltiradi, quyida sabablarni keltirib o’tamiz:

Erkaklar sigaret chekkanda erkaklik gormoni Testosteronda pasayish kuzatiladi, Testosteron erkaklarning jinsiy a’zolarining rivojlanishida va jinsiy aloqaga bo’lgan xohishni ta’minlashda muhim rol oynaydi. Sigaret chekkandagi libidoni pasayishini mexanizmi ham aynan shu gormonni pastlashi bilan bog’liqdir.

Bundan tashqari bu gormonni kamayishi erkaklarda ko’krak bezlarini kattalashishiga olib keladi, yani ginekomastiya rivojlanishiga olib keladi. Yog’ bosishga sabab bo’ladi, mushak toqimasidan ko’ra yog’ toqimasini nisbati ko’paydi.

Erkaklarning spermatozoidlarida ham ozgarishlar kuzatiladi, spermagrammani sifati pastlaydi, spermatozoid anomaliyalari paydo boladi, spermatozoid boshining defektlari ko’payadi ayniqsa ikki boshli spermalar kopayadi. Bu defektlilar bilan homilador qilaolishlik mumkin emas.

Sigaret chekkadigan ayollarni chekmaydigan ayollarga nisbatan farzand ko’rish ehtimoli pasayadi, yoki homilador bo’lsa ham chekishda davom etsa bo’lalarni nogiron tugulishlariga sabab bo’ladi.

Sigaret qon aylanish sistemasini, qon tomir devorlariga ham zarar beradi, eng nozik qon tomirlar erkak jinsiy a’zosida joylashgan, shuning uchun ham sigaret chekadiganni yurag’i kasal bo’lishidan oldin jinsiy hayoti buzulib bo’lganiga 5-10yil o’tgan bo’ladi.

O’tqazilgan ilmiy ishlarda ham ED (erektil disfunktsiya (eski nomi impotentsiya)) mavjud bemorlarni 95.7% sigaret chekar ekan.

Ayollarda ham qon tomir sistemasini izdan chiqishi natijasida jinsiy aloqaga bo’lgan xohish kamaydi, sababi jinsiy aloqa paytida qon tomirlar kerakli miqdorda kengayaolmasligi orgasm his qilmaslikka, klitorni kengaymasligiga olib keladi natijada sigaret chekadiganlar chekmaydiganlarga nisbatan kamroq hayot lazzatidan bahramand bo’lgan bo’lishadilar. Shuning uchun jinsiy aloqada bo’lishlikni xohlmasdan turmush o’rtoqlarni qaytaradilar.

P.S Bu faqatgina sigaretga tegishli qism xolos, aslida chekmaydiganlarda ham shu holatlar kuzatilishi mumkin juda ham kam miqdorda, uni sababini hal qilish uchun er-xotin birgalikda androlog qabulida bo’lishi kerak bo’ladi.

Jinsiy hayot har ikki jins uchun ham juda muhim bo’lsada ko’proq ayollarga muhim, lekin erkaklarga muhimroqdek qilib ko’rsatilishi togri emas, aslida har jihatda (ruhiy, moddiy, fiziologik) ayollar ko’proq manfaat topadilar. Bu alohida mavzu!!!