Buyraklaringizni zararlaydigan odatlaringiz nimalar?
Muallif: Professor Dr. Zarifjon Murodov Jumaboyeviç, urolog-androlog
Vujudimizdagi loviyasimon bir juft buyraklarimiz qonni filtrlaydi, moddalar almaşişi natijasida hosil böladigan zararli mahsulotlarni organizmdan taşqariga çiqarib taşlaşlikni ta’minlaydi. Badanimizni kislota-işqor muvozonatini saqlaydi, suyuqlik elektrolitlar muvozanatini tartibga soladi, qon bosimi va qon hajmini toğrilaydi, gormon va enzimlar işlab çiqadi. Şu darajada muhim bölgan a’zoni zararlanişi albatta umumiy soğliğimizga ham ta’sir qiladi. Kundalik hayotimizdagi qaysi odatlarimiz buyraklarimizi zararlaşini quyida qisqa qisqa töhtalib ötamiz…
Juda köp protein qabul qiliş
Protein köp iste’mol qilişlik organizmda azot (N) mahsulotlari ayniqsa ammiak(NH3)ni miqdorini ortişiga sabab böladi buyrak buni neytralaşga harakat qiladi ma’lum muddatdan keyin kuçi kamayib asta sekin kasalliklar kelib çiqadi.
Tuz
Tuz, buyrak yetişmovçiligini kelib çiqişiga sabab böladigan eng birinçi mahsulotdir lekin normada elektrolit, suv, qon bosimni normallaştiriş uçun kerak böladi, köp miqdorda iste’mol qilişlik esa aksinça ta’sir qiladi. Inson organizmini kunlik tuz ehtiyoji 6gr atrofida xolos.
Degidratatsiya (juda köp suv yoqotilişi)
Degidratatsiya holati, suvsizlikda buyrak vazifasini bajarişni töhtatadi. Buyraklar öz vazifasini bajarişi uçun suvga ehtiyoji bor.
Buning uçun har bir kilogram vaznimiz uçun 30ml suv içişimiz kerak degani yani ortaça 70kg atrofidagi kişi 2litr, 10 bordoh (stakan) suv içişi kerak degani.
Kerakli miqdorda suv içilmasa siydik rangi töqlaşadi, odatda oç sariq rangda bölişi kerak, içayotgan suyuqligingizni buyraklaringiz uçun yetarli bölayotganini aniqlaşni eng soda usuli ham siydik rangini baholaş orqalidir. Juda ham oqarib ketmasligiga ham e’tibor beriş kerak böladi.
Sigaret
Qon tomirlar torayişi va qattiqlaşişiga sabab bölib buyraklardagi qon aylanişini izdan çiqişiga sabab böladi. Sigareta tutuni tarkimidagi minglab kanserogen moddalar qonga sörilgaç tozalanişi buyraklar va siydik orqali röy beradi, rak kasalligini kelib çiqişida ham asosiy omil hisoblanadi.
Spirtli içimliklar (pivo, vino, aroq…)
Spirtli içimliklar qonda siydik kislotasini miqdorini haddan ziyod köpaytirib yuboradi, siydik toş kasalligiga sabab bölişi mumkin.
Dorilar
Asossiz dori içişlar, ayniqsa oğriq qoldiruvçi dorilar buyraklarga juda katta zarar beradi, uzoq vaqt içişlik natijasida va yoşni ötişi bilan qon bosimni nazorat qiliş qobilyatini izdan çiqaradi. Bundan taşqari qandli diabet va qon bosimini davolovçi dorilar ham toğri tartibda olib borilmasa buyrak iş faoliyatini izdan çiqarib, buyrak yetişmovçiligigaça sabab böladi.
Vitamin B6 yetişmasligi
Maryland universitetida ötqazilgan tekşiruvda vitamin B6 yetişmasligi buyraklarda toş hosil böliş havfini yuzaga keltirar ekan. Bu vitaminni tabiiy ravişda pista (semiçka), xandon pista, nöhat, baliq va sabzavotlardan qabul qilişimiz mumkin.
Buyraklar zarar beradigan odatlarimiz aslida juda ham köp; kofe va çoyni köp içiş, jismoniy zöriqişlar, oğir mehnat, yuqori darajada işlaşlik, kam uxlaş, grip kabi virusli kasalliklarni mensimaslik va hakozolarga ham e’tibor berişligimiz kerak.