Maqola · 19-noyabr, 2024 · 11 daqiqa

Libido, pastlaşi sabablari va uni kötariş usullari haqida töliq

Muallif: Professor Dr. Zarifjon Murodov Jumaboyeviç, urolog-androlog

  • Pastlaş sabablari
  • Kötariş usullari

Libido - sözini ilk marotaba Zigmund Freyd (andrologiya psixoanalitikasini bu olim nomini bilmaslik bölmaydi albatta, öz vaqtida balki hozir ham köpçilik tomonidan qoralangan bölişiga qaramay) Freydga köra libido – bu ruhiy energiya bölib u faqatgina jinsiy qoniqişdangina quvvat oladi, yanada töliqroq aytadigan bölsak bu har qanday instinktning energiya manbaidir, har qanday ruhiy energiya bu köpayiş, sevgi va garmoniyaga hizmat qilişi kerak. 

Ozimizi tilda sodda qilib aytadigan bolsak Libido aslida bizning yaşaşimiz uçun va maqsadlarga erişişimiz uçun intilişimizga kerak böladigan energiyaning ong osti ifodasidir. 

Yana bir olimimiz Laurens Mins'ni ta'rifiga köra esa Libido hayotda tirik qolişimiz uçun kerakli uyqu, yeyiş va içiş kabi organik majburiy ehtiyoj bolmasa ham Libido har qança jinsiylik bilan birga hamohang eslansa ham libido aslida hayotga ilhomlantiruvçi (motivational) majburiy ehtiyoj kabidir, Libidosiz ölib qolmaysiz lekin yaşayapsiz ham deb bölmaydi.

Libidoni kengroq qilib aytadigan bolsak yaşaşdan zavq oliş, energiya töla bolişlik, kelajakka umid bilan qaraşlik yana maşhur gap bor CARPE DIEMdegan bu ham qaysidir darajada libidoga boğlasa boladigan gap.

Amaliy şifokor sifatida Libidoni neyro-anatomiyasini ham aytib otmasak bolmaydi, Libido uçun eng avvallo 1)gipotalamus yaxşi işlaşi kerak, çunki gormonlarga ma'sul, 2) keyingisi amygdala hissiyotlarga ma'sul 3) Limbik sistema oz içiga amygdala va gippokampni oladi motivatsiya, qoniqişga ma'sul 4) prefrontal korteks- nomidan ma'lum miyaning old qismi mantiqiy fikrlaş togri qaror olişga ma'sul 5) albatta andrologiyani muhim bezi gipofiz- gipotalamusdan kelgan buyruqqa mos gormonlarni işlab çiqiş. Bular asosiy sanab otganimiz bilan miya organizm bir butun işlaşi kk aslida. 

Şunça kiriş qism manimça yetadi. 

Erkaklarda Libido deyişimiz bilan aqlimizga qaysi gormon keladi, albatta TESTOSTERONE, lekin ayollarda esa PROGESTERONE, ESTRADIOL va TESTOSTERONE hammasi birgalikda işlaydi bölmasam ayollarni bitta gormonni ozi kuçi yetarmidi. Bu Libidoni gormonal foni. 

Lekin nimalar tuşuradi buni 3ta katta bölimda korib çiqami; 

1.Ruhiy – uyqusizlik, Anksiete, Depresiyya, Stress, özini past baholaş, birinçi keçadagi omadsizlik, madaniy diniy normativlar,  

2. Jismoniy – yoşini ötişi, sport bn umuman şuğullanmaslik yoki juda kop şuğullanişlik (oltin örta qoidasiga amal qilişlik), Turmuş tarzi, zararli odatlar aroq, sigaret, kop ovqat yeyiş,   

3. Tibbiy - juda kop qismni taşkil qiladi bu Qandli diabet, yuqori qon bosim, nevrologik kasalliklar, artiritlar-bogim harakat tayanç kasalliklari, gormonal ozgarişlar eng boşda testosterone pastlaşi (yoşga mos tabiiy pastlaşi yoki kasalliklar sababli), yana ba'zi dorilar, semizlik, ba'zi operatsiyalar, moyaklar jarohatlanişi, har qanday holatda ham andrologga murojaat qilişlari kerak boladi. 

Bularni korib çiqdik endi Libidoni miya bn va reflekslarga boğliqlik qismini korib çiqib uni doim aktiv uşlab turuş yollarini gapirib beraman, çunki libidoni kotariş qismiga kelganimizda bu yollar işlamay qolgan bolsa libidoni bir ikki usul bilan kötaraolmaymiz. 

Birinçidan şuni unutmasligimiz kerak Libido har ikki jinsda ham genetik yozilgan hususiyatdir. 

Undan taşqari uni ortiriş mumkin, masalan turmuş örtoğizga qaraganizda öşa zahoti libido paydo bölmaydi balki bir ikki suhbat jinsiy öylar va jinsiy a'zolarga tegiş reflekslari bilan libidoni hosil bölişini hammamiz bilamiz.

Tassavvur qilinglar köz oldilaringga keltiringlar yuqorida miya va umurtqa poğonasig(orqa miya)ga boğlangan va pastda nervlar bn jinsiy olatda tugaydi. Bu mexanizm normada miyaga taşqi ta'sir kelganda bular ovoz, hid va körişorqali bölişi mumkin. Miyadan signal umurtqa pogonasini içidagi nerv yollari orqali j.olat qözğalişi ta'minlanadi. Bunga normal yol deb hisoblaymiz.

Bu yolni işçi holatida tutib turuş uçun 1. Har kuni 3-5 minut jinsiy fantaziyalar qiliş kk böladi. Ayoliz bilan bölib otgan onlarni hotirlab jonli tutub turuş deyiladi,(yoşlar darrov aloqa qilib qoyaqolinadida demanglar turli yoşdagilar uçun bu tavsiyalar) buni kopinça keçka tomon qilişlikni tavsiya qilaman, boş miya X juft nervi nervus vagusni saltanati ostida bolişligi hazm sistemasini va fikrlaşni tormozlanişi bioritmiga ham mos böladi.  Iş muammolar, stresslar sababli bir neça kun oylab ham jinsiy hayot hayolimizga kelmaydigan paytlar uçun ham bu kanalni aktiv tutuşga foydalidir.

2.çisi jinsiy olatni yonida anatomik bir neça muskullar bor bular siydik tutib turuş, urug çiqişi, otilişi, j.olat erektsiyasi uçun kerak boladigan muskullar bu muskullarni ba'zi adabiyotlarda işq muşaklari ham deyiladi. Bu muşaklarni işlatişni eng keng tarqalgan usuli kegel maşqi hisoblanadi va Kegel maşqi videomizda aytganimdek normasini oşirib yuboriş kk emas, çunki keyinçalik bu muşaklarni yetişmovçiligi ham rivojlanişi mumkin. Bu muşaklarni ham kamida bir kunda bir marta işlatilsa yuqoridagi 1.çi punktni teskaridan işlatgan bolamiz yani muşaklardan orqa miyaga umurtqa kanali orqali miyaga yetib boradi va xohiş paydo böladi. Bu biz his qiladigan ong darajasida emas balki ong osti darajasida işlaydigan mexanizmdir. 

3.çisi Qol orqali bu kanalni aktiv tutiş hisoblanadi, lekin onanizm emas bu doktor tavsiya qilyaptilar deb gapimi kesib olmanglar tağin. Buni hayotiy misolini çaqaloqlarda hali jinsiy voyaga yetmaganlarda ham kuzatiş mumkin, bulbulçasiga biron tekşiriş maqsadida ham hattoki tegsangiz amaliyotimizda ham kop böladi jinsiy a'zosi kiçik deb olib kelişsa olçaymiz deganimizda erektsiya kuzatiladi. Bu bilan miya bn j.olat ortasida togridan togri refleks orqali boğ borligini korsatadi. Yana boşqa misol siz orqa bilan otirsez ayoliz kelib j.a'zongizga tegsa erektsiya rivojlanadi yani xohişiz bolmasa ham rivojlanadi keyin xohiş paydo boladi. Buni ham kunda 3-5minut masturbatsiya qilmasdan, har xil fantaziyalar qilmasdan  j.olatni şunçaki paypaslaş orqali bizga genetik baxş qilingan yolni aktiv tutib turişga yordam beradigan yol hisoblanadi. 

Kuni keça davolanayotgan 70yoşlardagi bir bemorim xuddi şu sozni aytdi avvallari uşlasam ham yoqimli bolardi hozir uşlasam his yoq deyişdi man his paydo bolişi uçun bu işni davom ettirişiz kk degan tavsiyani aytib otgan edim.

Bundan taşqari ijtimoyi tarmoqlarda turli usullari bor masalan qora şikolad yeng, libido kotaradigan qaxva, kop şirinlik yeng va hakozo misollari kop lekin bu yollar aktiv bolmasa kop şakar qabul qilişlik orqali glukozani orttirganiz, insulin rezistentligini ortirgani semirganiz qoladi xolos. 

Bu yolni aktiv tutuş uçun ayoliz bilan har kuni yoki har doim j.aloqa bilan yakunlansagina harakat qilmasdan jinsiy aloqa bolmagan kunlari ham filrt qilişlikni tavsiya qilaman ham hayotga mazmun ham jinsiylikdan erta qolmaslikka sabab boladi.

Libido haqida şu gapni ham aytib berib uni qanday qilib kötariş mumkinligini gapiraboşlaymiz, libido hammada har xil boladi ikki kişida bir paytda bolişi ham bolmasligi ham mumkin er xotin sifatida aytyapman bir birinikini kotarişi ham tuşirişi ham mumkin, Ikki kişini bilgan libidosi libido emasdir degan gapga oxşab qoldi a ohiri. Mayli bu yerda Kurtlar vadisiga Ikki kişini bilgan siri sir emasdirga iqtibos böldi.

Hozir beradigan tavsiyalarim sizlarni hayot davomida qilişlaring mumkin bölgan libidoni kötaruvçi tavsiyalar boladi bularni yonida albatta tibbiy dastak (rusçasiga podderjka) ham olişlaring mumkin böladi

Boşladik;

  • birinçisi eng avvallo ovqatlanişga e'tibor berişimiz kerak boladi bilaslar hozirgi kunda dietologlar bozordagi dieta usullariga töla ahlat (qopolligiga mandan emas ozlari şunaqa işlatişadi)idan voz keçib hozirgi kunda ovqatni faqat hayotda tirik qoliş uçungina yeyişlikni va navbatlaşgan parhez ozimizi duşanba payşanba rözalariga ötib olişyapti. Çunki sizlar eşitmagan pahtalik parhez, çuvalçangli parhez, keto kabi parhezlarni odamni bir joyi bolmasa bir joyiga zarari qaytmas ozgarişlarga sabab bolişligi bugungi kunda hammaga ma'lum. 

Şu yerda aytib ketişim şart fast foodlar va energetiklar turgan bitgani ziyon man aytmasam ham bilaslar buni qabulimdagi bemorlarim ham bilişadi ohirgi paytlarda sorovlarimi içiga zararli odatlardan sigaretn nos spirtli, narkotikni yoniga energetiklarni ham qoşdim. 

Yana şu hurofotlarni ham esdan çiqarmanglar qisqiçbaqa yesang, toşbaqa tuxumi, yapon örigi, qoy hokiz moyaklarini, ba'zi joylardan kuyovlik patnis (patnis tola şirinliklar, turklarda baklava) bularni aslida soglom turmuş tarzida bolmasez va yuqorida sanab ötgan yollarimizi işlamasa undan bir tonna yemaysizmi baribir işlamaydi. Qon bosimizi ortirişi mumkin j.aloqa qilaman deb ozizi şoşilinçda kozizi oçmang tağin. Yani meyorida yeb meyorida oç qolişlik energiyamizi  kopaytiradi, libidomiz ortiradi.

  • Ikkinçisi muntazam haftada 2-3marta sport qiliş, kardio qiliş, katta muskullarni işlatiş kerak boladi buni mexanizmi juda sodda yurak yaxşi işlaydi a'zolarga qon haydaydi, tomirlar elastikligi saqlanadi, organizmni çarçatmaydigan sport bilaslar endorfin, dofamin işlab işlab çiqib kayfiyatni oşiradi, Testosteronni ortişi sababli libidoni oşiradi,orgazmni sifatli qiladi, zararli moddalar kortizolni tuşuradi, bu yerda ham meyorni qoldan çiqariş kk emas turli protein anabolik steroidlarni olmasdan tabiiy oz oğirligimiz toşimiz bilan işlagani yetadi va muskulni çarçatmaslik uçun bir qilingan maşqini 2-3 qayta podxod tarzida qiliş kk emas. Biz soglom turmuş tarzi libido uçun tavsiya beryapmiz muskul çiqariş uçun emas kommentlardan etibor beringlar. Zarif aka bodybuildingga qarşi deb yuraslar Testosteron mavzusida gapirib otdim hamma kasbiga yaraşa sport qilsin deb. 
  • Uçunçisi, Metabolizmni aktivlaştiriş qança aktiv bolsa ves olmislar energiyalaring yuqori boladi, libidolaring yuqori boladi degani, yuqoridagi parhez va jismoniy maşqlar albatta ortiradi buni yoniga yana qoşişiz mumkin bolgani adabiyotlarimizda bor sovuq suvli kontrast duş, bajariş juda oson dastlab iliq suv bilan boşlab tanani suv ostiga moslab olingandan keyin birdaniga kuymaydigan darajada issiq-qaynoq suv 15-20sekund va darhol sovuq suvga almaştiriş orqali ham qon oqimi, energiyamizni, gormonlar işlab çiqarilişini libidomizga ijobiy tasir qiliş mumkin haftada 2 yoki 3 marta tavsiya qilaman. Buni qilaolmayman desalaring ayoqni tizzadan pastini 3 minut 5minut sovuq suvda uşlab turiş, yuzni sovuq suv urub yuviş ham kuçsiz bolsa ham yuqoridagi tasirga ega.  
  • Törtinçisi, stressni boşqariş hisoblanadi, stress yomondir hayotni izdan çiqaradi deb kop gapiramiz lekin bu juda ham kerakli çunki stress bolmasa muammo yeçişga intiliş bolmaydi, stressda kortizol kopaydi degani bu inson yaratilişida yozilgan kod hisoblanadi deganidir. Stress bolmasa hayotni manosi qolmas edi, lekin Amerikadagi Centers for disease control and prevention (kasalliklarga qarşi kuraşiş va nazorat markazi) malumotiga kora agar siz stressli iş şaroitda işlaşga majbur bolsangiz har 10minutda 1minutlik tannaffus berişingizni tavsiya qiladi, çunki bir işga diqqatni beriş vaqtimiz yil otgan sari kamayib boryapti man 20minut atrofida desam ba'zi adabiyotlar 4 yoki 5 yoki 6minut atrofiga tuşdi mana youtube dagi videolarimizni ham 8minutdan oşiq videolarimizni atigi 3 va 5minuti korilganligi bunga isbot degan gaplarni ham aytişdi. Bu videomiz ham uzun bolyapti ohirisigaça kimlar korarkin hayronman. Qança kop stress ostida qoladigan bolsangiz yuqoridagilarni barçasiga libidoga teskari ta'sir qiladi.
  • Beşinçisi, yoşiz ulğayganligi jihatidan, ba'zi dorilarni olişga majburligizdan yuqoridagilarga  amal qilsez ham kotarilmayotgan bölsa albatta andrologga murojaat qilişingiz kerak boladi qon tahlillari, umumiy testosteron biofaol testosteron, testosteron videomizda aytib otdik, yurak kasalliklari kabilarni tekşiriş otqazişiz kk. Garmonal örinbosar terapiya olişiz kerak böladi. 
  • Oltinçisi, balki hammasini eng asosiy desak ham bolar bu sifatli uyqu, oz vaqtidagi uyqu, telefon televizor korib uxlamaslik, ularni örniga turmuş ortogiz bilan suhbatlaşing, bolalariz bilan oynang, kitob oqing korasiz hammasidan foydalisi şulardir. 
  • Yettinçi, bu ham asosiysi özi aslida bemorlarimga kop aytaman bitta muammoni keltirib çiqaradigan bitta muammo bolmaydi, bitta muammoni hal qiliş bilan kasallik arimaydi deganimdek bu yerda ham bilaslar inson organizmi ba'zi manbalarda bazi a'zolarda 90-98%igaça suvdan iborat suvsiz heç qanday biokimyoviy jaroyon bormaydi, organizm tozalanmaydi, kunda oziq ovqatlanişdagi suyuqliklardan taşqari 2-3litr oddiy suv içişliklariningni tavsiya qilaman. Şu yerda yana Freyddan oral fixation (oral fiksa)ni kiritib ketaylik oğizni yaxşi narsa bilan bir hoplam suv içiş bilan band qilişlik sigaret, nos, saqiç-jvaçka bilan band qilgandan köra libidomiz uçun juda kop foydalidir. me'yorida suv içişga odatlansez, teri turgorligi, tiniqligi, fikrlaşiz joyidaligi, yog bosişni kamayişi, gormonal fon yaxşi işlaşi energiyaga, libidoga boy bolişiz aaniq.
  • Sakkizinçisi - koça jargonida aytganda ma’lumotlar bombasi yuqorida ham aytib otdik kunda bir mahal dedik u minimum bu real işlaşi uçun kerakli holat libidoni yuqori bolişi, faqat har doim urgu beryapman meyor normativlarni har doim unutmagan holatda!!! Bu kun davomida erektsiya çaqirişga qilingan hatti harakatlardir, suistemol qilmagan holatda ayoliz bilan kun davomida sevgi maktublarini smslaşiş, ba'zi ilmiy jinsiy aloqaga oid manbalar oqiş, masalan italyan yozuvçi Jovanni Bokaççödan Dekameron, Şaxrizodani Ming Bir keça ertaklari va hakozolar oqiş orqali erektsiyaga erişiş ham testosteronni kotarişini adabiyotlarda keltirilagan 
  •  Toqqizinçisi sanab zerikkanlarga aytib qoyay oninçisi bilan tugataman, toqqizinçisi bu raqobat erkaklarda özaro raqobat testosteron işlab çiqarişi kuçaytirar ekan bu nimalar bolişi mumkin desez aqlizga kelgan har qanday yonalişlar masalan kop kitob oqiş, kop masala yeçiş, tennis oynaş, şaxmat oynaş, hattoki oşa komputerdagi oyinlar ham testosteronni ortirar ekan, buni fojiali misoli quloqlaringga çalingan bolsa kok kit voqeasi edi. Yani bu yerda ham meyor masalan mani biladigan bilişadi, kunda kunora haftada 2-3marta stol tennis oynayaman, ba'zan online yoki kim bilandir şaxmat oynayman va hakozo, ozimizdan misol beriş bemorlarga motivatsiya boladi şuningçun ozimizdan misol beramiz hafa bolmanglar.
  • Va oninçisi ohirgisi bu hammalaringga yoqadigan har zamonda massaj olib turişdir, massajda bilaslar qon aylanişi ortişi, erektsiya kuzatilsihi gormonlar hammasini bir oraga toplaş qoladi. Er-xotini özaro massajiga teng keladigani yoqdir buni ham aytib qoyay. 

Yuqorida hammasini sanab otib muntazam sevgili ayoliz bilan jinsiy hayotiz bolib bu gaplarimizga toj kiydirmaslaring albatta bari befoyda(oilalilarga), boydoqlar esa ayoliga şirin turmuş tarzi sovğa qiliş uçun tayyorggarlik sifatida maslaxatlarimziga amal qilişliklaring mumkin.

Soğ salomat bolinglar. 

Boşqa maqolalar

10-may, 2026Befarzandlikda Sperma (Uruğ) Hajmining ahamiyati19-fevral, 2025«Nozik mavzu, murakkab mavzu» – şifokor-androlog bilan suhbat3-fevral, 2025Jinsiy voqealik tuşlar köriş