Erkaklar bepuştligida optimal endokrinologik tadqiqotlar
Muallif: Professor Dr. Zarifjon Murodov Jumaboyeviç, urolog-androlog
Kalitsözlar
-Erkak -Bepuştlik -Endokrin -Gipogonadizm -Anabolik steroidlar -Testosteron -Genetik tahlil
• Endokrinopatiyalar erkaklar bepuştligida juda ham kam örinni egallaydi, lekin erkaklar bepuştligida dastlabki savol-javoblarda, anamnezida va fizikal tekşiruvlarda inobatga olinişi şart.
• Gormonal buzulişlarning tasnifi ularning Gipotalamus-Gipofiz-Testikulyar öqqa nisbatan ta’siridan kelib çiqib tadqiqot va davolaş ham şunga asosan belgilanadi.
• Davolaşda spermatogenezni stimullaş uçun ohirgi tayanç nuqta intratestikulyar testsoteron konsentratsyasini kötarişdan iborat böladi.
• Zamonaviy tibbiyot va genetik tahlillar erkaklar bepuştligi diagnostikasida kelajakda standartga aylanadi, sababi şu kunlarda bir qança bepuştlikka ma’sul genlar aniqlangan.
Endokrinopatiyalar erkaklar bepuştligidagi asosiy etiologik omillardan emas. Birlamçi gormonal buzulişlar sababli kuzatiladigan erkaklar bepuştligi 1-3% dan ham kamroq uçraydi. 1–3 Şunga qaramay endokrin kasalliklarni diagnostikasi bepuştlikni sabablarni aniqlaş uçun ahamiyatga molik, çunki bepuşt erkaklarning 70% idan köproğida davolaş mumkin bölgan endokrinologik özgarişlar mavjud.4 Metabolik sindrom, giperinsulinemiya, insulinga qarşi çidamlilik va semizlik bilan harakterlanuvçi kasallik bölib erkaklar fertilligiga juda katta zarari tegadi. Bundan taşqari erkak kişida qandli diabet mavjudligida ham homilador bölişlik juda uzoq vaqt oladi.5,6 Endokrinopatiya darajasiga boğliq holda, bepuştlik davolanişi mumkin bölgan holat yoki jiddiy tibbiy kasallikni belgisi bölişi mumkin.1,7 Spermatogenezni endokrin boşqarilişi va moyaklar funtktsiyasi gipotalamus-gipofiz-testikulyar, öqi bilan töğridan töğri boğliqdir. (Rasm. 1). Gipotalamus Gonadotropin Relizing Gormonni (GnRH) işlab çiqaradi va portal sirkulyatsiya orqali gipofizga sekretsiyalanadi. Gonadotropin Relizing Gormonni (GnRH) gipofizni old qismi hujayralariga ta’sir qiliş orqali Lyutenlovçi (LH) va Follikulla stimullovçi (FŞ) gormonlar işlab çiqariladi. Bu gormonlar sistematik aylaniş orqali nişon a’zolarning membranasidagi reseptorlarga bölanadi. LH moyaklardagi Leydig hujayraladan jinsiy steroidlarni işlab çiqarilişi stimullaydi. FŞ spermatozoidlarni yetilişi uçun seminiferous tubules’lardagi Sertoli hujayralarini funktsiyasini stimullaydi.
Rasm. 1. Gipotalamus-gipofiz-testikulyar öqi yakuniy mahsulotlari va teskari-qaytar boğlaniş boşqaruvi.

Gipotalamus-gipofiz-moyak öqi juda ham mukammaldir lekin bu öqning istalgan joyidagi kiçik nuqson gormonal signallaşişni izdan çiqişiga olib kelişi mumkin. Bundan taşqari yakuniy mahsulotlarni taşqaridan kiritilişi buzulmagan endokrin sistemasini izdan çiqarişi ham mumkin. Masalan, taşqaridan kiritilgan ekzogen testosteron töğridan töğri intratestikulyar testosteron konsentratsiyaga gematotestikulyar bariyer hisobiga ta’sir qilaolmaydi. Lekin plazmadagi testosteron körsatikiçi kötarilgaç LG va FSGga ingibirlovçi ta’sir qiladi, natijada intratestikulyar testosteron işlab çiqarilişi paradoksal ravişda pastlab ketadi.8 Erkaklar bepuştligiga ta’siri jihatidan endokrinopatiyalar Gipotalamik kasalliklar, Gipofizar kasalliklar, birlamçi va ikkilamçi gipogonadizm va boşqa pretestikulyar kasalliklar kategoriyasiga bölinadi9-12 (Jadval 1)
Tadqiqot
Endokrinopatiyalar juda ham turli tuman körinişga ega bölganligi uçun tibbiyot hodimlariga buni tartibga, sistemaga soliş talab qilinadi. Erkaklar bepuştligiga endokrinopatiya sababli deb qaror qilişdan oldin dastlabki boşlanğiç tekşiruvlarni ötqazilişi şart. Odatda poliklinika şaroitda bemorni töliq reproduktiv va jinsiy anamnezni yeğişdan boşlanadi.
Bularga quyidagilar kiradi:
- Jinsiy aloqa soni, vaqti, lubrikantlardan foydalanganligi
- Erkakda ham ayolida ham avvalgi homiladorliklar bor yoqligi
- Erektsiya va eyakulyatsiya funtkstiyalari
- Bepuştlik muddati yoki oldingi homiladorlik holati
- Bolalikdagi kasalliklari va rivojlanişi
- Urologik travmalar yoki kasalliklari anamnezi (m: epididimitlar, orxitlar, jinsiy yol bilan yuqadigan ötqazilgan infektsiyalar)
- Ötqazilgan tibbiy va xirurgik anamnezi
- Qabul qilgan dori vositalari
- Oilaviy bepuştlik anamnezi
- Boş miyadan olingan jarohatlar
- Uzoq muddat issiqlikda qölganligi, ximiyaviy, toksik dorilar yoki radiatsiya bilan qançalik töqnaş kelgan
Şifokor qabul qilingan dorilar röyhatini tekşirayotganda avvallari olingan testosteron yoki anaboliklar steroidlarini ham suruştirişi kerak. Qilingan parhezlar va qöşimça biofaol moddalar qabul qilinganligi juda ham kritik ahamiyatga ega, sababi ularni tarkibidagi moddalar Food and Drug Administration (FDA) tomonidan tartibga solinmagandir. Tadqiqotlar şuni körsatdiki 20%dan oşiq qonunan sotişga ruxsati bor biofaol qoşimçalar tarkibida anabolik steroidlar(gormonlar)ni öz tarkibida tutadi lekin tarkib röyhatida körsatilmaydi. Şuningçun ham biofaol moddalar ma’lum muddatlarga bemorni tetik, kasalliklari çekingandek qilib körsatadi va vaqti kelib töhtatilganda avvalgi holidan battaroq holatlarga qaytadi. Bepuştlik sababli olingan anaboliklar spermatogenezni tormozlanişiga sabab böladi. 13–15
Dastlabki tadqiqot bemorni fizikal körik va kamida 2ta spemogramma talab qiliş bilan boşlanadi. Urolog genitourinary sistemani közdan keçirişi kerak, habitusini baholaşi kerak, jinsiy a’zolarni yoşiga mos yoki mos emasligini baholaşi kerak, topilgan özgarişlarni ostida biron endokrinopatiya bor yoqligini oydinlatişi kerak böladi. (m, gynekomastia, striya, buqoq). Juda köp xalqaro qöllanmalardan ikkita spermogramma qilinişi şart va 1oyni içida qilinişi kerakligni tavsiya qilinadi. 1,16–19 Buzulgan spermatogenezni bittagina spermogramma bilan baholaş qiyin körsatkiçalari normadan past holatlarda albatta ikkinçi spermogrammaga ehtiyoj bor odatda davolaş usulida juda ham katta buruliş yasamasa ham oydinlik kiritilmasa samarasiz davolaniş uzoq davom etişi mumkin.20
- Jadval
Erkaklar bepuştligiga dahldor endokrinologik kasalliklar jadval
- Ösmalar (kraniofaringioma, ikkilamçi metastazlar
- Infiltirativ kasalliklar (tuberkulyoz, sarkadioz)
- Cranial radiatsiya
- Anorxiya (virusli orxitlar, moyaklar buralişi)
- Ösmalar (prolaktinoma)
- Akromegaliya
- Kuşing kasalligi
- Giperprolaktinoma
- Kallman sindromi
- Böş turk egari sindromi
- Gipofiz nazoratini birdaniga töxtaşi
- Gipofiz nazoratini kesilişi (travma)
Boşqa sabablar
- Klayenfelter sindromi
- Qandli diabet
- Semizlik
- Qalqonsimon bez kasalliklari
- Tuğma buyrak usti bezi giperplaziyasi
- Androgen rezistentlik
- Ekzogen androgen qabul qiliş
- Noqonuniy dorilar (anaboliklar, narkotiklar)
- Tartibsiz ovqatlaniş
- Qanday dorilar qabul qilgan
Tibbiy yondaşuv
Spermogrammadagi nojöya özgarişlar, jinsiy funtkstiyani izdan çiqişi yoki klinik belgilar, anamnezida yoki fizikal körikdan maxsus endokrinopatiyaga hos özgarişlarga töqnaş kelişlik endokrinologik tekşiruvlar uçun absolyut körsatma böladi. 21 Hozirgi kunda jamiki bepuştlik aniqlangan erkaklarda endokrinologik tekşiruv şartligi masalasi taklif qilinmoqda. Tadqiqotlar şuni körsatdiki dastlabki tekşiruvlarda Umumiy plasmadagi testosteron miqdorini normada past bölişi spermogrammada morfologik körsatikiçi past bölişi va şuningdek tirik tuğuliş korsatkiçlarini past bölişligiga boğliqligi aniqlangan. 22,23 Patel va hamkasblari24 testosteron körsatkiçi past holatlarda normal spermogrammaga ega bölişlikka qaramay idiopatik bepuştlikni qayd etişgan dastlabki tadqiqotlarda bu erkaklardan gormonal tekşirişlar ötqazilmagan edi. Bir tarafdan erkaklar bepuştligida endokrinologik sabablar köp uçramaydi. Undan taşqari bularning moliyaviy tomonlarini ham inobatga oliş kk boladi.2 American Society for Reproductive Medicine (Reproduktiv Tibbiyot Amerika hamjamiyati) aytsihiça yagona consensus yoq lekin erkaklar bepuştligida boşlangiç endokrinologik tekşiruvlari ötqazilişi şart. Bular FSG va umumiy plazmadagi testosteron körsatkiçini aniqlaşdn boşlaş mumkin.21 Lekin juda köp bepuştlik bilan şugullanadigan mutaxassislar erkin testosteron, sekssteroid boğlovçi globulin (ŞBG), prolactin va LG kabi gormonlarni ham tekşiriş kerakligini takidlaşadi. Ingibin-B spermatogenez haqida FSG ga nisbatan yaxşi ma’lumot berişi barçaga ma’lum lekin umumiy moyak holati, Sertoli hujayralari holatini baholaşda amaliyotda FSG işlatiladi bunga Ingibin-B analizini qimmatligi ham alohida sababdir.25 Şifokorlar estradiol va qalqonsimon bez funktsiyalarini ham tekşirişlari kerak çunki bu gormonlar ham jinsiy qobilyatni buzulişiga va bepuştlikka sabab böladi.12 Tasvirlaş usullari ham laboratoriya körsatkiçlarni normada bölmaganda endokrinologik patologiyalarni aniqlaşda kafolatlangan usul hisoblanadi. (m, boş miya MRT prolaktiniemiyani aniqlaşda).
Davolaş
Davolaşdan maqsad tuzatiş mumkin bölgan gormonal özgarişlarni tuzatiş va fetillikni tiklaşdir. Agar fertillikni tiklab bölmasa urolog-andrologni oldidagi vazifa qaysi usullarda, qanday tartibda davolanişni, nazoratni olib booriş va farzandli boliş prognozini aytiş kerak böladi (Farzand saqlab oliş). Bu maqolani qolgan qismlarida gipotalamus-gipofiz-testis oqini izdan çiqarişi boyiça ötqazilgan tadqiqotlar va endokrinopatiyalardagi standartlar haqida söz boradi.
Gipergonadotrop gipogonadizm
Birlamçi gipogonadizm, boşqaça nom bilan aytilganda gipergonadotrop gipogonadizm yoki birlamçi moyak yetişmoqçiligida analizlarda Teststeron körsatkiçi past, GnRH, LG va FSG körsatkiçlarni balandligi aniqlanadi. Gipergonadotrop holatni kelib çiqişi tuğma yoki keyingçalik rivojlangan bölişi mumkin. Klayenfelter sindromi eng keng tarqalgan tuğma etiologik, jinsiy xromosomalarning sonini oşişi bilan xarakterlanadi va 500 erkakdan 1tada uçraydi.26 Bu holat jinsiy xromosomalarning aneuplodiyasi bilan harakterlanadi eng köp 47, XXY genotipiga ega boladi. Klinik körinişi boyi baland, eunuxoid tana tuzulişiga ega, ginekomastiya va kiçik moyaklar bilan harakterlanadi. Bu belgilar bilan kasallik va taşxis qoyiş birmunça qulay bölişiga qaramay, Taşxis kariotip bilan tasdiqlanişi kerak sababi 20% mozaik körinişga ega bolişi ham mumkin yani klinik belgilari Klayenfelterga hos lekin genotip normal boladi 47XXY/46XY körinişda. 27 Klayenfelter sindromlik bemorlar azoospermiya bölsa ham TESE yoki microTESE yordamida spermatozoidni topib ICSI orqali farzandli bölgan oilalar mavjud. Adabiyotlar urologlarga şuni tavsiya etadiku bu körinişdagi bemorlardan oilani rejalaştirişda erta davrlarda sperma işlab çiqariş bolgan paytlarida krioprezervatsiya qilişlik va oila quruş yoşiga kelganda spermatozoid işlab çiqariş toxtaganda şu spermatoidlardan foydalanişni ta’kidlaydi.28 Ba’zi mutaxassislar ham yoşi katta bölganda TESE orqali spermatozoid topiliş ehtimoli bolişga qaramay, ikkilamçi jinsiy belgilarini rivojlantiriş uçun ötqaziladigan örinbosar terapiyadan oldin krioprezervatsiyani taklif qilişlikni aytib ötişgan.29
Gipogonadotrop gipogonadizm
Ikkilamçi gipogonadizm Testosteron korsatkiçi, GnRG, LG va FSG körsatkiçlari ham normadan past bolişligi bilan harakterlanadi. Bu holat adabiyotlarda gipogonadotropik gipogonadizm yoki ikkilamçi moyak yetişmovçiligi deyiladi. Keyinçalik paydo bölgan ikkilamçi gipogonadizmda qolqonsimon bez, buyrak usti bezi funtkstiyalari bilan birgalikda prolaktin, boş miya MRT si ötqazilişi şart. (m, prolaktinoma). Hozirgi kunda adabiyotlar oxirgi yillarda erkaklarda ikkilamçi gipogonadizm köpayganini va bunga anabolik steroidlarni bodybuilding maqsadida tartibsiz va nazoratsiz, köp miqdorda qabul qilayotganliklari sababli kelib çiqayotganini keltirib ötgan.35 Anabolik steroidlarni qöllanilişi ösayotgan yoşlar orasida, ayniqsa reproduktiv yoşdagi yigitlar orasida keng tarqalgan.36,37 Ta’sir mexanizmi quyidagiça; olingan anabolik steroidlar teskari qaytar boğlaniş natijasida miyadagi GnRG ni ingibitsyalaydi natijada intratestikulyar testosterone işlab çiqariş tormozlanişi rivojlanadi va gipogonadotropik gipogonadizm kelib çiqadi. Şuningdek bu moddalar muskul massani ortişiga olib keladi lekin ginekomastiya, moyaklar atrofiyasi, jinsiy qobilyat susayişi bilan birga spematogenezni izdan çiqişi hisobiga ikkilamçi bepuştlikka olib keladi.37 Urolog jamiki bemorlarni anabolik moddalarni töxtatişliklarini va fertilliklarni saqlab qolişlarini, soğlom turmuş tarziga tarğib qilişi kerak. 9,38 Adabiyotlar anaboliklar toxtatilgandan keyin spematogenezni tiklanişiga (>5 million spermatozoid/ml) 4-12 oy atrofida tiklanişini qayd etgan. 39.40 Agar 4 oy içida spermatogenez tiklanişni boşlamasa yana çuqurroq tekşiruvlarni ötqazişi va bepuştlikka yana boşqa sabablarni qidirişi kerak böladi.41 Ekzogen testosteron beriş anaboliklar kabi bir hil ta’sirga ega paradoksal ravişda testosteron işlab çiqarilişini susayişiga olib keladi. 42–44 Amerika Urologlar Hamjamiyatini tekşiruviga köra 25% holatlarda testosteron pastligi bepuştlikka sabab bölgani aniqlangan.45 Agar bemor uzoq muddat anabolik steroid yoki ekzogen testosteron qabul qilgan bölsa va qabul qilişni töxtalgandan keyin ham gipogonadlik holati davom etsa farmakologik qayta işga tuşiriş kerak böladi. Ba’zi mutaxassislar erta davrlarda boşlaş kerakligini tavsiya qilişadi ya’ni moddalarni töxtalgan zahoti farmakologik qayta işga tuşirişni boşlaş kk deyişadi. 46 Selektiv esterogen reseptor modulyatorlaridan boşlaşlik eng töğrisidir çunki estrogenni ingibirlaydi, LG va FSG ni stimullaydi, tabletka formasida, uzoq va havfsiz foydalaniş mumkin.47 Yana bir maqolada spermatogenezni tezda tiklaş uçun esterogen modulyator bilan birga gonadotropinni qöllaş mumkinligini ham keltirib ötilgan. FSG preparatlaridan qöşimça foydalaniş ham mumkin lekin qaçonki, antiestorogen va gonadotropinlarga çidamlilik va yetarli javob reaktsiyalari kuzatilamagan holatlardagina holos.48 Aromataza ingibitorlari orqali esterogen işlab çiqarişini pasaytiriş uçun ma’lum bemorlardagina Testosteron/Estradiol koefissientini 10:1 dan kam bölgan hollardagina foydalaniş mumkin.49 Bu dorilar gipofizga teskari qaytar boglaniş mexanizmi asosida ta’sir qilib antiesterogenlardek testosteronni konsentratsiyasini kotarib, spermatogenezni stimullaydi. Aromataza ingibitorlarni uzoq vaqt foydalaniş ayollarda osteoparoz çaqirişi aniqlangan bolsada erkaklardagi zararlari qayd etilmagan lekin uzoq vaqt foydalaniş tavsiya etilmaydi. Beta-XgÇ insonni ozidagi LG bilan strukturaviy tuzilişi bir hil bölganligi sababli ta’siri ham LG kabi böladi. XGÇ bilan davolaş ikkilamçi gipogonadizmni davolaş usullaridan FDA tomonidan tasdiqlangan usul. Faqat uzoq muddat qöllanilgandagi havfsiligi va nojöya ta’sirlarini aniqlaşga yetarli adabiyot malumotlari yoq. Testosteron bilan davolaşdan köra XGÇ terapiya spermatogenezni stimullaş uçun asosiy davo usuli hisoblanadi. 50,51 Hozirgi kunda testosterondan boşqa jamiki dorilar gipogonadotrop gipogonadizmda foydalaniş mumkin bölgan preparatlar hisoblanadi. XGÇ asosli terapiyani, antiesterogenlar, aromataza ingibitorlari, recombinant FSG kabilar bilan kombinatsiyalaş testosteronga boğliq bepuştlikda spermatogenez yaxşilaşi 96% holatlarda ijobiy natija beradi. 51Bu mavzuda olib borilgan tadqiqotlar kam bölişdan taşqari, nazorat guruhlarida ham toğri nazoratga olinmagan adabiyotlar köplab uçraydi. Ma’lum dori vositasini ustunligini baholaş uçun uzoq vaqt bitta preparatni ozini kuzatiş qiyin va uning uçun ham alohida tekşiruvlar talab qilinadi.
Undan taşqari orttirilgan ikkilamçi gipogonadizm gipotalamik va gipofizar turlarini ham öz içiga oladi.
Gipofiz adenomasi eng kop uçraydigan gipofiz kasalliklaridandir.52 Bularing içida prolaktinoma voyaga yetgan reproduktiv yoşdagi erkaklarda ham köp uçraydi. Prolaktinni kopayib ketişligi kökraklardan sut kelişi va bitemporal gemianopsia bilan kuzatilişi mumkin. Prolaktinomalar odatda dofomin agonistlari bilan bartaraf qilinadi, nur bilan davolaş yoki jarrohlik usullari juda ham kam qöllaniladi.
Gonadotropin defitsitlik holati boş miya travmalaridan keyin ham gipofizni jarohatlanişi sababli uçrab turadi. (m, gipofiz tutqiçini kesilişi). Boş miya jarohati ötqazgan bemorlarni tekşirilganda 12oyda 7.7% holatlarda gonadotrop defitsit holatlari aniqlangan.53
Gipotalamus insultlarida ham ikkilamçi gipogonadizm rivojlanadi. Ayol va erkaklarda ötqazilgan kam sonli tadqiqotda ayollarga nisbatan erkaklarda ovqatlanişni izdan çiqişi kuzatilgan lekin har ikkalasida ham GnRG işlab çiqarilişi kamaygan.11
Qandli diabet va semizlik natijasida ham esterongenlar miqdori köpayib gonadotropinlarni supressiya qiliş orqali bepuştlik rivojlanadi.
Infiltirativ kasalliklardan sarkodioz natijasida ham gipotalamus-gipofiz kasalliklari kabi közga körinadigan gipogonadizm klinikasi kuzatiladi.54
Tuğma gipogonadik gipogonadizm neyronlarda işlab çiqiligan GnRĞni tarqalişini izdan çiqişi sababli kelib çiqadi. Bunday bemorlar Kallman sindromida bölgani kabi hid bilişni yoqolişi tarzida ham körinadi, bunda n.olfaktorius izdan çiqişi bilan baholanadi. Tuğma gipogonadik gipogonadizmni yana boşqa belgilaridan unilateral buyrak ageniziyasi, ikkilamçi jinsiy belgilarni sust rivojlanganligi, kriptoorxizmlar va davolaniş prognozining juda ham past körsatkiçga ega bölişligi bilan ifodalanadi.55 Avvallari bu kabi bemorlar davolanib bölmas bepuşt hisoblanilgan hozirgi kunda bularning 20%idan köproğida moyak yetişmovçiliklari davolanib ijobiy natijalarga erişilmoqda.56,57 Davolaşda teri ostiga pulsatil berib turuladigan GnRG yoki XG inektsiyalaridan foydalaniladi. Effektivligini baholaş uçun yetarli adabiyotlar hozirça yoq lekin foydalanib kelinmoqda. Tuğma gipogonadik gipogonadizm holatlarida juda kamdan kam normal spermogramma körsatkiçlariga erişilsa ham gormonal terapiyadan keyin homiladorlik kuzatilgan bemorlar mavjud.58,59
Kelajakdagi yonalişlarimiz
Bepuştlik bilganimzdek köproq irsiya asosli bolib kelgusida bepuştlikda genetik testlar rutin tekşiruvlar qatoriga kirişiga işonçim komil. Hozirgi kunda faqatgina azoosperimiya yoki ogir oligozoospermiya holatlaridagina genetik skriining tavsiya qilingan.16 Hozirgi kundagi mavjud texnologiya erkaklar bepuştligida ahamiyatli genlardan avtosomal gen variantlarini (m, kistik fibrozdagi CFTR genini), xromosomal buzulişlarni, Y-genining mikrodeletsiyalarini aniqlay oladi. Hozir kundagi yangi usullardan foydalaniş mikroarray tahlili va butun genom ketma-ketligi kabi yangi usullardan foydalaniş bepuşt erkaklarda endokrin funktsiyasi bilan boğliq bölgan javobgar genlar haqida ma’lumot berdi, ammo hali keng klinik foydalanişga tadqiqotlar yetarli emas (Table 2). Kelajakda genetik testlar erkaklar bepuştligini davolaşda yol körsatişi ham mumkin. Hozirgi kundagi adabiyotlarda eng yaxşi misollaridan farmakologik FSG terapiya uçun bemorlarni tanlaşlikni belgilab berilganidir. Tadqiqotlar FSG geninning reseptorlaridagi polimorfizm sababli FSG terapiyadan keyingi spermogramma körsatkiçlaridagi sezilarli özgarişlarni qayd etilgan.60 FSG ni beta formasi klinik ahamiyatliligini ham aytib ötiş kk. Grigorova va hamkasblari olib börgan ilmiy tekşiruvida 61,62 A211 juft promotor regionida FSG ni beta formasi aniqlangan va qonda FSG korsatikiçi normadan juda past korsatkiçi aniqlangan. Ötqazilgan köplab ilmiy tekşiruvlarda bugungi kunda erkaklardagi bepuştlikda 1200-1500dan oşiq ma’sul genlar aniqlangan.

Genetik tadqiqot uçun hozirgi kundagi asosiy tosiq uning narxidadir. Örtaça hisobda şunçaki butun genomlarni ketma ketligini aniqlaş 1000$ dan yuqoriroq turadi. Aholini asosiy qismi hattoki 200$ tolaş imkoniyatiga ham ega emas. Vaqt mobaynida narxlarni pasayişini kutuşimiz kerak böladi.
Hulosa
Endokrinopatiyalar erkaklar bepuştligida juda ham kam uçraydigan sabablari bölişiga qaramay tekşirilişi şart bolgan holat bolib hisoblanadi sababi bepuştlikni davolaş prognozi va erkakni umumiy salomatligida ahamiyat juda ham kattadir. Tuzatiş mumkin bölgan endokrinopatiyalarni taşxislaş oilani saqlab qoliş va ularni stresslardan himoya qiliş yanada muhim turli qimmat sun’iy uruğlantiriş kabi muolajalardan ham himoya qiladi. Optimal endokrinologik tadqiqotlar sistematik tarzda, anamnezini yeğiş, fizikal körik, spermogrammalardan iboratdir. Köplab bepuştlik bilan şuğullanadigan mutaxassislar dastlabki tekşiruvlarda gormonal tekşiruvlarni ham şartligini ta’kidlaşadi. Davolaş endokrinologik patologiyaga qarab belgilanadi, lekin genetik tadqiqotlar am dorilarni tanlaşdan yordamçi tekşiruv usullaridandir.