Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Sayt test rejimida ishlamoqda

Buyrak tushishi haqida qisqacha ma‘lumot hamda choralar.

Buyrak tushishi haqida qisqacha ma‘lumot hamda choralar.

https://admin.andrology.uz/files/usefulinfos/images/Buyrak saytga.jpg

 Buyrak tushishi

 

Nefroptoz – buyrakning tushishi (ya`ni, o`z o`rnidan pastga siljishi) demakdir. Tug`ma nefroptoz buyrakni ushlab turuvchi boylamlarning nimjonligi oqibatida kelib chiqsa, orttirilgan nefroptoz esa shikastlanish, ba`zan qisqa fursatda juda oriqlab ketish natijasida yoki homiladorlikdan so`ng qorin devori mushaklarining kuchsizlanishi oqibatida kelib chiqadi. Dastlabki bosqichda buyrakning pastki qismi qo`lga ilinsa (sog` odamda buyrak q), ikkinchi bosqichda buyrak to`liq suriladi, uchinchi bosqichda har tomonga suriladigan bo`lib qoladi. Nefroptozning boshlang`ich davrida bemor deyarli hech narsa sezmasligi mumkin. Faqat vaqti-vaqti bilan (ayniqsa ko`p yurib yoki chopib kelgandan so`ng) buyrak, qorin, kindik sohasida belga yo qovuqqa beriladigan og`riq paydo bo`ladi.

Keyinchalik buyrak tomirlari ko`proq cho`zilib, torayib boradi. Oqibatda buyrakning qon bilan  ta`minlanishi yomonlashadi. Endi bemor nafaqat og`riqning zo`rayganidan, balki uning qayta-qayta (hatto buyrak sanchig`i darajasida) bezovta qilishidan va peshob rangining o`zgarganidan shikoyat qila boshlaydi. Peshob tahlil qilinganda esa oqsil va eritrositlarning ko`paygani aniqlanadi. Xastalikning  uchinchi bosqichi nefrogen gipertoniya (buyrak xastaligi oqibatida qon bosimining ko`tarilishi) va qonli peshob kabi asoratlar bilan kechadi.

Nefroptozni davolash konservativ (operasiyasiz) va operativ usulda olib boriladi. Konservativ usul deganda asosan ilk boshqichlada yordam beradi, bular bandaj taqish, qorin devorini mustahkamlashdir. Natijada qorin bo`shlig`i bosimini oshirish yo`li bilan buyrakni o`z holiga keltirish ko`zda tutiladi. Bandaj qorin pastidan tepaga qarab o`ralishi, qorin devorini bir tekis siqib turishi, uni ertalab yotgan holda qo`yilishi, kechqurun uyqudan oldin yechilishi kerak. Bandajdan uzoq muddat foydalanish qorin devori mushaklarining kuchsizlanishiga olib keladi. Davolash maqsadidagi jismoniy mashqlar, ertalabki badantarbiya, suzish juda foydali.

Operasiya usuli (nefropeksiya)da esa  tushgan buyrak o`z o`rniga qo`yiladi va yana tushmaydigan qilib mustahkamlanadi. Bu usul nefroptozning asoratlari yuzaga kelmasdan ilgari amalga oshirilsa, ko`proq samara beradi.

Foydali ma’lumotlar
Pornografiyaning oilada qo‘llanilishininig zararli oqibatlari!
Batafsil
Bolada Sistit (Davolash Yo‘li)
Batafsil
Bepushtlik va uning davolari (qisqacha).
Batafsil
Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti, oral jinsiy aloqa mavzusiga izoh berdi.
Batafsil
Otaning vazifalari
Batafsil
Erkaklar uchun eng ahamiyatli 5 ozuqa modda
Batafsil
Y xromosomasi va Homiladorlikda xromasomal o'zgarishlar testi
Batafsil
Jinsiy aloqada ayolning xato va kamchiliklari.
Batafsil
Простатит касаллиги юзага келишига сабаб бўлувчи омиллар
Batafsil
Jinsiy aloqaning miyaga ta‘siri
Batafsil
Erkakning yotoqxonadagi muammolari: sabab va choralar (ayollar uchun)
Batafsil
Uylanish uchun ideal yosh necha yosh deb o’ylaysiz?
Batafsil
Prezervativlarning turlar va ularning foyda zararlari haqida.
Batafsil
Jinsiy aloqaga to‘ymaslik Giperseksualizm – Satiriazis(erkaklarda) – Nimfomaniya (ayollarda)
Batafsil
JUFT (oilalar, sevishganlar) larni orasidagi munosabatni buzadigan, eng keng tarqalgan 5 ta muammo
Batafsil
Jinsiy quvvatni oshiradigan tabiiy o’simliklar; JENSHEN
Batafsil