Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Sayt test rejimida ishlamoqda

Bepushtlik va uning davolari (qisqacha).

Bepushtlik va uning davolari (qisqacha).

https://admin.andrology.uz/files/usefulinfos/images/Logo andrology.jpg

 Bepushtlik bu tugʻmaslik, homilador qila olmaslik shuningdak voyaga yetgan organizmning nasl (avlod) qoldirishga ojizligi deb ataladi. Odamda — bir maromda (normal) jinsiy hayot kechirib, boʻyida boʻlishdan saqlanish vositalari (kontratsepiiya)dan foydalanmay, kamida 1 yil birga bo’lib farzand koʻrmaslik "bepushtlik" hisoblanadi.

Bepushtlik erkaklarda ham, ayollarda ham uchraydi. 

 

Erkaklardagi bepushtlik — homilador qilaolmaslikka jinsiy aʼzolarning tugʻma nuqsoni (masal), yalliglanish kasalliklari yoki ularning shikastlanishi (masalan. Or), jinsiy maylning sustligi, shuningdek endokrin sistema faoliyatining oʻzgarishi, urugʻ suyuqligi (sperma)da spermatozoidlar (jinsiy hujayralar) boʻlmasligi yoki ularning urugʻlantira olish xususiyatining yoʻqligi sabab boʻladi. 

 

Ayollardagi bepushtlik — tugʻmaslikka bachadon, tuxum yoʻllari, tuxumdon va naylarning yalligʻlanishi, soʻzak, jinsiy aʼzolar sili; ichki sekresiya bezlari (tuxumdon, kalqonsimon bez, buyrak usti bezi va boshqalar) faoliyatining buzilishi, balogʻatga yetish davrida infeksion kasalliklar bilan ogʻrish natijasida markaziy nerv sistemasida roʻy bergan jiddiy oʻzgarishlar, jinsiy aʼzolarning yetilmay qolishi — infantilizm sabab boʻlishi mumkin. Yalligʻlanish tufayli bachadon naylarining bitib qolishi, teshigining juda torayib ketishi sababli ayol tuxum hujayrasi erkak jinsiy hujayrasi (spermatozoid) bilan uchrasha va uruglana olmaydi yoki uruglangan tuxum hujayraning bachadonga utishi qiyinlashadi. Bepushtlikda er va xotin tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi. Bepushtlikni iloji boricha barvaqt aniqlab, sabablari bartaraf qilinsa yaxshi natijaga erishish mumkin. 

 

Bepushtlikni vrach davolaydi. Yalligʻlanish jarayoni bilan bogʻliq boʻlgan bepushtlikda fizioterapiya va kurortlarda davolanish ham kerak bo’lishi mumkin. Endokrin sistemasidagi oʻzgarishlar tufayli bepushtlik roʻy berganda fizioterapiya, kurortlarda davolanish bilan birga gormonal dori-darmonlar ham buyuriladi. Bepushtlikning oldini olishda jinsiy aʼzolarning yallig’lanish kasalliklarini oʻz vaqtida aniqlab davolash, abortga yoʻl quymaslik, shaxsiy va jinsiy ozodalik tartiblariga qa’tiy amal qilish lozim.

 

Foydali ma’lumotlar
Pornografiyaning oilada qo‘llanilishininig zararli oqibatlari!
Batafsil
Bolada Sistit (Davolash Yo‘li)
Batafsil
Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti, oral jinsiy aloqa mavzusiga izoh berdi.
Batafsil
Otaning vazifalari
Batafsil
Erkaklar uchun eng ahamiyatli 5 ozuqa modda
Batafsil
Y xromosomasi va Homiladorlikda xromasomal o'zgarishlar testi
Batafsil
Jinsiy aloqada ayolning xato va kamchiliklari.
Batafsil
Простатит касаллиги юзага келишига сабаб бўлувчи омиллар
Batafsil
Jinsiy aloqaning miyaga ta‘siri
Batafsil
Erkakning yotoqxonadagi muammolari: sabab va choralar (ayollar uchun)
Batafsil
Uylanish uchun ideal yosh necha yosh deb o’ylaysiz?
Batafsil
Prezervativlarning turlar va ularning foyda zararlari haqida.
Batafsil
Buyrak tushishi haqida qisqacha ma‘lumot hamda choralar.
Batafsil
Jinsiy aloqaga to‘ymaslik Giperseksualizm – Satiriazis(erkaklarda) – Nimfomaniya (ayollarda)
Batafsil
JUFT (oilalar, sevishganlar) larni orasidagi munosabatni buzadigan, eng keng tarqalgan 5 ta muammo
Batafsil
Jinsiy quvvatni oshiradigan tabiiy o’simliklar; JENSHEN
Batafsil