Moyak biopsiyasida Jonson (Johnsen) şkalasi
Muallif: Professor Dr. Zarifjon Murodov Jumaboyeviç, urolog-androlog
Moyakdan olingan bioptatni gistologik baholaşda har bir tubulus seminiferis lar alohida baholanadi va ularni örtalamasi olinadi.
10. Kanalçalar örtasi oçiq va köp miqdorda turli bosqiçdagi spermatozoidlar aniqlanadi.
9. Germinal epiteliyda turli bosqiçdagi spermatozoidlar lekin batartib emas, kanalçani obliteratsiyaga olib keluvçi xujayra tökilişlari.
8. Germinal epiteliysi barça bosqiçda, lekin bir kanalçadagi spermatozoidlarni soni 10donadan oşmaydi.
7. Spermatidlar juda köplab uçraydi, lekin spermatozoidlar yöq.
6. Spermatozoidlar yöq, spermatidlar soni 10donadan oşmaydi.
5. Spermatozoidlar ham spermatidlar yöq, faqat spermatotsitlar bor.
4. Spermatozoidlar ham spermatidlar yöq, faqat 5 donadan oz miqdorda spermatotsitlar bor.
3. Faqatgina germinal hujayralar va spermatogoniylar.
2. Germinal hujayralar yöq, faqatgina sertoli hujayralari körinadi.
1. Tubulus seminiferis umuman hujayralar aniqlanmaydi.
Bu şkalaga köra normal moyaklarni 60%dan köp qismi 10 oçko olişi kerak. 10%dan kam miqdori 8 oçkodan olişi mumkin deb hisoblanadi. Normal moyakni oçkosi 9.39±0.24 hisoblanadi. Oligospermiyalik moyakning örtaça oçkosi 5.32±2.1. Faqat sertoli hujayralari sindromida 2.0±0.03dir.
Aslida raqamlar bergandan köra körilgan hujayrani bosqiçlarini jarohatlaniş darajasini ta'riflaş köproq foydalidir.