KRIPTORXIZM FARZANDSIZLIK SABABÇISI
Muallif: Professor Dr. Zarifjon Murodov Jumaboyeviç, urolog-androlog
«Yoşim 28 da. Uylanganimgaoltiyilböldi, lekinhamonfarzandsizman. Şuvaqtmobaynidaözimnibutkulsoğlomhisoblab, birormartahamşifokorgakörinmabman. Oilamizdagibunoxuşlikkanuqulayolimniaybdorsanab, unidavolanişgamajburlayveribman. Harxildöxtirlarutabiblargaqatnab, turli-tumandorilarniqabulqilaverganidanoxirixastaholgaaylandi. Beçoraningasablarihamadoitamombölib, har-hardahuşidanketadiganbölibqoldi.
Va nihoyat, yaqinda poytaxtdagi klinikalardan birida tekşiruvdan ötdim. Ma'lum bölişiça, farzandsizligimga aynan özim sababçi ekanman, menga «bir tomonlama kriptorxizm» degan taşxis qöyişdi. Töğrisi, dunyo közimga qoronği körinib ketyapti. Nahotki, men heç qaçon ota böla olmayman?.. Nahotki mendan avlod – davomçi qolmaydi?..»
Asror, Qarşi
Uşbu satrlarni öqigan kişining köz oldida maktub egasining ruhiy holati namoyon bölmay iloji yöq. Şifokorlarning ta'kidlaşiça, kriptorxizm dardi öz vaqtida davolanmasa, ana şunday ayançli oqibatlarga olib kelişi tayin ekan. Xöş, bu qanday kasallik, uning sabab va oqibatlari nimalardan iborat? Biz ana şu savollarga javob izlab Respublika ixtisoslaşgan urologiya markazi şifokori Ilhom Ziyatovga murojaat qildik.
– Kriptorxizm bir yoki har ikkala uruğdon, ya'ni moyakning yorğoqqa tuşmay qolişi bilan boğliq kasallikdir. Ma'lumki, moyaklar dastlab homila qorin böşliğining yuqori qismida şakllana boşlaydi va homiladorlikning töqqizinçi oyi ikkinçi yarmida yorğoqqa tuşib joylaşadi. Öğil bola tuğilganida moyaklarning yorğoqda bölişi uning töla soğlomligidan darak beruvçi belgilardan biridir.
Demak, kriptorxizm kasalligida moyaklar yorğoqqa tuşmay, torayiş, jarohat, çandiq kabi mexanik ta'sirlar tufayli bel yoki qorin sohasida, çov kanalida tösiqqa uçrab, tutilib qoladi. Statistik ma'lumotga köra, tuğilgan çaqaloqlarning 3-4 foizida kriptorxizm kuzatiladi. Bunda ota-onalar juda huşyor bölişlariga töğri keladi. Agar olti oygaça ham moyaklar yorğoqqa tuşmadimi, darhol şifokorga murojaat etiş lozim. Odatda, 3 yoşgaça bölgan bolalar dorilar yordamida davolanadi, 3 yoşdan kattalari esa operatsiya qilinadi. Kasallikni davolaşda har bir bemorga alohida yondaşiladi. Bordiyu, moyaklarning yorğoqqa tuşişi ehtimoli bölsa,bir muddat kutiladi, aks holda jarrohlik amaliyoti qöllaniladi. Muolaja qançalik keçiksa, oqibatlar şunçalik noxuş bölişi mumkin.
Ma'lumki, yorğoqdagi harorat qorin sohasidagi haroratdan 2-3 daraja pastroq bölib, moyaklarning normal rivojlanişi uçun qulay şaroit mavjud. Moyaklar yorğoqqa tuşmay, yuqori haroratda köp muddat qolib ketsa, spermatogen (reproduktiv) faoliyatga salbiy ta'sir körsatmay qolmaydi.
Kriptorxizmda bola heç narsadan bezovta bölmagani uçun ota-onasiga şikoyat qilmaydi. Afsuski, ayrim pediatrlar ham bola salomatligini tekşiruvdan ötkazişadi-yu, moyaklarning yorğoqqa tuşib-tuşmaganligiga e'tibor berişmaydi. Kriptorxizmni aniqlaş uçun çov sohasini tekşiriş, yorğoqni paypaslab köriş, töla işonç hosil qiliş maqsadida ultratovuş tekşiruvi ötkaziş kerak.
Kriptorxizmning çin va soxta turlari bor. Soxta kriptorxizmda moyaklar har-harda yorğoqqa tuşib turadi, buni operatsiyasiz ham davolaş mumkin. Agar bolada çin kriptorxizm aniqlansa, yuqorida ta'kidlanganidek, öz vaqtida davolaş yoki operatsiya qiliş kerak böladi.
Abdusodir AŞUROVsuhbatlaşdi