Maqola · 25-iyun, 2015 · 2 daqiqa

Onanizm (masturbatsiya, autoerotizm)

Muallif: Professor Dr. Zarifjon Murodov Jumaboyeviç, urolog-androlog

 Onanizm (masturbatsiya, autoerotizm)

Onanizm kişining jinsiy mayl va xohişini qöli yoki qölidagi biron predmet bilan qondirişidir. Kelib çiqişi haqida Injildagi personaj Onana özidan avlod qoldirmaslik uçun uruğini erga tökib yuborişidan degan fikrlar mavjud. Onanizm diniy qaraş nuqtai nazaridan gunoh böladi ba'zilar esa qilmagan ma'qul degan tuşunçalar bor. Biz bu erda organizmga ta'sirini ilmiy taraflaridan baholaymiz.

Insonda qarama qarşi jinsga qiziqiş 6 – 7yoşdan boşlanadi. Va albatta bu ba'zi hatti-xarakatlar paydo bölişni boşlaydi bu yoşda ota-onalarga tuşadigan vazifa ular hayolini jinsiga mos narsalar bilan band qilişdadir (masalan katta bölsang kim bölasan uning uçun nimalarga e'tibor beriş kerakligini yoş bolalarga xos tarzda tuşintiriş kerak). Lekin onanizm beixtiyoriy ravişda odatda 13-14yoşdan boşlanadi.

Hattoki Gippokrat ham onanizmni qattiq qoralagan uning şu sözlariga e'tibor qarataylik: «Bu kasallik insonni orqa miyasi(umurtqa kanalida joylaşgan)dan rivojlanadi. Kasallik öz his tuyğularini boşqaraolmaydiganlarni köproq zararlaydi. Ularda isitma bölmaydi, iştahalari ham zör böladi lekin ozib, zöriqib ketişadi. Xuddi butun tanasida çumoli örmalayotgandek tuyuladi. Siydikda ham juda köp va suyuq uruğ çiqib ketişi kuzatiladi. Bunday erkaklar ayollar bilan yaqinlik qiliş uçun yaroqsiz hisoblanişadi va köpinça uyalib ham qolişadi. Bir tekis yölda yurmaslik ularni holdan toyişiga olib keladi, boşda şovqin, quloqlarda şovqin va nihoyat yuqori ularni bitiradigan isitma boşlanadi».

Onanizmning 4 ta turi bor:

1. Odatdagi autoonanizm

2. Guruhlaşgan onanizm (Bir neça kişi bir birinikini qözğatiş)

3. Aqliy onanizm (eng xavflisi faqat hayolida jonlantirib qöli yoki predmetsiz böşaliş)

4. Instrumental onanizm (biron instrument, buyum yordamida böşaliş)

Onanizm qay usulda bölişidan qa'tiy nazar tabiiylikka mos emas şuning uçun juda köplab mualliflar tomonida quyidagi asoratlari yozilgan:

Birgina Puiye onanizmni keltirib çiqarişi va/yoki asorati bölişi mumkin bölgan 100dan oşiq kasalliklarni belgilarini sanab ötgan. Xavelok Ellis esa juda diqqat bilan körinişlarni sanab ötgan: aqldan oziş, epilepsiya, köplab köz kasalliklari, köz usti va ensa sohasida oğriqlar, çakka sohasida uziga xos oğriqlari (Zavaj), turli körinişdagi nevralgiyalar (Ansti, Xapman), yoş qizlarda kökrak uçlarini sezuvçanligini oşib ketişi (Lakassan), astma (Peyer), yurakda şovqinlar (Zirli), yaralar, pufakçalar paydo bölişi (Baraduk), teri toşmalari (Klipson), köz qoraçiğini kengayib ketişi (Sken, Levi, Moraglia), ğilaylik (Puiye), köz atrofini qorayişi, oğriqli menstruatsiya (Dj. Xapman), baçadon va qin katari (Vinkel, Puiye), jinsiy a'zolar gipertrofiyasi, jinsiy a'zodagi yiringli toşmalar, dermatitlar, teri rangini öçişi, oqarişi (Levi, Moraglia), burun qizarişi (Gruner), sababsiz burundan qon ketişi (Joal, G.N. MakKenzi), burun şaklini patologik özgarişi (Flis), xurujli yötal (Gover), qizlarda beixtiyoriy siydik çiqib ketişi (Jirando), qizlarni qöllariga sögallar çiqib ketişi (Dyurr, Krixmar, fon Oye), gallyutsinatsiyalar (Grizinger, Levi), siydikdan indikan ajralişi (Xerter), qizlarda ta'riflab bölmaydigan darajada yoqimsiz terini hid ajratişi (Sken).

Yuqorida sanab ötilganlarni har doim ham faqatgina onatizm sababli deb öylaş kerak emas. Balki turtki bölişi mumkin. Balki umuman aloqasi yöq ham bölişi mumkin. Bundan taşqari oxirgi paytlar juda köp yoşlar orasida uçrayotgan şaxs özgarişlari (autizm)ni ham unutmaslik kerak. 

Boşqa maqolalar

10-may, 2026Befarzandlikda Sperma (Uruğ) Hajmining ahamiyati19-fevral, 2025«Nozik mavzu, murakkab mavzu» – şifokor-androlog bilan suhbat3-fevral, 2025Jinsiy voqealik tuşlar köriş