Jinsiy olat (penis)ni kattalaştiriş, Ölçami ahamiyatlimi?
Muallif: Professor Dr. Zarifjon Murodov Jumaboyeviç, urolog-androlog
Erkaklarning asosiy qismini hayoti davomida bir marta bölsa ham quyidagi savollar taşvişga soladi. Mening jinsiy olatimning ölçami etarlimi, qoniqtiraolamanmi, qanday qilib kattalaştirsam bölar ekan? Aslida normasi qança?
Wessels va Lue (1996), ma'lumotlariga köra jinsiy olatning tinç holatidagi örtaça uzunligi 8,8 va 9,7sm orasida bölsa tortilgan holatda(erektsiyaga muqobil) esa 12,4sm. sm. Ponçietti va xamkasabalari ham 2001 y.da 3300 ta yoş erkaklarni körigidan söng yuqoridagiga öxşaş xulosa berişgan, ya'ni 10smdan 12,5smgaça. Barça tekşiruvlarda antropometrik tekşiruvlar xam ötkazilgan va kuçsiz korrelyatsiya kuzatilgan.
Penisni kattalaştiriş niyatida şifokorga murojaat qilgan erkaklarning odatda ölçami normada böladi. Bunday holatni mutaxassislar erkaklar eçiniş xonasini kompleksi deb ataşadi. Erkaklar öz jinsiy a'zolariga yuqoridan qaragani uçun kiçikroq tuyiladi, lekin yonboşdan qaralsa barçaniki bilan barobardir. Şuni ham alohida ta'kidlaş kerakki, tinç holatda kiçik köringani bilan erektsiya holatiga ötganda heç qanday proportsiyaga amal qilmagan holda kattalaşadi.
Erektsiya paytida 9,5smdan kiçik bölsagina jinsiy olatni kiçik deb hisoblanadi. Ba'zi mutaxassislar esa 7,5sm ham deyişadi. Ölçaşda dorsal tarafida qorin devoriga 90° burçak ostida penopubikal burçakdan boşçani oxirisigaça bölgan masofa inobatga olinadi.
Jinsiy olatni kattalaştiriş ikkiga bölinadi: noxirurgik va xirurgik.
Operatsiyasiz usullarga vakuum va traktsion usullar kiradi. Vakuum usulda maxsus manfiy bosim hosil qiladigan jihozdan foydalaniladi. Manfiy bosim hosil qiliş hisobiga olatga qon oqimi kuçayadi, guyo ki töqimalarni çözilişiga olib keladi deyiladi. Natija oliş uçun kamida 12 oy davomida har kuni qilişlari kerak böladi. Lekin işonçli natijaga erişilganligi haqidagi ma'lumotlar adabiyotlarda yöq, uzoq muddat işlatiş natijasida terida jarohatlanişlar gematomalar vujudga keladi.
Yana bir operatsiyasiz usul bölgan traktsion (çöziş) usul yuqoridagiga nisbatan effektiv hisoblanadi. Asosida jinsiy olat töqimalarini kuç bilan uzoq muddat çöziş, tortiş yotadi. Buning uçun ekstenderlar (Andro-Penis va h.k.).dan foydalaniladi. Bu jihoz beriladigan kuçni nazorat qilib turadi. Va kuçni asta sekinlik bilan orttiriş tavsiya qilinadi. Kerakli natijaga erişiş uçun kamida olti oy davomida taşib yurişlari kerak. Kuniga sakkiz soatgaça. Ekstenderfoydalanganlar 2,5–3 smgaça uzayganini aytişadi, lekin bu usulni ham uzoq yillik natijalari qayd qilinga maqolalar yöq. Kamçiliklari kundalik turmuş tarziga har kuni taşib yuriş zarar keltiradi. Çözilgani uçun oğriq, gematoma(qon quyilişi), jinsiy olat egriliklarni va peyroni kasalligini keltirib çiqarişi mumkin.
Yuqorida körsatilgan usullardan operatsiyadan keyin foydalaniş ba'zi mutaxassislarga köra opertsiyani nojöya asoratlarini oldini oliş uçun mumkin.
Bundan taşqari noxirurgik usullarga quyidagilar kiradi:
Turli magnit va elektr jihozlar guyoki jinsiy olat ösişini stimul qiladi – absolyut befoyda;
Biodobavkalar, «dunyodagi mavjud öt-ölanlarni barçasini öz içiga oladigan» va natijada «heç qanday baxs munozarasiz» ösişiga olib keladi– absolyut befoyda;
Gormonal preparatlar – natijasi ma'lum yoşgaça va gipogonad holatlarda.
Tibbiy körsatmalar quyidagi kasalliklar natijasida uzunligidan qoniqiş bölmaganda amalga oşiriladi: Peyroni kasalligi, kavernoz fibroz, gipospadiya, epispadiya, travmatik yoki xirurgik amputatsiyalarda va h.k. Funktsional körsatmalarga: kömilgan jinsiy olat, nozik olat, qarilar jinsiy olati. Estetik holatlar penil dismorfofobiyalarda – öz jinsiy olatining taşqi körinişidan, ölçami va şaklidan norozilik. Bu patsientlar psixolog yoki psixiatrlar bilan birgalikda tekşiruvdan ötişlari kerak.
Xirurgik usullarga:
jinsiy olatni uzaytiriş;
jinsiy olatni qalin (yöğon)laştiriş;
jinsiy olat boşçasini kattalaştiriş.
Yuqoridagi usullarni kombinatsiyasi.
Jinsiy olatni uzaytiriş
Eng keng tarqalgan usul bölib jinsiy olatni uşlab turgan boğlamlarini kesiş – ligamentotomiya deyiladi. Bunda kavernoz tanaçalarni çuqur arteriyalari kiradigan joygaça ozod qilinadi, natijada 3smgaça uzayiş kuzatiladi. Yaxşi tarafi bajarilişi sodda va minimal travmatik. Kamçiligi agar boğlamlari qisqa bölsa kam effektiv va körinişda pastga osilib qolişi, gipermobil bölib qolişi va erektsion burçakni kattalaşişi (pastga osilib qoliş hisobiga). Operatsiya natijasini yanada közga körinişi uçun mutaxassislar aynan operatsiyadan keyingi davrda ekstenderlardan foylanişni tavsiya etişadi.
Jarrohlik usullaridan yana bir közga yaqqol körinadigani bu qov oldi yoğ qavatini olib taşlaş. Bu usulni albatta ligamentotomiya bilan kombinatsiyalaş kerak böladi.
Deyarli işlatilmaydigan usullardan biri ajratuvçi operatsiya (Perovic) mavjud yuqori travmatik va asoratlarga boy bölgani uçun işlatilmaydi. Kavernoz tanaçalarni, spongioz tanadan ajratib örtasiga, bemorni qovurğa toğayi qöyilgan lekin etarli natija bermaganligi sababli işlatilmay qöygan.
Organik erektil disfunktsiya bilan birga kelganda eng optimal usul plastik protezlarni implantatsiyasi paytida kavernoz tanalarni örtasiga grafting (yamoq qöyiş) edi. Bu usul ança işonarli edi, lekin protezlarni ekstruziyasi (teşib çiqişi) sababli bu ham işlatilmay qöyilagan. Erektil disfunktsiyada protezlaş mavjud.
Jinsiy olatni yöğonlaştiriş (qalinlaştiriş)
Qalinlaştirişni eng oddiy usuli autoyoğni teri ostidan jinsiy olat terisini ostiga joylaşdir. Qov usti sohasidagi yoğ töqimasini liposaktsiya qilinib olat öqi yönalişi böyiça yuboriladi. Afzal tarafi öta soddaligi bölsa kamçiligi natijasi vaqtinçadir bir yilni içida 50% erib ketadi va körinişi ham buziladi, çunki teri osti yoği bir tekisda yöqolmaydi. Asoratlari tiqilgan yoğ miqdoriga proportsional şaklda ortib boradi.
Bundan taşqari:
Fastsial-muşak yoki fastsial-yoğ töqimasi bölaklarini oziqlanuvçi oyoqçada mikroxirurgik autotransplantatsiyasi, perikaverno dermal allograf (Alloderm) lardan foydalaniş, poliakrilamid gellardan foydalaniş usullari mavjud bölib asoratlari tufayli qöllanilmaydi.
Eng effektiv usul böylama korporotomiya va autovena bilan örnini töldiriş usulidir(Austoni), asorati erektil disfunktsiya rivojlaniş xavfini kattaligida.
Jinsiy olat boşçasini kattalaştiriş
Faqatgina jinsiy olat tanasi bilan nomutanosibligida tavsiya qilinadi, lekin töliq işonarli metodika işlab çiqilgani yöq.
Jinsiy olat boşçasini öziga xos tuzilişi sababli ideal mahsulot topilgani yöq, gialuron kislotadan foydalanilmoqda lekin natijasi bir yilni içida öz xususiyatini yöqotmoqda.
Şundoq qilib, barça talablarga javob beradigan ideal metodika mavjud emas şundan kelib çiqib ham şuni ta'kidlaş joizki jinsiy olatni uzunligi va qalinligi jinsiy aloqani sifatli qilmaydi aksinça qattiqligi va şu qattiq holatda uzoq turaolişi muhimdir.
Öz bemorlarimga yana şuni tagiga çizgan holda aytamanki agar muhim bölganda şu bugungi tibbiyot albatta eçim topgan bölardi, çunki qattiqlik va tez böşalmaslik muhim bölgani uçun eçimi topilgan.
Patsient albatta yuqoridagi afzalliklari va asoratlari haqida töliq ma'lumotga ega bölişi kerak. Statistikaga köra yuqoridagi ma'lumotga ega bölgan bemorlardan atigi 8% operatsiya qildirişga rozi bölar ekan.