Maqola · 16-iyun, 2017 · 8 daqiqa

Erta böşaliş

Muallif: Professor Dr. Zarifjon Murodov Jumaboyeviç, urolog-androlog

Premature ejaculation (PE)

(nazorat va kuzatuv algoritmi)

Erta böşaliş (tez taşlaş) (PE); intravaginal eyakulyatsiyaning davomiyligini juda qisqa bölişi (IELT-intravaginal ejaculation latency time), eyakulyatsiyaning nazorat qilaolmaslik hissi va bunga boğliq ravişdagi stress va qayğudan iborat uç komponentli holatdir. 

Xalqaro Jinsiy Soğliq Jamiyati (ISSM- international society for sexual medicine)’ning 2014yili yangilagan ta’rifiga köra erta böşaliş quyida keltiriladigan öziga hos taraflaridan iborat erkaklarning jinsiy muammosidir.

·        Birinçi jinsiy aloqadan boşlab har doim yoki har doim vaginal penetratsiyadan oldin yoki penetrasiyadan keying bir minut içida röy beradigan eyakulyatsiya (umr böyi PE) yoki IELT’da 3 minut yoki undan biroz kamroq, oldingiga nisbatan tezlaşgandek sezilsa (orttirilgan PE)

·        Vaginal penetratsiyaning barçasida yoki deyarli barçasida eyakulyatsiyani keçiktiraolmaslik

·        Xavotir, besaramjonlik, umidsizlaniş va/yoki jinsiy qöşilişdan qoçişlik kabi nojöya holatlar

Bundan boşqa PE’ga oxşaş jinsiy xavotirlar, tez böşaliş röy berişi mumkin bölgan jinsiy disfunktisya bölmagan holatlar ham bor. Bular Tabiiy özgaruvçan PE va Sub’ektiv PE şaklida 2 tipga ajratiladi.

Tabiiy özgaruvçan PE erkakning turli vaqt/juft bilan birga bölganida röy berişi mumkin bölgan holatdir. Bu holat odatdagi jinsiy hayotning bir körinişi xolos.

Sub’ektiv PE’da aslida erkaklarning eyakulyatsiya vaqti 5 minut va undan köp lekin buni kamdek va nazorat qilaolmayotgandek hisoblaşadilar.

Eyakulyatsiyadagi özgarişlarni klinik baholaş

Umr böyi PE’da ob’ektiv körik tavsiya qilinadi. Orttirilgan PE’da esa qalqonsimon bez funktsiyasi va prostatit kabi aloqador holatlarni baholaş uçun öziga hos ob’ektiv körik talab qilinadi. Laboratoriya tahlillari, anamnez va ob’ektiv körik biron şubxali holat aniqlansa bu ham qöşimça ma’lumot berişi mumkin. (3) Eyakulyatsiya funktsiyasining nazoratida muhim rol öynaydigan gormonlar (Testosteron, TŞ va Prolokatin), umumiy qon tahlillari özgariş bor yoqligini aniqlaş uçun ötqaziş mumkin. (4,5) Ba’zi ilmiy işlarda past Prolaktin va yuqori Testosteron körsatkiçlari PE bilan aloqadorligi aniqlangan. Lekin bu gormonlardagi özgarişlar bilan PE orasidagi munosabat aniq emas. (4,6,7) Orttirilgan PE’da prostata soki tahlili, siydik analizi va ularni ekmasi (bak. posyev) prostatadagi yalliğlaniş diagnostikasida yordam beradi.

Tez taşlaşda nazorat va kuzatuvning ahamiyati

Murakkabligi va özgaruvçanligi sababli PE’ni davolaşda bir qança qiyinçiliklar mavjud. Bu qiyinçiliklarning içida eng asosiysi tez taşlaşi mavjud bemorlarni qanday kuzatilişi haqidagi dastur va ma’lumotni yoqligidir.

Tez taşlaş bilan davolanayotgan bemorlarni kuzatuvi davolaş effektida katta ahamiyatga ega. Nazoratning soni va davomiyligi PE turi va oğirligiga, davolaş şakliga, davolaşga ijobiy javobining muddatiga, hamroh kasalliklar borligiga va kişi yoki juft bilan boğliq muammolarga tegişli tarzda özgarib turadi. Asosan uzoq muddatda (oylab va yillab) doimiy nazorat, PE’ni davolaş strategiyasining ahamiyatli qismidir. (10)

Bemorlar bilan muloqotning yaqin bölişi davolaşda ahamiyatga egadir. Bemor davolaş haqida töliq ma’lumotga ega bölişi şart va nazorat uçun kelganida bu ma’lumotlarini bilişligini va amaliyotda tadbiq qilayotganiga işonç hosil qilişimiz şart. Birinçi qabulga kelganda bemorlarni tekşiruvlar va davolanişga, qayta qayta nazoratlarga kelib turişligini aytişimiz va bemor aytganlarimizni qilişlikka rozi bolişligi kerak böladi. Nazorat bemorning davolaniş paytidagi tuzalişini, davolaşni ta’sirini va davolanişni nojöya ta’sirlarini baholaş uçun şifokorga ma’lumot bölib xizmat qiladi.

Davolaşning ijobiy ta’siri IELT’ni çöziş, eyakulyatisyada nazorat qilaolişlik hissini uyğotiş va lazzatlanişni oşiriş kabi jinsiy munosabatlarni öz içiga qamrab oladi. (10) Nazorat paytida PE’ni uç komponenti bilan baholanişi şart. Klinik amaliyotda terapevtik nazorat uçun Tez Taşlaş Profili (Premature Ejaculation Profile (PEP)) va Klinikadagi özgarişlardan global taasurotlar (Clinical Global Impression of Çange (CGI-C)) şkalalari foydalaniladi. (12,13) (quyida keltiramiz) PEP, eyakulyatsiya keliş hissi, jinsiy aloqadan köngil töliş, eyakulyatsiayaga tegişli stress va juftlar orasidagi muammolarni baholaydigan 4 moddalik joriy etilgan savol javoblar formasidir. CGI-C esa bemorning oxirgi holatini, davolanişni boşlanişiga köra qiyoslaydigan 7 ballik ölçovdir. Bu sörovnomalar avvallo ilmiy tekşirişlar uçun işlab çiqilgandir, lekin klinik amaliyotda şifokorlar davolaşlarni baholaş maqsadida foydalansalar ham boladi.

PE’ni davolaşni optimallştiriş

PE’ni davolaşni optimallaştiriş klinik amaliyotda katta ahamiyatga ega. PE etiologiyasi multifaktorialligi sababli davolaşni, bemor holatini va bemor davolaşdan nimani kutayotganligiga qarab davolaş usulli individual böladi. Doimiy kuzatuv va nazorat, bemor bilan munosabat va davolaş natijalarni baholaş uçun ahamiyatlidir.

Davolaşni boşlaşdan oldin bemor bilan davolaşda bölişi mumkin bölgan holatlarni örtoqlaşiş kerak, bemor davolaşdan nima kutayotganini eşitiş va tartibga soliş kerak, psixoseksual maslaxatlar va bemorni tayyorlaş kerak böladi. Bemorga davolaşni maqsadini, töğri dozasini, içiş tartibini, rejalaştirilgan jinsiy aloqadan qança oldin qabul qiliş kerakligini va bölişi mumkin bölgan nojöya ta’sirlarini aytilişi şart. Bir haftada kamida 4 marta yoki maksimum 6 marta qabul qilinişi kerakligini va baholaş uçun nazoratga kelişi kerakligini ham tayinlaş şart.

 4-hafta nazoratida bemorni tögri dorini, tögri dozada va tögri şaklda qabul qilganligiga aniqlik kiritiladi. Nazoratga kelgan bemor dorinni (boşlanğiç dozani) köpi bilan 4 hafta içida eng kamida 6 marotaba içiş/jinsiy aloqa şaklida töğri deb baholaş imkoniyati yoq. Aslida davolaşdan mamnunligi/foydasi, dorini kötaraolişligi/nojöya ta’sirlarini baholaş kerak. Bemorlarni muhim masalalari/asosiy ma’lumotlar tögri bilişligi/bularni esida borligini nazorat qiliş kerak.

Nazoratlarda davolaşning ta’sirini IELT, PEP va CGI-C kabi asosiy sörovnomalardan foydalangan holda baholaş tavsiya qilinadi.

Dori (boşlanğiç doza) bilan davolanişga tögri reaktsiya körsatgan bemorlarda, nojöya ta’sirlari bölmasa yoki nojöya ta’sirlariga çidaş mumkin bölsa davolaşni davom ettirib va keyingi nazoratlarni rejalaştiriladi.

Dori (boşlanğiç doza) dan kerakli natija olmagan yoki yetarli darjada köngli tölmagan bemorlar, bu dozadagi doriga javob bermaganlar gruppasiga kiritişdan oldin davolanişni samarasizligiga sabab bölgan omillarni yaxşilab baholaş kerak böladi. Bular davolanişni samarasizligiga sabab böladigan lekin e’tiborga olinmagan muammolar, doza yetarli bolmasligi, kam jinsiy aloqaga kirişganlik /soni va xaqiqatdan uzoq xohişlar bolişi mumkin.

E’tiborga olinmagan kasalliklar va xamroh kasalliklar PE davolaşni effektiga töğridan töğri ta’siri bolganligi sababli bu holatlarni dori berişdan oldin yoki dori beriş bilan birga baholaş va hal qiliş kerak boladi.

 Boşlangiç doza bilan davolaş orqali IELT’ni muddatini kerakli darajada uzaytirilgani bilan bemorlani köngli tölişlik nisbati (45%), davolaşdagi ijobiy javob reaktsiyasi nisbatidan (74.6%) past aniqlangan. Davolanişning ta’sirlari bilan bemorlarning davolanişdan kutganlari orasidagi nomutanosiblik (bemorlarni fantaziyalarini qöniqtiraolmaslik) sababli amaliyotda davolanişni töxtatişga sabab böladi.

Waldinger va hamkasblarining 5ta davlatda (Turkiya, AQŞ, Birlaşgan qirollik, Gollandiya va Ispaniya) umumiy aholisi orasida ötqazgan ikki ilmiy tekşiruvida IELT medianasi 5.4minut (0.55-44.1minut orasida) va 6.0minut (0.1-52.7minut orasida), orasida qayd qilingan va bu körsatikçlar yoş otgan sari kamayganligini keltirib ötişgan. Xozirgi kunda qabul qilingan mos IELT oraliği 3-7 minutdir.

Agar boşlanğiç doza bilan IELT 3-7 minut orasida bölsa yoki öşa davlatning örtaça IELT körsatkiçlariga çiqqan bölsa lekin hali ham bemorni köngli tölmayotgan bolsa demak bemorning xohişi xaqiqatga töğri emas deb baholanadi. Dozani kötariş, bemor xohişlarini muhokama qiliş kerak böladi va navbatdagi nazoratga keliş rejasini beligilandi. Bemor boşlangiç doza (depoksatin 30mg)dan qisman foyda körgan lekin IELT normaga çiqmagan, nojöya tasirlari kuzatilmagan va oşa davlat IELT körsatkiçlarining örtaçasiga ham çiqmagan bölsa dozani kötariş mumkin böladi. Keyingi nazorat rejasini tuzuladi.

Boşlangiç dozadan köngli tölmagan, IELT körsatkiçi normaga çiqmagan yoki davlat örtaça körsatkiçiga çiqmagan bölsa, bu doza bilan nojöya ta’sirlar qayd etilmagan bolsa bemorlarni keyingi maksimal orttirilgan dozaga ötişlari mumkin böladi.

Ikkinçi kötarilgan dozaga ötgan bemorlar, en kopi bilan 4 hafta içida eng kamida 6 marotaba qabul qilgan/jinsiy aloqadan keyin nazoratga çaqiriladi. 4-hafta nazoratida bemorning töğri dori, töğri doza va tögri şakilda qöllanganligi söraladi. Davolaşdan mamnunligi/foydasi, dorini kötaraolişligi/nojöya ta’sirlarini baholanadi.

PAUSE nomli ilmiy işda PE bemorlarining 17.7%’da boşlanğiç dozadan (dapoksetin 30mg) kerakli javob reaktsiyasi olmagan bemorlarga doza kötarilgan. Jiann va hamkasblarining tekşiruvida esa bemorlarning 42.9%’ida doza kötarilganda foyda körganliklari qayd qilingan, Ikki barobar ortirilgan dozadan ham kerakli javob olmgan bemorlarga 3 barobar 4 barobar doza berib olib kerakli javobni oliş mumkin degan ilmiy tekşiruvlar yoq.

Orttirilgan doza bilan ham davolaniş foyda bermasa, özini tutuşlik terapiyasi bilan kombinatsiyalaş mumkin boladi. Bu holatda faqat bittasini özini qabul qilgandangidan köra yaxşiroq natijaga erişiladi. Özini tutuş davolaş usuli yagona usul sifatida foydalnilmasdan farkologik preparatlar bilan birgalikda qöllaş kerak böladi. Bu ham yordam bermasa uzun ta’sirga ega serotonin qayta oliniş ingibitorlari, spreylardan foydalanişlik haqida ham öylab körsa böladi. Faqat bu dorilarni köpi tez taşlaşni davolaşga deb belgilanmaganligi sababli nojöya ta’sirlari kuzatilganda şifokorga ança muammolar tuğdirişi mumkin.

Taşxis, davolaş usullarini tanlaş va davolaşga kişining javob reaktsiyasini baholaşda ayol juftini ham davolaş jarayoniga tortişlik muhim ahamiyatga ega. Juftı PE bilan aloqador jinsiy, psixologik mavzularda şifokorga juda katta yordam beradi. Juftning davolaşda iştirok etişining ijobiy ta’sirlari ilmiy isbotlanga. Juftining birgalikda iştirok etişi bemorga eyakulyatisya nazoratida, öziga işonç va xurmatning örtişida juda katta ta’sirga ega. Bu bilan oilada bir biriga bölgan munosabatlarni ijobiy tarafga rivojlanişiga ham hissa qöşilgan böladi. Ayniqsa yoşi kattaroq juftlarni davolaşda ayolidagi mavjud jinsiy disfunktsiyani baholaş va davolaş ham PE’ni davolaş samarasini oşiradi. Erkakda PE mavjud holatlarda ayolida (52%) jinsiy muammolar (xohiş, qözğaliş, lubrikatsiya va orgazm) kuzatialdi, juftida PE bölmaganlarda esa bu körsatkiç nisbatan kamroq (23%) böladi. Juftlar iştirokidagi davolaşlar ötqazilgan ilmiy tekşiruvlar bor.

PE, jinsiy aloqa qiliş texnikasidan bexabarlik va tez tez jinsiy aloqa qilmaslik kabi psixosotsial omillar bilan ham özaro aloqadadir. Ilmiy tekşiruvlarda jinsiy aloqa tez-tez qilişlik; jinsiy aloqa usullarini özlaştirişlik, öziga işonç va qoniqişini yaxşilanişini ta’minlovçi va PE simptomlarini kamaytiruvçi ta’sirlarga ega ekanligi isbotlangan.

Xulosa qilib aytganda davolaşga yondaşişni bemorning simptomlarini, davolanişdan nima kutişlarini va PE’ga sabab boladigan etilogik faktorlarini belgilab davo usulini öziga xos qilib belgilaş orqali, doimiy nazorat va kuzatiş bilan ijobiy natijaga erişiş mumkin. 

Boşqa maqolalar

10-may, 2026Befarzandlikda Sperma (Uruğ) Hajmining ahamiyati19-fevral, 2025«Nozik mavzu, murakkab mavzu» – şifokor-androlog bilan suhbat3-fevral, 2025Jinsiy voqealik tuşlar köriş