Jinsiy voqealik tuşlar köriş
Muallif: Professor Dr. Zarifjon Murodov Jumaboyeviç, urolog-androlog
Olib borilgan tadqiqotlarga köra, erkaklarning 93%i, ayollarining esa 86%i hayoti davomida bir marta bölsa ham erotik uyqu körar ekan. Kimlardir juda köp va tez tez körsa kimlardir haftada, oyda hattoki yilda bir marta körişi mumkin ekan. Buning sababi nimada hiç öziz öylab körganmisiz? Uxlaş holatiga qay darajada boğliq?
Bu mavzu yuzasidan juda köp turli tuman tekşiruvlar, sörovnoma anketalar ötqazilgan bölib natijalari haqiqatdan ham juda qiziq. Oxirgi GongKongdagi universitetda ötqazilgan universitet talabalari orasidagi natijalar quyidagiça, 670 talaba iştirok etgan, bularning 66% ayol (female) 34% erkak (male) bölgan. Ulardan qanday oraliqlar bilan jinsiy komponentli tuşlar körişlari va bu paytdagi uxlaş holatlari haqida söralgan.
Sörovnoma natijasi esa juda ham qiziq. Qatnaşganlarning 72% asosan yonboş yotişliklarini, 23%i yuqoriga qarab yotişlarini,5%i esa yerga qarab yotişliklarini belgilaganlar. Yanada qiziq bir holat esa yerga qarab yotganlarning boşqalarga nisbatan köproq jinsiy tarkibli tuşlarni körişlarida edi.
Olimlarga köra buning bir neça sababi mavjudligini keltirib ötişdi. Sabablaridan biri uyqu paytida kökrak qafasida hosil böladigan yuqori bosim, nafas oliş va çiqarişni qiyinlaşuvi hissidan, miyaga jinsiy maylni qitiqlovçi signallar yuzaga kelişi mumkinligi körsatilmoqda.
Boşqa bir tekşiruvda esa çap yonboş bilan yotganlarning tez tez qorqinçli tuşlar körişligi va ertalabga kayfiyatsiz boşlaşliklari tasdiqlangan, şu örinda xalqimizning ertalabdan kayfiyati yoqlarga çap yoning bilan turdingmi deyişi bejiz emasligi ham tasdiqlangan böldi. Aksinça öng yonboş yotadiganlarda esa bosinqiraşlar bölmasligi va ertalabga tetik va yaxşi kayfiyatda kunni boşlaşliklari ham keltirib ötilgan.
Undan taşqari yaşaş muhitimiz, boydoqlik holati, vaqtinça boydoqlik holati (uylangan lekin oiladan ma’lum muddatga uzoqda), safardalik, işda çarçaş, sovuqqotiş, yumşoq joyda yotişlar ham bu tur tuşlarni köp körişlikka sabab bölişi mumkin ekan.