Maqola · 1-dekabr, 2024 · 9 daqiqa

Prolistem’ni noobstruktiv azoospermiya (NOA)da klinik jihatdan qöllaş

Muallif: Professor Dr. Zarifjon Murodov Jumaboyeviç, urolog-androlog

  1. Kiriş

Testosteronning spermatogenezga ta’sirini kemiruvçilarda, primatlar va erkaklarda testosteron körsatkiçlarini özgartiriş(pasaytiriş) orqali olib borilgan ilmiy tekşiruvlarda testosteronni spermatogenez va erkak fertilligini ta’minlaşda qançalik ahamiyatli ekanligi tasdiqlangan. Ohirgi paytlarda, transgenik hayvon modellaridan foydalaniş imkonlari sababli spermatogenez va spermiogenezda androgenlarinng ta’sir doiralari va mexanizmi haqida juda köplab ma’lumotlarni qölga kiritiş imkoni paydo boldi. Anterior gipofizdan işlab çiqariladigan LG (lyuteinlovçi gormon), fetal hayotdan toki voyaga yetgandan keyin ham Leydig hujayralarini testosteron işlab çiqarişlari uçun stimul jonatadi. Leydig hujayralaridagi testosteron işlab çiqarilişi sababli moyakiçi testosteron körsatkiçi plazmadagi körsatkiçdan 25-125 barobar yuqori konsentratsiyada böladi. Moyakdagi testosteron körsatkiçi 70mM.dan pastlaganda spermatozoid işlab çiqarilişi pastlab borib töxtaşgaça borişi mumkinligi aniqlangan. Işlab çiqariladigan testosteron mayoz böliniş va gaploid germinal hujayralarining differensiallaşişi (spermiogenez) jaryoni kabi spermatogenezni bir qança bosqiçida muhim rol oynaydi. 

1.rasm. Spermatogenez va spermiyogenezning sxemasi

  1. Testosteronning spermatogenezga ta’siri.

Spermatogenez seminifer tubullarida maydonga keladi. Seminifer tubullar; peritubulyar miyoid (PTM) hujayralar, Sertoli hujayrlari va germinal hujayralari bölgan 3 ta asosiy tip hujayralardan iboratdir. Sertoli hujayralari intersitsiyumdan keladigan taşqi signallari ötqazdi va germinal hujayralar proliferatsiyasi va diferensatsiyalaşişi uçun kerakli muhitni ta’minlaydi. PTM hujayralari, seminifer tubulning bazal membranasini hosil qiliş uçun Sertoli hujayralari bilan kordinatsiyon muvozanatda faoliyat körsatib spermatozoidga aylanadigan germinal hujayralarini işlab çiqaradigan spermatogonial özak hujayralar uçun qulay şaroit yaratadi. 

Testosteron spermatogenezda, (1)gemato-testikulyar bariyer(GTB)ni himoya qiliş, (2)mayoz böliniş, (3)Sertoli hujayrasi-spermatid yopişişi va (4)spermatozoidni lumen(tubul böşliği)ga çiqişi kabi kamida törtta muhim jarayonlarda iştirok etadi.

Gemato-testikulyar bariyer(GTB), Sertoli hujayralari orasidagi köplab hujayraviy proteinlardan hosil böladi. N-Cadherin, Claudin 11, Occludin, Gesolin, Jam3 va Claudin 3 kabi GTB’ga dahldor proteinlarni işlab çiqarilişini boşlaşi uçun testosteron kerak böladi. Elektron mikroskopik tadqiqotlar orqali spermatogenez va spermiyogenezning 14 bosqiçi mavjud bölib bu bosqiçlarning VI-VII bosqiçlarida preleptoten spermotositlar bazal membranadan ayriladi va GTB’dan tösiqlarga uçramasdan ötib luminal tarafga yetib keladi. Mayoz bölinişning leptoten bosqiçining nihoyasida barça germinal hujayralarining takomillaşişi GTB dan otib luminal muhitda nihoyasiga yetadi. Kemiruvçilarda olib borilgan tadqiqotlar şuni körsatdiku, androgen reseptor(AR)ini bloklaş orqali intratestikulyar testosteron körsatkiçlarini pastlatilsa GTB’ning butunligining buzulişi va natijada spermatogenezni töhtaşi kuzatilgan. 

Transgenik siçqon modellarida testosteron singnalining yoqolişida, mayoz böliniş darajasida spermatogenez töhtaydi natijada oz miqdordagi germinal hujayralar gaploid spermatid bosqiçigaça rivojlanadi lekin elonge spermatidlar hosil bölmaydi. AR ekspressiyasini bloklanişi ayniqsa Sertoli hujayralarida SCARKO (Sertoli cell androgen receptor knock out) siçqonlar mayozida pakiten yoki diploten bosqiçida spermatogenezni töhtaşiga sabab bölganligi kuzatilgan. 

Testosteron körsatkiçi pastlatilgan siçqonlarda yumaloq spermatidlar Sertoli hujayralaridan barvaqt ayirilganligi uçun elonge spermatidlar bölmaydi. Androgen reseptor aktivligi pasaytirilgan siçqonlarda olib borilgan ilmiy işlar elonge spermatidlar bilan Sertoli hujayra bogliqligi davom etmaganligini va germinal hujayralarining erta ajratib yuborilganligi kuzatilgan. Spermatogenezning VII-VIII bosqiçlarida Sertoli hujayralari va spermatidlar orasidagi boğliqliklar, spermatidlar uzayişni boşlaşidan yangitdan boşlanadi. Differentsiyalaşişni bu bosqiçida Sertoli hujayralari bilan germinal hujayralar orasidagi dezmosom boğlar örnini uzaygan spermatidlarga boğlanişi uçun maxsus bolgan yanada kuçli ektoplazmik rivojlangan yopişgan kompleksi örnini oladi. Sertoli hujayralari va uzaygan spermatidlar orasidagi ektoplazmik rivojlangan yopişgan kompleksni hosil qiladigan protein komplekslaridan ikkitasi (cadherin/cadherin va a6b1-integrin/lamining3) androgenlarni pasaytiriş orqali buzuladi. 

2.rasm Erkaklarda spermatogenezni 14 ta bosqiçi

Testosteron pasaytirilgandan söng fokal adgeziya kinaza(FAK) va Beta-katenin birga ektoplazmik rivojlangan yopişgan kompleks bilan aloqador bir qança proteinlarining fosforilizatsiyasi bilan ajratiladigan turli özgarişlar amalga oşadi. Beta-katenin’ning tirozin fosforilizatsiyasi cadherin/cadherin kompleksinining bir butunligining buzulişga aloqadordir. Androgen reseptorini bloklaşi orqali bu proteinlarning ekspressiyasining töhtatilişi, Sertoli hujayrasi-spermatid yopişişini ham tösilişiga olib kelişi mumkin degan fikrga kelişimizga asos böladi. 

Testosteron signalining yoqligida odatda VIII bosqiçda çiqarib yuboriladigan yetuk spermatozoidlar Sertoli hujayrasi tomonidan tutulib fagositoz qilinadi. Src aktivlaşişi spermatozoid çiqarilişida kerakli ekanligi ilmiy tasdiqlangan. Src fosforilizatsiyasi VII-VIII bosqiçlarda induktsiyalanadi va Src tuzulişi jihatidan ektoplazmik rivojlangan yopişgan kompleksdagi proteinlar bilan aloqadordir. Bundan taşqari Src, Sertoli hujayralaridan yetilgan uzun spermatidlar bilan ektoplazmik rivojlangan yopişgan kompleksning hosil bölişida iştirok etadigan Beta-katenin va N-cadherin proteinlarini fosforilizatsiyalaydi. Beta-katenin va N-cadherin’ning Src vositasida fosforilizatsiyalangandan söng ikki protein bir biridan ajraydi, hujayra boğlari yoqoladi va yetuk spermatozid erkin böladi. 

3.rasm Siçqonlarda spermatogenez boşqiçlariga köra androgen reseptorlarining ekspressiyasi. 

Siçqonlarda testosteron va FSG ni pasaytirilişi bilan Sertoli hujayralaridan ekspressiya qiladigan va adgeziya bilan aloqador genlarning barçasi tavsiflangan va bu genlar orasidan fokal adgeziyalari modulyatsiyalangan. Sparc (osteonektin), uzaygan spermatidlar bilan boğ hosil qilgan integrinlar bilan reaktsiyaga kirgan Ctgf, spermatidlarni örab olgan va integrin vositali adgeziya va signalni modullaşgan Lgals1 (galectin 1)ni kamayişi tasdiqlangan. Bu ham testosteronni bloklanişining yetuk spermatazoid holatiga yetib bormasdan Sertoli hujayralaridan ayrilişlarini bölişi mumkinligini tasdiqlaydigan dalil sifatidadir. 

ARKO va Tfm (testikulyar feminizm) siçqonlarda spermatosit sonlarini kamayib va köp sonli yumaloq spermatid işlab çiqaradi, bu ham AR’ning meyozining testosteron orqali qöllab quvvatlanişi kerak ekanligini körsatadi. SCARKO siçqonlarda VI-VII bosqiçlarida birlamçi spermatositlarning rivojlanişini yoqolişi bilan natijalanadi. 

ARKO: Androgene receptor knock out

SARKO: Sertoli-cell Androgene receptor knock out

  1. Testosteronning azoospermiyaga ta’siri.

Ilmiy işlarda, noobstruktiv azoospermiya holatlarida testosteronning spermatogonium differensiyallaşişini ingibitsiya qilişi gipotezalari aytilgan edi. 48 ta siçqon ustida olib borilgan tekşiruvlarda 6 Gy testkulyar radiyatsiyadan keyin GnRH antogonistini berib testosteron kamaytirilgan, spermatogonia differensiyalaşişi 200 ta yumaloq seminifer tubullar eniga kesib körilganda köpayiş kuzatilgan tubullarning foizi repopulyatsiya indeksi (RI) hisoblanib baholangan. A spermatogonianing mitotik indeksi radyoterapiya olgan hayvonlarda ortaça 24% çiqqan. GnRH antagonisti bilan davolangandan keyin bir haftani içida indeks 35%gaça kötarilgan va GnRH agonisti olgan guruhda RI:14,5% qayd etilgan. GnRH antogonistini qöllanilişi RI körsatkiçlarini boşqa guruhlardan yuqori bolişi tasdiqlangan. Şuttlesworth va hamkasblarining olib borgan uşbu ilmiy Işida azoopsermik siçqonlarda testosteronni GnRH antogonistlari bilan vaqtinça pasaytirilişining spermatogonialarning differentsiyalaşivudagi arrest (qamal)ni ketkazişi va spermatogenezni boşidan induktsiyalanişi körsatilgan. Şu bilan birga, spermatogenez va spermiogenez yangidan induktsiyalangan bölsa ham yetuk spermatozoid bosqiçiga yetib boraolmagan, testosteron past bölgan muddat mobaynida spermatid bosqiçida qolişi aniqlangan. Testosteronning spermatogenezning keç bosqiçlari uçun ham juda katta ahamiyatga ega ekanligi, faqatgina seminifer tubullardagi spermatogonial özak hujayralarning bölinişigagina kerak emasligini, balki butun spermatogenezning butun bosqiçlari uçun kerakligi tasdiqlandi. 

Normal spermatogenez uçun kerakli bolgan testosteronni non obstruktiv azoospermiya holatlarda spematogenez va spermiogenezga tösiq bölişini körsatadigan boşqa ilmiy işlar ham mavjud. Şetty G. va hamkasblari 41 ta gomozigot jsd (juvenil spermatogonyal kamligi) mutatsiyasi mavjud siçqonlarda GnRH antogonisti bilan intratestikulyar testosteronni pasaytiriş orqali davolaşning ohirida spermatogonial differensiyallaşişni hosil qilinganlar. Germinal hujayralarini özgarişi körilgan tubullarining foizi (tubul differensiyalaşiş indeksi) 7 çi haftadan song pasaygan intratestikulyar testosteron korsatkiçlari bilan negativ korrellatsiya mavjud. 

Meistriç ML. va hamkasblarining olib borgan boşqa ilmiy işda radioterapiya natijasida azoospermiya holatiga olib kelingan siçqonlarda GnRH analogi olgan guruhda intratestikulyar testosteron konsentratsiyaning kamayganligi va bir paytda repopulyatsiya indeksining GnRH analogini olmagan guruhga nisbatan yuqori ekanligi kuzatilgan. Kuzatilgan bu ta’sir noobstruktiv azoospermiya bemorlarida bilganlarimizning aksinça testosteronning spermatogoniyalar differensiyalaşişiga negativ ta’siri borligini qayd etgan. Germinal hujayralarida odatda androgen va folikulla stimullovçi gormon (FSG) reseptorlarining bölmasligi bu gormonlarning Sertoli hujayralari kabi somatik hujayralarga ta’sir qilişligi va bu hujayralarning keyinçalik parakrin va yukstakrin ta’sirlaşişlar yoli bilan spermatogonialarga ta’sir qilişi mumkin degan fikr bor. 

  1. Intratestikulyar testosteronni konsentratsiyasini tuşirilişi va uni spermatogenezga ta’sirlari. 

Bu ma’lumotlar soyasida testosteron körsatkiçini pastlatiş orqali huddi komputerni boşidan boşlatilişi kabi “spermatogenezni yangitdan boşlanişi” nomi berilgan mexanizm bilan obstruktiv bolmagan azoospermiyani (NOA) qöllab quvvatlaş fikri örtaga qoyilgan edi. Intratestikulyar testosteron körsatkiçlarini vaqtinça pasaytiriş orqali spermatogenezning eng erta bosqiçlarini töliq yakunlanişiga sababçi bölişi mumkinligi nazarda tutilmoqda.

Qizilmiya ildizi (Licorice)dagi glisirizin kislotasining androstenedionni testosteronga aylanişini in vitro holatda ham bloklaşi ma’lum. Glisirizin kislotaning, 3 tip 17b-HSD (testikulyar) enzim ingibitori ekanligi avvalgi olib borilgan işlarda körsatib ötilgan. 

4.rasm Xolesterindan jinsiy steroidlar biosintezi.

Bu enzim T.ning biosintezini va şu sababli androgenga sezgir kasalliklardagi ta’sirlarini tösiş uçun maqsad-nişon hosil qiladi. Bundan taşqari 3 tip 17b-HSD faqatgina moyaklardagina mavjudligini inobatga oladigan bölsak intratestikulyar testosteron korsatkiçini pastlatiş juda ham muhim hisoblanadi. Armanini D. va hamkasblarining olib borgan bir ilmiy tekşiruvida Licorice qöllaş paytida, plazma T konsentratsiyalari 36%ga pastlagan va plazma 17-gidroksiprogesteron korsatkiçi 21% ga ortgani qayd etilgan. Uşbu natijalar ham 17b-HSD aktivligini (androstenedionni T’ga aylantirişi) hamda 17,20-liyaz aktivligini(17-gidroksiprogesteronni androstenedionga aylanişini) ingibirlaşi kuzatilgan. 

  1. Prolistemni klinik jihatdan qöllaş.

Prolistem bilan davolaşning ilk bosqiçida gilisirizik kislota va omega-3 yoğ kislotasining birikmalari, intratestikulyar testosteron konsentratsiyasini tuşuradi. Uç oy davomida kunda uç mahal qöllanilgan molekula spermatogonia özak hujayra sonini köpaytiradi. Abuelhija, M. va hamkasblarining nur berib bepuştlik holatiga keltirilgan siçqonlar ustida olib borilgan tadqiqotda tubulus differensatsiyasi indeksi baholangan. B tip spermatogonia bosqiçi yoki biroz yuqoriroq bosqiçga erişgan uç yoki undan köproq hujayrasi bölgan tubulluslarning differensatsiyasi indeksi foiz sifatida belgilangan va 6 Gy nur berilgandan 10 hafta ötgaç 1 oylik davo çorasi olib borilgan. Differensiyalaşgan hujayra sonida 9% lik ortiş kuzatilar ekan, bu nisbat 2.çi oyda 18%ga kötarilgan. Nazorat guruhida esa bu davrda tubulluslarning differensatsiyasi kuzatilmagan. Şu bilan birga Prolistem bilan davolangan siçqonlarda spermatozoidlar sonida sezilarli darajada ortiş va har bir moyakda 100.000dan yangi spermatozoid hujayrasi qayd etilgan. 

Prolistem bilan davolaşning ikkinçi bosqiçida, ikkinçi uç oylik davolaş davrida bir kunda 3 mahal olinişlik tavsiya qilanadi. Içidagi Vit A, vit C, Vit D, Vit E, Vit B1-B2-B6-B12, pantotenik kislota, yod, Ruh, mis va uzum danagi ekstrakti bilan spemiogenez bosqiçi qöllab quvvatlaniladi. Umuman olganda antioksidant hususiyatiga ega bu moddalar reaktiv erkin kislorod radikallarini kamaytirib spematozoidlar harakatçanligini, akrosoma reaktsiaysini va xromatin maturatsiyasiga ijboiy ta’sir korsatib, DNK fragmentatsiyaga zararli ta’sir qiladigan plazma membranisi lipid peroksidatsiyasiga ham ijobiy ta’sir qilib umumiy spermagrammada ijobiy özgarişlarga sabab böladi. Turli antioksidant moddalaridan foydalanilgan, 2.876 juftlar iştirok etgan, 34dan oşiq maqola ma’lumotlarni öz tarkibida tutadigan Coçrane sistematik tekşiruv va meta-analizlarida antioksidant bilan davolaşning sun’iy uruğlantiriş qöllanilgan subfertil juftlarda tirik tuğuliş va homilador bölişlik körsatkiçlariga statistik jihatdan ijobiy ta’siri bolganligi aniqlangan. 

Abuelhija, M. va hamkasblarining 89 ta azoospermia taşxislik bemorlar ustida olib borgan boşqa klinik tadqiqotida 6oylik Prolistem bilan davolaş oldi va davolaşdan keyingi FSG, LG va T.T körsatkiçlari ustida nazorat olib borilib turgan. Bemorlarda davolaşning nihoyasida 48%ida; 23%ida eyakulyatta spematozoid topilgan bolsa 25% ida esa mikro-TESE orqali uruğ  topilganligi qayd etilgan.  

  1. Xulosa

Tadqiqotlar, testosteronning noobstruktiv azoosperimiya holatlarida spermatogonia differnsatsiyasiga paradoksal jihatdan ingibirlovçi ta’sirga ega ekanligi aniqlangan. Qöşimça sifatida testosteronni GnRH antogonisti bilan pasaytirişning spermatogonia differnsatsiyasini qözgatişi va buni keyinçalik ekzogen testosteron bilan teskariga aylantirilişi ma’lumot sifatida berilgan. Fiziologik testosteron, spermatosit va spematidlarining tirikligini himoyalaşda va differnsatsiyalaşişida alohida rol oynaydi. Bu ma’noda noobstruktiv azoospermiya holatlarida intratestikulyar testosteron körsatkiçlarini tuşirib testosteronning negativ ta’sirini bartaraf qiliş va spermatogenezni yangitdan induktsiyalaş bemorlarni davolaşdagi yangi umid beruvçi usullardan biri bölişi mumkindek körinmoqda. 

Professor Dr. Zarifjon Murodov Jumaboyeviç 

1/XII/24y soat 23.40

Boşqa maqolalar

10-may, 2026Befarzandlikda Sperma (Uruğ) Hajmining ahamiyati19-fevral, 2025«Nozik mavzu, murakkab mavzu» – şifokor-androlog bilan suhbat3-fevral, 2025Jinsiy voqealik tuşlar köriş