Maqola · 27-iyun, 2016 · 11 daqiqa

Ayol jinsiy funktsiyasini izdan çiqişi

Muallif: Professor Dr. Zarifjon Murodov Jumaboyeviç, urolog-androlog

Ilmiy ommabop maqola

Jinsiy disfunktsiya erkakka ham ayolga ham juda katta ta’sir qiladigan MUAMMOdir.

Butun Dunyo soğliqni saqlaş taşkilotini ta’rifiga köra: - jinsiy soğlomlik; kişi jinsiy mavjudligini, şaxsiyat, munosabat va muhabbatini ortiradigan badanan, xis – tuyğu yoli bilan, aqliy va sotsial bir butunlaşişidir. Jinsiy munosabatdagi buzulişlar yoki kasalliklar yuqoridagilarning butunligini buzulişiga va şaxsda psixologik va sotsial muammolarga sabab boladi.  

Jinsiy aloqa(munosabat) – iki qarama qarşi jinslarning biologik, ruhiy va ijtimoyi jihatlari bilan birlaşişidir. Bu birlaşişni ma’lum, qa’tiy qoidalari yoq, juftlar bir birlariga va atrof, muxitga zarar bermasdan va qoniqiş hosil bölgungaça qança, qanday şakllarini özlari hal qilgan holatda yaqinlik qilaoladilar.

Bu maqolamda ayollar jinsiy funkstisyasini izdan çiqişi sabablari, belgilari, taşxis va davolaşga yondaşiş kabi savollarga javob olasizlar.

Ayollarda jinsiy qözğalişlar qanday yuzaga keladi?

Ayollarda taktil (teginiş) va ruhiy ta’sirlar natijasida boş miyadagi kerakli markazlar işga tuşadi. Boş miyadan klitor va boşqa jinsiy a’zolarga yuborilgan buyruqlar natijasida qözğaliş röy beradi. Ya’ni ayollar jinsiy aloqaga boş miyalari bilan iştirok etişadi va bunung uçun ba’zi psixologik tayyorgarliklar ham ahamiyatlidir. (Erkaklar diqqatiga)

Qözğaliş 4 bosqiçda boradi:       

- Jinsiy xohiş bosqiçi (Libido)

- Jinsiy qözğaliş bosqiçi

- Orgazm bosqiçi

- Boşaliş, rezolyutsiya bosqiçi

har bir bosqiçda turli kimyoviy özgarişlar röy beradi va oxirgi bosqiç bilan yakunini topadi.

Jinsiy xohiş bosqiçi (Libido)

Xohiş bosqiçidir. Qarama qarşi jinsga psixologik qiziqiş va xohiş paydo boladi. Yana boşqa tomondan esa ötmişdagi jinsiy malakalari va fantaziyalari qözğalişga yordam beradi. Bir neça minutdan bir neça soatlab davom etişi mumkin.

Qözğaliş bosqçi

Xarakatlar, teginişlar va psixologik qözgalişlar kuzatiladi. Ayol ta’sirlanganda vagina va boşqa jinsiy a’zolarda qon oqimi kopaydai va namlanadi. Oldingi 1/3 qismi torayib, orqa 2/3 qismi kengayib uzayadi. Baçadon yuqoriga kötariladi. Baçadon bilan qindagi bu özgrişlar spermatozoidlarni yurişini qulaylaştiriş uçun bolsa kerak degan fikr bor. Klitor erkak jinsiy olati kabi qattiqlaşadi. Kökraklar kengayib, uçlari qattiqlaşadi. Yurak urişi tezlaşadi, qon bosim kötariladi. Muşaklar sezuvçanligi oşadi. Nerv sistemasini ta’sirida tomirlarni kengayişi hisobiga yonoq, boyin, kökrak, va qorin ust taraflarida qizillik paydo boladi.Nafas oliş, puls tezlaşadi, muşaklar taranglaşadi.

Orgazm bosqiçi

Orgazm jinsiy extirosni eng ust bosqiçidir, yani jarayonlarining pik nuqtasidir. Teginişlar, xarakatlar, fikrlar orgazm bolişni qulaylaştiradi.

Muşak va asabdagi taranglik birdaniga boşaşadi va butun vujudda bir qator qisqarişlar navbatlaşib keladi. Klitor, vagina, anus va qorin osti muşaklarda kuçli qisqarişlar kuzatiladi. Jinsiy soxadagi muşaklardan taşqari orqa, yuz, boyin va son muşaklarida ritmik qisqarişlar 5-12tagaça kuzatiladi. Ortalama orgazm 19sekund davom etadi. Yurak urişi, qon bosim kötarilişi va nafas olişlarning eng yuqori nuqtaga erişişi orgazm bosqiçidir.

Böşaliş, rezolyutsiya bosqiçi

Kuçli terlaşdan keyin organism ozini normal holatiga qaytadi. Jinsiy a’zolardagi qon tezlik bilan çiqadi. Klitor, baçadon ham öz holiga qaytadi. Kökraklar kiçrayadi, uçlari yumşaydi. Qizargan joylar öz holiga qaytadi. Yurak urişlari, qon bosim va nafas olişlari iziga tuşadi. Boşaşiş, roxatlaniş hissi, baxtlilik tuyğusi paydo boladi.

Son va sifat jihatidan yetarli jinsiy ta’sirotlar tasirida ayollar bir neça marta orgazm orqama orqa bolişlari ham mumkin.

Har doimgi jinsiy yaqinlik orgazm bilan tugamasligi ham mumkin. Jinsiy aloqani sifatini korsatkiçi bu orgazm bolişlik emas balki toyiniş hissini paydo bolişidir. Atrof muxit şartlarni mosligi, yaxşi juft, yetarli ruhiy qözğatişlar va öziga işonç jinsiy aloqani eng asosiy parametrlaridir.

Ayollardagi jinsiy muammolar nimalardan iborat?

Jinsiy xohişni buzulişi (jinsiy xohişni kamayişi, ozidan itariş)

Qözğalişdagi özgarişlar

Sub’ektiv qözğalişlarni buzulişi

Kombinatasiyalaşgan qözğaliş özgarişi, Doimiy qözğalişdagi özgariş, Orgazm buzilişlari:

Jinsiy aloqada oğriqlar (Disparoniya)

Vaginizm

 Jinsiy aloqadan qoçişlik

 Koitussiz genital soxadagi ogriqlar

şaklida tavsiflanadi.

Jinsiy xohişni buzulişi (jinsiy xohişni kamayişi, ozidan itariş)

Jinsiy aloqaga xohiş yoqligi, yoki kamligi hatto yomon korişlik şaklida ifodalanadi. Organik va psixologik sabablari bor. Jinsiy aloqaga yoki hayol-fantaziyalarga be’tiborlik boladi.

Ayollarda juda ham kop uçraydi. Xohlamaslik erkaklarda 5% ayollarda 35% uçraydi. Ayol kişi hayotida umuman kongli tolmagan yoki keyinçalik kamaygan bolişi mumkin. Bu xolda ayol kişi orgazm bolmaydi yoki juda ham kam hollarda boladi.

Sabablari: a’zolarda yoki gormonal muvozanatni buzulişi, ba’zi dorilar, yoqimsiz jinsiy tajribalar, öziga işonmaslik, jufti bilan jinsiy aloqadan boşqa paytda yaxşi muomalada bolmasliklar, stress, depressiya holatlari bolişi mumkin.

Jinsiy aloqadan qoçiş, yomon koriş jinsiy a’zolarga yoki jinsiy a’zolardagi ajralmalarni yomon koriş tarzida bolişi mumkin. Bunga yoşlikdagi xotiralari, notöğri yoki kam ma’lumotga ega bolişlik, tajjavuz, travmalar, zorlaşlar, jinsiy hayotga bolgan qörquv va uyalişlar sabab bolişi mumkin.

Juftlar bir birlariga jinsiy xohiş va tanlovlarni aytaolişi kerak, sabrli va bir birini tuşunişi kerak, kundalik hayotda ham er- xotinlik yaxşi muomala, dostlik bolişi kerak. Xohiş yoqligi davom etaversa şifokorga murojaat qilişlik va davolanişlik kerak.

Qözğalişdagi özgarişlar

Qözğalişni izdan çiqişi kuzatilgan ayollarda koitusga tayyorlaş va jinsiy aloqa davomida lazzatlanişiga yetarli qözğatişlar bölmaydi. Qözğaliş bolmaganligi sababli kerakli biologik jaryonlar röy bermaydi va klitor qattiqlaşuvi, qinning namlanişi, lazzatlaniş va orgazm qiyinlaşadi. Ayollar şu holatda ham jinsiy aloqada bolaoladilar, lekin vaginada namlik bölmagani sababli mayda şikastlanişlar sababli ogriq, açişiş paydo boladi. Sabablari sifatida; sistemalik kasalliklar (diabet), gormonal muammolar, menopauza, dorilar, xirurgik yondaşuvlar sababli nervlarni jarohatlanganligi va şu juftga nisbatan xohiş yoqliklarini körsatişimiz mumkin.

Jinsiy aloqada oğriqlar (Disparoniya)

Tibbiyotda disparoniya deyiladi va ayol kişini jinsiy aloqa paytida oğriq sezişiga aytiladi. Jarrohlik operatsiyasi ötqazgan ayollarning 30%ida kuzatiladi bu holat va öğriqli jinsiy aloqa şikoayati bilan şifokorga murojaat qilgan bemorlarni 40%ida tibbiy özgarişlar topiladi . Juftlar bilan yotoqda mos kelmaslik ham psixologik oğriqlarga sabab boladi. Oğriq bilan murojaat qilgan ayollarning yarimida vaginizm aniqlanadi. Vaginizm; jinsiy aloqa paytida vaginani taşqi 1/3 qism muşaklarni beixtiyori qisqarişi va jinsiy olat kiritişga xalaqit berişidir. Travma, tajavvuz va operatsiyalar natijasida paydo bolgan bolişi mumkin. Bundan taşqari qizlik pardasi qoldiqlari, tuğruqdagi tikişlar, bezlardagi şamollaşlar va menopauzadagi qindagi ozgarişlar sabab bölişi mumkin.

Vaginizm asosan psixologik sabablar tufayli yoki qattiqqöllik bilan qilingan tarbiya sababli rivojlanişi ham mumkin. Ota-ona munosabatlarni yaxşi bölmasligi, ona beçarohol, ota esa jahldor, onasini uradigan, birinçi aloqani juda ham oğriqli boladi deyilişi, jinsiy hayot ayollarga heç qaçon yaxşi emasligini lekin çidaşga majbur deb tuşuntirilişi, vazifasi deb tuşuntirilişi, qinga zarar tegadi degan qörquv, öziga işonçsizlik va özini aybdor his qilişi vaginizm rivojlanişiga turtki böladigan holatlardir. Tibbiy davolaş, psixoterapiya va jinsiy terapiya olişlari şart.

Orgazm buzilişlari

Umuman orgazm bolmaslik yoki orgazm kelişi qiyin holat juda ham kam uçraydi. Dastlab vaginizm sabab va psixologik sabablari ham bor.

Ba’zi ayollar qin orqali ba’zi ayollar klitorni qözğatiş orqali orgazmni his qilişadi. Bu normal holat.

Ayol kişi orgazmni his qilişi uçun yetarli qözğatişlar, j.aloqaga tayyorgarlik va jinsiy aloqa davomiyligi kerak omillar hisoblanadi. Ayolda organik yoki psixologik muammaosi bolmasa lekin erkak kişi tez boşalsa ham ayol kişi orgazm his qilmasligi mumkin.

Ayollardagi jinsiy muammolarni uçraşi

Avvallari jinsiy muammolar haqidagi ilmiy işlar asosan erkaklar ustida olib borilgan. Oxirgi paytlarda ayolni jinsiy aloqadagi ahamiyatini, uni organizmidagi ozgarişlarni örganiş keng tus olmoqda.

Köpçilik iştirok etgan ilmiy işlarda ayollarning jinsiy muammolari haddan taşqari kopligi aniqlandi. Masalan: Amerikada 31% erkaklarda 43% ayollarda jinsiy muammolar mavjudligi qayd qilingan. 40million ayol iştirokida ötqazilgan tekşiruvda 10%.dan kam ayol doktorga murojaat qilganligi aniqlangan. Diabet kasalligi bilan kasallanga ayollarda 77% xohişni buzulişi, yoqligi, 49%ida esa orgazm bolmasligi keltirib ötilgan.

Ayollardagi jinsiy muammolarni sabablari

Turli organik va psixologik sabablar tufayli rivojlanadi. Şu paytgaça ayollarda tekşiruvlar ötqazilmagan asosan psixologik sabab deb fikr yurutilgan. Oxirgi paytlarda tekşiruvlar şuni korsatdiki bunga organik sabablar ham bor ekan.

Organik sabablar

Sistemali kasalliklar va qon-tomir kasalliklari

Diabet (Qandli diabet), yurak kasalligi, qon bosim kasalligi, qondagi xolesterinni balandligi, ateroskleroz, sigaret çekişlik va hakozolar.

Qözğalişni odatdagidek bolişi uçun, qon tomirlar jarohatlanmagan bölişi şart. Qon tomirlari qalinlaşgan, qattiqlaşgan ayollarda ötqazilgan tekşiruvlarda vagina va klitorda qon aylanişi buzulişiga sabab bolişligi va bu ham qözğalişlarga sabab bölişi, keç qölişi, oğriqlar, sirpaniş kamligi, xohiş kamayişi, orgazmni kamligi aniqlangan. Çanoq soxasidan olingan travmalar sababli ham qon bilan ta’minlanişini kamayişi ham yuqoridagi holatlarga sabab böladi.

Uremiya (qon tarkibida moçevinani yuqoriligi), buyrak yetişmovçiligi va dializ jinsiy qobilayatdagi nuqsonlarga sabab böladi.

Qandli diabet a’zolardagi qon tomir strukturasiga va nervlariga beradigan zararlari tufayli jinsiy hayotda oqsoqliklar uçraydi. 75 ta qandli diabeti bor bemorlarda ötqazilgan sorovnomada, 30 ta normal ayol bilan soliştirilganda, Qandli diabet borlarda jinsiy hayotda özgarişlar kuzatilgan eng boşida jinsiy aloqaga bölgan xohişni, orzu-hayolni yoqligi kelsa, klitorial orgazm yoqligi, qindagi bezovtagarçilik, quruqliklar ham qayd etilgan.

Ayolni öziga qaray olişga quvvatini qoldirmaydigan surunkali kasalliklar ham jinsiy hayot yaşaşida buzulişlarga sabab böladi.

Nevrologik sabablar

Nevrologik kasalliklar yoki biron sabab (diabet, travma, tos soxasidagi operatsiyalar) tufayli nerv tizimini jarohatlanişi jinsiy organlarga ma’lumot borişiga xalaqit beradi. Umurtqadan jarohat olişlik, Epilepsiya, tarqoq skleroz, serebrovaskulyar(miya qon tomirlari) kasalliklar, Alsgeymer va Parkinson, nerv sistemasi infektsiyalari salbiy ta’sirga ega.

Gisterektomiya (baçadon amputatsiyasi), jinsiy a’zolarga tegişli operatsiyalar, qovuq va içaklardagi operatsiyalar paytida nervlarni zararlanişi ham jinsiy funktsiyani buzulişiga olib keladi.

Gormonal sabablar

Jinsiy a’zolar rivojlanişida va jinsiy faoliyatni turli bosqiçlarini rivojlanişini ta’minlaydigan gormonlarning qondagi konsentratsiyasini kamayişi jinsiy faoliyatdagi özgarişlarga, nuqsonlarga sabab böladi. Ayniqsa ooferektomiya (tuxumdonlarni olib taşlaş)dan keyin bu muammolarga ayollar juda ham köp töqnaş kelişadilar.

Jarrohlik muolajalari

Jinsiy a’zolardagi operatsiyalar nerv sistemasini jarohatlaşdan taşqari gormonal muvozanatni ham izdan çiqişiga va natijada jinsiy faoliyatni buzulişiga ham sabab böladi.

Ayniqsa mastekatomiya (kökrak bezlarini olib taşlaş) yoki qovuqdagi sistomiya, içaklardagi stomiya(içakni teridan taşqariga çiqarib qoyişlik) sababli badandagi körinişlar sababli jinsiy funktsiya buzulişiga sabab böladi.

Davolaniş va dorilar

Turli davolaş usullari, bazi dorilar va narkotiklar jinsiy hayotni turli darajada zararlaydi. Yurak kasalliklari, qon bosim balandligi, depressiya, gormonal muammolar, ösma va oşqozon kasalliklarida işlatiladigan ba’zi dorilar, siydik köpaytiradigan dorilar ham nöjoya ta’sir qiladi.

Dorilarni dozasini davolaş kursiga zarar bermasdan kamaytiriş mumkin yoki nöjoya ta’siri kam doriga özgartiriş mumkin yoki iloji bolmasa jinsiy funktsiyani tuzatadigan dorilar beriş mumkin.

 Yoşni kattaligi

Yoş ötgan sari klitor va qindagi biriktiruvçi toqima miqdori ortib böradi. Natijada klitor qattiqlaşadi, qinni kengayiş hususiyati yoqoladi.

Menopauza

Menopauzada esterogen va androgenlarni ozayişiga mos ravişda vaginada kiçrayiş, namlik yoqilişi, jinsiy aloqa bolgan orzu, xohişlar ham kamayadi.

Psixologik sabablar

Bolalikdan tarbiyalaniş şakli va bu davrlarda ortirilgan tajribalar va odatlar kişi hayotini keyingi bosqiçlariga ta’sir qiladi.

Oiladagi içki nizolar, jinsiy hayot haqidagi ma’lumotlarni notoğriligi, kamligi va/yoki jinsiy travma (tajovuz) olgan kişilarda jinsiy hayot nuqsonlari koproq uçraydi.

Hayotning keyingi bosqiçlaridagi jinsiy omadsizliklar, depressiya, xiyonat, homiladorlik va tuğruqdan keyingi ruhiy muammolar, organic kasalliklarga javob reaktsiyalari, yoş ötişligi, juftidagi jinsiy muammolar va jinsiy aloqadagi azoblaşlarga uçraşlik kabi sabablar ham ta’sir qiladi. Juftlar orasidagi öziga jalb qilişlikni yöqolişi, munosabatlarni buzulişi, oziga işonçsizlik, jinsiy aloqada va omadsizlikdan qoriqiş, jinsiy hayot haqidagi standartlaşgan notöğri fikrlar, erkalaşlarni kamligi va psixologik muammolar bu muammoni hal qilişni yanada qiyinlaştiradi.

Ayniqsa keyinçalik rivojlangan orgazmdagi nuqsonlarda organik sabablar bilan psixologik muammolar ham birga kelişi mumkin. Xar hil psixologik faktorlar orasida juftiga nisbatan iliqlikni yoqolişi yoki jufti uni yoqtirmasligi qörquvi, qinga zarar berişi mumkin degan qörquvi va aybdorlik hissi asosiy örinda turadi.

Ayol jinsiy hayotini izdan çiqqanligini belgilari nimalardan iborat?

En kop quyidagilarga şikoyat qilişadilar:

- Jinsiy aloqaga xohişni , qiziqişni juda ham kamligiga yoki umuman yoqligiga

- Jinsiy aloqada qözğalişni bolmasligiga

- Jinsiy aloqa paytida qindagi namlikni kamligiga yoki yoqligiga

- Jinsiy a’zolarda xissizlik

- Juda qiyin yoki umuman orgazm bolmasligi

- Jinsiy aloqada oğriq, noqulaylik bölişi

- Jinsiy aloqadan keyin oğriq va noxuş sezgilar bolişi

Ayolda jinsiy hayotida muammo bor yoki yoqligini qanday aniqlanadi?

Jinsiy aloqada muammo borligi, faqatgina körik va ba’zi analizlar bilan taşxis qiliş mumkin boladi. Şuningçun şu soxadagi mutaxassisga murojaat qilişlaring kerak. Öz muammolaringnni oçiq oydin aytib, davolanişga xarakat qilişlik eng toğrisidir. Taşxis va davoni töğri olib borilişligi uçun ham oşkoralik kerak. Bemordan eşitilgan ma’lumotlar va körik natijasida diagnoz qoyilgan taqdirda ham bazi analizlar qiliş foydadan holi bolmaydi.

Ilk bosqiçdagi tekşuruvlar:

Tibbiy körik, psixolosotsial baholaş ötqaziladi, sorovnomalar toldiriladi.

Qon (gluyukoza, kreatinin, xolesterin, trigleseridlar, jigar fermentlari va hakozo) va siydik , gormonal profil (FSG, LG, Estradiol, Testosteron) ilk talab qilinadiganlardandir.

Keyingi bosqiçdagi tekşiruvlar:

Doppler Ultrasonografiya: - jinsiy a’zolardagi qon oqimi tezligini ölçaydi, asosan qon tomir patologiyasi bor yoqligini aniqlaş uçun kerakli

Biotenziyometriya: - qözgatiş signallarini berib javob reaktsiyaini qayd qiliş, nevrologik baholanadi

Vagina pH korsatkiçi: - lakmus qoğoz bilan kislotalik darajasi olçanadi

Vagina kompliyansi: - qin hajmi va qarşiligi olçanadi.

Vagina issiqligini olçaş: - qöğaliş natijasida keladigan qon oqimini ortişi hisobiga issiqlik kötariladi.

Davolaş:

Sabab aniqlangandan keyin kerak dori darmon, psixoterapyia, vakkum jihozlardan foydalaniladi. Xozirgi kunda davolaş metodiklari ustida izlaniş olib borilmoqda.

Gormonal davolaş (Testosteron, prostaglandin E1, alprostadil, fentolamin, apomorfin)

fosfodiesteraza 5 ingibitorlari

Klitoriyal vakkum jihozlari

TENS (transkutanoz nerv qözğatişlari)

Psixologik qöllab quvvatlaşlar olib boriladi.

Xulosa:

Jinsiy aloqani boşlaş, davom ettiriş va qoniqiş bilan tugaşiga tosqinlik qiladigan har qanday muammoni tortinmasdan şu soxadagi mutaxassisga murojaat qiliş kerak va togri, toliq ma’lumotlarni olgandan keyin kerak bolsa davolaş kerak

Jinsiy aloqani izdan çiqişini sabablari va davolaşga qaratilgan ilmiy izlanişlar jadal suratlarda davom etmoqda, qolimizdagi ma’lumotlarga va metodikalarga yangi yangilarini qoşib borişimiz kerak. Jinsiy hayot juftlarning kuç va energiya sarflab birga davom ettiradigan maşğulotlari va buning natijasidagi qoniqişni his qilişga har ikki tarafni ham haqqi borligini unutmaylik. 

Boşqa maqolalar

10-may, 2026Befarzandlikda Sperma (Uruğ) Hajmining ahamiyati19-fevral, 2025«Nozik mavzu, murakkab mavzu» – şifokor-androlog bilan suhbat3-fevral, 2025Jinsiy voqealik tuşlar köriş