Erta böşalişga (EB) zamonaviy yondaşuv. (Muddatdan oldin böşaliş (tez taşlaş, erta böşaliş), Premature ejakulation, Pryejdyevryemyennaya eyakulyatsiya, Erken boşalma)
Muallif: Professor Dr. Zarifjon Murodov Jumaboyeviç, urolog-androlog
Erta böşalişga (EB) zamonaviy yondaşuv
EB.ga taşxis qöiş uçun bugungi kungaça aniq kriteriylar belgilanganiça yöq. Funktsional aktiv, rigid jinsiy olatni vagina (ayol jinsiy a'zosi)ga kirgandan söng qança muddatdan IVELT (intravaginal ejaculatory latency time) söng eyakulyatsiya röy beriş vaqti juftlarga köra turli tumandir. Jinsiy hayotidan rozi juftlardan ötkazilgan sörovnomaga köra IVELT 4 bilan 7 minut orasidaligi aniqlangan. Lekin ötkazilgan ilmiy işlar natijasiga asoslanib davolaş kriteriysi qilib 2minutni ostidagilar belgilab olingan. 2011 il Evropa urologlarini bergan tavsiyanomasida esa 1,5minut qilib belgilangan. Kinsey, fikriga köra erta böşaliş degan tuşinça aslida yöq butun emizuvçilarda eyakulyatsiya vaginaga kirişi bilan yuz beradi deydi. (Kinsey 1984). Dunyoda seksual aktivlikni oşkoraligi, seksual quvvatni potentsiyani soliştiriş boşlanişi va ayollarning liberallaşuvining boşlanişi natijasida vaginaga kirişi bilan böşaladigan erkaklar ayollar tarafidan aybdor sanalmoqda, hatto ajralişgaça bormoqda. Natijada tez böşladigan erkak asabiylaşadi, öziga işonç yöqoladi, taşqi dunyodan sekin özini izolyatsiya qila boşlaydi. Erta eyakulyatsiya özini normal hisoblaydigan erkaklar orasida 30-40% uçraydi. (Frank 1978, Reading and Wiest 1984).
IVELT 4-7 minut hisoblaşlariga qaramay, Masters va Johnson erta böşalişga ta'rif berarkan juftlarning mamnun bölişlari etarli deb hisoblaydi. Qaçonki, takrorlanadigan, minimal jinsiy qözğatiş ta'siri ostida tez böşladiganlar vaginaga kirar kirmas yoki kirgaç qisqa fursatda böşladiganlar, juftini ham hoxişi paydo bölmasidan nazorat qilaolmasdan böşaladiganlarda erta böşaliş deişadi. Misol uçun bir minut davom etadigan jinsiy aloqa, lekin ikki tarafni ham qoniqtirsa buni erta böşaliş deb hisoblamaydilar.
EBni 2 tipi mavjud: birlamçi; ilk koitus (jinsiy aloqa)dan e'tiboran mavjud formasi, ikkilamçi; avvallari normal bölib kein paydo bölgan formasi. Yana boşqa bir klinik tasnif organik va psixologikdir. Organik sabablarga orqa miya jarohatlari, tarqoq skleroz, opiat (narkotiklar)dan söng holatlar kiradi. Qörquv, er xotin orasidagi janjal, yoşlikdan notöğri jinsiy tarbiya va ma'lumotlari, oila içki muammolari, yangi jinsiy partnyorlar va boşqalari psixopatologik faktorlardir.
Davolaş 2 kategoriyada olib boriladi:
1.Psixoanalitik va özini boşqariş usuli
Quidagi usullari mavjud:
Ikkita ahamiyatli holat bor. Birinçisi avvalo pozitsiya (jinsiy aloqadagi erkakning holati). Erkakning pastda harakatsiz bölgan holati eng keçiktiradigan pozitsiyadir. Erkak yuqoriga qarab yotadi özini böşaştiradi, muşaklarni erkin qöib kuçanmaydi, ayol erkak ustida böladi va juda sekin sekin xarakatlar bilan aloqani davom ettiradi.
Ikkinçisi nazorat (kontrol) irodasini rivojlantirişdir. Böşalişga yaqin diqqatini boşqa narsalarga çalğitiş. Ayniqsa ayoli erkakning jinsiy qözğatuvçi joylariga tegmasligi kerak böladi. Va jinsiy hoxiş uyğotadigan nuqtalarga ham tegmasligi kerak. Yoki qözğalişni susaytiradigan pozitsiyaga almaştiriş kerak böladi.
Bu holatda ba'zi erkaklar işlari haqida yoki kelgusi rejalarini öylaganliklarini aytişadi. Lekin fikrni boşqa tarafga çalğitiş jinsiy aloqadan olinadigan lazzatni susaytirişi mumkin. Şuning uçun nafas kontroli ham tavsiya qilinadi, ya'ni çuqur nafas olib 2-5soniya uşlab turib sekin çiqariş ham foydali böladi. Közlarni yarim oçiq holda bir nuqtaga termulib turiş ham tavsiya etiladi.
Çuqur nafas olgaç çiqarmasdan turib oldinga sal egilinsa qovuq va prostata ustidagi bosimni orttirib parasimpatik nerv tizimini qözğatib eyakulyatsiyani keçiktiriş mumkin. Eng katta foyda tegadigan usuldir bölib bir paytda siydikni tutiş uçun qilinidigan xarakatlardan orqa peşob muşaklarini qattiq qisiş ham mumkin.
Bu harakatlarni boşida bajariş biroz muşkul tuyulişi mumkin. Lekin vaqt ötişi bilan odatlanilsa va jinsiy aloqa vaqtini uzatayotganini his qilaboşlanişi bilan odatiy holga aylanib boradi. Unutmaslik kerakki bu maşqlar bilan nazorat irodasini şakllantiriladi. Şuni esdan çiqarmaslik kerakki juda qattiq berilib ketib jinsiy aloqani lazzatini buziş kerak emas.
Kegel (KEGEL) maşqlari
Kegel maşqlari muşaklardan foydalaniladigan maşqdir. Tualetga kirganda siydikni töxtatiş uçun işlatiladigan muşaklardan kun davomida bajarib turilsa va jinsiy aloqa paytida ham şu maşq qilinişi erta böşalişda yordami tegişi mumkin.
2. MASTERS VE JOHNSON maşqlari
Masters va Johnson tomonidan işlab çiqilgan. Erkak kişi yaxşilab qözğatilinib böşaliş boşlanişi bilan jinsiy olatni, penisni, boşini qattiq siqib böşaliş refleksini susaytirişga qaratilgandir. Bu erda e'tiborni boşqa tarafga emas aynan qözğatuvçi nuqtaga qaratilganligi bilan boşqa usullardan farq qiladi.
Natijada erkak normal jinsiy aloqada qaçon böşalib ketişini bilib oladi va jinsiy aloqada qaçon nazorat qiliş kerakligini bilib oladi. Lekin bu maşqni penis vaginaga kirgizmasdan qöl bilan qözğatilişi kerak. Buni ayol kişi ham qilsa bölaveradi yoki erkak kişi masturbatsiya qilsa ham böladi böşaliş boşlanişi bilan boşini bosildi. 10-20 sekund mobaynida turiladi. Biroz oğriq bölişi mumkin lekin zarar beradigan şaklda bosiş kerak emas. Bu paytda erektsiya ham biroz susayadi. 30 sekunddan kein maşq qaytalaş kerak. 3-4 marotaba qiliş mumkin. Bir neça kundan söng foydasi seziladi.
3. Boşla -Töxta (START-STOP) maşqi
Jinsiy aloqa paytida böşaliş hissi kelişi bilan toki böşaliş hissi yöqolgunça töxtaşdir. Hissi ötib ketgaç yana aloqaga davom etiladi. 3 marta qaytargaç kein böşaliş mumkin. Bir neça kunda foydasi seziladi. Bajariş uçun ayol kişi ham albatta tuşingan holda yordamlaşişi kerak böladi.
2.Farmakologik davolaş.
Dori vositalari yordamida 10minutgaça uzaytiriş mumkin. Mahaliy kremlar foydasi kamroq kutilmagan nojöya ta'sirlari mavjud. Selektiv serotonin qayta sörilişini ingibitorlari (SSRI; Selektif serotonin re-uptake inhibitörleri) hozirgi kunda turli dozalaş tartiblarida berilmoqda. Lekin bu dorilarni qabul qilişda etarli tajribaga ega bölgan şifokor nazoratida turiş şart çunki kutilmagan nojöya ta'sirlari mavjuddir.
3. Operativ davolaş
Juda kamdan kam bemorlarga tavsiya qilinsa ham jinsiy olat boşçasini sezuvçanligini pasaytiriş maqsadida mikrojarrohlik usulida bajariladi. Nojöya ta'sirlarini oldindan şifokordan sörab oliş kerak va foydali bölişga köz etsagina jarrohlik usulidan foydalaniş kerak böladi.
KARIKATURALARDAN.........