Maqola · 11-iyul, 2012 · 2 daqiqa

MAKKOR XLAMIDIOZ

Muallif: Professor Dr. Zarifjon Murodov Jumaboyeviç, urolog-androlog

«Yigitçilik, deb suyuqoyoq ayollarga ilakişib qolganimdan qattiq afsusdaman... Yaqindan tibbiy tekşiruvdan ötdim, xlamidioz degan dardni orttirib olibman. Ayting-çi, bu qanday kasallik, asoratlari oğir emasmi?»

Sobir, Samarqand

– Nopok yöl, betartib jinsiy aloqaning oqibati ana şunday noxuş böladi. Jinsiy yöl bilan yuqadigan kasalliklar soni yigirmaga yaqin. Muqarrar ölimga olib boruvçi OIV (VIÇ) ham zino orqali ötişimumkin.

Siz söragan xlamidioz eng köp uçraydigan tanosil kasalliklari sirasiga kiradi. Ma'lumotlarga köra, dunyo böyiça har yili 90 millionga yaqin odam xlamidiozga çalinar ekan. Kasallikkning taxminan 40 foiz hollarida bemorga xlamidioz bilan bir qatorda sözak va trixomoniaz taşxislari ham qöyiladi.

 Kasallikka xlamidiyalar, deb ataluvçi parazitlar sabab böladi. Ular siydik yöliga ötib, köpayişga kirişadi va hujayralarning me'yorida işlaşiga tösqinlik qiladi. Odatda kasallik köz şilliq pardasi yalliğlanişi (kon'yuktivit), zotiljam, oşqozon, içaklarning yalliğlanişi tarzida ifodalanadi. Köz şilliq pardasining uzoq muddat yalliğlanişi, bu a'zoda çandiqöçoqlari paydo bölişiga va hattoki köriş qobiliyatining yöqolişiga sabab bölişi ham mumkin. Homilador ayollarning 5-14 foizida baçadon böynining xlamidiyalar bilan zararlanganligi tuğruq vaqtida çaqaloqlarga katta xavf tuğdirişi aniqlangan. Erkaklarda xlamidiyalar siydik çiqaruv kanali, moyaklar va uning ortiqlari, prostata bezi kabi a'zolarni şikastlaşi, prostatit, vezikulit, bepuşlikka olib kelişi köp kuzatiladi. Ayollarda esa qin, baçadon, uning böyni, naylari kabi a'zolar şikastlanadi. Xlamidiyalar fallopiy naylarining ötkazuvçanligini keskin buzişi sababli goho ayollar bepuşt bölib qolişadi. Xlamidiozga çalingan homilador ayolda homila baçadondayoq kasallik yuqtirişi, bola nogiron yokiölik tuğilişi mumkin.

Xlamidiozning yaşirin turi köproq uçraşi bois aksar bemorlar özlarida bunday dard borligidan bexabar yurişadi. Kasallik yuqtirilgandan 20-30 kun ötib, ilk belgilari köriniş mumkin. Siydik yölida noxuş hissiyot, açişiş va qiçişiş kuzatiladi. Siydik teşigi bir oz qizarib, oz miqdorda şilimşiq ajralişi, siyganda oğriq sezilişi mumkin. Ayollarda baçadon böyni va kanali yalliğlanadi.

Kuçli antibiotiklarning köpçiligi xlamidiyani yöqotiş xususiyatiga ega emasligini nazarda tutib, bu dard şifokor nazorati ostida maxsus davo talab etuvçi xastalik ekanini esda saqlang.  

Marat TURSUNOV, şifokor

Boşqa maqolalar

10-may, 2026Befarzandlikda Sperma (Uruğ) Hajmining ahamiyati19-fevral, 2025«Nozik mavzu, murakkab mavzu» – şifokor-androlog bilan suhbat3-fevral, 2025Jinsiy voqealik tuşlar köriş