Maqola · 12-dekabr, 2012 · 9 daqiqa

Jinsiy olatga protez implantatsiyasi

Muallif: Professor Dr. Zarifjon Murodov Jumaboyeviç, urolog-androlog

Jinsiy olat protezini örnatiş operatsiyalari, jinsiy olatda qattiqlaşiş buzilişi (erektil disfunktsiya(ED)) rivojlangan bemorlarga hattoki tabletka va in'ektsiyalar yordamida ham ijobiy natijaga erişa olinmagan hollarda amalga oşiriladigan operatsiya turlari xisoblanadi. Erektil disfunktsiya erkak jinsiy a'zosini vaginaga kirita olmasligi yoki kiritaolganda ham jinsiy aloqani yakunlaşga etqazaolmasligidir. Bu muammo turli tuman kuzatilib asosan 40-70 yoşli erkaklarning 52 %ida kuzatiladi. Mamlakatimizda engil, örta va töliq qattiqlaşiş buzilişi kasalligi hammasi bölib 70% ni taşkil qiladi. Yoşga qarab taqsimlanganda bölsa 40-49 yoşlar orasida 50% qattiqlaşiş buzilişi, 70 yoş undan katta yoşlilarda 95% qayd qilingan.

Erektil disfunktsiya, butun tana bilan boğliq, ateroskleroz, qand kasalligi, yuqori qon bosimi, koronar arteriya kasalligi, buyrak va jigar kasalliklarga, asab tizimi, gormonal tizim va boşqa qon tomir tizimi kasalliklariga boğliq holda hosil bölişi mumkin. Undan taşqari faqatgina jinsiy olatga boğliq kasalliklar va psixologik sabablarga köra vujudga kelişi mumkin. Ba'zi baxtsiz voqealar, operatsiyalar, turli xil dori vositalarini iste'mol qilişdan ham ED kasalligiga çaliniş mumkin böladi. Qariş, surunkali kasalliklar va sigaret ED kasalligining asosiy sabablaridan hisoblanadi.

Jinsiy olatda ED bölgan erkaklarda jinsiy uyğoniş bilan hosil bölgan qattiqlaşiş vaginaga kiritiş uçun etarli bölmasligi mumkin yoki etarli bölsa ham qisqa muddatda qattiqlik yöqolişi mumkin. Bu muammo quyida keltirilgan boşqa bir kasallikni belgisi bölişi ham mumkin va asosiy kasallikning oqibatida muammolar köpayişi mumkin. Bundan taşqari köpinça yoşga boğliq xolda muammolar ham köpayaboradi. Sigaret, surunkali kasalliklar (tomir kasalliklari, qand kasalligi va boşqa) xolesterin yuqoriligi, qon bosimi oşişiga öxşaş kasalliklar ham EDga olib keladi va kasallikni rivojlanişini tezlatadi. Quyidagi muammo bemorning umumiy soğligiga köra muhim ahamiyat kasb etmasada faqatgina ED bemorning hayotiga xavf solmaydi lekin yaşaş darajasini, sifatini, ijtimoiy va ruxiy holatini sezilarli daraja buzilişiga olib keladi.

Jinsiy olat protezi implantatsiyasidan oldin ötqaziladigan körik va tekşiruvlar:

Erektil disfunktsiya, dori darmonlar yoki ba'zi tomir operatsiyalari bilan davolanaolmaganda yoki dorilarning yoki operatsiya foyda bermagan hollarda jinsiy olat protezi örnatilişi mumkin. Bunday operatsiya oldidan doimo qon tekşiruvlari bilan bir qator jinsiy olatdagi qon oqişi bilan boğliq hollarda maxsus ultratovuşlardan foydalaniş mumkin. Rangli Doppler ultrasonografiya nomli bu jixoz jinsiy olatdagi qon buzilişini aniq körsatadi. Peyroni kasalligi nomi bilan tanilgan, jinsiy olat içida köpinça xosil bölgan qattiqlaşgan tabaqalar(blyaşka)ni va jinsiy olatda oğriqli boşlangan, qattiqlaşiş vaqtida jinsiy olatda egrilik xosil qilgan kasallikda, agar qattiqlaşişda qiyinçilik boşlangan bölsa jinsiy olat içiga yuboriladigan dori bilan maxsus tekşiruv ötkazilişi mumkin. Bu tekşiruvning natijasi ham jinsiy olat protezi örnatiş uçun töliq körsatkiç bölişi mumkin.

Jinsiy olat protezi implantatsiyasi körsatmalari:

Operatsiya faqatgina kişining hayotiy funktsiyalari uçun emas balki, jinsiy hayoti, yaxşi yaşaş qulayligi va ruhiy holatini yaxşilaş uçun lozim böladi. Jinsiy olat protezini örnatiş operatsiyasi, oldingi dori yoki jarroxlik operatsiyalaridan foyda körmagan yoki amalga oşirilgan muolaja işlarining bemorga etarli darajada foydali bölmagan holatlardagini tadbiq qilinişi mumkin. Şu bilan birga yuqorida ta'riflangan Peyroni kasalligiga öxşaş maxsus hollarda ham agar kasallik uzoq muddaat davom etgan bölsa va birgalikda ED muammosi vujudga kelgan bölsa jinsiy olat protezi örnatiş operatsiyasi qilinişi mumkin.

Operatsiyaning tibbiy vazifasi va maqsadi:

Jinsiy olat protezlari, qattiqlaşiş buzilişi kasalligiga çalingan erkaklarda oxirgi davolaş usuli bölib jinsiy olat örniga örnatiladigan moslamalarga ataladi. Asosan ikki xil jinsiy olat protezlari bor. Birinçi guruxdagi protezlar ustki qismi silikon bilan qoplangan bir metaldan taşkil topgan, doimo qattiq bölib faqat egilib bukilişi mumkin bölgan protezlardir, ikkinçi guruxdagi protezlar ustki qismi silikondan işlab çiqarilgan bölib şişiriladigan va susaytirilişi mumkin bölgan mexanizmga ega ikki yoki uç qismli jixozlardir. Birinçi guruxdagi protezlarning yanada tejamkor bölişlari bilan birga jarroxlik usuli ham qulayliklari bor, faqat bu protezlarning davomiy qattiq bölib turişlari tabiiylikka yaqin emas. Xususan ba'zi kasb guruxlarida va sport bilan şuğillanuvçi kişilarda bunday davomiy qattiq bölib turişi qator muammolarni tuğdirişi mumkin. Ikkinçi guruxdagi protezlarni esa şişirilib susaytirilişi ularga yana ham tabiiy funktsiya xususiyati beradi, faqat bu guruxdagi protezlarning operatsiyasi, işlatiş qiyinçiligi va mexanik buzilişlari kabi noqulayliklari bor. Protezlar jinsiy olat içidagi öng va çap tomonidagi ikki joyiga jarroxlik operatsiya yordamida extiyotkorlik bilan örnatiladi. Bu operatsiya umumiy yoki ma'lum bir qismga (beldan past qismni uviştiriş) anesteziyasi bilan amalga oşiriladi. Operatsiyadan bir kun oldin operatsiya qilinadigan joylar turli maxsus moddalar bilan juda yaxşilab tozalanadi va keng ta'sir qiluvçi antibiotiklardan in'ektsiya bilan qöllaniladi. Bu antibiotiklarga operatsiyadan keyin kamida 2 kun davom etiladi. Bemor jinsiy olat va atrofidagi yunglarini tozalamasligi kerak. Bunday qiliş terida xosil bölişi mumkin bölgan kesilişlar protezga infektsiya tuşiş xavfini paydo qilişi mumkin. Tozalaniş işi jarroxlikdan bir neça kun oldin bajarilişi kerak. Protezni turiga qarab jinsiy olatning uçiga yaqin qismida yoki ostki qismining ustida yoki tagidan oçiladi. Jinsiy olat boşlaniş qismi tukli joy bölgani uçun operatsiyadan keyin davolaniş bitgandan keyin izlar bilinmay qoladi. Kesiş jinsiy olatning uçidan qilinganda sunnat qilngan joy böylab pastga kesilgani uçun bunda ham kesilgan örni bilinmay ketadi. Operatsiyadan keyin, jarroxlik oldidan jinsiy olatning sezişi, orgazm qobilyati va böşaliş funktsiyasi normal bölgan bölsa protez örnatilgandan keyin ham funktsiyalar davom etadi. Protez faqatgina jinsiy hissiyotga boğliq bölmagan xolda qattiqlik holatiga kelişini ta'minlaydi. Protez jarroxligining maqsadi qattiqlaşişni va jinsiy olatga kötarilişini ta'minlaşdir. Bundan taşqari protez jinsiy olat örnatilişi jinsiy olatni kattaligi yoki xajmida biror bir ösişni ta'minlamaydi yoki jinsiy istagiga töğridan töğri ta'sir körsatmaydi.

Jinsiy olat protezini örnatiş uçun kerakli işlar, kasalxonada qoliş muddati:

Bu operatsiya, örnatiladigan protezni turiga qarab 45 daqiqa bilan 1,5 soat orasida bölişi mumkin. Operatsiyadan keyin qoliş muddati bemorning oğriqlari va yaralari bitişiga qarab 2-5 kun bölişi mumkin. Antibiotiklarning in'ktsion yöl bilan berilişi ham bu muddatni uzaytirişi mumkin.

Operatsiyadan keyin (uyda, işda) e'tibor berilişi kerak bölgan xususiyatlar:

Kasalxonadan çiqqandan keyin 1 xaftagaça yara örniga suv tegmasligi va yara joylarining juda toza tutilişi kerak böladi. Undan taşqari kamida 4 xafta jinsiy aloqada bölmasligi kerak böladi. Bu muddatdan söng operatsiya qilgan doktor tomonidan kerakli nazorat işlari olib boriladi va jinsiy aloqaga ruxsat beriladi. Yuqori isitma, uzoq çözilgan oğriq, yara örnida oqiş, jinsiy olatda şişiş va qizariş, siyaolmaslik yoki siyişga qiynaliş kabi xollarda albatta operaatsiya qilgan doktorga vaqt yöqotmasdan murojaat qiliş kerak.

Jinsiy olat protezi örnatişning risklari, asoratlari va oqibatlari:

Jinsiy olat protezi örnatiş operatsiyasi vaqtida jinsiy olatni içki qismida ba'zi qismlarida oçilişlar kuzatilişi mumkin. Bu holat oldi olinib davom etilişi mumkin. Boşqa xavf siydik yölini zararlanişidir. Bunday holatda siydik nayçasi tiqilib operatsiya keyinroqqa qoldirilişi mumkin. Protez operatsiyasining eng muhim asorati infektsiya bölib, operatsiyadan bir kun oldin operatsiya böladigan joylarni tozaligini ta'minlovçi moddalar va inektsiya şaklida beriladigan keng ta'sirga ega antibiotiklar bilan infektsiyadan saqlanişga xarakat qilinadi. Antibiotiklarga operatsiyadan keyin yana kamida 2 kun davom etiladi. Faqat barça tadbirlarga qaramasdan protez infektsiyasi 1-10% orasida uçratiş mumkin. Qand kasalligi bor bemorlar bilan orqa miya zararlangan bemorlarda infektsiyalaniş xavfi yanada yuqoridir. Infektsiya tuşganda antibiotiklar yana boşlanib protezni çiqariladi. Ya'ni protez, bemorning holatiga qarab jinsiy olat içidagi qismlar antibiotik suyuqliklar bilan yaxşilab tozalanib ayni operatsiyani özida qilinganidek 6 oydan keyin ham amalga oşirilişi mumkin.

Şişirilişi mumkin bölgan protezlarda mexanik muammolar muxim asoratlar xisoblanadi. Ma'lum bir muddat ötgaç vujudga keladigan mexanik muammolar orasida protezni şişiruvçi suyuqlik kamayişiga olib keladigan qopqoqlar eng oldinda keladi. Bu va şunga öxşaş muammolar sababli protezlarni butuniça yoki ba'zi bir qismlarini almaştirişga töğri keladi. Xususan (beldan pastgi qismga) anesteziya qilingandan söng ötkinçi siyaolmaslik kabi xolatlar kuzatilişi mumkin. Bunday xollarda ma'lum muddatga siydik nayçasi örnatilişi mumkin. Xududiy anesteziya oxirida oyoqlarda xis qilmaslik, qon bosimining pasayişi, boş oğriği, köngil aynişi kabi muammolar kuzatiladi. Davomli qattiq turuvçi protezlar asosan prostata kasalligi kabi siyişga qiynaladigan bemorlarda yuqorida qilinadigan siydik yöli amaliyotlari qiyin böladi. Bu bemorlarda, susaytirilganda siydik yöliga töliq yoki davolaş maqsadida kirişni osonlaştiruvçi, şişirilişi mumkin bölgan protezlar tanlanadi.

Jinsiy olat protezi implantatsiyasining foydali tomonlari va kutilgan natijalari:

Bu davolaş usulida bemorlar xohlagan vaqtlarida jinsiy aloqaga kirişaolişlari va aloqani istagança davom ettirişlari mumkin böladi. Juftlarining roxatlanişi uçun ham bu davolaş usuli boşqa davolaş turlari orasida birinçi örinda turadi. Şu bilan birga şişiriladigan protezlarning osonlik bilan işlatilişiga odatlaniş va jinsiy olatning içidagi bu yangi jismni borligini tan oliş uçun ma'lum vaqt ötişi kerak. Bemorlar, protezlarini butunlay begona xis qilganlarida, kutilgan natijalarga erişaolmaganlarida yoki öta bezovtalik xissi paydo bölganda, bu protezlar operatsiya yöli bilan çiqarilişi mumkin. Ma'lum muddat içida protez turi yoki modelida biror özgartiriş qilinişi kerak bölsa buni ham imkoni bor.

Jinsiy olat protezi implantatsiyasi qöllanilişi rad qilinganida vujudga kelişi mumkin bölgan oqibatlar:

Bu davolaş usuli rad qilinganida kişining umumiy soğliğini buzuvçi yoki hayotiy xavf tuğdiradigan qandaydir bir muammo kuzatilmaydi. Faqat jinsiy faoliyatning öz örniga qaytmasligi erkakda ijtimoiy va ruxiy muammolar yaratişda davom etadi.

Jinsiy olat protezi implantatsiyasiga alternativ davolaş usullari va bularning yaxşi tomonlari, kamçiliklari, xavflari, asoratlari:

Protez jarrohligi, avvaldan sinalgan dori vositalari va boşqa jarrohlik usullari yordamida foyda körmagan bemorlarga qöllanilgani uçun bu gurux bemorlarda boşqa alternativi bölmagan yöldir. Bemor talabi sababli töğridan töğri protez jarroxligiga yönaltirilsa, jinsiy olatda qattiqlaşişni ta'minlovçi turli xil dorilar bilan davolaşlarni ham borligi etiborga olinişi kerak. Bu dorilar orasida avvalambor oğizdan içiladigan dorilardan foydalaniş kerak. Oğizdan içilgan dorilardan foyda körilmagan taqdirda jinsiy olatdan töğridan töğri inektsiya yöli bilan yuboriladigan yoki siydik yöli içiga krem şaklida siqilib qöyiladigan dorilardan foydalaniş mumkin. Bu dorilar asosan juda arzon bölmagan va ayniqsa yurak koronar arteriya kasalligi bölgan bemorlarda, ba'zi köz kasalliklarda va yaqin kunlarda yurak xuruji, falaj kabi kasalliklarni ötkazgan bemorlarda xavfli bölişi mumkin. Bundan taşqari jinsiy olat içiga inektsiya yöli bilan dorilar yuborilişi, bir muddat ötgaç doriga va inektsiyaga boğliq holda jinsiy olat içidagi qattiqlaşiş(Peyroni kasalligi)ga va buzilişiga olib kelişi mumkin. Şu bilan birga dori vositalari bilan davolaş davrida doimo dorilar dozasini ortiriş kerak bölişi mumkin. Ba'zi dorilar vaqt ötib öz ta'sirini yöqotişi mumkin.

Jinsiy protez implantatsiyasini amalga oşiradigan doktorlar:

Protez jarrohligi maxsus bir jarrohlik usulidir. Bu operatsiyalar asosan urologlar va maxsus tajribali mutaxassislar tomonidan yoki mutaxassis doktorlarning kuzatuvi ostida mutaxassislik talabalari tomonidan amalga oşiriladi.

Boşqa maqolalar

10-may, 2026Befarzandlikda Sperma (Uruğ) Hajmining ahamiyati19-fevral, 2025«Nozik mavzu, murakkab mavzu» – şifokor-androlog bilan suhbat3-fevral, 2025Jinsiy voqealik tuşlar köriş