Maqola · 14-aprel, 2016 · 6 daqiqa

Jinsiy aloqaga töymaslik Giperseksualizm – Satiriazis(erkaklarda) - Nimfomaniya (ayollarda)

Muallif: Professor Dr. Zarifjon Murodov Jumaboyeviç, urolog-androlog

Jinsiy aloqaga töymaslik Giperseksualizm – Satiriazis(erkaklarda) - Nimfomaniya (ayollarda)

"Özimni jinsiy aloqa qilişdan töxtata olmayapman. Ikki hayolimni biri seksual fantaziyalarda. Juda ham siqilib ketdim. Işlaşga vaqt ajrataolmayapman. Oşna oğaynilar bilan ham döstlik munosabatlarimizda muammo çiqa boşladi. Özimni juda ham aybdordek his qilyapman. Ertalab boşqa bilan tuşlikda boşqa bilan keçga yana boşqa uyda ayolim bilan, bu hayotdan töyib ketdim özimni töxtataolmayapman, doktor yordam bersangiz, qabulizga ham borişga tayyorman. Jamoat joylarida özimi zörğa tutib yuraman hayolimdagini xuddi yonimdagilar biladigandek, yuzimga qarayotgandek, qöli bilan körasatayotgandek tuyuladi. Oilam döstalarim bilan birga vaqt ötkazişdan köra bugun qaysi ayol bilan qaerda, qanday birga bölsam ekan degan fikrlardan tiyaolmayapman. "

_________________________ _________________ _______________________

Jinsiy hayot haqidagi fikrlar kişida biologik, psixologik va yaşaş muhitidan kelib çiqadi va bunga diniy qaraşning, tibbiy saviyaning va davlatning qonunlarini albatta daxli bor. Jinsiy hayot haqidagi fikrlarni rivojlaniş uning tuşinçalarini rivojlaniş bilan boğliq, bu haqda ma'lumotlar kamligi yoki erişiş qiyinligi, ta'qiq mavjudligi yanada murakkablaşişga olib keladi. Inson tabiatan jinsiy hayol va fantaziyalarini yuzaga çiqarmaslikka xarakat qiladi, öz vaqtini va kuçini jinsiy yölga sarflaydiganlar qonunan ta'qibga olinadilar, insonlar bilan munosabatda qiyinçilikka uçraydilar, ruhiy soğlom bölmaganlar toifasiga kiritiladi.

Ayollar ketidan çopadigan, tinimsiz yangi sevgi qidiradiganlar zamonaviy ta'bir bilan pleyboy (playboy)larning, aslida, ildizlari ularning bolalik davrlarida muammolar bölganligini körsatadi. Bu toifadagi erkaklar bir neça ayollar bilan jinsiy munosabatda böliş orqali özlarini heç kimdan kam emasliklarini, kuçli ekanliklarini körsatmoqçi, isbotlamoqçi böladilar, guyo. Şu yöl orqali ğalaba qozongandek körinib asl tubdagi erga urilganlik hislarini yaşirmoqçi bölişadi. Yolğizlik, kin, öziga qarşi nafrat tuyğularidan qoçib yangi yangi sevgi izlaşlari orqali öz hayotlarini ham sovurayotganliklarini bilişmaydi. Şunisi qiziqki psixiatrlar ham pleyboylardagi gomoseksual xohişlarini yaşiriş maqsadida giperseksualizm rivojlanadi deyişadi. Yana bir qiziq va tuşinarsiz holat şundan iboratki pleyboylar eng köp rivojlanayotgan davlatlarda va ularning past tabaqa oila farzandlarida paydo bölar ekan. Bu holatni şunday tahlil qiliş mumkin rivojlanayotgan davlatlarda inson zavq olişi mumkin bölgan vositalar juda kam böladi. Giperseksualizm, har qanday sotsio-ekonomik guruhlarda uçrasa ham Dr.Kraft Edbing fikriça erkaklarning moddiy ahvoli pastroq bölganlarda, ayollarda esa aksinça sotsio-ekonomik ahvoli yaxşi bölganlarda uçrar ekan. Giperseksualizm sözi psixiatrlarning kun tartibiga John F.Kennedy‘ning “4 soat jinsiy aloqasiz qolsa özimi yomon his qilaman” sözlari bilan tuşgan edi. Albatta, u paytlarda bu kasallik haqida heç kim bilmagani sababli oradan yillar ötgaç taşxis qöyildi.

Juda köp erkaklar özlarining bu hollaridan ğururlanadilar. Va bir neça ayol bilan birga bölib özlarini liderlikka kuçga egadek his qiladilar. Ammo bugunlarda bu holat ruhiy kasallik deb baholanadi. Şundoq ekan, buni bir çegarasi bormi? Qanday holatda işqibozlik, qanday holatda kasallik?– degan savollar keladi kişi aqliga. Mutaxassislar fikriga köra agar erkak 6 oy davomida bitta öz juftiga qanoat qilaolmasa satiriazis, ayollarda nimfomaniya deyiladi. Savoldan kelib çiqqan holda satiriazis mavzusiga ba'zi aniqliklar kiritaylik. Satiriazis haddat taşqari jinsiy hayot qilişlikka qaramlikdir, töyim hissini sezmaslikdir. Bir ayolga qoniqmaydigan, haddan ziyod köp aloqada böladigan, tanlov nimaligini bilmaydigan erkaklar odatda uzoq munosabatda bölaolmaydilar. Turli ayolllar bilan bölişlik tuyğusini enga olmaganliklari uçun ham bu bir ruhiy qaramlikdir. Erkak kişining miyasida jinsiy hayot bilan boğliq öy-fikrlarini va buni faqatgina jinsiy aloqa qiliş bilangina taskin topişini öylaşligi bir kasallik belgisidir.

Giperseksual erkak özini kimligini yoddan çiqaradigan darajada hayotid balki qayta körmaydigan ayollar bilan ham jinsiy aloqada böladi. Jinsiy hayollar, fantaziyalar suitsidal xarakatlarga ham olib kelaboşlagaç davolanişga rozi böladi. Odatda bunga olti etti yil ötgandan söng hayotini izdan çiqaraboşlaganda tuşinib etadi. Jinsiy qaramlik kişining xuddi alkogol va narkotikka qaramlik xor qilgandek, atrofdagilar oldida obrö e'tiborini ketkazadi. Bunday holat mutaxassisga murojat qilgan erkaklar orasida uç ayollar orasida bir foizni taşkil qiladi. Bu kasallik 25-50 yoşlar orasida kuzatiladi.

"Jupiterisme" ya'ni Yunon mifologiyasida har doim har xil ayollar bilan birga bölgan Olimpiyaning boş xudosi, "Don Juanism" va "Kazanova" satiriazisning bir oz bölsada engil şakli edi. Hayollarida avval sevgan ayolini qidiradi.

Giperseksual erkaklarni xarakteriga nazar solinganda özini sevişi, boşqalardan ustun qöyiş kabi xislatlarga ega. Tez hafa böladigan, sabrsiz, muammoni tezda hal qilgisi keladigan hal qiliş uçun har qanday yölni tutadigan insondirlar. Suhbatdoşini 10 minutda maqtab köklarga kötarsa saldan keyin er bilan bitta qilaoladilar. Hayotda norozi, boşqalarni öziga açintirişni xohlaşadilar.Hamjinslari bilan munosabati juda yomon, ikki hayoli faqat pornografiyada. Seksual rejalar doimo ustun. Bu tipdagi erkaklarga ayolini gözalligi, ibosi muxim emas, faqat nafsi qonsa böldi.

Erkaklarning jinsiy hayotlarini örganilmagan tomonlari juda köp. Jinsiy aloqadan zavq olgan har bir erkak “bir gul bilan hayot ötişi adolatsizlik” deb juftlarini aldaydigan erkaklar ruhiy holatini satiriazis yoki mukkasi bilan ketganlar sifatida köriş kerak emas. Ular şunçaki normal hayot şartlarini qoidalarini buzadiganlar sifatida baholaş kerak. 

 Satiriazis sabablari

*Bolalikda sevgisiz, mehrsiz va işonçsiz muhitda ötganligi, 

*Ruhiy özgarişlar,

*Irsiyat,

*Boş miyani organik kasalliklari,

*Endokrin kasalliklari 

Turmuş örtoğim (sevganim)satiriazis mi?

Bu maqolamni öqigandan keyin ajabo juftim giperseksualmikin deb öylab öz juftlaridan sözlaridan hatti xarakatlaridan belgilarini qidirişni boşlaşadi, Özizi bosib oling, çuqur çuqur nafas oling. Agar quyidagi savollarning köpini javobi HA bölsa bosiqlik bilan doktorga murojaat qiling:

Jinsiy aloqa köpligi va bor holidan xursand bölmasdan yanada köproğini xohlayatimi ?

Jinsiy xohişlariga rozilik bermasangiz asabiylaşadimi ? Moddiy ahvoli yaxşimi ?

Siz bilan jinsiy aloqaga ba'zan juda ham xohişi baland ba'zan esa xohişi yöq bölib qoladimi ?

Jinsiy aloqa mavzularida köp tortişib qolasizlarmi ?

Özini, içki keçinmalarini, hissiyotlarini ifodalaşda qiynaladimi ?

Jinsiy aloqa paytida özizi yolğiz xis qilasizmi ?

Pornografiya mavzuli maxsus kollektsiyasi bormi ?

Juftinigizni işdan taşqari böş vaqti köpmi ?

Uydagi kayfiyati jinsiy aloqa böliş yoki bölmasligiga boğliqmi ?

Xarakteri istalgan paytda özgarib qoladimi ?

Özini yaxşi köriş, özni katta oliş xarakteri bormi ?

Bolaligida hissiyotlari javobsiz qolganmi, otasi qattiqqöl bölganmi, zörlanganmi ?

Ba'zan öpkalangan, yolğiz va çarçagandek his qiladimi ?

Tezda xafa bölib qoladimi?

Davolaş

Satiriazisni davolaş juda qiyin. Bemorlarga muvozanatlangan kayfiyat yaratib berşi kerak avvallo. Kuçli androlog bilan birga psixoterapevt şuğullanişi kerak böladi. Kamida uzluksiz 6oy davolanişlari kerak. 

Satiriazis haqida bilmaganlarimiz

*Dr.Kraft Edbing jinsiy xislari yuqori bölgan ayollar moddiy ahvoli yaxşilari orasida uçrasa erkaklarda esa sotsial ekonomik ahvoli yomonlarida  uçraydi. 

*Ba'zi psixiatralarni fikriga köra satiriazis, özlari bilmagan holda gomoseksualizmdan qoçiş maqsadida foydalaniladi deyişadi.

*Erkaklar aloqaga kirişmoqçi bölgan ayollarini körgan zahatiyoq qözğalaboşlaşadilar. Ayollarda esa bunday his yöq. Erkaklarni keçirgan hayoti şunga mos tarbiyalangan, ayollar esa jinsiy xohişlari tösiqlarga uçrab rivojlangan. Erkaklar yangi jinsiy aloqalar, yangi juftlar va yangi munosabatlarni tasavvur qilib ham özlarini qözğataoladilar, hayolan yangi yaqinlaşiş holatlarini (pozalarini) rivojlantiraoladilar. Yangi juftlarning jinsiy anotomiyalari erkaklar hayol surişi uçun asos bölaoladi. Ayollarga esa bularni juda ham katta ahamiyati yöq. Erkak uçun yangi bir ayolni fatx etişlik juda katta yutuq hisoblanadi. Ular bir marta özlarini jinsiy qobilyatlarini yangi ayolga isbotlab berganlaridan keyin boşqa yangisini qidiriş payiga tuşişadi. Köpçilik erkaklar jinsiy aloqa paytida yonidagi ayolni emas boşqa avval bölganlarini, balki butun birga bölganlarini hayolidan ötqazadi. Ayollar esa öşa vaqtda yonidagisidan boşqasini öylayolişmaydi. 

Boşqa maqolalar

10-may, 2026Befarzandlikda Sperma (Uruğ) Hajmining ahamiyati19-fevral, 2025«Nozik mavzu, murakkab mavzu» – şifokor-androlog bilan suhbat3-fevral, 2025Jinsiy voqealik tuşlar köriş