Maqola · 13-iyun, 2013 · 4 daqiqa

Analiz uçun siydik yi'giş

Muallif: Professor Dr. Zarifjon Murodov Jumaboyeviç, urolog-androlog

 Analiz uçun siydik yiğiş

Quyidagi usullari mavjud:

-          Toza siydik analizi oliş

-          Qovuq usti aspiratsiya orqali oliş

-          Kateterdan oliş

Siydik oliş yoş bola(çaqaloq)larda ba'zi qiyinçiliklar tuğdirişi mumkin. Ular uçun maxsus polietilenlik qopçalar bölib çov soxasiga mahkamlanadi, lekin bularda köproq soxta ijobiy natijalar kuzatilişi mumkin. Bundan qutiliş uçun qovusti aspiratsiyasi ma'qulroq.

Erkaklardagi prostatik infektsiyani tasdiqlaş uçun fraktsion siydik oliş kerak böladi.

Toza siydik oliş

    Toza siydik oliş texnikasi juda sodda bölib, buni bemorlarni özlari ham bemalol bajaraoladilar. Bajaraolmaydiganlarga tibbiyot xodimi yotiqlik bilan tuşintiradi.

Asosiy şartlari

Bakterial zararlaniş quyidagi manbalardan ötadi:

A) soç tolalari yoki oraliq soxasidigi boşqa kirliklar siydik bilan yiğilayotgan idişga tuşişi mumkin.

B) bakteriyalar, qin ajralmalari siydik oqimi bilan siydikka aralaşişi mumkin.

V) qöldagi, teridagi va kiyimdagi mikroblar siydik yiğuvçi idişga tuşişi mumkin.

    Tozalovçi muolajalar vulvadagi, uretra uçidagi va oraliqni şu soxasidagi mikroorganizmlardan xolos qilişi va analizga faqatgina siydik yöllaridagi mikroblarnigina tuşişiga işonç hosil qildirişi kerak.

Xona va xodim

Tualetdan ajralgan xona va krovat ostiga joylaştiriladigan sudnolardan taşqari yaxşi tayyorlangan hamşira ham kerak böladi. Hamşira bemorga tuşintiriş işlarini olib borişi kerak böladi. Siydikdan ekma oliniş kerak bölsa muhit bilan ta'minlaşi kerak böladi.

Tartibi

Har bir bemorga siydik analizi oliş uçun quyidagilar kerak böladi.

A) 4ta steril paxta bintlik tampon (10x10sm)

B) 5% sovunli suvli eritma (kök sovun). Tamponlar şu erimaga yaxşilab böktirilgan bölişi kerak

V) Steril pintset (qisqiç) tamponlarni oliş uçun

G) keng oğizli steril idişlar, oğzi berkiladigan, siydik yiğiş uçun

Siydik analizini topşirişdan oldin bemorlarga quyidagilarni tuşintiriş kerak böladi

Bemorlar uçun körsatmalar

Ayollar uçun

1. Pastki kiyimlarni eçib taşlaş

2. qöllarni sovun bilan yaxşilab yuviş, çayqaş, quritiş

3. bitta qöl barmoqlari bilan taşqi jinsiy lablarni oçib turiş va siydik topşirib bölgungaça qöyib yubormaslik

4. yaxşilab sovunli suvga böktirilgan tamponlardan birini oliş va faqatgina birgina xarakat bilan oldindan orqaga yurgizgan holatda vulvani artiş. Işlatilgan tamponni axlatga taşlaş

5. holatni özgartirmay turib yana 2ta tampon bilan yuqoridagi jarayonni qaytariş

6. oxirida vulvani quritiş uçun 4.çi tampondan foydalaniş, aynan yuqoridagi harakatlar bilan.

7. Bemorda qovuğida kamida 200-250ml siydik borligiga taxmin qilingandagina analiz topşiriladi. Bemor 50ml, 100ml, 150ml va hakozo belgilangan idişga siya boşlaydi. Qaçonki 150ml siydik siyib bölingandagina siydik oqimini töxtatmasdan analiz uçun siydik olinadi. Siydik olinadigan steril idiş kiyimga va badanga tegmasligi kerak.

Qöl bilan idişni oğziga tegiş kerak emas. Bemor idişni yopişi kerak emas. Sanitarka idişni yopib nomerlab zudlik bilan ekiş va tekşirişga etkazişi kerak böladi. Ekiş keçiktirilsa siydik muzlatgiçda saqlaşnişi kerak.

!!! Har qanday holatda ham siydikni ekiş va tekşiriş uçun katta idişlardan (banka, sudno) oliş kerak emas va uydan ham olib keliş kerak emas.

Erkaklar uçun

1. Pastki kiyimlarni eçib taşlaş

2. qöllarni sovun bilan yaxşilab yuviş, çayqaş, quritiş

3. bitta qöl barmoqlari bilan sunnat terisin tortib oçib turiş va siydik topşirib bölgungaça qöyib yubormaslik

4. yaxşilab sovunli suvga böktirilgan tamponlardan birini oliş va jinsiy olat boşini tozalaş, işlatilgan tamponni axlatga taşlaş

5. holatni özgartirmay turib yana 2ta tampon bilan yuqoridagi jarayonni qaytariş

6. oxirida quritiş uçun 4.çi tampondan foydalaniş, aynan yuqoridagi harakatlar bilan.

7. Bemorda qovuğida kamida 200-250ml siydik borligiga taxmin qilingandagina analiz topşiriladi. Bemor 50ml, 100ml, 150ml va hakozo belgilangan idişga siya boşlaydi. Qaçonki 150ml siydik siyib bölingandagina siydik oqimini töxtatmasdan analiz uçun siydik olinadi. Siydik olinadigan steril idiş kiyimga va badanga tegmasligi kerak.

Qöl bilan idişni oğziga tegiş kerak emas. Bemor idişni yopişi kerak emas. Sanitarka idişni yopib nomerlab zudlik bilan ekiş va tekşirişga etkazişi kerak böladi. Ekiş keçiktirilsa siydik muzlatgiçda saqlaşnişi kerak.

!!! Har qanday holatda ham siydikni ekiş va tekşiriş uçun katta idişlardan (banka, sudno) oliş kerak emas va uydan ham olib keliş kerak emas.

Erkaklarda portsionli siydik oliş (Meyers Stamey sinamasi uçun)

Bu tekşiruvni ötkaziş uçun imkon bölsa erkaklar jinsiy aloqada 3-7kun bölmasliklari tavsiya qilinadi.

Jinsiy olat boşi yuqoridagidek tozalanadi.

Birinçi portsiya 5-10ml (VB 1), örta portsiya 5-10ml (VB 2), toza prostata sekreti (ERS) va uçinçi portsiya prostata massajidan keyingi  5-10ml (VB 3) siydik steril idişlarga quyidagi tartibda olinadi:

Avvalo bemor qovuği yaxşi tölgan bölişi kerak.

Birinçi portsiya ilk uretradan çiqayotgan siydikni olinadi, lekin bemor siyişda töxtamay davom etaveradi, taxminan 200ml, ya'ni qovuqdagi siydikni yarmiga kelganda ikkinçi portsiya olinadi va bemorga siyişni töxtatiş aytiladi. Söngra bemor oldinga egiladi bir qöl jinsiy olat boşini oçiq holda uşlab turaveradi. Ikkinçi qöl bilan esa steril idişni uretra oğziga tekkizmasdan tutib turadi. Vraç prosatatni massaj qilib sekret çiqarişga harakat qiladi.

Sekret çiqqanidan söng bemor yana uçinçi idişga siydik topşiradi.

Siydik analizi topşirayotganda kontaminatsiyaga juda katta e'tibor beriş kerak, agar sunnat qilinmagan erkaklarda sunnat terisi analiz topşiriş vaqtida jinsiy olat boşçasigaça tuşib ketsa qaytada tozalaş kerak böladi.

Bundan taşqari siydikka heç qanday detergentlar (yuviş vositalari) aralaşiş kerak emas, agar aralaşsa bakteriologik tekşiruvlar işonçliligi yöqoladi. Barça olingan siydik analizi va prostata sekreti mikroskopik va bakteriologik tekşiruvlardan ötkazilişi şart. 

Boşqa maqolalar

10-may, 2026Befarzandlikda Sperma (Uruğ) Hajmining ahamiyati19-fevral, 2025«Nozik mavzu, murakkab mavzu» – şifokor-androlog bilan suhbat3-fevral, 2025Jinsiy voqealik tuşlar köriş