Maqola · 27-may, 2017 · 14 daqiqa

Erkak jinsiy a’zolarining anatomiyasi

Muallif: Professor Dr. Zarifjon Murodov Jumaboyeviç, urolog-androlog

Erkak jinsiy a’zolari içki va taşqi a’zolar sifatida ikkiga ajratiladi.

Taşqi jinsiy a’zolar.

 Jinsiy olat (Penis)

Yorğoq (Skrotum)

Içki jinsiy a’zolar.

Moyak (Testis)

Epididim

Funiculas spermaticus

Ductus deferens (Vas deferens)

Glandula vesicula (Glandula seminalis)

Prostata

Glandula bulbouretralis (Cowper bezlari)

 Ductus Ejaculatorius

Penis

Erkaklarning juftlaşiş (Qöşiliş) a’zosi bölgan penis (jinsiy olat), radiks penis (jinsiy olat ildizi) va korpus penis (j.olat tanasi) sifatida ikki bölakdan iborat. Radiks penis, yuzaki perenial oraliğidadir. Bulbus penis va Krus penis deb ikkita qismdan iborat (1).

Bulbus penis, corpus spongiosum penis deb nomlangan erektil toqimaning kengaygan orqa qismidir va M. bulbospongiosus tarafidan orab olingan böladi. Uretra (Siydik kanali) uning orasini yorib ötadi. Krus penis, corpus cavernosum penisning orqa tarafidagi erektil töqimadan taşkil topadi. M. isçiocavernosus bilan qoplangan. Korpus penis, bitta corpus spongiosum penis bilan ikkitta corpus cavernosum penis’dan hosil böladi. Bu erektil toqimalar, içki tomondan Tunica albuginea bilan taşqi tomondan esa fascia penis (Buck fasyasi) bilan qoplanadi (1-rasm).

Corpus spongiosum penis, kattalaşib glans penis’ni xosil qiladi. Glans penisning asosiga corona glandis deb nomlanadi.

 Corpus spongiosum penis içidan uretra (siydik kanali) ötadi. Uretra, glans penis içida kengayib fossa navicularis uretra’ni hosil qiladi. Glans penisni qamrab olgan teriga prepusyum penis (sunnat terisi) deyiladi. Penis, Lig. fundiforme penis va Lig. suspensorium penis bilan qorin öng devoriga tortiladi.

Jinsiy olatning arteriyasi a.pudenda internadan çiqadigan uç juft (a. bulbi penis, a.profunda penis va a. dorsalis penis) arteriyadan iboratdir.

Penis n.dorsalisning tarmoqlari va n.perinialisning bir tarmoqi bilan innervatsiyalanadi.

N.dorsalis glans penis va j.olatnin venterolaterli boylab tarqalgan(2).

Erektil toqimalardan qonning asosiy qismi v. dorsalis profunda orqali çiqib ketadi.

Jinsiy olatdagi parasimpatik tolalar S2-4dan simpatik tolalar L1-2dan keladi(3).

Terisidagi limfa tomirlari yuzaki inguinal limfa tugunlariga, glans penisdagi limfa tomirlari çuqur inguinal va eksternal iliyacus limfa tugunlariga, erektil toqima limfa tomirlari internal iliyacus limfa tugunlariga quyiladi (3). 

 

  Rasm 1. Jinsiy olat tançalari kesmasi

Yorğoq

Içida moyak, epididim va funiculus spermaticus’ning bir qismini taşkil qilgan halta şaklida tuzilgan. Yorğoq içidan septum skroti, taşqaridan raphe skroti bilan ikki bölimga ajratiladi. Septum skroti’da, teridan taşqari yorğoq devorlarining barça tabaqalari mavjud (1).

Yorğoq’ning qavatlari (taşqaridan içkariga);

1.     Teri

2.     Tunica dartos (Musculus dartos); Camper fasiyasidan hosil böladi. Yorğoq terisining burişgan körinişi şu muskulning qisqarişi tufaylidir. M. dartos’ni n. genitofemoralis’ning jinsiy tarmoği içidagi simpatik nervlar inervatsiya qiladi.

3.     Fascia spermatica eksterna; M. obliquus eksternus abdominis’ning fasyasidan hosil böladi.

4.     Fascia cremastirica va M. cremaster; M. obliquus internus abdominis’ning fasyasidan va tolalarida hosil böladi. Bu qavatning innervatsiyasini n. genitofemoralis’ning r. femoralis’i ta’minlaydi inervatsiyasini. Şu tufayli klinik jihatdan muhim reflex paydo böladi. Son içki qismining ta’sirlanişi natijasida m. kremaster’ning qisqarişiga boğliq bravişda moyak’lar yuqoriga, qorin ost tomoniga tortiladi. (Kremaster refleksi). Bu reflekisning afferent yölini n. genitofemoralis’ning r. genitalis’i; efferent yölini esa şu nervning r. genitalisi ta’minlaydi.

5.     Fascia spermatica interna; Fascia transversalis’dan hosil a böladi. Fascia spermatica interna, moyaklarni içkaridan örab oladigan qavatlardan tunica vaginalis testis’ning pariyetal pardasiga nomiga boğlanadi. Fascia spermatica interna qavatlari bundan taşqari funikulus spermaticus, moyak va epididim’ni ham örab turadi.

6.     Tunica vaginalis testis’ning pariyetal pardasi (periorçium); peritoneum’ning pariyetal pardasidir (2-rasm)

Yorğoqning tomir va nervlari

- rr. scrotales anteriores; a. pudenda eksterna profunda’ning (a.femoralis’ning tarmoqlari) tarmoqlar

- rr. scrotales posteriors; aa. Perineales (a. pudenda interna’ning tarmoq)larining tarmoqlari

- a. cremasterica; a. epigasterica inferior’ning (a. iliaca ekterna’ning tarmoği) tarmoği

- a. testicularis’dan keladigan tarmoqlar

Venalari, arteriolar bilan bir hil nomdadir. Limfa, yuzaki inguinal limfa tugunlariga quyiladi.

Nervlari

- n. genitofemoralis’ning jinsiy tarmoği; anterolateral qismini,

- nn. scrotales anteriores (n. ilioinguinalis’ning tarmoqlari); oldi va ust qismini

- nn. scrotales posteriors (n. pudendus’ning perineal tarmoqlarining tarmoqlari); orqa qismini,

- nn. perinealis (n. cutaneus femoris posterior’ning nn. clunium inferiores’larining tarmoqlari); ost qismini hissini belgilaydi.

Yorğoqning old 1/3 qismining hissini medulla spinalis’ning L1 segmentidan keladigan nervlar tolalar, orqa 2/3 qismini hissini esa S3 segmentidan keladigan nervlar tolalar belgilaydi. Şuning uçun yorgoqning old tarafining anestiziyasi uçun, anestezik moddalarning yuqoriroqdan berilişi kerar. Orqa tarafining anestezasida esa, biro z pastroqdan berilişi kerak (4).

Rasm 2. Yorğoqning qatlamlari.

Moyak

Moyaklar, yorğoq içida joylaşgan va funiculus spermaticus’ga osilgan holatda joylaşgan. Boşlanğiç qayta işlab çiqariş oragani bölgan moyaklar 10.5-14 oğligida böladi. Moyak uzunligi 4cm, eniga 2.5 va 3cm qalinlikda böladi. Çap moyak öng qaraganda bir oz pastroqtadir. Sepermatazoid jiniy hujayralarini va erkak xarakterini ta’minlovçi testosteron gormoni tuzlmasini rivojlantiradi. Moyakning tunica albuginea qavatining elastikligi va kengayiş qobiliyati bölmaganidan bosimga qarşu juda ojizdirlar va bosim bilan funksiyalarini yöqotadilar. Ortiqça darajadgi issiqlikdan ham ta’sirlanadilar. Qorin içining öz issiqligida funksiyalarini körsatmaydi tana issiqligidan 2-3  qadar yana ham past issiqlikda sepermatozid işlab çiqaradilar (1).

         Moyak uç qavatdan iborat (Taşqaridan içkariga);

Tunica vaginalis moyakning visseral pardasi (epiorçium),

Tunica algubinea

Tunica vasculosa

Tunica albuginea testis; mediastinum moyakga spetula testis deb nomlangan septumlar yuboradi va moyakni “lobüllere” ajratadi.

         Tunica vaginalis, processus vaginalis’ni past uçuni qoldiğidir. Tunica vaginalis testis, lamina vessiralis (epiorçium) va lamina pariyetalis (periorçium) bölib ustida ikki qavatdan taşkil topgan. Ikki qavatning orasidagi böşliqda uçraydigan suyuqligini birikmasi hidrosele deb nomlangan patolojiye sabablari (3-rasm). Moyaklar içida joylaşgan sertoli hujayralari, spermatozoidlarni oziqlanişlarini ta’minlagan, fagositoz va ingibin deyilgan gormoni sekretsiyalaydi. Alohida, Leydig hujayralari deb nomlangan hujayralar erkaklik gormoni bölgan testosteron bilan birgalikda ostrogen kabi ta’sir körsatuvçi ostradiol gormonini ham sentezlaydi. Bu hujayralarni faoliyati gipofiz tarafidan nazoratga olingan (3).

         Moyaklarni oziqlantiruvçi tomir, qorin içida aorta abdominalis’dan ajralgan testikulyar arteriyadir. Buyraklarni ost tarafidan boşlanğiç m. psoas majoring old yuzasida kuzatib pasiga dögri mavjud bölmoqda, analus inguinalis profundus’dan içidan funiculus spermaticus içidagi örnini oladi va xalta içiga qarab uzayib mesorçium’dan moyakga kiradi.

A.   testicularis taşqidan kollateral qon kelişini sekretsiyalagan va pastorğida “belirtilen” tomirlar ham bordir.

1.      A. duktus deferentis, a. iliaca interna’ning a. uterina’ning bir-xil bölgan tamoğidir.

2.      A. Cremasterica, a. epigastrica inferior’dan keladi.

3.      Aa. Pudendae eksternae, a femoralis’dan kelgan kiçik tarmoqlardir.

Venoz qaytişi sakretsiyalangan tomirlar v. testicularis’lardir (v. spermatica interna). Çap tarafda v. kava inferior’ga; öngda (tögri burçak bilan) v. renalis’ga quyiladilar. Tomirning boşlanişi funikulus spermticus içidagi venoz tarmoq (pleksus pampiniformis). Bu venoz tarmoq “ters” yönalişda işlovçi issiq tartibga soluvçi sistemasi bölib moyak issiqligini tana issiqligidan yana ham pastroq bölişini sozlaydi. Erkaklarda infertilite’ning unumli taraflaridan biri bölib qabul qilingan varikoselle pleksus pampiniformis’ni varikoz kengayişidir. Varikoselleni çap testikulyar venaning v. renalis’i oçilib oçilişi bölişi belgilangan. Bundan boşqa sigmoid kolun’ing

“feçe” bilan töliq bölişi va tomirga bosim qilişi natijasi bölib qismi venoz gipertansiyasining ham varikoselle nima uçun bölişi tuşuntirmoqtadir. Varikoselle issiqligi regulyatsiyasida buzilişi tufayli spermatozoid sonida kamayişiga yöl oçadi.

           Moyaklarni innervatsiyatsiyasini: moyakni nervlari hidi bölib T 10-12 medulla spinalis segmentlaridan keladilar. Mator avtonom limfalarini moyakdagi ta’sirlari aniq bilinmoqtadir. Afferent limfalari moyakning tomirlariga paralel bölib kuzatuvçi sempatik nerv limfalarini körişdan avval pleksus aortikorenalis; keyin n. splançicus minor va n. imus yöli bilan orqamiyaga ulaşadi. Moyakdan kelgan tomirlarni dermatom örnilariga uyğun bölib qorin old devorining örta va past qisimlarida tutaşadilar.

 

 3-Rasm Moyak qavatlari.

Epididim

Moyakning ust-orqa tarafida joylaşadi, bu yerda spermatozoidlar funksiyonal yetiladi va bir qismi zaxira sifatida saqlanadi. Epididim, uzunligi taxminan 4sm-lik bir kanal sifatidadir. Undan söng bir neça kanalçalar birlaşib yagona bir kanal (duktus epididimni) hosil qilişadi. Kanalaçalar tutami bir tekis qilib yoyilganda taxminan 6 metrdan uzun böladi (3). Epidididim caput epididim, corpus epididim va cauda epididim qismlaridaniborat. Kauda epididim moyakning ostqismidadir va duktus defferent sifatida davom etadi. (4-rasm).

         Moyaklarda rivojlanişini yakunlagan spermatazoidlar epididimda töplanadi vafunksiyonal yetilisjini ohirigi bosqiçini şu yerda tamomlaydilar. Spermatazoidlar moyakda işlab çiqarilganlarida harakatlaniş qobiliyatiga ega bölmaydilar, ya’ni tuxumni uruğlantiraolmaydilar. Harakat qiliş qobiliyatiga epididimda erişadilar. Prostata şirasining qöşilişi bilan harakatçanliklari ohirigi körinişini oladi. Spermatazoidlarning tuximni uruğlantiraoladigan şakilda harakatlaniş qobiliyatiga erişişni kapasitatsiya deb ataladi. Ba’zi ma’nbalar epididimni qon tomirlari va innervatsiyasi moyak bilan bir xil hususiyatlarga ega deydi lekin buni aksini ta’kidlagan adabiyotlar ham mavjud. Masalan asosiy oziqlantiruvçi tomiri a. ductus deferentis’dir. (3)

         Epididimning parasimpatik va vessiral innervatsiyasini nn. erigentes ta’minlaydi.Şunga köra buyerga keladigan nervlarningildizi S2-4 medulla spinalis segmentlaridir.Parasimpatik ta’sirlar, spermaning duktus deferens böşliğiga harakatini ta’minlaydigan peristaltikqisqarişlarni boşlatadi. Epididimdan keladigan afferent tolalar ham şu yöl bilan kelib pleksus prostaticus’ga va buyerdan ham nn. erigentes yöli bilan S2-4 medulla spinalis segmentlariga yetib keladilar. Epididimdan rivojlanadigan, (masalan epididimit kasalligi tufayli paydo bölgan) oğriq hissi perineum’da va sonning orqa sohasida seziladi. Simpatiklar nerv tolalari; epididim’ga T11-12 segmentlardan keladi (1).

 

 4-Rasm Epididim

Funicul Spermaticus

Moyakning tomirlarini, nervlarini va ductus deferens’ni öz içiga olgan, kanalis inguinalis bilan moyaklar orasida joylaşgan tuzilma bölib öng va çapda bittadan böladi. Funikul spermaticus moyaklarni yorğoq içida osilgan holatda turişini ta’minlaydi. Moyaklar, embriyonal davirda yorğoqqa tuşiş paytida tomirlarni, nervlarni va ductus deferens’ni özi bilan birga olib tuşadi. Bu tuzilmalar, anulus inguinalis profundus’da özaro yiğilib funiculus spermaticus’ni hosil qiladi. Funiculus spermaticus, anulus inguinalis profundus’dan boşlanib, moyakning orqa burçagida öz nihoyasiga yetadi. Çap tarafning funiculus spermaticus’i onga nisbatan bir oz pastroqda joylaşgan böladi. Funiculus spermaticus, analus inguinalis superfisialis’dan çiqqanidan söng yorğoqqa borgunigaça m. adductor longus’ning oldida joylaşadi. Pastga tuşib borgunigaça, a. pudenda eksterna superfisialis bilan a. pudenda eksterna profundus orasidan ötadi.

         Funiculus spermaticus’ni örab oladigan tuzilmalar; taşqaridan-içkariga qarab;

-         Fascia spermatica eksterna; m, obliquus eksternus abdominis’ni aponevrozi

-         M. cremaster va fascia cremasterica; m, internus abdominis’ning tolalari va aponevrozi

-         Fascia spermatica interna; fascia transversalis hosil qiladi.

Funiculus spermaticus içida böladigan tuzilmalar:

-         Duktus deferens

-         Pleksus pampiniformis (vv. Testiculares)

-         A testicularis, a. ductus deferentis

-         Limfa tomirlari

-         Pleksus testicularis (simpatik nerv çigali)

-         Processus vaginalis qoldiqlari; tunica vaginalis testis sababli, obliteratsiyaga uçragan qorin parda qoldiqlari.

N. genitofemoralis’ning jinsiy tarmoği (m. cremaster’ni qözğotadi), a.v. cremasterica qavatlarida uçraydigan tuzilmalardir. N. ilioinguinalis qavatlarining taşqarisida (5-rasm).

 

 5-rasm Funiculus spermaticus

 Ductus deferens (vas Deferens)

Ductus epididimning dum (kauda) qismida qalinlaşib ductus deferens’ga aylanadi. Yuqoriga çiqib funikulus spermaticus içida inguinal kanaldan ötib qorin böşliğiga kiradi. Vestica qoviqning ost orqa qismiga keladi. Lateral tarafdagi uruğ pufakçasi (vesicula seminalis)’ni kanali bilan birlaşib ductus ejakulatorius’ni hosil qiladi va prostataning içidan ötib pars prostatica uretra’ga oçiladi. Ductus deferens’in uzunligi 45 cm bölib pars scrotalis, pars funicularis, pars inguinalis va pars pelvica nomlaridagi törtda qisimga bölinadi. Ductus deferens moyakning orqa qismidan yuqoriga kötariladi va annulus inguinalis superfisialis’dan inguinal kanalga kiradi. Anulus inguinalis profundus’dan ötib qorin böşliğiga kiradi. Eksternal illiakal tomirlarning oldidan ötib kiçik tosga kiradi. Uretra’ni old tarafidan kesib qovuqning tubiga keladi. Bu yerda ampulla ductus deferentis kengayişini hosil qilib, glandula vesikulosa’ning terminal bölimi bölgan ductus ejakulatoris bilan birlaşib uretrani pars prostatica bölimiga oçiladi. Spermatazoidlarning asosiy qismi şu yerda töplanadi. Epididim va ductus deferens’da taxminan bir oygaça özining fertile qobiliyatini saqlab qola oladilar. Agar bir oy içida eyakulatsiya bölmasa qayta sörilib ketadilar.

         Ductus deferens a. umbilikalis’dan keladigan a.ductus deferentis (a.uterina’ning öxşaşidir) orqali oziqlanadi. Vena qoni bir hil nomlik vena orqalik çiqib ketadi. Limfa, eksternal illiakal limfa tugunlariga quyiladi. Sempatik nerv sistemasi T11-12 bilan ta’minlanadi. 

Glandula velikulosa (Glandula Seminalis) uruğ pufakçasi

Qovuqning orqa ost tarafida joylaşgan tubulyar körinişida tuzilgan bir juft bezdir. 5cm uzunlikda, lekin egri-bugri şaklini tekkislansa özidan uç barobar katta böladi. Bularning kanallari (duktus ekstretorius) özi tarafidagi duktus deferenas bilan qöşilib duktus eyakulatorius’larni hosil qiladi. Duktus eyakulatorius, taxminan 2.5 uzunligida. Prostatic uretra’dagi kollikulus seminalis’ga yoki utriculus prostaticus’ga oçiladi (6-rasm).

         Eyakulatning katta qismini şu bezning sekretsiya (taxminan 60%) taşkil qiladi. Sekretsiyasida fruktoza, limon kislata, fibrinogen, prostaglandinlar va spesifik protein va hakozolardan iborat böladi. spermatazoidlarga uruğ pufakçasi sekretsiyasi aktivlikni ta’minlaydi. Bundan taşqari ayol jinsiy trakida immunsupresiv ta’sirga egaligi sababli fertilizatiyada katta ahamiyatga ega. Fruktoza, spermatazoidlarni asosiy ozuqa ma’nbasidir. Prostaglandinlar, servikal şilliq bilan reaksiyaga kirişib spermatazoidlarning harakatlanişi uçun şaroit yaratadi. Bundan taşqari baçadon va baçadon naylarining qisqarişiga ta’sir qilib spermatozoidlarni tuxum hujayrasiga yetib borişini ta’minlaydi.

 6-Rasm Glandula vesiculosa

Glandula prostatica (Prostata)

Kiçik tosda, simfizis pubis va arcus pubis’ning orqasida, uroginetal diyafragmanning ustida, qovuqning ostida va rektumning oldida joylaşgandir, körinişi kaştan şaklida bölib, oğirligi taxminan 20gr atrofida, silliq muşak tolalari, biriktiruvçi töqimadan taşkil topgan a’zodir. Uretraning boşlanğiç qismini örab turadi. Rektumdan bajariladigan muolajalar bilan palpatsiyalanadi. 3x4cm hajmda, taxminan kaştan şaklida siyohrang a’zo bölib prostata kuçli biriktiruvçi töqima haqiqiy kapsula va endopelvik pastiyaning davomi bölgan yolğonçi kapsula (Prostatik kafatsiya) bilan qoplangandir. Bu kapsulyar hususiyati sababli jarrohlikda osongina çiqariladi (7-Rasm).

         Prostatining parenximal tuzilişi beş bölakka ajratiladi. Yuqori qismi (apeks prostata) pastida; asosi (basis prostata) yuqorida joylaşgan. Bezning kanallari (duktuli prostatici) prostatik uretraga oçiladi. Sekrketsiyasi kuniga 0.50ml’gaçadir va eyakulyatning 15-25%’ni hosil qiladi. Tuxum hujayrasining uruğlanişi uçun kerakli bölgan işqoriy muhitni ta’minlaydi. Prostata, alohida inferior vesical arteriyadan keladigan tarmoqlar bilan oziqlanadi. Venalari, pleksus venosus prostaticus nomli çigalni hosil qiladi. Buyerdan boşlanadigan tomirlar v. iliaca interna’ga yoki pleksus venosus vertebralis’ga quyiladi. Şu sababli prostata ösmalaqarining umir kanaliga va hattoki miyagaça boradigan metoztazlarini sababini bilişimiz mumkin böladi. Limfa tomirlari esa internal iliaca limfa tugunlariga quyiladi. Prostataning simpatik nervlari, T11-L1’dan keladi. Simpatik nervlar, prostata’ni silliq muşagini qisqarişini ta’minlab bezdan doimiy sekretsiya bölib turişini ta’minlaydi. Afferent oğriq tolalari pleksus pelvicus, nn. Erigentes (nn. Pelvis splançnici) yöli bilan S2-4 segmentlariga yetib 

boradi.

 

 7-Rasm. Glandula prostatica

Glandula Bulbouretralis (Kuper Bezlari)

Oraliqning çuqur qismida, membranoz uretra’ning har ikki tomonida nuhatga öxşaş. 1cm diametrda, sariq tusdagi bir juft bezdir. Murakkab tubuloalveolar tuzulişiga ega. Kanallari, spongiozum uretra’ning proksimal qismiga oçiladi. Secretsiyida şilliq, N-acetylneuraminic kislotasi, galaktoza va galaktozamin kabi moddalar mavjud. Secretsiyasi, jinsiy qözğaliş paytida uretraga işlab çiqariladi va u yerdagi qoldiq siydikni netrallaştiradi. Bundan taşqari eyakulyatni uretradan ötişini va jinsiy aloqani osonlaştiradi. Jinsiy qözğalişda birinçilardan bölib Kuper bezi faollaşadi. Jinsiy olat uçidagi şaffof suyuqlik şu bezning mahsulotidir. Kanallari ductus gll. bulbouretrales deyiladi va taxminan uzunligi 2-3cmdir. Sempatik nerv tolalari L1-2 parasimpatiklari S2-4 segmentlaridan keladi.

 Eyakulyat (Semen)

Epididim, ductus deferens, vesicula seminalis, prostata va gl. bulbouretralis’larning sekretsiyalarining aralaşişi va moyakdan keladigan spermatazoidlarning ham qöşilişi bilan hosil böladi. Öziga hos kaştan hidli va yopişqoq böladi. Taxminan 3-4ml bölib, içida 300-400 million spermatazoidlar bölişi mumkin. Spermatozoidlar, eyakulyatning taxminan 10%ni taşkil etadi. Qolgan qismi yuqorida keltirib ötilgan bezlarning sekretsiyalaridan hosil böladi. Eng katta qismining (taxminan 60%ni) glandula vesiculoza’ning sekretsiyasi taşkil etadi. 30%ni prostata, 10% duktus deferens, glandula bulbouretralis’lar va boşqa bezlarni sekretsiyasi hosil qiladi.

         Eyakulatyatning 90%dan köproği suvdan iborat. Undan taşqari bir neça moddalar ham mavjud. Ayiqsa fruktoz, juda ham köp aniqlanadi. Undan taşqari odatda ikkita vitamin C vitamini va B8 vitamini (inositol) ham uçraydi. Eyakulyatning tarkibida kalsiy, rux, magniy, mis va oltingurgut kabi elementlar ham uçraydi. Şuningdak tanadagi prostaglandinlarning eng katta konsentratsiyasi ham eyakulyatda uçraydi. Eyakulyatning hidini moyaklarda işlab çiqariladigan aminlar ta’minlaydi.

Duktus Eyakulyatoris

Duktus deferens bilan duktus ekscretorius’ning birlaşişi natijasida paydo böladi uzunligi 2cm kanali (0.5 mm) va nozik devordan iborat bir kanaldir. Prostata bezining parankimasidan ötib kollikulus seminalis’larda prostatik uretradaga oçiladi. Uretraning bundan keying qismi siydik va eyakulyatni çiqişi uçun qöllaniladigan şakilda juft funksiyonaldir.

         Parasimpatik ta’sir sekretsiyaga sabab böladi. Duktus deferens böylab sust peristaltic tölqinlarr paydo qiladi. Spermatozidlar epididimda zahiralaş uçun ampulalarga yetkaziladi. Simpatik ta’siri esa kanalni silliq muşaklarida kuçli qisqarişlarni çaqirib eyakulyatsiyani ta’minlaydi.

Adabiyotlar

1.     Ozan H Erkek genital sistemi anatomisi. Ozan Anatomi, 2. Baskı, Ankara, Klinisyen tıp kitabevleri, 2005;305-12.

2.     Yang CC, Bradley EW. Innervation of the human glans penis. The journal of urology 1999;161:97-102.

3.     Williams PL Bannister LH, Barry MM. Reproductive organs of the male, Gray’s anatomy, 38th edition, Churchill Livingstone New York, 1995;1848-61.

4.     Moore KL, Dalley AF. The male perineum Clinically oriented anatomy, 4th edn. Lippincott Williams & Wilkins, Philadelphia 1999;307-13

5.     Rasimlar, Interactive Atlas of Human Anatomy’dan (Frank Netter, M.D.) olingan.

Boşqa maqolalar

10-may, 2026Befarzandlikda Sperma (Uruğ) Hajmining ahamiyati19-fevral, 2025«Nozik mavzu, murakkab mavzu» – şifokor-androlog bilan suhbat3-fevral, 2025Jinsiy voqealik tuşlar köriş