Maqola · 11-iyun, 2012 · 4 daqiqa

NIMA UÇUN KENNEDI XATNA TARAFDORI EDI

Muallif: Professor Dr. Zarifjon Murodov Jumaboyeviç, urolog-androlog

Tarixiy ma'lumotlarga qaraganda, bundan 5 ming yil muhaddam ham Misrda erkaklarni xatna hilişar ekan. Mana, bir neça asrlardan beri bu amal musulmonlar va yahudiylar orasida kanda qilinmay bajarib kelinadi. Uzoq vaqt davomida xatnaga befarqqarab kelgan ğarb olami ötgan asrning 60-yillariga borib öz munosabatini özgartirdi, endi nasroniylar ham, buddaviy va xudosizlar ham xatna qildiriş uçun şifokorlar huzuriga zinğillab holişdi.

 Ayniqsa, AQŞ prezidenti Jon Kennedining omma oldida xatnani tarğib qilib aytgan gaplari va şaxsiy namunasi kuçli ta'sir körsatdi. Tabiiyki, prezidentga uşbu amalning inson salomatligiga ijobiy ta'siri juda ma'qul bölgan edi. Bu haqida töxtalişdan oldin, xatna özi nima degan savolga javob beraylik. 

«Xatna» sözi arabçadan olingan bölib, poklaş, tozalaş degan ma'nolarni bildiradi, tibbiyotda esa bu kiçik amaliyot sirkumtsiziya deb ataladi. Bunda öğil bola yoki erkak jinsi a'zosi peşob çiqariş teşigini berkitib turadigan teri kesib taşlanadi. Dinimizga köra, xatna sunnat amali hisoblanadi. Hadislardan birida keltirilişiça, önta narsa badanga tegişli sunnatdir: möylabni qisqartiriş, sohol qöyiş, misvok tutiş, burunni suv bilan çayiş, tirnoqni oliş, böğim va kovaklar oralarini yuviş, qöltiq yungini yuliş, kindik osti möylarini tozalaş, najosat maxrajlariga suv sepiş va xatna qildiriş. Biz bilamizki, payğambarimiz Muhammad alayhissalom onalaridan xatna holda dunyoga kelganlar.

Zamonaviy tibbiyot xatnaning eng birinçi foydasi sifatida öğil bola jinsiy a'zosi gigienasining yaxşilanişini e'tirof etadi. Xatna hilingan bola fimoz – peşobning erkin va ravon çiqişiga monelik qiluvçi kasallikdan xalos böladi. Fimozda erlik a'zosining çeka kertmak qismi torayib, peşob çiqişi qiyinlaşadi, natijada esa bola azob çekadi, yiğloqi bölib holadi. Agar uşbu kasallik öz vahtida davolanmasa, keyinçalik qovuq va buyrak faoliyatining işdan çiqişiga sabab bölişi mumkin ekan. Yapon olimlari jinsiy a'zolar sohasidagi xastaliklarni örganib, ularning oldini olişda xatnaning ahamiyatini aniqlaşibdi. Tadqiqotlardan ma'lum bölişiça, xatna erkak jinsiy a'zosidan çiqadigan qölansa hidli oqma – smegmani töxtatib holar ekan. Smegma esa ayollar jinsiy a'zolarida onkologik kasalliklar rivojlanişiga sabab böluvçi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Bundan taşhari, xatna bölgan erkaklarning turmuş örtoqlari baçadon böyni saratoniga deyarli uçramasligi aniqlangan. Bunday dardni çahiruvçi viruslar esa erkak jinsiy a'zosi uçidagi ortiqça terida köplab uçrar ekan.

Xatna zino ohibatida kelib çihuvçi tanosil hamda peşob çiharuv yöliga infektsiya tuşgaç, paydo böladigan kasalliklar xavfini pasaytiradi, şuningdek OITS yuqişi ehtimolini kamaytiradi. Amerika Soğliq instituti tomonidan ötkazilgan tadqiqot sönggi fikrimizni isbotlaydi. Institut xodimlari Afrika qit'asining Keniya va Uganda davlatlarida sakkiz mingdan ziyod ekrakni tekşiruvdan ötkazişgan. Natija esa quyidagiça – xatna hiliş Keniya erkaklari orasida VIÇ virusining 53 foiz, Ugandada esa 48 foiz kamayişiga olib kelgan. 

Jinsiy a'zo uçidagi terining kesib taşlanişi bir neça mahsadlarda bajarilişi mumkin: ijtimoiy (şahvoniy hirsni muvozanatga soliş, çunki xatna hilinmagan erkakda jinsiy a'zo boşçasi juda sezuvçan böladi va jinsi yahinlik paytida şahvatning muddatidan ilgari otilib çiqişiga sabab bölişi mumkin), diniy (sunnat, diniy urf-odatlarga köra), tibbiy (xastaliklardan foriğ hiliş uçun) yoki milliy (masalan, yahudiylar öz millatlarini körsatiş uçun ham xatna qildirişar ekan).

Xatna urologiyada murakkab operatsiya hisoblanmaydi, ammo ba'zi holatlarda bu amal tavsiya qilinmaydi. Masalan, xatna hilinayotgan gödakning tanasiga yara-çaqalar toşsa, uning tana harorati 37 0 darajadan yuhori bölsa, öpkasida şamollaş kuzatilsa, gödak qon kasalliklari röyxatida tursa, unda iç ketiş alomatlari bölsa, qon tahlilida trombottsitlar soni 100 000 dan kam bölsa, gödak jinsi azosining anomaliyasida (epispadiya, gipospadiya kabi). Ayniqsa, gemofiliyaga uçragan bemorni xatna hiliş jiddiy ohibatlar bilan yakunlanişi mumkin. Gemofiliya – faqat erkaklarda uçraydigan, köp qon ketişi bilan keçadigan irsiy kasallik hisoblanadi. Mazkur kasallikka yöliqqan gödakning jinsiy a'zo terisi keçilgaç, qon töxtamay oqaveradi, qonni töxtatişga bölgan urinişlar esa natija bermaydi. Bu holda bolani zudlik bilan qon quyiş markaziga olib boriş zarur.

Ba'zi bolalar tuğma xatna hilingan bölişlari mumkin, şunday bölsa-da, uni mutaxassisga körsatiş foydadan xoli bölmaydi. Çunki ba'zi bolalar xatna bölgandek körinsa ham, terini kesiş zarurati yuzaga keladi.  

Bizda eski paytlardan beri xatna sartaroşlar tomonidan bajarilib kelinadi. Ular bu amal uçun yoz va kuzni eng qulay fasllar hisoblaşgan. Boşqa vahtda esa organizmning immun tizimi susaygan böladi, jinsiy a'zo şamollab holişi mumkin, kesilgan joy esa sekin bitadi, deb hisoblaşgan. Ammo hozir qonni zudlik bilan töxtatuvçi vositalar mavjud, xatnani istalgan faslda (eng muhimi, malakali mutaxassis-şikfokor tomonidan) amalga oşirsa böladi. 

Abror Maşaripov tayyorladi

Boşqa maqolalar

10-may, 2026Befarzandlikda Sperma (Uruğ) Hajmining ahamiyati19-fevral, 2025«Nozik mavzu, murakkab mavzu» – şifokor-androlog bilan suhbat3-fevral, 2025Jinsiy voqealik tuşlar köriş