Maqola · 4-oktabr, 2012 · 2 daqiqa

Gidrosele- Moyaklar istisqosi (Moyaklar istisқosi) – Vodyanka yaiçka

Muallif: Professor Dr. Zarifjon Murodov Jumaboyeviç, urolog-androlog

Moyak atrofidagi tunica vaginalisning vistseral va parietal pardalari orasidagi suyuqlik miqdorini köpayib ketişiga Gidrosel deyiladi. Aslida juda kam miqdorda suyuqlik boladi, bu suyuqlik moyaklarni ba’zi taşqi ta’sirlardan saqlaş va bemalol harakatlanişini ta’minlaydi. Suyuqlik bir tarafdan işlab çiqariladi va bir tarafdan söriladi şu holatda muvozanatda böladi agar sörilişni buzilişi röy bersa gidrosel rivojlanadi. Odatda moyak pardalari atrofida bölganidek, funiculus atrofida ham suyuqlik toplanişi mumkin bu holatda funikulyar gidrosel deyiladi. Aholi orasida 1% uçraydi.

Sabablari

Bolalarda ham kattalarda ham uçraşi mumkin. Gidrosel birlamçi, bolalarda processus vaginalisni bekilmasdan qolişi bolsa, kattalarda esa idiopatikdir. Bundan taşqari moyak buralib qolişi, orxit, travma va ösma holatlarida ikkilamçi rivojlanadi bunday holatlar ötkir gidrosel deb baholanadi. Kamdan kam holatlarda inguinal varikoselektomiya yoki çurralarni operatsiyasidan söng ham rivojlanadi.

Taşxis

Obe’ktiv körikda qoyiladi. Yorğoqda oğriqsiz şiş topiladi, orqadan nur berilganda nurni ötkazadi. Ösma holatlarida nur ötmaydi. UTT taşxisni yanada aniqlaştiradi.

 

Belgilari

Yorğoqda şiş, oğriqsiz, vaqt mobaynida ortib boradi. Şişni katta kiçikligiga yoki oğriq bor yoqligiga, kosmetik ta’siriga qarab yo nazoratga olinadi yo davolanadi. Bolalarda tugulgandan söng qorin içi bosimni ortişi bilan közga taşlanadi çurra bilan birga va alohida uçraşi mumkin. Agar çurra bilan birga kelsa davolaş kerak boladi. Faqatgina gidrosel bolsa 2 yoşgaça kutiş tavsiya etiladi, juda katta bolmagan ölçamlarda.

2yoşdan keyin qaytmaganlarini oçiq jarrohlik usulida davolanadi.

Davolaş

Xirurgik va xirurgik bolmagan ikki hil usul davo mavjud. Xirurgik bolmaganlarga kuzatuv, suyuqlikni aspiratsiyasi va skleroterapiya usullaridir. Xirurgik bir neça usullari mavjud bolib eng kop Vinkelman usuli foydalaniladi.

Aspiratsiyani bir neça bor qaytalaş havfi yuqoriligi uçun odatda bajarilmaydi. Skleroterapiya ança keng tarqalgan bölişiga qaramay tuzalib ketiş ehtimoli 36-100%dir.

Oçiq xirurgik operatsiyalar bolalarda va kattalarda farqlidir. Bolalarda odatda çov soxasidan oçiladi va bira töla çurra bor yoqligini ham tekşirilib bolsa tuzatiladi.

Kattalarda yorq’oqni ozi böylama yoki kondalang kesma bilan oçilib suyuqlikni böşatib qayta hosil bolmasligi uçun turli usullardan foydalaniladi.

Qaytalaniş ehtimoli juda kam.

Odatda operatsiya 30-60minut davom etadi, jarohatda rezina drenaj qoyiladi 24-48 soat içida olib taşlanadi, bemor 1-2kun şifoxonada qolişi mumkin.

Asoratlari

Juda kam bölsa ham quyidagi asoratlar uçrab turadi: qonaş, gematosel, piyosel, jarohat infektsiyasi, epididimoorxit, scrotal absets, sepsis, bepuştlik. Bundan taşqari anestiziologik asoratlar ham uçraşi mumkin.

Bu holatdan bemorlar operatsiya oldi suxbat tuşuntiriladi va rozilik hati olinadi.

Operatsiyadan keyin:

Sörilib ketmaydigan iplar 7-kunga kelib olinadi va şundan söng çomilişga ruxsat beriladi. Plavka tarz iç kiyim tavsiya etiladi (1 hafta), proflaktik maqsadda 7-10kun antibiotiklar, oğriqsizlantiruvçilar va yalliğlanişga qarşi dorilar olinadi. Tabletka şaklida olinsa yaxşiroq böladi.

Kasallikni belgilari 1-2oyda batamom ötib ketadi, rutin (majburiy) nazorati yoq.

Boşqa maqolalar

10-may, 2026Befarzandlikda Sperma (Uruğ) Hajmining ahamiyati19-fevral, 2025«Nozik mavzu, murakkab mavzu» – şifokor-androlog bilan suhbat3-fevral, 2025Jinsiy voqealik tuşlar köriş