Aspermiya /Gipospermiya/Retrograd eyakulyatsiya
Muallif: Professor Dr. Zarifjon Murodov Jumaboyeviç, urolog-androlog
Eyakulyatning yöqligi va/yoki kam miqdorda çiqişi
Eyakulyat çiqmasligiga asosan ikki sabab bölişi mumkin bular retrograd eyakulyatsiya (uruğning orqaga (siydik qopiga) qoçişi) va emissiyaning buzilişlaridir (uruğning uruğ tizimçisi(vazdeferens)dan orqa uretraga (posterioruretra) taşlab berila olmasligidir). Umuman eyakulyatning bölmasligi ASPERMIYa deyilsa ham buni köpçilik adaştiradigan eyakulyatda umuman uruğ(spermatozoid)larning bölmasligi AZOOSPERMIYadan farqlaş kerak böladi. Çunki yoş bemorlarni har ikki holatda ham farzandsizlik urolog-andrologga murojaat qilişiga olib keladi. Eyakulyatsiyani izdan çiqişiga asosan orqa miya (umurtqa poğonasi)dagi jarohatlar sabab bölsa kamdan kam holatlarda bölsa ham qandli diabet va tarqoq skleroz kabi nevrologik kasalliklarni kuzatişimiz mumkin. Bundan taşqari qon bosimini davolaşda işlatiladgan ba'zi dorilar ham sabab böladi. Retroperitonial operatsiyalar beldagi operatsiyalar paytida simpatik nerv tugunlarini jarohatlanişi juda köp uçraydigan sabablaridandir.
Aspermiyaning yana bir sababi orgazm bölmasligi bilan birga keladigan psixologik muammodir. Azoospermik bölmagan bemorlarning asosiy muammosi etarli miqdorda sperma töplaşidir. Buning uçun androlog bilan birga maslahat qilişlari kerak böladi.
Retrograd eyakulyatsiyani şifokor juda osonlik bilan taşxis qila oladi. Ya'ni aspermiyaga şikoyat qilib kelgan bemorga uruğ analizi buyuriladi va oragazm böliş juda muhim bu erda, şundan söng siydik analizi topşiriladi. Siydik analizida bir dona spermatozoidni topilişi retrograd eyakulyatsiya diagnozi uçun etarli böladi.
Eyakulyatning asosiy miqdori uruğ pufakçalaridan kelganligi sababli agar retrograd eyakulyatsiya yuz bermayotgan bölsa, ya'ni kam miqdorda eyakulyat bölsa jarayonga uruğ pufakçasi qatnaşmayotgan böladi. Bu holatda nisbiy yoki töliq eyakulyator kanal berkligi haqida öylaş kerak böladi. Palpator uruğ tizimçasini paypaslanmasligi odatda uruğ pufakçasini ham agenziyasi (tuğma rivojlanmaganligi) Taşxis uçun transrektal ultratovuş tekşiruvi (TRUZI) qilinadi (prostatadagi kistalar, ularning ölçami va joylaşişi, uruğ tizimçasini ageniziyasi va h.k). TRUZI da topilgan ma'lumotlarga köra andrologi şifokori bemorga qaysi usuldagi davolaşni tanlaşni hal qiladi. (Prostata kistalarda köpinça (TUR-ED*)).
Bemorlarga quyidagi algoritm böyiça yondoşiş mumkin:
Aspermiya /Gipospermiya
Jinsiy parhezning muddatini aniqlaş
(etarli sperma töplanişi uçun kerakli muddatni belgilaş)
Eyakulyatsiyadan keyingi siydik tahlili
(+)
(-)
Retrograd eyakulyatsiya
Simpatomimetiklar(efedrin),
Qovuqdan işqoriy muhitda
cperma töplaş (IUI)
Transrektal ultratovuş
tekşiruvi
Anormal
Normal
Uruğ pufakçasi
aspiratsiyasi
Emissiya yöq
Simpatomimetiklar,
Elektroeyakulyatsiya
(+)
(-)
Eyakulyator kanalda
blok mavjud
Eyakulyator kanalda va
epididimlarda blok mavjud
TUR-ED
TUR-ED va pididimoanastomozlar
*Transuretral eyakulyator kanal rezektsiyasi.
Yana şuni esdan çiqarmaslik kerak-ki, uruğ pufakçasi va prostata androgenlar nazorati ostida sekretsiya(öz mahsulotini işlab çiqaradi) qiladi. Şuning uçun androgen defitsit holatlarda ham eyakulyat hajmida kamayiş kuzatiladi, lekin bu holat azoospermiya bilan birga keladi.
Şuni ham inobatga oliş kerakki, ba'zi erkaklar uruğ analizi vaqtida etarli hajmda eyakulyat çiqaraolmaydilar, bu holatda tabiiy hajmni biliş uçun prezervativga tabiiy aloqada çiqarilgan eyakulyat hajmini baholaş kerak böladi. Aspermik va gipospermik(<1.5 ml) holatlarning barçasida qayta uruğ analizi va eyakulyatsiyadan keyingi siydik tahlili ötkazilişi şart. Eyakultsiyadan keyingi siydik bir idişga töplanadi va sentrifuga 300G 10 minut davomida qilinadi. Söngra mikroskop ostida tekşiriladi. Aspermik bemorlarda har bir köriş maydonida 10-15 dan köp spermatozoid körinişi kerak. Gipospermik bemorlarda antegrad(normal çiqqan) eyakulyatsatdan köp miqdorda kuzatilişi retrograd eyakulyatsiya taşxisini tasdiqlaydi. Retrograd eyakulyatsiya taşxisli bemorlarni davolaşni medikamentoz va ba'zi texnik usullari mavjud va bular albatta androlog nazoratida ötkaziladi. Retrograd eyakulyatsiyani davolaş farzandsizlik bilan şikoyat qilib kelgan bemorlarda aktual muammodir. Lekin farzandsizlik muammosi bölmagan keksa yoşdagi turli yuqoridagi sabablar tufayli retrograd eyakulyatsiyasi mavjud bemorlar uçun davolaş tanlov usulidadir.
Azoospermik bemorlarning siydik tahlilida bir dona spermatozoidni topilişi ham bilateral töliq duktal obsturuktsiya yöqligini örtaga çiqaradigan muhim asosdir. Agar siydikda uruğ aniqlanmasa eyakulyator kanallarning bloki haqida öylaş kerak böladi.
Avvallari uruğ pufakçasini eyakulyatsiyaga qatnaşayotganligini baholaş maqsadida eyakulyatda fruktoza aniqlatilar edi. Bugungi kunda transrektal ultratovuş tekşiruvi natijalarining normal kelişi bu şubhadan halos qiladi.
FSG (folikulla stimullovçi gormon) normal körsatkiçlarda bölsa moyaklar biopsiyasi qiliş mumkin. Agar normal spermatogenez mavjudligi aniqlansa yöldagi bloklarni hal qiluvçi rekonsruktiv operatsiyalar ötkaziş kerak böladi. Obstruktsiya darajasini belgilaş uçun intraoperatsion vazografiya ötkaziladi. Gipospermiyali oligozoospermik bemorlarda moyaklar biopsiyasi odatda şart emas.