JINSIY HAYoT SIRLARI
Muallif: Professor Dr. Zarifjon Murodov Jumaboyeviç, urolog-androlog
“Biz ota-onamizning ra'yiga köra turmuş qurganmiz. Şu ön yil içida öğilli, qizli böldik. Özimizga töqmiz, ammo men özimni köpinça yolğiz his qilaman, çunki ayol sifatida juda baxtsizman... Ba'zida vujudimning tub-tubida yaşirinib yotgan, menga azob berayotgan tuğyonlarimni yuzaga çiqargim, hayqirib alamimdan çiqqim keladi. Erim meni tuşunişni istamaydi. Örtamizdagi jinsiy yaqinlikdan faqatgina u lazzatlanadi. Şunday vaqtlarda xayolimga yomon fikrlar keladi, undan öç olmoqçi bölaman. Ba'zida “hali körasan, men ham ayol sifatida baxtli onlarni tuyuşga imkon topaman”, degan xayollar bilan özimni tinçlantiraman. Ammo heç qaçon unday qila olmasligimdan, yana baxtsiz ayol bölib qolaverişimdan öksiyman. Keç bölişidan yuragim bezillaydi, işdan uyga qaytgim kelmaydi. Çunki uyda erimning işdan qaytişini kutgan, unga şirin taomlar tayyorlagan kezlarimda “ovqating şirin böpti”, degan bir oğiz sözini eşitişga juda muştoq bölardim. U esa umuman beparvo, iliq söz aytişga yaramaydi. Endi men ham unga mazali taomlar pişirişdan soviganman. Özimni goh-gohda ruhiy xastadek sezaman, farzandlarimni ilğamay qolaman. Uyni boşimga kötarib, uşalmagan orzularim, etib bölmas muhabbatim haqida qöşiq aytaman. Yiğlayman va bir oz engil tortganday bölaman...”
A., TOŞKENT
Uşbu maktubdan körinib turibdiki, er-xotin jinsiy hayotidagi nomutanosibliklar ularning özaro munosabatlariga salbiy ta'sir körsatmay qolmaydi. Jinsiy hayot qonuniyatlari haqida bilim va tasavvurga ega bölmaslik, jinsiy madaniyat saviyasining pastligi er yoki xotinning qoniqmasligi, bir-biridan sovuşi kabi holatlarni keltirib çiqaradi. Natijada, er-xotin örtasida hurmat va mehr-oqibat yğqolib boradi. Oilada nosoölom ruhiy muhit vujudga keladi. Nikoh er va xotinning özaro roziligi bilan qurilar ekan, jinsiy yaqinlikda har ikkisining manfaati közlangan bölişi kerak.
Ma'lumki, özbeklarda jinsiy hayot bilan boöliq köpgina narsalar uyat sanaladi. Ayrim qizlar hatto turmuşga çiqayotganlarida ham jinsiy hayot haqida mutlaqo tasavvurga ega bölişmaydi. Holbuki, ayolning eriga jinsiy hamroh sifatida javob bera olmasligi ikki örtada ziddiyatlarga sabab böladi. Er oilasidan sovib, zino yöliga kirişi, bu esa öz navbatida jinsiy yöl bilan yuqadigan xastaliklarning köpayişiga olib kelişi mumkin.
Şuningdek, ba'zi erkaklar ayollarining hissiyotlariga beparvo böladilar. Yuqoridagi maktubdan körinib turibdiki, bunday munosabat ayolni ruhan ezadi. Jinsiy aloqaning er tomonidan bir tomonlama tugatilişi ayol jinsiy a'zolari faoliyatining buzilişiga sabab bölişi mumkin. Çunki jinsiy yaqinlik jarayonida kuçli qözğalgan va orgazm hissi bilan yakunlanmagan, ya'ni qoniqiş sezmagan ayollarda kuçli asab zöriqişi, ba'zan affektiv holatlar (yiğlaş, jahli çiqiş), şuningdek, turmuş örtoğidan köngli qoliş kabi holatlar kuzatiladi. Jinsiy qoniqiş hosil bölmasa, jinsiy a'zolarning qon aylaniş tizimiga salbiy ta'sir qiladi. Natijada, ayol kişi nafaqat ruhan, balki jismonan ham şikastlanadi.
Oila muqaddas va har bir inson uçun aziz gğşadir. Uni saqlaş, jinsiy muammolar bilan boöliq ziddiyatlarning oldini oliş va ularga barham beriş esa har bir er-xotinning öz ixtiyorida.
Abror Maşaripov
«Fan va turmuş»materiallari asosidatayyorlandi.