• Dec

    01

    2024
  • 106
img

Libido, pastlashi sabablari va uni ko'tarish usullari haqida to'liq

LIBIDO

  • Pastlash sabablari
  • Ko'tarish usullari

Libido - so'zini ilk marotaba Zigmund Freyd (andrologiya psixoanalitikasini bu olim nomini bilmaslik bo'lmaydi albatta, o'z vaqtida balki hozir ham ko'pchilik tomonidan qoralangan bo'lishiga qaramay) Freydga ko'ra libido – bu ruhiy energiya bo'lib u faqatgina jinsiy qoniqishdangina quvvat oladi, yanada to'liqroq aytadigan bo'lsak bu har qanday instinktning energiya manbaidir, har qanday ruhiy energiya bu ko'payish, sevgi va garmoniyaga hizmat qilishi kerak. 

Ozimizi tilda sodda qilib aytadigan bolsak Libido aslida bizning yashashimiz uchun va maqsadlarga erishishimiz uchun intilishimizga kerak bo'ladigan energiyaning ong osti ifodasidir. 

Yana bir olimimiz Laurens Mins'ni ta'rifiga ko'ra esa Libido hayotda tirik qolishimiz uchun kerakli uyqu, yeyish va ichish kabi organik majburiy ehtiyoj bolmasa ham Libido har qancha jinsiylik bilan birga hamohang eslansa ham libido aslida hayotga ilhomlantiruvchi (motivational) majburiy ehtiyoj kabidir, Libidosiz o'lib qolmaysiz lekin yashayapsiz ham deb bo'lmaydi.

Libidoni kengroq qilib aytadigan bolsak yashashdan zavq olish, energiya to'la bolishlik, kelajakka umid bilan qarashlik yana mashhur gap bor CARPE DIEMdegan bu ham qaysidir darajada libidoga bog'lasa boladigan gap.

Amaliy shifokor sifatida Libidoni neyro-anatomiyasini ham aytib otmasak bolmaydi, Libido uchun eng avvallo 1)gipotalamus yaxshi ishlashi kerak, chunki gormonlarga ma'sul, 2) keyingisi amygdala hissiyotlarga ma'sul 3) Limbik sistema oz ichiga amygdala va gippokampni oladi motivatsiya, qoniqishga ma'sul 4) prefrontal korteks- nomidan ma'lum miyaning old qismi mantiqiy fikrlash togri qaror olishga ma'sul 5) albatta andrologiyani muhim bezi gipofiz- gipotalamusdan kelgan buyruqqa mos gormonlarni ishlab chiqish. Bular asosiy sanab otganimiz bilan miya organizm bir butun ishlashi kk aslida. 

Shuncha kirish qism manimcha yetadi. 

Erkaklarda Libido deyishimiz bilan aqlimizga qaysi gormon keladi, albatta TESTOSTERONE, lekin ayollarda esa PROGESTERONE, ESTRADIOL va TESTOSTERONE hammasi birgalikda ishlaydi bo'lmasam ayollarni bitta gormonni ozi kuchi yetarmidi. Bu Libidoni gormonal foni. 

Lekin nimalar tushuradi buni 3ta katta bo'limda korib chiqami; 

1.Ruhiy – uyqusizlik, Anksiete, Depresiyya, Stress, o'zini past baholash, birinchi kechadagi omadsizlik, madaniy diniy normativlar,  

2. Jismoniy – yoshini o'tishi, sport bn umuman shug'ullanmaslik yoki juda kop shug'ullanishlik (oltin o'rta qoidasiga amal qilishlik), Turmush tarzi, zararli odatlar aroq, sigaret, kop ovqat yeyish,   

3. Tibbiy - juda kop qismni tashkil qiladi bu Qandli diabet, yuqori qon bosim, nevrologik kasalliklar, artiritlar-bogim harakat tayanch kasalliklari, gormonal ozgarishlar eng boshda testosterone pastlashi (yoshga mos tabiiy pastlashi yoki kasalliklar sababli), yana ba'zi dorilar, semizlik, ba'zi operatsiyalar, moyaklar jarohatlanishi, har qanday holatda ham andrologga murojaat qilishlari kerak boladi. 

Bularni korib chiqdik endi Libidoni miya bn va reflekslarga bog'liqlik qismini korib chiqib uni doim aktiv ushlab turush yollarini gapirib beraman, chunki libidoni kotarish qismiga kelganimizda bu yollar ishlamay qolgan bolsa libidoni bir ikki usul bilan ko'taraolmaymiz. 

Birinchidan shuni unutmasligimiz kerak Libido har ikki jinsda ham genetik yozilgan hususiyatdir. 

Undan tashqari uni ortirish mumkin, masalan turmush o'rtog'izga qaraganizda o'sha zahoti libido paydo bo'lmaydi balki bir ikki suhbat jinsiy o'ylar va jinsiy a'zolarga tegish reflekslari bilan libidoni hosil bo'lishini hammamiz bilamiz.

Tassavvur qilinglar ko'z oldilaringga keltiringlar yuqorida miya va umurtqa pog'onasig(orqa miya)ga bog'langan va pastda nervlar bn jinsiy olatda tugaydi. Bu mexanizm normada miyaga tashqi ta'sir kelganda bular ovoz, hid va ko'rishorqali bo'lishi mumkin. Miyadan signal umurtqa pogonasini ichidagi nerv yollari orqali j.olat qo'zg'alishi ta'minlanadi. Bunga normal yol deb hisoblaymiz.

Bu yolni ishchi holatida tutib turush uchun 1. Har kuni 3-5 minut jinsiy fantaziyalar qilish kk bo'ladi. Ayoliz bilan bo'lib otgan onlarni hotirlab jonli tutub turush deyiladi,(yoshlar darrov aloqa qilib qoyaqolinadida demanglar turli yoshdagilar uchun bu tavsiyalar) buni kopincha kechka tomon qilishlikni tavsiya qilaman, bosh miya X juft nervi nervus vagusni saltanati ostida bolishligi hazm sistemasini va fikrlashni tormozlanishi bioritmiga ham mos bo'ladi.  Ish muammolar, stresslar sababli bir necha kun oylab ham jinsiy hayot hayolimizga kelmaydigan paytlar uchun ham bu kanalni aktiv tutushga foydalidir.

2.chisi jinsiy olatni yonida anatomik bir necha muskullar bor bular siydik tutib turush, urug chiqishi, otilishi, j.olat erektsiyasi uchun kerak boladigan muskullar bu muskullarni ba'zi adabiyotlarda ishq mushaklari ham deyiladi. Bu mushaklarni ishlatishni eng keng tarqalgan usuli kegel mashqi hisoblanadi va Kegel mashqi videomizda aytganimdek normasini oshirib yuborish kk emas, chunki keyinchalik bu mushaklarni yetishmovchiligi ham rivojlanishi mumkin. Bu mushaklarni ham kamida bir kunda bir marta ishlatilsa yuqoridagi 1.chi punktni teskaridan ishlatgan bolamiz yani mushaklardan orqa miyaga umurtqa kanali orqali miyaga yetib boradi va xohish paydo bo'ladi. Bu biz his qiladigan ong darajasida emas balki ong osti darajasida ishlaydigan mexanizmdir. 

3.chisi Qol orqali bu kanalni aktiv tutish hisoblanadi, lekin onanizm emas bu doktor tavsiya qilyaptilar deb gapimi kesib olmanglar tag'in. Buni hayotiy misolini chaqaloqlarda hali jinsiy voyaga yetmaganlarda ham kuzatish mumkin, bulbulchasiga biron tekshirish maqsadida ham hattoki tegsangiz amaliyotimizda ham kop bo'ladi jinsiy a'zosi kichik deb olib kelishsa olchaymiz deganimizda erektsiya kuzatiladi. Bu bilan miya bn j.olat ortasida togridan togri refleks orqali bog’ borligini korsatadi. Yana boshqa misol siz orqa bilan otirsez ayoliz kelib j.a'zongizga tegsa erektsiya rivojlanadi yani xohishiz bolmasa ham rivojlanadi keyin xohish paydo boladi. Buni ham kunda 3-5minut masturbatsiya qilmasdan, har xil fantaziyalar qilmasdan  j.olatni shunchaki paypaslash orqali bizga genetik baxsh qilingan yolni aktiv tutib turishga yordam beradigan yol hisoblanadi. 

Kuni kecha davolanayotgan 70yoshlardagi bir bemorim xuddi shu sozni aytdi avvallari ushlasam ham yoqimli bolardi hozir ushlasam his yoq deyishdi man his paydo bolishi uchun bu ishni davom ettirishiz kk degan tavsiyani aytib otgan edim.

Bundan tashqari ijtimoyi tarmoqlarda turli usullari bor masalan qora shikolad yeng, libido kotaradigan qaxva, kop shirinlik yeng va hakozo misollari kop lekin bu yollar aktiv bolmasa kop shakar qabul qilishlik orqali glukozani orttirganiz, insulin rezistentligini ortirgani semirganiz qoladi xolos. 

Bu yolni aktiv tutush uchun ayoliz bilan har kuni yoki har doim j.aloqa bilan yakunlansagina harakat qilmasdan jinsiy aloqa bolmagan kunlari ham filrt qilishlikni tavsiya qilaman ham hayotga mazmun ham jinsiylikdan erta qolmaslikka sabab boladi.

Libido haqida shu gapni ham aytib berib uni qanday qilib ko'tarish mumkinligini gapiraboshlaymiz, libido hammada har xil boladi ikki kishida bir paytda bolishi ham bolmasligi ham mumkin er xotin sifatida aytyapman bir birinikini kotarishi ham tushirishi ham mumkin, Ikki kishini bilgan libidosi libido emasdir degan gapga oxshab qoldi a ohiri. Mayli bu yerda Kurtlar vadisiga Ikki kishini bilgan siri sir emasdirga iqtibos bo'ldi.

Hozir beradigan tavsiyalarim sizlarni hayot davomida qilishlaring mumkin bo'lgan libidoni ko'taruvchi tavsiyalar boladi bularni yonida albatta tibbiy dastak (ruschasiga podderjka) ham olishlaring mumkin bo'ladi

 

Boshladik;

  • birinchisi eng avvallo ovqatlanishga e'tibor berishimiz kerak boladi bilaslar hozirgi kunda dietologlar bozordagi dieta usullariga to'la ahlat (qopolligiga mandan emas ozlari shunaqa ishlatishadi)idan voz kechib hozirgi kunda ovqatni faqat hayotda tirik qolish uchungina yeyishlikni va navbatlashgan parhez ozimizi dushanba payshanba ro'zalariga o'tib olishyapti. Chunki sizlar eshitmagan pahtalik parhez, chuvalchangli parhez, keto kabi parhezlarni odamni bir joyi bolmasa bir joyiga zarari qaytmas ozgarishlarga sabab bolishligi bugungi kunda hammaga ma'lum. 

Shu yerda aytib ketishim shart fast foodlar va energetiklar turgan bitgani ziyon man aytmasam ham bilaslar buni qabulimdagi bemorlarim ham bilishadi ohirgi paytlarda sorovlarimi ichiga zararli odatlardan sigaretn nos spirtli, narkotikni yoniga energetiklarni ham qoshdim. 

Yana shu hurofotlarni ham esdan chiqarmanglar qisqichbaqa yesang, toshbaqa tuxumi, yapon o'rigi, qoy hokiz moyaklarini, ba'zi joylardan kuyovlik patnis (patnis tola shirinliklar, turklarda baklava) bularni aslida soglom turmush tarzida bolmasez va yuqorida sanab o'tgan yollarimizi ishlamasa undan bir tonna yemaysizmi baribir ishlamaydi. Qon bosimizi ortirishi mumkin j.aloqa qilaman deb ozizi shoshilinchda kozizi ochmang tag'in. Yani meyorida yeb meyorida och qolishlik energiyamizi  kopaytiradi, libidomiz ortiradi.

  • Ikkinchisi muntazam haftada 2-3marta sport qilish, kardio qilish, katta muskullarni ishlatish kerak boladi buni mexanizmi juda sodda yurak yaxshi ishlaydi a'zolarga qon haydaydi, tomirlar elastikligi saqlanadi, organizmni charchatmaydigan sport bilaslar endorfin, dofamin ishlab ishlab chiqib kayfiyatni oshiradi, Testosteronni ortishi sababli libidoni oshiradi,orgazmni sifatli qiladi, zararli moddalar kortizolni tushuradi, bu yerda ham meyorni qoldan chiqarish kk emas turli protein anabolik steroidlarni olmasdan tabiiy oz og'irligimiz toshimiz bilan ishlagani yetadi va muskulni charchatmaslik uchun bir qilingan mashqini 2-3 qayta podxod tarzida qilish kk emas. Biz soglom turmush tarzi libido uchun tavsiya beryapmiz muskul chiqarish uchun emas kommentlardan etibor beringlar. Zarif aka bodybuildingga qarshi deb yuraslar Testosteron mavzusida gapirib otdim hamma kasbiga yarasha sport qilsin deb. 
  • Uchunchisi, Metabolizmni aktivlashtirish qancha aktiv bolsa ves olmislar energiyalaring yuqori boladi, libidolaring yuqori boladi degani, yuqoridagi parhez va jismoniy mashqlar albatta ortiradi buni yoniga yana qoshishiz mumkin bolgani adabiyotlarimizda bor sovuq suvli kontrast dush, bajarish juda oson dastlab iliq suv bilan boshlab tanani suv ostiga moslab olingandan keyin birdaniga kuymaydigan darajada issiq-qaynoq suv 15-20sekund va darhol sovuq suvga almashtirish orqali ham qon oqimi, energiyamizni, gormonlar ishlab chiqarilishini libidomizga ijobiy tasir qilish mumkin haftada 2 yoki 3 marta tavsiya qilaman. Buni qilaolmayman desalaring ayoqni tizzadan pastini 3 minut 5minut sovuq suvda ushlab turish, yuzni sovuq suv urub yuvish ham kuchsiz bolsa ham yuqoridagi tasirga ega.  
  • To’rtinchisi, stressni boshqarish hisoblanadi, stress yomondir hayotni izdan chiqaradi deb kop gapiramiz lekin bu juda ham kerakli chunki stress bolmasa muammo yechishga intilish bolmaydi, stressda kortizol kopaydi degani bu inson yaratilishida yozilgan kod hisoblanadi deganidir. Stress bolmasa hayotni manosi qolmas edi, lekin Amerikadagi Centers for disease control and prevention (kasalliklarga qarshi kurashish va nazorat markazi) malumotiga kora agar siz stressli ish sharoitda ishlashga majbur bolsangiz har 10minutda 1minutlik tannaffus berishingizni tavsiya qiladi, chunki bir ishga diqqatni berish vaqtimiz yil otgan sari kamayib boryapti man 20minut atrofida desam ba'zi adabiyotlar 4 yoki 5 yoki 6minut atrofiga tushdi mana youtube dagi videolarimizni ham 8minutdan oshiq videolarimizni atigi 3 va 5minuti korilganligi bunga isbot degan gaplarni ham aytishdi. Bu videomiz ham uzun bolyapti ohirisigacha kimlar korarkin hayronman. Qancha kop stress ostida qoladigan bolsangiz yuqoridagilarni barchasiga libidoga teskari ta'sir qiladi.
  • Beshinchisi, yoshiz ulg'ayganligi jihatidan, ba'zi dorilarni olishga majburligizdan yuqoridagilarga  amal qilsez ham kotarilmayotgan bo'lsa albatta andrologga murojaat qilishingiz kerak boladi qon tahlillari, umumiy testosteron biofaol testosteron, testosteron videomizda aytib otdik, yurak kasalliklari kabilarni tekshirish otqazishiz kk. Garmonal o'rinbosar terapiya olishiz kerak bo'ladi. 
  • Oltinchisi, balki hammasini eng asosiy desak ham bolar bu sifatli uyqu, oz vaqtidagi uyqu, telefon televizor korib uxlamaslik, ularni o'rniga turmush ortogiz bilan suhbatlashing, bolalariz bilan oynang, kitob oqing korasiz hammasidan foydalisi shulardir. 
  • Yettinchi, bu ham asosiysi o'zi aslida bemorlarimga kop aytaman bitta muammoni keltirib chiqaradigan bitta muammo bolmaydi, bitta muammoni hal qilish bilan kasallik arimaydi deganimdek bu yerda ham bilaslar inson organizmi ba'zi manbalarda bazi a'zolarda 90-98%igacha suvdan iborat suvsiz hech qanday biokimyoviy jaroyon bormaydi, organizm tozalanmaydi, kunda oziq ovqatlanishdagi suyuqliklardan tashqari 2-3litr oddiy suv ichishliklariningni tavsiya qilaman. Shu yerda yana Freyddan oral fixation (oral fiksa)ni kiritib ketaylik og'izni yaxshi narsa bilan bir hoplam suv ichish bilan band qilishlik sigaret, nos, saqich-jvachka bilan band qilgandan ko'ra libidomiz uchun juda kop foydalidir. me'yorida suv ichishga odatlansez, teri turgorligi, tiniqligi, fikrlashiz joyidaligi, yog bosishni kamayishi, gormonal fon yaxshi ishlashi energiyaga, libidoga boy bolishiz aaniq.
  • Sakkizinchisi - kocha jargonida aytganda ma’lumotlar bombasi yuqorida ham aytib otdik kunda bir mahal dedik u minimum bu real ishlashi uchun kerakli holat libidoni yuqori bolishi, faqat har doim urgu beryapman meyor normativlarni har doim unutmagan holatda!!! Bu kun davomida erektsiya chaqirishga qilingan hatti harakatlardir, suistemol qilmagan holatda ayoliz bilan kun davomida sevgi maktublarini smslashish, ba'zi ilmiy jinsiy aloqaga oid manbalar oqish, masalan italyan yozuvchi Jovanni Bokachcho’dan Dekameron, Shaxrizodani Ming Bir kecha ertaklari va hakozolar oqish orqali erektsiyaga erishish ham testosteronni kotarishini adabiyotlarda keltirilagan 
  •  Toqqizinchisi sanab zerikkanlarga aytib qoyay oninchisi bilan tugataman, toqqizinchisi bu raqobat erkaklarda o'zaro raqobat testosteron ishlab chiqarishi kuchaytirar ekan bu nimalar bolishi mumkin desez aqlizga kelgan har qanday yonalishlar masalan kop kitob oqish, kop masala yechish, tennis oynash, shaxmat oynash, hattoki osha komputerdagi oyinlar ham testosteronni ortirar ekan, buni fojiali misoli quloqlaringga chalingan bolsa kok kit voqeasi edi. Yani bu yerda ham meyor masalan mani biladigan bilishadi, kunda kunora haftada 2-3marta stol tennis oynayaman, ba'zan online yoki kim bilandir shaxmat oynayman va hakozo, ozimizdan misol berish bemorlarga motivatsiya boladi shuningchun ozimizdan misol beramiz hafa bolmanglar.
  • Va oninchisi ohirgisi bu hammalaringga yoqadigan har zamonda massaj olib turishdir, massajda bilaslar qon aylanishi ortishi, erektsiya kuzatilsihi gormonlar hammasini bir oraga toplash qoladi. Er-xotini o'zaro massajiga teng keladigani yoqdir buni ham aytib qoyay. 

Yuqorida hammasini sanab otib muntazam sevgili ayoliz bilan jinsiy hayotiz bolib bu gaplarimizga toj kiydirmaslaring albatta bari befoyda(oilalilarga), boydoqlar esa ayoliga shirin turmush tarzi sovg'a qilish uchun tayyorggarlik sifatida maslaxatlarimziga amal qilishliklaring mumkin.

Sog' salomat bolinglar. 

19 noyabr 2024y soat 01.10da tugatildi.