Befarzandlikda Sperma (Uruğ) Hajmining ahamiyati
Muallif: Professor Dr. Zarifjon Murodov Jumaboyeviç, urolog-androlog
Avvallo Spermiogramma körsatkiçlari — “hukm” emas; u klinik kontekstda talqin qilinadigan oddiy biomarker deb qabul qiliş kk. Ohirig çiqqan WHO(World Health Organisation) 6-naşr (2021y) aynan şunga urğu bergan.
Aslida ham Bitta spermiogramma bilan erkakka ‘bepuşt’ degan xulosa çiqariş — juda katta ilmiy xatodir.
Endi aslida — “Spermiogramma nima va u nimani ölçaydi?” degan savolga javob beraylik.
- Spermiogramma: ejakulyatning hajmi, konsentratsiya, umumiy son, harakat, morfologiya, tirikligin, pH, leukotsitlar va h.k körsatadigan tekşiruv hulosasidir.
- Spermogarmma otqazişdan maqsad: “fertil/fertil emas”ni kesib taşlaş emas balki şu bizga farzand umidida kelgan juftlarni fertillik potensialini baholaş iboratligini unutmasligimiz kerak.
Undan taşqari : “Fertil böliş — faqat sperma emas: ayol omili + vaqt + jinsiy aloqalar soni, çastotasi + ovulyatsiya + tubal faktor + yoş” degani hamdir.
Endi WHO 2010 vs WHO 2021: raqamlar va ularning ma’nosiga töxtalib ötaman.
Bu yerdagi Muhim jihati: WHO “reference limits” — bu fertil populyatsiyaning 5-percentili, ya’ni “buni past bölsa böldi san bepuştsan ” degani emas ayniqsa WHO 6th naşr bunga yanada urğu bergan.
sodda qilib körsatsam:
- Hajm: 2010 ≈ 1.5 ml → 2021 ≈ 1.4 ml (reference)
- Konsentratsiya: 2010 ≈ 15 mln/ml → 2021 ≈ 16 mln/ml
- Umumiy harakatçanlik va progressiv harakatçanlik: WHO 6-naşrda metodika va kategorizatsiya qayta kuçaytirilgan.
1. Quyidagi rasmda Eyakulyatni hajmi qaerlardan kelib çiqişligi haqida rasm keltirilgan.
Spermani hajmini hosil qiladigan suyuqliklar manbalari va nisbatlari jadvali
Manba
Örtaça uluş
Seminal vezikulalar
60–70%
Prostata
20–30%
Testis + epididimis
2–5%
Bulbouretral bezlar
juda kam
Agar Polispermiya - Hajm yuqoribölsa nimalar haqida öylaş kerak:
klinik amaliyotda sperma hajmining yuqoriligi (köpinça >6 ml) köpinça fiziologik yoki texnik sabab bilan boğliq böladi. Ammo patologik holatlar ham mavjud.
Quyida andrologik taşxis uçun haqiqiy kasalliklarni patofiziologiyasi bilan beraman.
Sabablari
1-Vezikulit, prostatit (yalliğlaniş)
2-Androgenik giperstimulatsiya
Kam uçraydi, lekin nazariy va klinik kuzatiladi:
- Ekzogen testosteron / androgenlar
- Androgen reseptor stimulyatsiyasi ortişi
3- Jinsiy yöl bn yuqadigan infeksiyalar (subklinik ham bölişi mumkin)
Ayniqsa:
- Çlamydia
- Mycoplasma
- Ureaplasma
4- Avtonom nerv tizimi disfunktsiyasi
Ejakulyator refleks regulyatsiyasi buziladi.
- Ayniqsa Parasempatik nerv ustunligida
Bu holatda NIMA QILIŞ KERAK???
- Sekretor bezlar ortiqça stimulyatsiyasi sababini aniqlaş kerak.
· Köpinça kasallik deb öylangan holatlar aslida:
· ❌ Uzun abstinensiya
❌ Pre-ejakulyat qöşilişi
❌ Siydik aralaşişi
❌ Namuna yiğiş xatosi
· Şuning uçun har doim:
· 👉 kamida 2 marta semen analysis
👉 abstinensiya standartlaştirilgan 2kun norma!
Sperma hajmining kamligi (hypospermia) —
odatda <1.4 ml (WHO 2021 reference limitidan past) bölsa klinik ahamiyatli deb baholanadi. Muhim jihat: bu köpinça spermatogenez muammosi emas, balki ejakulyator yöllar yoki sekretor bezlar funksiyasi buzilişi belgisi deb hisoblanadi.
ASOSIY SABABLARI:
1- Ejakulyator kanal obstruksiyasi (eng muhim organik sabab)
Mexanizm
Seminal vezikula (urug pufakçasi) sekreti uretraga çiqolmaydi → hajm keskin kamayadi.
Sabablar
- Tuğma atreziya yoki stenoz
- Kistalar (Müllerian duct, utrikulyar kista)
- Postinfeksion fibrozlar
- Prostata jarrohligi asorati
Laborator belgilar
✔ Hajm ↓
✔ Fruktoza ↓ yoki yöq
✔ pH past yoki normaldan past
✔ Sperma konsentratsiyasi normal yoki ↓
Buni aniqlaşning oltin standart tekşiruvi - TRUS hisoblanadi.
2- Retrograd ejakulyatsiya
Mexanizm
Ejakulyat siydik pufagiga ketadi, taşqariga çiqmaydi.
Sabablar
- Diabetik neyropatiya
- Prostata operatsiyalari
- Alfa-blokatorlar (tamsulosin)
- Qovuq böyni yetişmovçiligi
Bemorda
✔ juda kam suyuqlik (uruğ) ajratiş, Hajm juda kam yoki “quruq orgazm”
✔ Posteyakulyator siydikda spermatozoidlar-labaratoriyada har safar siydikni toplaş standart hisoblanadi, Qöqon şahar, "Hospital ZM" klinikasi 2019yildan beri bu tekşiruvni uzluksiz qilib keladi.
3-Seminal vezikula (uruğ pufakçasini) ageneziyasi yoki gipoplaziyasi
Mexanizm
Asosiy suyuqlik manbai rivojlanmagan → hajm kiçik.
Köpinça birga keladi:
- Vas deferens ageneziyasi
- CFTR gen mutatsiyasi (CBAVD)- qol bn korikda oddiy palpatsiyada aniqlaş mumkin
Laborator belgilar
✔ Hajm ↓
✔ Fruktoza yöq
✔ pH past
4-Androgen yetişmovçiligi (hipogonadizm)
Mexanizm
Androgenlar seminal vezikula va prostata sekretsiyasini stimulyatsiya qiladi.
Testosteron past → sekret kamayadi.
Belgilar sperma hajmi kamligi bilan birga klinikasida buni bemor bn suhbat paytida aniqlaymiz
✔ Libido pasayişi
✔ Testis kiçrayişi
✔ Sekretor bezlar faolligi ↓
5-Qisqa abstinensiya (eng köp uçraydigan “fiziologik” sabab)
Seminal vezikula tölişga ulgurmaydi. 24 soatdan oldin topşirilsa agar şubhalansa qayta spermogaramma 2-7kun orasida topşiriş
6-Namuna yiğiş xatosi (laborator muammo)
Juda muhim va tez-tez uçraydi.
✔ Birinçi fraksiya yöqotilgan
✔ Idiş notöğri işlatilgan
✔ Töliq ejakulyatsiya bölmagan
👉 Birinçi fraksiya spermatozoidlarga eng boy va hajmning muhim qismi.
7-Nevrologik kasalliklar
Ejakulyatsiya refleksi buziladi.
· Orqa miya şikasti
· Multiple sclerosis
· Diabetik neyropatiya
8-Dorilar
· Alfa-blokatorlar
· Antidepressantlar
· Antipsixotiklar
Ejakulyator refleksni susaytiradi.
Amaliy körsatma beraman:
ANDROLOGIK DIAGNOSTIK ALGORITM
Agar hajm <1.4 ml bölsa:
1. Abstinensiya tekşirilsin
2. Takroriy spermiogramma
3. Fruktoza testi
4. pH
5. Postejakulyator siydik analizi
6. TRUS
7. Gormonal profil (T, FŞ, LH)
Topilgan kasaliklarni davolaş boşqa maqolalarimizni mavzusi hisoblanadi, keyingi maqolada spermagrammadagi spermatozoidlarni soni haqida boladi.
Umumiy tavsiyalariim:
1 dona notöğri talqin — yillar davomida notöğri davolanişga olib kelişi mumkin.
Şuning uçun bilim — bu diagnostikaning yarimi.
Agar siz ham soğliğingizni tuşunib boşqarişni istasangiz — hozirdan bizi turli ijtimoyi tarmoqlarda kuzating, obuna boling.
Bu maqolada Siz hozirgi kunda andrologiyada eng notöğri tuşuniladigan tekşiruvlardan birini ilmiy asosda örgandingiz.