Erkak jinsiy a'zolari (ORGANA GENITALIA MASCULINA):
Muallif: Professor Dr. Zarifjon Murodov Jumaboyeviç, urolog-androlog
Erkak jinsiy a'zolari (ORGANA GENITALIA MASCULINA):
Ikkiga bölinadi: içki va taşqi
Taşqi jinsiy a'zolari:
Yorğoq (Scrotum) va jinsiy olat (penis) iborat.
Içki jinsiy a'zolar:
Moyak (Testis), Moyak ortiği (epididymis), uruğ olib çiquvçi kanal (ductus deferens), uruğ pufakçasi (vesicula seminalis) va eyakulyatsiya kanali (ductus ejaculatorius).
Qöşimça bezlari:
Uruğ pufakçalar (GLANDULA SEMINALIS (VESICULA SEMINALIS), Prostata bezi (GLANDULA PROSTATA), Kuper bezlari (GLL. BULBOURETHRALES (COWPER)
YoRĞOQ (SCROTUM):
Çot orasida joylaşgan içida moyak, epididim va uruğ tizimçasini (testis, epididymis, funiculus spermaticus) himoya qiladigan xalta körinişga ega a'zodir. Ölçami yoşga boğliq ravişda özgarib turadi. Yangi tuğilganlarda qovga yopişib tursa yoş ötgan sari pastga osilib boradi. Moyaklar ona qornidagi davrda beldan rivojlanib qorin devorini yorib ötib yorğoqqa tuşadi va şu tuşiş yölida töxtalişlar ham ma'lum kasalliklar(kriptorxizm va hakozo)ga sabab böladi. Qorin old devori muşak töqimalari ham yorğoq qavatlarida iştirok etganligi sababli ularn qisqariş xususiyati bölganligi sababli moyaklarni taşqi haroratga moa ravişda yuqoriga va pastgi xarakatlanişiga yordam beradi
Scrotum terisida melanin pigmenti köpligidan rangi töqroq böladi. Juda oz miqdorda yoğ hujayralari uçraydi va mahsulotida öziga xos hid böladi.
Yorğoqni harorati odatda tana haroratidan 3-4o gradus pastroq böladi. (33,9o).Buning sababi esa uruğ hujayralarini işlaşi uçun uyğun haroratdir. Şuning uçun yuqori temperaturada işlaydiganlarda (metallurgiya), köp saunaga kiradiganlarda, yoş davrda tor kiyim (plavka trusi) kiyadiganlarda farzandsizlik köproq uçraydi.
Istisko, Gidrosele(Hidrosele), Vodyanka : köp uçraydigan kasalliklaridan biridir, moyak pardalarida turli sabablarga köra suv yiğilişdir. Çorasi asosan operativdir. Gematotsele, Hematosele: qon töplanişidir.
Jinsiy olat (PENİS):
Ikki qismdan iborat, erkin qism taşqari yorğoq ustida osilib turadi, silindr şaklda böladi uzunligi yoşga irqqa böyiga köra 9sm.dan 20sm.gaça böladi. Qimirlamaydigan qismi qov suyagiga ikki oyoqça bilan yopişgan holda turadi. Jinsiy olatni vazifasi jinsiy aloqada böliş va siydikni taşqariga çiqarişga yordam beradi. Jinsiy olat ikkita ğovak (kavernoz) tanaça va spongioz tanaça )içida uretra siydik kanali)dan iboratdir. Uçinçi ğovak tanaça spongioz tanaça uç tomonga kelib jinsi olat boşçasini hosil qiladi. Yangi tuğilgan çaqoloqlarda boşçasi sunnat terisi bilan qoplangan böladi va Tisson bezçalari smegma işlab çiqaradi. Sunnat terisini uçi oçilmay qolişi natijasida (fimoz deyiladi kasallikni nomi) siyişga qiyinçilik tuğdiradi. Gigena jihatida bu terini olib taşlaşlik ma'qul hisoblanadi.
Uretra (siydik kanali) URETHRA MASCULINA: jinsiy olatning ostida joylaşgan siydik va jinsiy aloqada sperma taşqariga çiqişiga yordam beradi.
Içki jinsiy a'zolar:
Moyak (Testis), Moyak ortiği (epididymis), uruğ olib çiquvçi kanal (ductus deferens),uruğ pufakçasi (vesicula seminalis) va eyakulyatsiya kanali (ductus ejaculatorius).
Moyaklar TESTIS (ORÇIS):
Yorğoq içida uruğ tizimçasi elementlari bilan tutaş holada ovalsimon körinişdagi, asosiy uruğ(spermatozoid) va erkaklik gormoni (testosteron)ni işlab çiqaruvçi muhim juft(2ta) bez a'zodir. 4-5 sm uzunligi, 2,5-3sm eni va 2-3sm qalinlikka egadir. Odatda oğirligi 10-14gr atrofida böladi. Yorğoq içida ba'zan harakatlanib ba'zan osilgan holatlarda turadi. Ikki qavat oqsil pardasi böladi va şu parda öta sezuvçandir oğriq retseptorlari ham şu erda joylaşgan. Çap moçk öngga nisbatan köpinça pastroqda joylaşgan böladi buni sababi embrional rivojlaniş davrida moyaklarni hosil bölişi joylarini farqli bölganidandir. Moyaklar qorin içki haroratida faoliyat körsataolmaydilar(sprematozoid işlab çiqariş uçun) ular uçun uyğun şaroit 2 va 3 gradus past bölişidadir. Rivojlanişni izdan çiqişiga qarab ham ba'zi kasalliklar kelib çiqadi. Ona qornida 4 oyida kanal böylab joyiga harakatlaniş boşlanadi. 7 oyda nomsiz kanalni içki teşigiga kelgan böladi şuning uçun erta tuğilgan erkak çaqaloqni moyaklari joyida bölmasligi ba'zan normal holat hisoblanib kutiş tavsiya qilinadi. Homiladorlikni oxirgi 2 oyi içida kanaldan ötib öz joyiga tuşadi. Qorin böşliğidan öz yotoğiga tuşişi uçun gubernaculum testisnomli boğlam kerak böladi şuni rivojlanmasligi moyaklarni örniga tuşmaslikka yoki qaytib çiqişiga sabab böladi va jarrohlik yöli bilan moyak joyiga fiksatsiya qilinadi.Undan taşqari moyak qorin böşliğidan ötib kelayotganda qorin parda(processus vaginalis) ham iştirok etadi moyak öz örniga tuşganda bu kanal sörilib ketiş kerak ba'zan yopilmalik hisobiga çurralar (grija) yoki istisqo (vodyanka) rivojlanadi. Tuğilganda moyaklarni öz örnida bölmasligi kriptoorxizm, moyakni öz yönalişidan boşqa joylarda bölişi ektopiya deyiladi. Har ikki moyakni rivojlanmasligi anorxizm, bittasini bölmasligi monoorxizm, yaxşi rivojlanmasligi moyak gipoplaziyasi deyiladi. Bu erda bir oğiz tomirlari haqida aytib ötişimiz kerak böladi, moyak venalarini kengayişini va reflyuksini varikotsele deyiladi va haqda alohida maqolamiz bor tanişişilaring mumkin.
Moyak ortiği EPIDIDYMIS:
Tekis yoyib çiqilganda taxminan 6 metr uzunlikka ega böladigan egri bugri kanaldir. Moyakni orqa ust tarafida yarim oysimon şaklda turadi. Uç qismdan iborat boş, tana va dum. (caput, corpus va cauda epididymis). Har bir urolog va androlog bemor köriş payti bularn palpatsiya qiliş şartdir. Boş qismida bir ortiq yana mavjudki ba'zi hollarda şuning özini buralib qolişi ham kuçli oğriqlarga sabab böladi (appendix epididymidis). Moyak ortiğini asosiy vazifasi moyaklarda işlab çiqilgan spermatozoidalarni ombori deposidir. Lekin bu ergaça ular hali harakatçan bölmaydilar.Spermatozoidlar moyak ortiğida va prostata bezini mahsuloti ta'siri ostida harakatçanlik qozonadilar.
Uruğ olib çiquvçi kanal (DUCTUS DEFERENS):
Moyak ortiğini davomi sifatida rivojlanagan uzunligi 40-50sm atrofida vazifasi faqatgina uruğni eyakulyatsiya kanaligaça ötqazib berişdir. Eski adabiyotlarad tomirga öxşaş bölganiga vasa deferens deyilgan. Körikda albatta körilişi şartdir, çunki tuğma rivojlanmagan holatlar ham mavjuddir. Bundan taşqari erkaklar kontratseptsiyasida boğlab qöyiş orqali erkaklarni homilador qiliş qobilyatini ham töxtatiş mumkin. Vazektomiya deyiladi. Turli sabablarga köra ayol kontratseptsiyasi (spiral va h) mumkin bölmagan holda murojaat qiliş mumkin bölgan usuldir.
Uruğ otuvçi kanalça DUCTUS EJACULATORIUS:
Uruğ olib keluvçi (Ductus deferens) bilan uruğni taşqariga çiqaruvçi kanalni (ductus excretorius) birlaşişi natijasida paydo bölgan kanalçadir. Prostatani içida ötib siydik kanalidagi uruğ dömboqçasiga oçilidi.
FUNICULUS SPERMATICUS:
Moyak tomirlari, nervlari, uruğ olib çiquvçi kanalni öz içida tutuvçi hosiladir. Har ikki tarafada bittadan bölib nomsiz kanalni içidan ötib moyaklarni yorğoq içida osilib turişini ta'minlaydi.
Qöşimça bezlari: oxirgi paytlarda içki genital a'zo sifatida qabul qilinmoqda.
Uruğ pufakçalar (GLANDULA SEMINALIS (VESICULA SEMINALIS):
uruğ suyuqligigi asosan fruktoza spermatozoidlarni energiyasini ta'minlaşga javobgardir.
Prostata bezi (GLANDULA PROSTATA):
Kiçik çanoq içida qov suyagi ortida joylaşgan qovuq çiqişi qismida siydik kanali örab olgan holda turadi. 3x4x2,5sm ölçamga ega. Asosiy vazifasi spermatozoidlar uçun hayotbaxş qiluvçi sekret işlab çiqariş, erkak gormonlarni aktiv formasiga ötqaziş va hakozolardir. Eng keng tarqalgan kasalliklari prosatati (bu haqda maqola bor saytda tanişib çiqinglar) va yoşi ötganda jinsiy faollikdan susayiş boşlanganda rivojlanadigan adenomadir. Prostata bezi xavfsiz giperplaziyasi ham deyiladi. Kelgusida maqola yozamiz.
Kuper bezlari (GLL. BULBOURETHRALES (COWPER):
2-3 sm uzunligida siydik kanalini boşlaniş qismida turadi. Vazifasi eyakulyatsiyadan oldin mahsulot işlab çiqarib qoldiq siydikni neytrallaş va eyakulyatni çiqişiga zamin tayyorlaş.